O’zbekiston respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


-rasm. Sellyuloza mikrofibrillarining tuzilishi



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/16
tarix14.06.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#89457
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
xuzhajra tuzilishi

17-rasm.
Sellyuloza mikrofibrillarining tuzilishi
(Taiz, Zeiger, 
1998). 
Birlamchi hujayra devori quruq og'irligining 30% sellyulozadan iborat. 
Sellyuloza molekulalari o’zaro vodorod bog'lari bilan bog'lanib 
mikrofibrillarni
hosil qiladi (17-rasm). Gemisellyuloza va pektin 
moddalarining miqdori to'qimalarning turiga qarab o'zgarib turishi mumkin. 
Oqsil bilan birgalikda pektin moddalari hujayra quruq og'irligining 30% 
atrofida bo'lishi mumkin. Ammo oqsillarning miqdori 5-10% atrofida 
gemisellyulozaning miqdori esa 40% bo'lishi mumkin (18-rasm). 


18-rasm.
Mikrofibril sellyulozasining terminal komplekslardan 
shakllanish mexanizmi (Gunning, Steer, 1996.) 
Hujayra devorlarida 1 mkm kattalikgacha bo'lgan teshikchalarga ega. 
Ular orqali plazmodesmalarning ipchalari o’tadi. Plazmodesmalar orqali 
hujayralararo aloqa bo'lib turadi. Har bir plazmodesma plazmalemmadan 
kelib chiqqan kanalchalarga ega va ular hujayradan hujayraga o’tib ketgan 
(19-rasm).
19-rasm. 
Plazmodesmaning 
tuzilish 
sxemasi 
(B.B.Kuznetsov, 
G.A.Dmitriyev, 2005):
 
a-uzunasiga kesimi, b-kundalangiga kesimi. 1-
hujayra devor, 2- birinchi hujayrani sitozoli, 3-yon hujayrani sitozoli, 4-
desmotubulalar, 5-plazmalemmalar, 6-oqsil mikrofilamentlari, 7- oqsil 
glabulalari. 


Plazmodesmaning markaziy qismida dismotrubka bo'lib unda prujina 
shaklidagi oqsil molekulalari mavjud. Dismotrubka qo’shni hujayralarning 
endoplazmatik to'ri membranalari bilan qo’shilgan. Dismotrubkaning atrofida 
sitoplazma qavati joylashgan bo'lib u o'z navbatida qo’shni hujayra 
sitoplazmasi bilan bog'langan. 
Binobarin, 
hujayralararo 
aloqa 
sitoplazma, 
plazmolemma, 
endoplazmatik tur va hujayra devori orqali amalga oshadi. Organlar va 
to'qimalar hujayralari sitoplazmasining birlikdagi tizimi simplast deyiladi. 
Shuni aytib o’tish lozimki hujayra devori protoplastning hosilasi bo'lgan 
holda bir qancha vazifalarni bajaradi ya'ni hujayrani zararlanishdan va 
ortiqcha suv yo'qotishdan saqlaydi, turgor hisobiga hujayraning shaklini va 
ulchamini belgilaydi, hujayralarda ionlar almashinuvida asosiy o'rinni 
(ionalmashlovchi sifatida) tutadi, bir hujayradan boshqa hujayraga moddalar 
o`tishiga (apoplast tashiluv) xizmat qiladi. Shuningdek hujayra devorlari 
hujayralarning o'sishi va differensirovkasida muhim o'rin tutadi.
 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Beknazarov B.O. O’simliklar fiziologiyasi. Toshkent, 2009. 
2.
Хўжаев Ж. Ўсимликлар физиологияси. Тошкент, Меҳнат. 2004. 

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə