O’zbek xalq musiqa ijodi” fanidan mavzu: O’zbek dostonchilik maktabi



Yüklə 66,15 Kb.
səhifə5/10
tarix18.05.2023
ölçüsü66,15 Kb.
#111183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ozbek dostonchilk maktabi MEHRIII1111

BAXSHILAR
Xalq og‘zaki ijodining yuksak san’at turi doston va dostonchilikning paydo bulishi taraqqiyoti baxshilar nomi bilan bog‘liqdir.
Atoqli olim Xodi Zarifovning yozishicha baxshi mug‘ilchi va buriyatcha baxsha so‘zlaridan olingan bulib, ustod ma’rifatchi degan ma’nolarini beradi. O‘zbeklarda baxshi keng ma’noda xalq dostonchisi dostonlarni kuylovchi, yodda saklovchi va nasldan-naslga o‘tkazuvchi san’atkordir. Xalq orasida baxshi so‘zi ikki ma’noda qo‘llangan. Ba’zi joylarda doston kuylovchi, ayrim joylarda afsungarlik, folbinlik, shamanlik kiluvchi shaxsga nisbatan ishlatilgan. Uzoq utmishda bu ikki vazifani bir shaxs bajargan. Ko‘pchilik erlarda esa ikkinchi vazifani bajaruvchi shaxs kushnoch, duoxon, kinnachi, kasal boquvchi kabi turli tuman so‘zlar bilan ifodalangan. Masalan, turkmanlarda doston kuylovchi shaxs qozoq va qirgizlarda afsungar, folbinlarga nisbatan baxshi termini ishlatilgan. O‘zbekistonda esa, baxshi asosan bir ma’noda xalq dostonchisi, professional san’atkorga nisbatan keng kullaniladiki, u o‘zbek fol’klorshunosligida asosiy termin sifatida mustaxkam uzlashib ketgan. Mo‘g‘illar istilosi davrida budda dinidagi qalandarlarni , mo‘g‘illarda jarroxlarni, turli xujjat va xatlarni uygur yozuvda ko‘chiruvchi turkiy xalqlardan bo‘lgan kotiblarni, CHigatoy ulusi Oltin Urda, Kozon, Kirim xonligidagi kotiblarni, Boburiylar davlatigi xarbiy kismlarning xisob kitob ishlarini olib boruvchi va ularga maosh to‘lovchi yirik amaldorlarni, Buxoro xonligida davlat binolarni kurishda mablag xisobini olib boruvchi kishilarni, turkmanlarda urug‘ oqsoqollarni xam baxshi deb atashgan.
O‘zbekistonning ayrim erlarida xalq dostonchisini baxshi so‘zidan boshka yana turlicha nomlarda yuritiladi. Masalan, Surxandaryo, Kashkadaryo yuzboshi, janubiy Tojikiston o‘zbeklar orasida soki, Surxandaryo va janubiy Tojikistonning ayrim sozanda Fargona vodiysida sannovchi ayrim tumanlarda jirov, jarchi, okin, oxin, va xokazo. O‘zbeklarlarda xalq dostonchisini shoir deb atash xam keng tarqalgan. SHoir arabcha so‘z bulib, poetik asarlar ijodkori bulgan yozma va og‘zaki vakillari sifatida kullaniladi. Uzlarining yangi yangi doston variantlarini xatto, yangi dostonlarni xam yarata oladigan baxshilar shoir deb xam ataladi. Masalan, Fozil shoir Pulgan shoir, Islom shoir va boshqalar.
Baxshilar xalq dostonlarini biror sozda, kup erlarda do‘mbira, ayrim joylarda qo‘biz yoki dutorda kuylaydilar. Xorazm baxshilari esa, dostonlarni asosan dutorda ijro etadilar, ularga g‘ijjak va balomonda sozandalar jo‘r buladi. XX asrning 30-yillaridan Xorazm baxshilari esa dostonlarni tor va rubobda kuylay boshladilar. SHu munosabat bilan ayrim baxshilar ansamblida skripkadan foydalanish, ansamblga doirachi, xatto uyinchi olib kirish xollari buldi Xorazmdagi Bola baxshi ansambli bunga misol bula oladi.
Xorazmda epik asarlarni, ulardan olingan parchalar va ayrim termalarni kuylovchi ijodkorlarning yana bir turini xalfalar deb yuritadilar. Xalfachilik asosan ayollar orasida keng tarqalgan. Xalfachilik san’ati asosan ikki xil:
-ansamblli xalfalar;
-yakka xalfalar.
Ansamblli xalfalar uch kishtidan iborat- ustoz xalfa(garmon chaladi va qo‘shiq aytadi), doirachi (ashulaga jur buladi, goxida raksga tushadi.), va uyinchilar ( kayrok bilan raksga tushadi, yalla va lapar aytadi, ba’zan doira chaladi) Bibi shoira, Ojiza, Onajon Safarova, nazira sobirova kabilar shunday xalfalardir.
YAkka xalfalar doston va qo‘shiqlarni sozsiz ijro etadilar Ular dostonlarni yoddan yoki kulyozma va kitobdan yokimli oxangda ukish, «YOr-yor», «Kelin salom», «Muborak» kabi tuy qo‘shiqlarini ijro etish bilan shuxrat kozongan. Xorazm xalfalari kuprok «Oshiq G‘arib va SHoxsanam», «Oshiq Oydin», «Qissai Zebo», «Bozirgon» kabi dostonlarni va Maxtumquli she’rlarini, turli marosim qo‘shiqlarini va uzlari yaratgan qo‘shiqlarni ijro etadilar. Xalfachilik jozibali va navqiron ayollar san’ati sifatida Xorazm voxasida shu kunlarda keng davom etmokda.

Yüklə 66,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə