Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə10/14
tarix28.11.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#133166
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
KVADRAT TENGLAMALAR

VII. Dars jihozi: Darslik, rangli ballar, o’quvchilar tomonidan tayyorlangan kartochkalar, mavzuga oid plakat

VIII. Darsda vaqt taqsimoti:


  1. Tashkiliy qism 2 daqiqa


  2. Uy ishini tekshirish 4 daqiqa


  3. Yangi mavzuni tashkil etishga o’tish 2 daqiqa


  4. Yangi mavzuni yoritish 14 daqiqa


  5. Yangi bilimlarni tekshirish va mavzuni mustahkamlashga o’tish 10 daqiqa


  6. O’rtog’ingni tekshir bellashuvi 10 daqiqa


  7. Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash 2 daqiqa


  8. Uyga vazifa 1 daqiqa




^ IX. Doskadan foydalanish:


X. Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism:

a) Darsga kirib o’quvchilar bilan salomlashish.

b) Navbatchi ishini, sinf xonaning estetik, ekologik holatini , doska, bo’r, darsga tayyorgarlikni tekshirish.

s) Davomatni tekshirish, darsga kelmaganlik sabablarini aniqlash.

2. Uy vazifasini tekshirish:

a) Sinfdagi 4 guruh a`lochi o’quvchilardan tayinlangan nazoratchi o’quvchilar o’z guruhidagi o’quvchilar vazifasini tekshirishi.

b) O`quvchilarning ishni to`liq bajarganligi yoki bajarmaganliganlini, qaysi tushunchaga bilimi bo`shlig`ini aniqlash va shu o`quvchini a`lochi o`quvchi otalig`iga topshirish.

3.Yangi darsni tashkil etishga o’tish:


  • Yangi bilimlarni qabul qilishga yo’naltiruvchi savollar berish yorda­mida o’quvchilarni tayyorlash.


  • Eng past bilimli o’quvchilarning ham mavzuni qabul qila olishiga ishonch hosil qilish


4.Yangi mavzuga kirish:

O’qituvchi:

Kvadrat tenglama va uning ildizlari

1-masala: To`g`ri to`rtburchakning asosi balandligidan 10 sm ortiq, uning yuzi esa 24 sm2 ga teng. To`g`ri to`rtburchakning balandligi toping.

To`g`ri to`rtburchakning balandligi x santimetr bo`lsin, u holda uning asosi (x+10) santimetrga teng. Shu to`g`ri to`rtburchakning yuzi x(x+10) smga teng.Masalaning shartiga ko`ra, x(x+10)=24.

Qavslarni ochib va 24 sonini qarama qarshi ishora bilan tenglaman­ing chap qismiga o`tkazib, quydagini hosil qilamiz:

x2+10x-24=0

Tenglamaning chap qismini guruhlash usuli bilan ko`paytuvchilarga ajratamiz:



x2+10x-24=x2+12x-2x-24=x(x+12)-2(x+12)=(x+12)(x-2)

Demak, tenglamani bunday yozish mumkin:



(x+12)(x-2)=0

Bu tenglama x1=-12 va x2=2 ildizlarga ega.

Kesma uzunligi manfiy son bo`la olmasligi sababli izlayotgan balandlik 2 sm ga teng bo`ladi.

Bu masalani yechishda kvadrat tenglama deb ataluvchi



x2+10x-24=0 tenglama hosil qilindi


Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə