O’zbekiston respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix14.06.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#89457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
xuzhajra tuzilishi

 
3-rasm. 
Biologik membranalarning molekulyar tuzilishi.
 
Membrana tarkibiga kiruvchi lipidlar o'rin almashish xususiyatiga 
egadir. Bu o'rin almashishi ikki tipda ya'ni o'zining yakka qavati doirasida 
(literal diffuziya) va bir-biriga qarama-qarshi qavatlarda ikkita lipid 
molekulalarining o'rin almashishi (flip-flop) tipida bo'ladi. Yakka qavatdagi 
lipidlar diffuziyasida 1 soniya davomida millionlab lipidlar o'rin almashishi 
mumkin. Bu hodisaning tezligi esa 5-10 mkm/s atrofida bo’ladi.
 
Biologik membranalarning vazifasi
. Membranalar labil tuzilishga ega 
bo'lganligi sababli har-xil vazifalarni: xususan to'siqlik, tashuvchi, osmotik, 
tuzilma, energetik, biosintetik, sekretorlik va boshqa vazifalarni bajaradi. 
Ammo membranalarning birlamchi vazifasi ichki muhitni tashqi muhitdan 


ajratib turish bo'lgan. Keyinchalik evolyutsiya jarayoni mobaynida bir qancha 
hujayra ichki kompartmentlari vujudga kelganki, buning natijasida hujayra va 
organoidlar kichik hajmda kerakli fermentlar va metabolitlarni ushlab turish, 
geterogen 
fizik-kimyoviy 
makromuhitni 
vujudga 
keltirish 
hamda 
membranalarning har xil tomonlarida turli reaksiyalarni (biokimyoviy), ayrim 
hollarda bir-biriga qarama-qarshi biokimyoviy jarayonlarni amalga oshirish 
imkoniyati yuzaga kelgan. 
Tirik hujayralar membranalari orqali ikki xil tashiluvni kuzatish mumkin. 
1.Moddalarning kimyoviy va elektrik gradient bo'yicha passiv tashiluvi. 
2.Moddalarning elektrokimyoviy gradientga qarama-qarshi ravishda, 
energiya sarflanishi bilan boradigan faol tashiluvi. 
Moddalarning passiv tashiluvi quyidagicha amalga oshiriladi: 
a) fosfolipidli qatlam orqali. Ushbu tashiluv modda lipidda erisagina 
amalga oshishi mumkin. 
b) lipidlar orasida vujudga kelishi mumkin bo'lgan g'ovaklar orqali. 
v) lipoprotein tashuvchilarning faoliyati tufayli. 
g) lipoprotein komplekslar, xususan natriyli, kalsiyli, va boshqa 
komplekslar tufayli vujudga kelgan kanalchalar orqali. 
Qandlar, aminokislotalar va ayrim boshqa substratlar maxsus tashuvchilar 
masalan H
+
-ionlari yordamida (o'simliklarda, bakteriyalarda, zamburug'larda) 
amalga oshishi mumkin. Bunda moddalar simport bo'yicha tashiladi ya'ni 
o'sha tarafga o'tayotgan ionlar bilan birgalikda tashiladi. Aytib o'tish lozimki 
hayvon hujayralarida ushbu hol Na
+
ionlari bilan birgalikda ro'y beradi. 
Moddalar tashiluvining H
+
va Na
+
ionlari bilan birgalikda ro'y berishida 
asosiy harakatlantiruvchi kuch bo'lib moddalar gradienti emas, balki ionlar 
gradienti hisoblanadi. Shuningdek qandlarning fosfor aralashgan va fosfor 
aralashmagan ko'rinishlarining faol tashiluvi ham mavjud. 
Ionlarning elektrokimyoviy gradientga qarama-qarshi faol tashiluvi 
tashuvchi ATFazalar yordamida energiya sarflanishi bilan boradi. Hozirgi 
vaqtda tashuvchi ATFazalarning K
+
-ATFaza, Na
+
-ATFaza, H
+
-ATFaza, Ca
+
-
ATFaza va anionli ATFaza kabi xillari aniqlangan. Keyingi vaqtlarda 
adabiyotlarda ionlarning faol tashiluvida anorganik pirofosfatazalar (H
+
-
RRaza) ham qatnashishi mumkin degan ma'lumotlar e'lon qilinmoqda. 
Shuningdek H
+
ionlarining faol tashiluvida NADF, NADFH yoki boshqa 
oksidlanishi-qaytarilishi mumkin bo'lgan birikmalar tufayli ham bo'lishi 
mumkin. Ionlarning (H
+
) ATF yoki NAD(F)H yordamida membranalar 
orqali tashiluvi proton pompasi (H
+
-pompasi yoki H
+
-nasosi) nomini olgan.
Proton pompasi (H
+
-pompa) xuddi hayvon hujayralaridagi Na
+
kabi bir 
qancha hujayra uchun o’ta muhim bo‘lgan jarayonlarni amalga oshirishda, 
xususan hujayra ichki pH muhitini boshqarishda membrana potentsiaillarini 
vujudga keltirishda, energiyaning tashiluvi va yig‘ilishida, moddalarning 


membranalarda tashiluvida, ildizlarning mineral tuzlarni yutishida va boshqa 
jarayonlarda qatnashadi, 
Ushbu H
+
-pompasining faollashishida N
+
-ionining elektrokimyoviy 
(Δμ
H
+
) potensiali ortadi. Bu ko‘payish uning elektrik (ΔΨ) va kimyoviy 
(ΔrN) komponentlarining ko‘payishini o‘z ichiga oladi ya’ni: 
Δμ
H+
= ΔΨ+ΔpH 
Ushbu ikkala komponent ham moddalarning almashinuvida qatnashishi 
mumkin. Elektrik potensial bir qancha ionlarning (K
+
,Mg
2+
, Mn
2+
, Ca
2+
vaboshqalar) yutilishi uchun energetik asos bo'lib xizmat qiladi. Proton 
potensiali esa hujayraga N
+
-ionlari simporti bilan boradigan anionlar, 
qandlar, aminokislotalarning hujayragi tashiluvi hamda osmotik boshqariluvi 
uchun xizmat qiladi.
Membrananing tuzilma funksiyasi
. Membranadagi 
poliferment komplekslarning ma'lum bir tartibda joylashishi tufayli katalitik 
markazlar bir-biri bilan yaqinlashadi. Buning natijasida poliferment 
komplekslar yuqori samaradorlikka ega bo'ladi. Membranadagi bitta ferment 
molekulasi o'rtacha 20-30 molekula fosfolipid tutadi.
 
Oqsillar atrofidagi lipidlarning doimiy harakati tufayli fermentning lipid 
«qobig'ida» molekulyar teshikchalar vujudga keladi. Agar lipid suyuq agregat 
holatida bo'lsa bu hol ferment faoliyatiga ta'sir qilmaydi. Ammo lipidlarning 
anchagina qismi qattiqlashgan bo'lsa bu oqsil fermentlarning yopishishiga 
olib kelib, ularning funksiyasini buzilishiga olib keladi. 
Energiyaning to'planishi va tashiluvi.
Bu membrananing eng asosiy 
vazifalaridan biri hisoblanadi. Yashil o'simliklar xloroplastlari tomonidan 
qabul qilingan yorug'lik energiyasi avvalo NADH va ATF energiyasiga, oxir 
oqibatda esa qand, organik kislotalar, aminokislotalar kimyoviy bog'larining 
turg'un energiyasiga aylanadi. Ushbu birikmalarning sitoplazma va 
mitoxondriyalarda oksidlanishi natijasida hujayraning hayot faoliyati uchun 
zarur energiyalar ajraladi. P.Mitchelning (1961) xemoosmotik nazariyasiga 
ko'ra mitoxondriyalar va xloroplastlardagi ATF sintezi jarayoni N
+
-
ionlarining elektrokimyoviy membrana potensiali vujudga kelishi bilan 
bog'liqdir. Bu esa N
+
-nasoslarining ishi tufayli bo'ladi. 
Membrananing retseptorlik-regulyatorlik (boshqaruvchilik) funksiyasi 
ham alohida ahamiyatga egadir. Membranalarda oqsil tabiatli, kimyoviy va 
fizik omillarga o'ta sezuvchan xemo-, foto- va mexanoretseptorlar mavjud. 
Bu retseptorlar tashqi va ichki muhitdan keladigan signallarni qabul qiladi va 
hujayrada moslashish reaksiyalarini vujudga kelishini ta'minlaydi.
Yadro.
Irsiy belgilarni saqlovchi organoid bu yadrodir. O'simlik 
hujayrasi yadrosining diametri 10 mkm atrofida bo'lib ikkita membrana 
(ichki va tashqi) bilan o'ralgandir. Ushbu membranalarda 10-20 nm 
o'lchamdagi teshikcha-kanalchalar bo'lib ular orqali nukleoplazmaga oqsil va 
nuklein kislotalar tashiladi. Ko'rinishi dumaloq, oval va ipsimon bo'lishi 
mumkin. O'simlik hujayrasida ko'pincha bitta yadro uchraydi, biroq ko'p 


yadroli hujayralar ham bor. Yosh hujayrada yadro markazga yaqin bo'ladi. 
Yadro ikki qavatli membrana bilan o'ralgan bo'lib unda 1-6 dona yadrocha 
bo'ladi (4-rasm). 
Yadro endoplazmatik to’r yordamida boshqa organoidlarning 
membranasi bilan bog'langan bo'ladi. Yadro maxsus-spesifik oqsillarni sintez 
qilish va irsiy belgilarni avloddan-avlodga ko'chirishda muhim rol o'ynaydi.

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə