Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə1/14
tarix28.11.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#133166
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
KVADRAT TENGLAMALAR



OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
____________________________________ “ mavzusidagi .

KURS ISHI



BAJARDI: ______________
Tekshirdi:_______________
Toshkent-2021

KVADRAT TENGLAMALAR


Kirish…………………………………………………………………….3
1 - BOB . Umumiy o'rta ta'lim maktablarida kvadrat tenglamalarni o'qitish holati…………………………………………………………………………….4
1.1 Umumiy o'rta ta'lim maktablarida 8 - sinf algebrasini o'qitishni maqsadi , mazmuni , vazifalari…………………………………………………………….4
1.2 8 - sinf algebrasida tenglamalar mavzusi…………………………………..11
2 - BOB.Umumiy o'rta ta'lim maktabida kvadrat tenglamalar…………………21
2.1 8 - sinfda kvadrat tenglamalarni o'qitish metodi…………………………21
2.2 Umumiy o'rta ta'lim maktablarida kvadrat tenglamalarni o'qitishda dedaktik materiallardan foydalanish…………………………………………………….26
2.3 . " Kvadrat tenglamalar ” mavzusiga oid dars ishlanma…………………..31
Xulosa………………………………………………………………………....41
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati……………………………………………42

KIRISH
«Ta’lim to`g`risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021-yillarga mo`ljallangan “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi”, 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3931-sonli Qarori, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi 187-sonli Qarori, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O`zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risidagi”gi PF- 5712-sonli Farmoni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2019 yil 23-avgust kuni kengaytirilgan tarzda o`tkazilgan 34-sonli yig`ilishda belgilangan ustuvor vazifalar hamda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 28-dekabrdagi “Umumiy o`rta ta’lim maktablarida variativ o`quv rejalarni tajriba-sinovdan o`tkazish to`g`risida”gi 405-sonli buyrug`i mazmunidan kelib chiqqan holda, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish hamda ular asosida pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Mamlakatimizda kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan yangi davlat ta’lim standartlarini joriy etilishi o`rta maktab o`qituvchilari zimmasiga qator dolzarb vazifalarni ko`ndalang qilib qo`ymoqda. Shu bilan birga, 2017-2018-o`quv yilidan maktablarda 11 yillik o`rta ta’limning joriy etilishi ham o`z navbatida o`qituvchilarning malaka oshirishga bo`lgan yangi ehtiyojlarni keltirib chiqardi. Ayni paytda vujudga kelgan shart-sharoitlar va o`qituvchilarning yuqoridagi keltirilgan ehtiyojlari malaka oshirishning shakli, mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlarini qayta ko`rib chiqishni va bu jarayonga tegishli o`zgartirishlarni kiritishni taqozo etmoqda. Xususan, shu kunlarda yuqoridagi ehtiyojlardan va ular oldida ko`ndalang turgan muammolardan kelib chiqqan holda, matematika fani o`qituvchilarining malakasini oshirish mazmuni va shakllarini takomillashtirish zarurati paydo bo`ldi.
“Matematika fanini o`qitish metodikasi” modulining ishchi o`quv dasturi matematika fani o`qituvchilari malakasini oshirish kursining o`quv dasturi asosida tuzilgan bo`lib, u matematika fani o`qituvchilariga o`qitishning zamonaviy metodlari mazmuni va mohiyatini ochib beradi.


Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə