Oilada bola tarbiyasi masalasining pedagogik va psixologik tomondan



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix31.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#114737
1   2   3   4   5   6   7   8
Do`sjonova Nilufar Rustam qizi


часть
1
 
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
862 
maktablaridagi ta’lim-tarbiya haqida gapirib, shunday deydi: «O‘qish va yozishga kelganda 
bolalarga faqat ularning eng zaruri o‘rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta 
maqsad: hech so‘zsiz itoat qildirishni, chidamli bo‘lishni va yengish ilmini o‘rgatishni ko‘zda 
tutar edi». Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatlar o‘tkazib, 
shu yo‘l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar. Shuningdek, bolalarni savol-
javob jarayonida aniq, qisqa va lo‘nda qilib javob berishga o‘rgatib borilgan. Spartada 18—
20 yoshga yetganda yigitlar «Efeblar» o‘spirinlar guruhida harbiy xizmatni o‘taganlar. 
Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e’tibor berilgan. Ularni harbiy va jismoniy tarbiya 
malakalari bilan qurollantirib borilgan. Chunki erkaklar jangga ketganlarida ular shaharni 
qo‘riqlab, qullarning itoat saqlashini ta’minlar, ular hatto jangda ham qatnashar edilar 
Afinada esa hayot, tartib, intizom, maktab tizimi va undagi ta’lim-tarbiya 
Spartanikidan butunlay farq qilar edi. Afinada eramizdan ilgarigi V-IV asrlarda madaniyat 
barq urib o‘sdi. Fan, me’morchilik va haykaltaroshlik taraqqiy qildi. Afinada bolalar 7 
yoshga yetguncha uyda tarbiyalanar, o‘g`il bolalar 7 yoshdan boshlab maktabga qatnar
qizlar esa oilada ona ko‘magida uy-ro‘zg`or ishlariga o‘rgatilar edi. Afinada xotin-qizlarning 
hayoti uy doirasidan chiqmas, asosan. ichkarida o‘tar edi. Afinada bolalar dastlab 7 
yoshdan 13-14 yoshgacha «grammatist» (savod o‘rgatish ma’nosida), «kifarist» (grekcha 
musiqa o‘qituvchisi ma’nosida) maktablarida tahsil olganlar. Bu maktablar xususiy bo‘lib, 
o‘qish pullik edi. Shuning uchun fuqarolarning bolalari bu maktablarda ta’lim ololmas 
edilar. Bu maktablarda «didaskol» deb atalgan o‘qituvchilar mashg`ulot olib borar edilar. 
(men o‘qitaman, degan ma’nodagi «didasko» so‘zidan keyinroq «didaktika» — ta’lim 
nazariyasi kelib chiqqan). O‘g‘il bolalarni maktabga qullardan biri boshlab borar edi
bunday qul pedagog deb atalar edi («pays» - bola, «agogeyn» - etaklab borish degan 
so‘zlardan olingan). Grammatist maktabida o‘qish, yozish va hisoblash o‘rgatilar edi. 
O‘qishda harflarni hijjalab o‘qitish usuli, so‘ng qo‘shib o‘qish usulidan foydalanganlar. 
Yozuvni o‘rgatishda mum surilgan yaltiroq taxtachalardan foydalanganlar. Ular ingichka 
cho‘p yordamida yozganlar. Sonlarni barmoqlar, sopol toshlar, sanoq taxtasi yordami bilan 
hisoblaganlar. Kifarist maktabida o‘g‘il bolalarga adabiy bilim va estetik tarbiya berilar
musiqa, ashula, deklomatsiyalar o‘rgatilar edi. O‘g‘il bolalar 13-14 yoshga yetganlaridan 
keyin “palestra” (“kurash maktabi”) deb atalgan o‘quv yurtiga o‘tar edilar. Bu o‘quv yurtida 
ular ikki-uch yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanar edilar. Masalan, sakrash, 
yugurish, kurash tushish, disk va nayza irg‘itish, suvda suzish kabilar o‘rgatilardi. 
“Palestra”da o‘qish tekin edi, shuning uchun ham yoshlarning ko‘pchilik qismi shu yerda 
o‘qish bilan cheklanib qolar edi. Afinada 18 dan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar efeblar 
qatoriga o‘tib, harbiy xizmatga tayyorlanar va o‘zlarining siyosiy bilimlarini oshirishni 
davom ettirar edilar. 
Yunonistonda maktab va madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika nazariyasining 
ham tug‘ilishiga imkoniyat yaratdi. Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, 
Platon, Aristotel va Demokritlar asos soldilar. Ular o‘z qarashlari bilan ta’lim-tarbiya 


Международный
научный
журнал

5
(100), 
Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə