Oilada bola tarbiyasi masalasining pedagogik va psixologik tomondan



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix31.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#114737
1   2   3   4   5   6   7   8
Do`sjonova Nilufar Rustam qizi


часть
1
 
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
863 
rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shdilar. Quyida bu faylasuf olimlar haqida qisqacha 
to‘xtalib o‘tamiz.
Suqrot (eramizdan avvalgi 469-399 yillar) o‘zining demokratik ijtimoiy kelib 
chiqishiga qaramay konservativ zamindor aristokratlarning ideologi edi. U tarbiyada 
axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. 
Platon eramizdan ilgari (424—347 yillarda) yashagan. Qadimgi Yunonistonning 
mashhur – idealist faylasufi, Suqrotning shogirdi, ob’ektiv idealizm nazariyasining asosichisi 
edi. Platonning fikricha, bolalar 3 yoshdan boshlab 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab 
qo‘yilgan tarbiyachilar rahbarligida maydonchalarda turli o‘yinlar o‘ynash bilan 
shug‘ullanishlari muhim deb hisoblaydi. Platon o‘yinlarni maktabgacha tarbiya vositasi deb 
hisoblab, ularga katta ahamiyat beradi, shuningdek, bolalarga hikoya qilib beriladigan 
materiallarni sinchiklab tanlash kerakligini ham uqtirib o‘tadi. U bolalarga eng yoshlik 
chog‘idanoq ijtimoiy tarbiya berish tarafdori edi. Bolalar 7 yoshdan 12 yoshgacha davlat 
maktablariga qatnaydilar va bunday maktablarda o‘qish, yozish, hisob, musiqa va ashula 
o‘rgatiladi. Bolalar 12 yoshdan 16 yoshgacha odatdagi badantarbiya mashqlari 
o‘rganiladigan “palestra”da, ya’ni jismoniy tarbiya maktabida o‘qiydilar. “Palestra”ni 
tamomlagan o‘spirinlar 18 yoshgacha hisob, geometriya va astronomiyani o‘rganadilar, 
bunda ko‘proq amaliy maqsadlar (ularni jangchilar qilib tayyorlash) ko‘zda tutilgan. 18 
yoshdan 20 yoshgacha yigitlar «Efebiya»da tarbiyalanadilar, ya’ni harbiy gimnastika 
tayyorgarligini o‘taydilar. Aqliy mashg‘ulotga mayli bo‘lmagan yigitlar 20 yoshdan boshlab, 
jangchilar qatoriga o‘tadilar. Abstrakt tafakkurga qobiliyati borligi ochiq ko‘ringan yoshlar, 
ya’ni yigitlarning ozroq qismi 30 yoshga qadar falsafa, shuningdek, hisob, geometriya, 23 
astronomiya va musiqa nazariyasini o‘rganish bilan shug‘ullanib, shu tariqa ilm olishning 
uchinchi, oliy bosqichini o‘taydilar, ammo bunda amaliy maqsad ko‘zda tutilmasdan, balki 
falsafa—nazariyani mukammal o‘rganish ko‘zda tutiladi. Shu tariqa ular davlat 
mansablarida ishlashga tayyorlanadilar. Iste’dodi g‘oyat o‘tkir ekanligi ma’lum bo‘lgan va 
juda ozchilikni tashkil etgan yigitlar falsafa ilmini o‘rganishni yana 5 yil (35 yoshga qadar) 
davom ettiradilar, shundan so‘ng 35 dan 50 yoshgacha davlatni boshqaradilar. Platon 
xotin-qizlar tarbiyasi xususida ham fikr yuritib, Spartadagi usulni ma’qullaydi 
Arastu - Aristotel (eramizdan ilgari 384 - 322 yillar)da yashagan. Platonning shogirdi 
bo‘lgan, makedoniyalik Iskandarni tarbiyalagan, Qadimgi Yunonistonning yirik idealist-
faylasufi va olimi edi. Arastu o‘g‘il bolalar 7 yoshdan boshlab davlat maktabida 
o‘qishi lozim, deb uqtiradi. Bolalarga aqliy tarbiya berilishi kerakligini aytib, u o‘g‘il bolalar, 
avvalo, badantarbiya muallimlarining qo‘liga topshirilsin, deb talab qiladi; bunda u bolalarni 
haddan tashqari charchatib qo‘ymaslik kerakligini aytadi va ularning jismi mustahkamlanib 
olguncha engil mashqlar bilan shug‘ullantirishni tavsiya etadi. Arastu jismoniy, axloqiy va 
aqliy tarbiyani bir-biri bilan bog‘langan, deb qaraydi. Boshlang‘ich ta’lim vaqtida, 
badantarbiyadan tashqari, yana o‘qish, yozish, grammatika, rasm va musiqa o‘rgatilishi 
kerakligini alohida uqtirib o‘tadi. O‘smirlar maktabda jiddiy ma’lumot olishlari kerak, ular 
adabiyot, tarix, falsafa, hisob, falakiyot, musiqa o‘rganishlari shart. Go‘zallikni his qilishni 


Международный
научный
журнал

5
(100), 
Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə