O’zbekiston respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix14.06.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#89457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
xuzhajra tuzilishi

Hujayra membranasi
. Hujayra va uning tarkibiga kiruvchi barcha 
organoidlar membrana bilan chegaralangandir. Membranalar hujayralarni 
ayrim kompartmentlarga ajratadi. Membranalarda o'ta hayotiy muhim bo'lgan 
jarayonlar sodir bo'ladi, ya'ni to'siqlik, tashiluv, osmotik, energetik
biosintetik va boshqalar. 
 Biologik 
membranalarning 
tuzilishi

Membranalar 
asosan 
lipoproteidli tuzilmalar bo'lib 60% oqsil moddalardan, 40% esa lipidlardan, 
xususan fosfolipidlardan iborat. Ularning qalinligi 6-10 nm. Membrana 
shakllanishida gidrofob bog'larga asosiy o'rin beriladi: lipid-lipid, lipid-oqsil, 
oqsil-oqsil. Bundan tashqari, membrana tarkibiga yana har xil funksiyani 


bajaruvchi oqsillar ham kiradi. (tashuvchi, ion kanali va nasos vazifalarini 
bajaruvchi). Keyingi vaqtlarda membranalarda qandlar va amanokislotalarni 
tashuvchi oqsillar ham topilgan. Shuningdek membranada polisaxaridlar, 
nuklein kislotalar, sezuvchi sistemalar (retseptorlar) ham joylashgan. Bundan 
kelib chiqadiki, membranalar hujayraning boshqa kompartmentlaridan 
metabolitik funksiyalarni bajarishi bilan ham ajralib turadi. Biologik 
membranalarning tuzilishida hozirgi vaqtda ko'proq suyuqlik-mozaikali 
tuzilishga e'tibor beriladi. Bu gipotezaga asosan membrananing asosini o'zida 
qisman boshqa lipidlarni (galaktolipidlar, stearinlar, yog' kislotalari) tutgan 
ikki qavatli fosfolipidlar tutadi. Fiziologik haroratlarda to’yinmagan yog' 
kislotalari tufayli ayrim suyuq g'ovakchalar vujudga keladi. Ushbu holga 
stearinlar ham yordam beradi. 
Biologik membranalar lipid tuzilishi bo'yicha assimetrikdir. Chunki 
ularning ikki tomoni har xil gidrofil muhitlarga qaralgandir. Tashqi qavatda 
ko'proq stearinlar va glikolipidlar mavjud (3-rasm). 

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə