O’zbek xalq musiqa ijodi” fanidan mavzu: O’zbek dostonchilik maktabi



Yüklə 66,15 Kb.
səhifə3/10
tarix18.05.2023
ölçüsü66,15 Kb.
#111183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ozbek dostonchilk maktabi MEHRIII1111

Dostonchilik maktablari. Epik poeziya’ning yaratuvchilari va ijrochilari o’zlarining sinfiy mansubiyatlari, repertuarlarining g’oyaviy yo’nalishlari jihatidan, professor Xodi Zarifov tekshirishlariga ko’ra, ikki guruhga bo’linadilar. Bunga sabab o’tmishda turli sinflarning maanfatlariga xizmat qiluvchi baxshilar va ularning o’zlariga xos repertuari bo’lgan.
Muayyan doston varianti jamoa va individual ijod birligi jaaryonida yuzaga kelgan maxsul ekan, unda kuylovchining ijrochilik va ijodkorlik faoliyatiga asrlar davomida shakllangan og’zaki epik an’analar doirasida namoyon bo’ladi. Bu hol barcha baxshilar uchun umumiy tomonlarni, muayyan dostonchili qoliplarini yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, har bir dostonchi yoki dostonchilar guruhi o’ziga xos poetik yo’li, uslubi bilan bir-birlaridan farq qiladi. Boshqacha qilib aytganda, umumta’lim puxta epik an’ana doirasida malum baxshi yoki baxshilar guruhiga xos alohida ijodiy xususiyatlar, yo’llar, uslublar o’zgachaligi mavjud. Fol’klorshunoslikda buni shartli ravishda dostonchilik (baxshilik) maktablari deb yuritiladi. Xozirgi kunda o’zbek fol’klorshunosligida Bulung’ur, Qo’rg’on, Shahrisabz, Qamay, She’robod, Janubiy Tojikiston, Xorazm kabi poetik dostonchilik maktablir – baxshilik San’atining ajoyib markazlari aniqlangan.
Bulung’ur dostonchilik maktabi vakillari qahramonlik dostonlarini ijro etish bilan mashhur bo’lganlar. Sodda, yuksak, o’ta an’anaviy, nisbatan arxaik bo’lgan qahramonlik eposi uslubi bu dostonchilarning poetik yo’li hisoblangan. Bulung’ur dostonchilik maktabining so’nggi talantli vakili Fozil Yo’ldosh O’g’li (1872-1955) hisoblanadi.
Fozil Yo’ldosh o’g’li XIX asrda Yo’ldosh, Qo’ldosh, Suyar shoir nomi bilan mashhur bo’lgan uch aka-ukaning kattasi Yo’ldosh Mulla Murod o’g’lining shogirdidir. Yo’ldosh shoir mashhur Yo’ldoshbulbulning shogirdi bo’lgan. O’z navbatida XVIII asrning II yarmida yashagan Muhammad shoir Yo’ldoshbulbulga ustozlik qilgan. Bu maktab Amin baxshi, Chini shoir, Tovbuzar shoir, Qurbonbek shoir, Sultonmurod, Yo’ldoshbulbul, Yo’ldosh, Qo’ldosh, Suyar, Rahimbulbul, Jura, Fozil shoir, Yorqalab kabi o’nlab dostonchilarni birlashtirgan. Bu maktab vakillari Farg’ona vodiysida o’zbek dostonchilariga ham ijobiy tasir ko’rsatganlar. Shuning uchun ham vodiydagi ulkan baxshilar, jumdadan, Yangiqo’rg’on tumanidagi Qo’lbuloq dostonchilari o’z ustozlarini Bulung’ur dostonchilik maktabi bilan bog’laydilar.

Yüklə 66,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə