O’zbekiston respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix14.06.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#89457
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
xuzhajra tuzilishi

12-rasm.
Xloroplastning tuzulishi (B.B.Kuznetsov, G.A.Dmitriyev, 
2005) 
a –rasm, b-tuzulish sxemasi. 1- tashqi membrana, 2-stroma, 3-tilakoid 
stromalari, 4-granlar, 5-ichki membrana, 6- tilakoid granlari, 7-DNK , 8-
ribosoma, 9-kraxmal donachalari 


Xromoplastlar-sariq, qizil va qo'ng'ir rangda bo'lib, o'simlikning turli 
xil organoidlarida xususan guli va mevalarida ko'p uchraydi. Masalan, 
pomidor va boshqa ko'pchilik mevalarning rangi xromoplastlar tarkibidagi 
karotanoidlarga bog'liq. Ularda karotin- C
40
H
56
, lyutein- C
40
H
56
O
2

violoksantin- C
40
H
56
O
4
pigmentlari bo'ladi. Ularni shakli xilma-xildir 
(dumaloq, uchburchak, ignasimon va h.k.). Xromoplastlar tufayli gullarning 
turli xil rangi hasharotlarni jalb qilishda va chetdan changlanishda katta 
ahamiyatga ega. 
Hujayraning o'sishi davomida xloro- va xromoplastlar bo'linib 
ko'payadi. Ayrim hollarda bo'rtib ko'payishi ham mumkin. Ularning bo'linishi 
har 6-20 soatda ro'y berishi mumkin va ushbu jarayon nurlarning tarkibiga 
ham bog'liq. Masalan, qizil nurlar (660 nm), bo'linishni kuchaytirsa, uzun 
qizil nurlar (730 nm) va past harorat ushbu jarayonni sekinlashtirish va 
to'xtatishi mumkin. 
Vakuolalar.
O'simlik hujayrasi uchun eng xarakterli bo'lgan 
organoiddir. O'simlik hujayrasida suv ko'p miqdorda bo'lgani uchun vakuola 
sistemasi yaxshi rivojlangan. Yosh hujayralarni endoplazmatik to'rida ko'p 
mayda pufakchalar bo'lib, ular o'zaro qo'shilib kattalashadi va endoplazmatik 
to'rdan ajrab chiqadi va yagona yirik vakuolaga aylanadi. Vakuolaning 
membranasini 
tonoplast
deyiladi, ichidagi suyuqlik hujayra shirasidan iborat. 
Vakuola shirasining tarkibi murakkab bo'lib o'z ichiga organik moddalar, 
mineral tuzlarni oladi hamda 96-98% suv tutadi.
Vakuolada moddalar almashinuvida ikkilamchi foydalanilishi mumkin 
bo'lgan aminokislotalar, uglevodlar, oqsillar va organik kislotalardan 
tashqari, fenollar, alkaloidlar, taninlar, antotsianlar kabi sitoplazmada 
moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan moddalar ham bor bo'lib, unda 
organik kislotalar, oqsillar, aminokislotalar, uglevodlar, glikozid va 
alkaloidlar, tuzlar, oshlovchi moddalar, pigmentlar bo'ladi. Vakuolalar shirasi 
ko'pincha nordon reaksiyaga ega. 
Vakuolalarning muhit pHi ko'pchilik hollarda pH 5-5,6 atrofida bo'ladi. 
Bu esa vakuolalarni ikkilamchi lizosomalar sifatida qarashga imkon beradi. 
Vakuolalarning shirasi yanada nordon bo'lishi mumkin. Masalan, ushbu 
ko'rsatkich limonda-2, begona o'simligida-1 bo'lishi mumkin. Ayrim poliz 
ekinlarida masalan, bodring, qovun va boshqa birqancha o'simliklar 
vakuolalarining pH muhiti, kuchsiz ishqoriy holatga ham ega bo'lishi 
mumkin. Vakuolalar hujayraning osmotik xususiyatini belgilaydi, bu esa o'z 
navbatida hujayrani so'rish kuchi, turgor bosimi va suv rejimini belgilaydi. 
Ayrim chiqindi mahsulotlar, masalan, alkaloid yoki polifenollar vakuolada 
to'planadi, zahira holida uglevod va oqsillar ham to'planadi.
Moddalarning vakuolaga kirishi har xil yo'llar bilan, masalan, 
tonoplastdiga ATF ga bog'liq H
+
-pompalarining ishi tufayli bo'ladi. ATF ga 
bog'liq H
+
-pompalarining faoliyati tufayli H
+
ionlari sitoplazmadan


vakuolaga ko'chirilib turadi. Shuningdek ushbu nasosning ishi tufayli 
vakuolaga organik kislotalar, qandlar, aminokislotalar, anionlarning kirishi 
hamda K
+
ionlarining kirishi va chiqishi boshqarilib turadi. Ayrim hollarda 
vakuolada hujayra uchun zarur ammo sitoplazmaga tushsa hujayraga zaharli 
ta'sir ko'rsatuvchi moddalar ham yig'iladi. Masalan, ayrim o'simliklar hujayra 
vakuolalarida to'planuvchi afyun va kauchuk moddalari.

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə