O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Шемакин
 
Ю
.
И
.
Начало
компьютерной
лингвистики
. – 
М
.: 
МГОУ
. 1992, - C.68.


73 
Ikkinchi yondashuvda matn ortiqchaliklarga ega ko’pbosqichli tizim 
sifatida baholanadi, bunga ko’ra matnning yuqori sathida ko’proq informatsiya 
tashuvchi leksik birliklar, quyi sathida esa ozroq informatsiya beruvchi birliklar 
joylashgan bo’ladi. Bunda so’zma-so’z tarjima amalga oshirilib, ikki tildagi gaplar 
strukturasi yagona superstrukturaga birlashtiriladi. Bunda avtomatik tarjima modeli 
ikki holatda bo’ladi: a) 
generatsiya holati
tarjimaning ishlashini – lug’atlar 
jamlash, analiz algoritmlari, aniq bir maqsadga yo’naltirilgan sintezni ta’minlaydi; 
b) 
translyatsiya holati
sistemaning mustaqil ravishda tarjima ustida ishlashini 
ta’minlaydi.
Ikkinchi yondashuvga ko’ra avtomatik tarjima quyidagi protseduralar 
asosida ishlaydi: 
1-protsedura – qidiruv tizimi bilan bog’liq bo’lib, bunda lug’at bazasidan 
so’zlar, birikmalar, iboralar izlanadi, so’z-shakllarning morfologik analizi amalga 
oshiriladi. 
2-protsedura – so’zlarning sintaktik vazifasi, grammatik kategoriyalar – 
zamon, shaxs-son kabilar aniqlanadi. 
3-protsedura – bir yoki ko’p ma’noli so’zlar tarjimasi bayon qilinadi. 
4-protsedura – jumlani morfologik va sintaktik jihatdan shakllantirish 
jarayoni amalga oshiriladi. 
5-protsedura – transformatsion o’zgarishlar (matn yoki jumla strukturasini 
uning mazmuniga jiddiy ta’sir etmagan holda o’zgartirish; masalan, Kompyuter 
yoqildi va musiqa yangradi jumlasini “Kompyuter yoqilgach/ kompyuter yoqilishi 
bilan/kompyuter yoqilib musiqa yangradi” tarzida o’zgartirish) hosil qilinadi (agar 
zarurat tug’ilsa). 
6-protsedura yakuniy bosqich bo’lib, bunda murakkab grammatik 
formalarning sintezi amalga oshiriladi.
12-jadval


74 
Mashina tarjimasi strategiyasi sekin-astalik bilan o’zgarib organ. Ilk 
tajribalarda qo’llanilgan tarjima strategiyasi 
“tog’ridan-to’g’ri tarjima 
strategiyasi” 
deb ataladi, bunda faqat tarjima jarayonida so’zlma-so’z tarjima 
mufoviqligi e’tiborga olinadi. Ushbu strategiya tarjima sifatini va samaradorligiga 
salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ushbu strategiyani tanqid qilgan holda 
“vositachi til yordamida amalga oshiriladigan tarjima strategiyasi”
ishlab 
chiqildi. Ayniqsa, bu strategiya grammatik strukturasi va tipologik xususiyatlari 
bir-biridan farqlanuvchi tillar o’rtasidagi avtomatik tarjima tizimlarida faol tatbiq 
etiladi.
Avtomatik tarjimada inson hamda kompyuterning ishtiroki quyidagi tarzda 
bo’ladi: a) 
postediting
– matn (mashina-tarjimon) kompyuter yordamida tarjima 
qilinadi, so’ng inson-muharrir (inson-tarjimon) uni tahrir qiladi; b) 
preediting
– 
bunda inson matnni mashina-tarjimonga moslaydi, so’ng uni kompyuterga havola 
etadi; c) 
interediting
– bunda tarjimada murakkablik tug’diruvchi holatlar duch 
kelganda inson mashina-tarjimon ishiga aralashadi.
67
Matnni bir tabiiy tildan boshqasiga tarjima qilish jarayonidagi 
murakkabliklar va muammolarga nazariy va amaliy jihatdan yechim topish 
bo’yicha hali hanuz izlanishlar davom etmoqda. 1984 yilda Yaponiyaning Kioto 
universiteti professori, mashina tarjimasi bo’yicha yapon davlat dasturi rahbari 
Makoto Nagao bu yo’nalishda yangi konsepsiya ishlab chiqdi.
68
Ushbu 
konsepsiyaga ko’ra matnlar ilgari inson qo’li bilan tarjima qilingan matnlarga 
tayanib analogiya tamoyili asosida tarjima qilinishi lozim. Buning uchun 
kompyuterga kiritilgan katta hajmdagi 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə