Oilada bola tarbiyasi masalasining pedagogik va psixologik tomondan



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix31.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#114737
1   2   3   4   5   6   7   8
Do`sjonova Nilufar Rustam qizi


часть
1
 
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
866 
yaramas ishni ota qilgan bo`ladi. Ota bolalarini nazorat qilib, turli hunarlarni o`rgatsa, ular 
ulg`aygach, o`g`il-qizim bor deb sevinadi; o`g`il-qizga hunar va bilim o‘rgatish kerak, toki bu 
hunar bilan ularning fe’l-atvorlari go‘zal bo`lsin». Yusuf Xos Hojib o`z asarida shunday 
fikrlarni o`rtaga tashlaydiki, ular bola tarbiyasi uchun madhiyadek yangraydi. Yusuf Xos 
Hojib bolalar tarbiyasini juda murakkab jarayon deb tushunadi. U beldan madomi, tandan 
quvvatni, ko`zdan nurni, dildan oromni talab qiladi. 
Sharqda keng tarqalgan pandnoma tarzida yozilgan mashhur asarlardan biri 
Unsurul maoliy Koykovusning «Qobusnoma»sidir. «Qobusnoma» falsafiy didaktik asar 
bo‘lib, shaxs shakllanishining barcha tomonlarini o‘z ichiga oladi. Uning «Farzand parvarish 
qilmoq zikrida» degan bobi bevosita oiladagi bola tarbiyasiga bag‘ishlanadi. 
«Qobusnoma»da ota-onaning qator vazifalari sanab o‘tiladi. Ular quyidagilardan iborat: 1) 
bolaga yaxshi ism qo‘yish; 2) oqil va mehribon enagaga topshirish; 3) to‘y-tomosha qilib, 
sunnat to‘y o‘tkazish; 4) o‘qish — yozishni o'rgatib, kasb-hunar va ilmli qilish; 5) harbiylar 
ahlidan bo‘lsa, sipoxiylikni o‘rgatish. Kaykovus bola tarbiyasida talabchanlik bilan 
mehribonlikni birga olib borish lozimligini ta’kidlaydi. «Yosh bola ilm bilan odobni tayoq 
bilan o‘rganur, o‘z ixtiyori bilan o‘iganmas. Ammo farzand beadab bo‘lsa va sening ul 
sababdan qahring kelsa, o‘z qo'ling bilan urmagil, muallimlaming tayog‘i bilan qo‘rqitgil. 
Bolalaiga muallimlar adab bersinlar, toki sendan o‘g‘lingni ko'nglidagina qolmasin». 
Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy merosida ham 
munosib o'rinni egallaydi. A.Navoiy ota-onalaming yaxshi sifatlarini ulug`layi. Bunday 
sifatlarning ularda jamuljam bo‘lishi bola tarbiyasida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatib o'tadi. 
Masalan, uning xotinlar haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir: «Yaxshi xotin, deydi Navoiy — 
oilaning davlati va baxtli uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan husinli bo‘lsa — 
ko‘ngil ozig‘i, xushmuomala bo'lsa jon ozig‘idir. Oqila bo‘lsa, ro‘zg‘orda tartib-intizom 
bo‘ladi. U beandisha bo‘lsa, ko‘ngil undan ozor chekadi, yomonlik axtaruvchi bo`lsa, undan 
ruh azoblanadi. Agar mayxo‘r bo'lsa, uy obodligi yo‘q bo`ladi, aqlsiz bo‘lsa, oila rasvo 
bo‘ladi». A.Navoiy oiladagi ayrim illatlarni va o‘zaro kelishmovchiliklarni bola tarbiyasiga 
salbiy ta’siri va uning buzilishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillar sifatida qaraydi. Yaxshi va 
yomon xulqlar va ularning kelib chiqishi sabablarini ko‘rsatib beradi. Bolada paydo 
bo‘ladigan yomon xulqlarni oldi olinmasa, bora-bora illatga aylanadi - deb uqtiradi 
Sharqda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qadimdan jiddiy ahamiyat berilgan. 
Ular «Nasihatnoma», «Pandnoma», «Hikmatnoma» tarzida bizgacha yetib kelgan. Bu 
manbalarda qizlarni hayotga tayyorlashda, ularda birinchi navbalda insoniy fazilatlar 
shakllangan bo‘lishi, oila muqaddas, uni avaylab-asrash aynan uy bekalariga bog‘liq ekanligi 
haqida turli tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan hodisalar hikoya qilinadi. Shunday 
kitoblardan biri turk olimi Yusuf Tovasliy to‘plagan «Hikmatlar xazinasi»dir, unda kelin 
bo‘luvchi qizga beriladigan ona o'giti kishining diqqatini o‘ziga tortadi. Unda ona 
uzatilayotgan qiziga quyidagilarni nasihat qiladi: Bolajonim, sevikli qizim, meni yaxshilab 
tingla. Nasihat bilmaganga o`rgatadi, bilganni esiga soladi. Alloh bergan qonunga ko‘ra, 
hayotga qadam qo'yadigan har bir qiz erga, har bir erkak ayolga muhtoj bo‘ladi. Erkaklar 


Международный
научный
журнал

5
(100), 
Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə