O’zbekiston respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix14.06.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#89457
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
xuzhajra tuzilishi

Glioksisomalar.
Glioksisomalar urug'larning unish davrida ko'plab hosil 
bo'lib ularda yog'lar to'planadi. Glioksisomalar tarkibida yog'larni parchalab 
qandlarga aylantiruvchi fermentlar ham bor. 
Peroksisomalar va glioksisomalar fermentlarining faoliyati tufayli hosil 
bo'lgan H
2
O
2
ularda mavjud bo'lgan katalaza fermentining faoliyati tufayli 
parchalanib zararsiz holga o'tkaziladi. 
Sferosomalar.
Ularni avval mikrosomalar deyilgan. Dumaloq, 
yorug'likni sindirish qobiliyatiga ega. Ular endoplazmatik to'rdan hosil 
bo'ladi va o'ziga lipidlarni ko'p to'playdi, ko'pincha ularni lipidli tomchilar 
ham deb ataladi. Ularda fermentlardan lipiza, esteraza, proteaza, RNK aza, 
DNK azalar uchraydi. Bu organoidda ko'proq yog'larni sintezlanishi va 
to'planishi kuzatiladi 
Mikronaychalar.
Sitoplazmaning tashqi qatlamida naychasimon 
organoid uchraydi. Uzunligi 20-30 nm, qalinligi 5-14 nm. Mikronaychalar 
bir-biriga parallel joylashgan bo'lib hujayra o'qiga nisbatan esa 
perpendakulyardir. Ular globulyar oqsil, tubilinning α va-β monomerlaridan 
tashkil topgan, membranasi yo'q. Mikronaycha tubulinning 13 dona 
subbirligidan tashkil topgan. Sitoplazmaning mikronaycha subbirliklari bir-
biridan ajralib va yig'ilib turishi mumkin. Ularning yig'ilishi uchun muhit pH 
ko'rsatkichi nordon bo'lib, GTF, ATF va Mg
2+
bo'lishi zarur. Ammo past 
harorat va Ca
2+
ionlari miqdorining ortishi mikronaychalar subbirliklarini 
tarqalishiga olib keladi. Mikronaychalar yordamida sitoplazmaning harakati 
sodir bo'ladi. 
O'simlik hujayrasining sitoplazmasida aktindan tashkil topgan filament 
tuzilmalar ham mavjuddir. Aktin qisqaruvchi oqsil bo'lib aminokislotalar 
tarkibi va molekulyar massasi bo'yicha muskul oqsillariga yaqindir. U 
monomer-globulyar oqsil G-aktin holida yoki qushaloq polimer zanjir 
fibrillyar oqsil F-aktin holatida bo'lishi mumkin. Aktin mikrofilamentlari 
mikronaychalar va plazmalemma bilan o'zaro ta'sirda bo'lishi mumkin. 
Mikronaychalar 
sitoplazmaning 
eruvchan 
qismidagi 
metabolik 
jarayonlarning faol ishtirokchisi bo'lib sitoplazma harakatlantiruvchi 
kuchining asosini tashkil qiladi.


Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə