O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

“Translation 
Memory”
(“Tarjimon xotirasi”) yoki 
“Sentence Memory”
(“Gap to’plagich”) 
konsepsiyasi.
70
Bu yondashuvga ko’ra muayyan matnni bir tildan ikkinchisiga 
tarjima qilish uchun dastlab uni yuqori malakali tarjimonga ko’rsatiladi. So’ng asl 
matn va uning tarjimasi kompyuterga kiritiladi, matn fragmentlarga (alohida 
jumlalarga, birikmalarga) bo’linadi, ushbu elementlardan ma’lumotlar bazasi 
tayyorlanadi. Ma’lumotlar bazasi qidiruv tizimiga yuklanadi, u esa tarjimasi 
mavjud bo’lgan matn fragmentlarini va alohida jumlalarni sifatli tarjima qilishga 
imkon beradi. Matnning ayrim notanish fragmentlari (bazada tarjimasi mavjud 
bo’lmagan matn qismlari) inson qo’li bilan tarjima qilinadi. Bunda bazadagi bu 
fragmentlarga yaqin keladigan tarjimalardan foydalanish mumkin. Matnning inson 
tomonidan tarjima qilingan qismlari yana ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Mana 
shu yo’l bilan “tarjimon xotirasi” asta-sekinlik bilan boyitib boriladi va tarjima 
samaradorligi yuksalib boradi. Lekin ushbu yo’nalishning afzalliklari bilan birga 
ayrim kamchiliklari ham mavjud. Birinchidan, bu yo’l bilan har qanday turdagi 
matnni tarjima qilib bo’lmaydi. U asosan muayyan tor yo’nalishdagi bir turdagi 
matnlarga mo’ljallangan. Ikkinchidan, ma’lum matnning katta fragmenti ikkinchi 
bir matnning katta qismiga tarjimada mos kelishi yoki yaqin kelishi har doim ham 
kuzatilavermaydi. Uchinchidan, “tarjimon xotirasi” bazasini yaratish yoki ikki tilli 
matnlar (bilingv) massivini to’ldirib borish amaliy jihatdan ko’p qiyinchiliklarni 
keltirib chiqaradi.
Rossiyada professor G.G.Belonogov frazeologik mashina tarjimasi 
konsepsiyasini asoslab berdi.
71
Bunga ko’ra matndagi tushunchalar ko’pincha 
alohida so’zlar yordamida emas, balki so’z birikmalari yordamida ifodalanadi. 
O’z-o’zidan kelib chiqadiki, matnni bir tildan boshqasiga tarjima qilish jarayonida 
ham mazmunni yuzaga chiqaruvchi asosiy til birliklari ham alohida so’zlar emas, 
balki tipik vaziyatlarni ifodalovchi frazeologik birikmalar (bu yerda frazeologik 
birlik keng ma’noda tushuniladi) hisoblanadi. Mazkur yondashuvga muvofiq 
matnda tez-tez uchraydigan so’zlar, iboralar, so’z birikmalari, nutqiy etiket 
70
Webb Lynn E.
Advantages and Disadvantages of Translation Memory: a Cost/Benefit Analysis. San 
Francisco State University. 1992. 
71
Qarang: 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə