Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Umumiy o'rta ta'lim maktablarida kvadrat tenglamalarni o'qitishda dedaktik materiallardan foydalanish



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə7/14
tarix28.11.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#133166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
KVADRAT TENGLAMALAR

2.2 Umumiy o'rta ta'lim maktablarida kvadrat tenglamalarni o'qitishda dedaktik materiallardan foydalanish
Didaktik materiallar eng dastlabki ta’lim berish vositalari bo’lib, ular bugungi kunda xam o’z axamiyatini yo’qotgani yo’q. Mashg’ulotlarni olib borishda bilimlarni berish, ularni mustaxkamlash va o’zlashtirilishini nazorat qilish uchun biz albatta didaktik materiallardan foydalanishimiz kerak. Bunga bizlar didaktikaning tamoyillarini o’rganganimizda amin bo’lgan edik. Materiallar didaktik vositalar ichida eng daslabki, arzon va qulay guruxi xisoblanadi.
Didaktik materiallar xar bir o’quv yurtida mavjud bo’lib, bundan tashqari ularni xar bir o’qituvchi o’zi yoki o’quvchilar bilan birgalikda tayyorlashi mumkin. Ulardan mashg’ulotda foydalanish uchun tayyorlanishga vaqt kam sarflanadi. Ularni xarid qilib olish yoki tayyorlash xam nisbatan arzon. Xar bir o’qituvchi mashg’ulot turiga va o’rganilayotgan mavzuga qarab didaktik materiallar, modellar, maketlar yoki stendlardan foydalanishi mumkin. Buning uchun biz xar bir didaktik materialning qachon qo’llanilishi va uning didaktik imkoniyatlarini yaxshi bilib olishimiz kerak bo’ladi. Illyustrativ materiallar asosan yangi bilimlarni berishda, gurux bilan ishlashda qo’llaniladi. O’z navbatida xar bir illyustrativ materialning xam uziga xos vazifasi mavjuddir. Masalan biror bir mashina yoki detalning ishlash prinsipiini uning sxemasi yordamida o’rgansak, texnik chizmasi yordamida esa uning tuzilishi, o’lchamlari, bajaradigan vazifasi va boshka xususiyatlarini tushuntirish yaxshi samara beradi.
Tarqatma materiallar esa bilimlarni nazorat qilishda, o’quvchilar bilan individual ishlashda ko’proq qo’llaniladi. Misol uchun turli xil nazoratlarni o’tkazishda testlardan foydalansak, amaliy mashg’ulotlarda xar bir o’quvchi yoki kichik o’quvchilar guruxi uchun topshiriqlar kartochkalar yordamida aloxida-aloxida berilishi mumkin. O’quv-uslubiy materiallar asosan mustaqil ishlashda qo’llaniladi. Ma’lumki o’quvchilar bilimni faqat mashg’ulot davrida ololmaydilar. Shuning uchun ular darsdan tashqari qiroatxonada yoki uyda qo’shimcha, mustaqil tayyorlanishlari kerak bo’ladi. Buning uchun esa o’quv-uslubiy adabiyotlar katta o’rin tutadi. Masalan asosiy va qo’shimcha adabiyotlar qo’shimcha ta’lim olishda ishlatilsa, turli lug’at, spravochnik va kataloglar topshiriqlarni bajarishda keng qo’llaniladi.
Modellar, maketlar va stendlar mavzuni o’rganishda ko’proq qo’llaniladi. Maxsus fanlarni o’qitishda detallar, mexanizmlar yoki mashina va jixozlarning modeli, maketi yoki stendi bo’lmasa ularning tuzilishi, ishlash prinsipi va boshqa xususiyatlarini o’rganishning iloji yo’q. Bugungi kunda informasion texnologiyalardan ta’limda keng qo’llanilyapti. Informasion materiallar bilimlarni berish, ularni mustaxkamlash va o’zlashtirilishini baxolashda juda samarali yordam beradi. Kompyuterlarda tuzilgan turli o’rgatuvchi dasturlari, elektron darsliklar, virtual stendlar, testlar va boshka informasion materiallar o’qitishni samarali olib boradi. Bugungi kunda internet orkali o’quv maiyeriallarini olish, elektron kutubxonalardan foydalanish katta axamiyatga ega. Umuman olganda o’quv jarayonida informasion materiallar ustida ishlash, ya’ni axborot texnologiyalarini qo’llash juda unumli vositadir. Chunki o’quv materialining elektron nusxasi ularni ko’paytirish, qayta ishlash, yig’ish, uzatish va qabul qilishda eng samarali usul hisoblanadi.


Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə