O’zbek xalq musiqa ijodi” fanidan mavzu: O’zbek dostonchilik maktabi


Dostonlarda an’anaviy uslub va poetik formalar



Yüklə 66,15 Kb.
səhifə8/10
tarix18.05.2023
ölçüsü66,15 Kb.
#111183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ozbek dostonchilk maktabi MEHRIII1111

Dostonlarda an’anaviy uslub va poetik formalar. Asrlar bo’yi ishlangan, xalq badiiy an’anasi va kuylovchi ijodiy faoliyati birligida vujudga kelgan dostonlarda zamonaviy uslub elementlari va poetik shakllar asosiy o’rin tutadi. Dostonchining individual mahorati, ijodchi va ijrochilik faoliyati faqat mustahkam badiiy an’ana doirasida namoyon bo’ladi.
Xalq dostonlarida qisqa she’rlarga nisbatan uzun she’rlar ko’pchilikni tashkil etadi va asosiy o’rin tutadi. Bunday vazniy o’zgarishlar dostonlarning mazmuni bilan, qahramonlarning hatti-xarakati va holati bilan bevosita bog’liq ekanligini ko’rsatadi.
Dostonlarning nasr qismi ham o’ziga xos. Dostonlarda nazm va nasr badiiy fuknsiyasi jihatidan deyarli teng huquqqa ega. Ularning har birining o’z o’rni, o’z vazifasi bor. Biroq tasviriylik va hajm nuqtai nazaridan nazm nasrdan ustunlik qiladi.
Dostonlarning matni, syujeti, ko’pchilik motivlari an’anaviy va doimiy bo’lish bilan birga, ko’pgina syujet vaziyatlari, matndagi bir qancha parchalar ham umumiy va barqarordir. Dostondan dostonga aynan yoki ayrim o’zgarishlar bilan “ko’chib yuradigan” bunday parchalar umumiy tipik o’rinlar yoki epik klishe’rlar deb yuritiladi. Dostonlarning boshlanmasi va tugallanmasi, qahramonga nasihat, ot tarifi va otni egarlash, otda safar, jang tasviri, maston, ko’sa, Oqqiz singari an’anaviy obrazlarning portretlarini va boshqalar epik klishe’rlar hisoblanadi. Egri klishe’rlarni to’g’ri va o’z o’rnida qo’llash dostonchilikning mahorati va iqtidoriga bog’liq.
Dostonlarda boshlama uch muhim komponentni o’z ichiga oladi, ya’ni boshlama asarda tasvir etiladigan voqyeaning uzoq o’tmishga oid ekanligini, voqyea o’rnini va qahramon avlodi shajarasini ko’rsatadi.
Dostonlarning tugallanmasi optimistik xarakterga ega bo’lib, qahramonlar faoliyatining yakuni sifatida to’y-tasviri adashganlarning topishib, murod-maqsadga yetganligini ko’rsatish bilan tamomlanadi. Tugallanma boshlanmadan farqli o’laroq, ham nasr, ham nazmda berilishi mumkin. Ayrim xollarda baxshilar tugallanmada qahramonlarning murod-maqsadlariga yetganliklarini ko’rsatish bilan birga, o’zlari haqida gapiradilar, tinglovchi va o’quvchilarga yaxshi istaklar bildiradilar.
Dostonlarda epik klishe’rlar bilan bir qatorda an’anaviy uslub elementlaridan yana biri – dostondan dostonga ko’chib yuruvchi, tayyor, qolip holiga kelib qolgan misralar, ikkiliklar, ifodalar – doimiy formulalar ham muhim o’rin tutadi. Masalan: “Xazon bo’lmay bog’da gullar so’ldimi, so’lgan gulga bulbul kelib qo’ndimi”, “Qiyg’ir degan qush o’lturar qiyada”, “Yomg’ir yog’sa, xalqob yerlar loylansin”, “Bahorda ochilgan bog’ning gulisan”, “Qizil gul ochilar g’unchadan g’uncha”.
Doston mazmuni bilan u yoki bu darajada bog’langan, ayrim xollarda an’anaviy xususiyatga ega bo’lgan bunday misralar bandning boshida, bazan o’rtasida kelib, aytuvchining to’xtovsiz tahlil qilishga imkon beradi, quyilib kelayotgan fikr oqimini mohirlik bilan tezroq bayon qilishga yengillik tug’diradi. Banddagi boshqa misralar bilan qofiyada mahkam bog’langan bunday qaytariqlar dostonchining so’z topishiga bir oz fursat yaratib, keyingi misralarni tezlik bilan ijod qilishga sharoit hozirlaydi.
Dostondagi doimiy stilistik formulalar qofiya, vazn talablariga, qo’llanish o’rni va vaziyatga ko’ra ayrim o’zgarishlar bilan ishlatiladi. Masalan, “Alpomish” dostonida “Xazon bo’lmay bog’da gullar so’ldimi” satridagi “bo’lmay” so’zi “bilib”, “bo’lsa” shaklida; “so’ldimi” so’zi “so’lgandir”, “so’lganda”, “so’lganmi”, “so’larmi”, “so’lmasa”, “so’lmasin”, “so’lmasmi”, “so’larmikan”, “so’lar deyman” formalarida qo’llanilgan.
Yuqoridagilardan tashqari doimiy epitetlar, o’xshatishlar ham an’anaviy uslub elementlaridan hisoblanadi. Ananaviy uslub va baxshilar ijodiy badihasining birligi, o’zaro aloqasi fol’klorning asosiy xususiyatlaridan bo’lib, og’zaki poeziya’ning g’oyaviy-estetik mohiyatini belgilaydi. Ko’p avlodlar tomonidan shakllangan va bizgacha yetib kelgan an’analar, an’anaviy poetik uslub xalq og’zaki ijodining, fol’klor jarayonining asosiy belgilaridan sanaladi. Chunki fol’klor umumlashgan, barqaror an’analar doirasida yuzaga keladi, yashaydi, rivojlanadi, o’zgaradi va saqlanib qoladi.
O’zbek xalq dostonlarining tarixiy-madaniy ahamiyatiga tengsizdir. U xalqimizning o’ziga xos badiiy tarixidir. Unda xalqimizning asrlar bo’yi qilgan orzu-umidlari, porloq kelajak haqidagi o’y-fikrlari mujassamlashgan.
Demak, doston va dostonchilikdan maqsad mehnatkash ommasining kayfiyati va ruhiyatini kuylash, shu ruh va kayfiyatiga mos idealdagi “bugungilar” sabog’i orqali baxshi bilan yuzma-yuz turgan tinglovchilar doirasining “ko’nglini botir qilish”, ularda yanada ezgulikka yo’doshdir. Xalq dostonlari milliy iftixor va o’z-o’zini anglash, vatanparvarlik tuyg’ularini tarbiyalashda muhim g’oyaviy-estetik vazifa o’taydi.
Xalq dostonlari professional San’at taraqqiyotida, o’zbek xalq madaniyati rivojida katta rol o’ynaydi. Xalq dostonlari motivlari asosida “Alpomish”, “Ravshan va Zulxumor”, “Orzigul”, “Toxir va Zuhra” dramalari hamda “Toxir va Zuhra” kinofilmi yaratildi. Dostonlar yozuvchilar, shoirlar, kinematograflar, rassomlar, xaykaltaroshlar, fan va madaniyat arboblari uchun bitmas-tuganmas ijod chashmasidir.

Xulosa
Dunyoda xalqlar, el va elatlar ko’p. Har birining o’z tili, o’z tarixi, madaniyati, ma’naviyati, avloddan-avlodga o’tib kelayotgan an’anayu qadriyatlari bor. Xalq og’zaki ijodi namunalari har bir yelning ma’naviy qiyofasini, o’zligini namoyon etadi.
Nainki buyuk allomalarimiz, fozilu shoirlarimiz, mutafakkirlarimiz, balki xalqimiz dahosi yaratgan o’lan va laparlar, ertak va dostonlar, maqol va matallar bilan ham haqli ravishda faxrlanamiz.
Baxshichilik kamdan-kam xalqlarda uchraydigan nodir san’at turlaridan sanaladi. Chunonchi, o’zbek xalqi azaldan o’zining tili biyron baxshilari bilan dovruq taratib kelgan.
O’zbek baxshisi qo’lidagi do’mbira tilga kirib, ovoz sozga, soz ovozga ulanganida qalblar ohanglar asiriga aylanadi. Moviy osmon, bepoyon kengliklar, shovullayotgan daraxtlar, qushlar chug’uri dillarga zavq bag’ishlaydi. Olis-olislardan otlar dupuri yeshitilgandek, quloqda chavandozlar qiyqirig’i yangragandek bo’ladi…
Munis onalarimiz aytgan allalar bilan shuurimizga kirgan ertagu dostonlar qalbimizda Vatanga muhabbat, jo’mardlik, mehr-oqibat kabi tuyg’ularni kamolga yetkazgan. Ajdodlar yodi, faxru g’ururi Alpomish, Go’ro’g’li, Rustamxon timsolida xotiramizga jo bo’lgan. Ming yillik o’tmishimizdan hikoya qiluvchi bu dostonlarda hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o’zligini yo’qotmagan xalqimizning bag’rikenglik, matonat, oliyjanoblik kabi yezgu fazilatlari o’z ifodasini topgan.
“Alpomish”, “Go’ro’g’li”, “Kuntug’mish” kabi o’nlab dostonlarimiz millatimiz ma’naviy qudratining yorqin timsolidir. Birgina “Go’ro’g’li” turkumiga kirgan dostonlarni o’zbek xalqi hayoti, turmushi, orzu-umidlarini, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy qarashlarini, uning qahramonona o’tmishini keng ko’lamda tasvirlovchi asarlar sifatida bir jild ostiga to’plansa, qariyb bir millionga yaqin nasriy va she’riy satrlardan iborat buyuk bir yepopeya paydo bo’ladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida qadimiy an’ana va urf-odatlarimizni, ma’naviy merosimizni tiklash va asrab-avaylashga, xalq og’zaki ijodining bebaho durdonalarini chuqur o’rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So’nggi yillarda o’nlab dostonlar kitob holida nashr yetildi. Ajdodlarimiz badiiy dahosining bebaho yodgorligi – “Alpomish” dostonining 1000 yilligi keng nishonlandi.
O’zbek baxshichilik maktabi uzoq tarixga ega. Azaldan ona zaminimizda Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand baxshichilik maktablari shakllanib, sayqal topib kelgan. Ming yillar davomida xalqimizning barhayot, o’lmas dostonlarini kuylab, gavhardek asrab-avaylab, boyitib kelgan baxshilar nomi ma’naviyatimiz tarixiga oltin harflar bilan bitilgan. Ularning an’analarini davom ettirib kelayotgan baxshi-shoirlar e’tibor va e’zozga musharraf bo’lgani barcha ustozlarimiz qatori meni ham behad mamnun etadi.
Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvonini ta’sis etish to’g’risidagi farmoni ham ana shu oliyjanob maqsadga qaratilgan.



Yüklə 66,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə