O’zbekiston respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/16
tarix14.06.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#89457
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
xuzhajra tuzilishi

15-rasm. 
O`simlik hujayra devorining asosiy tuzilma elementlari 
(Brett, Waldron, 1996). 
O`simlik hujayra devorlarining shakllanishida bir qancha birikmalar 
qatnashadi. Ammo, ular tarkibida ayrim birikmalar alohida o`rin tutadi. Biz 
ulardan geksozalar, pentozalar, uron kislotalari va dezoksisaxarlarni misol 
qilib ko`rsatishimiz mumkin. 


Hujayra devorining asosiy inkrustatsiyalovchi moddasi bu 
lignindir.
Hujayra devorining jadal ligninlanishi hujayraning o'sishi to'xtaganidan so'ng 
boshlanadi. Lignin n-kumar, kaneferil, sinap kabi xushbuy benzol xalqali 


spirtlarning polimeridir. Ligninning yig'ilishi va parchalinishi tuproqda 
gumus hosil bo'lishining asosini tashkil qiladi. 
O'simliklarda suv va harorat rejimining boshqarilishida hujayra 
devorlari 
suberinga
to’yingan to'qimalar qatnashadi. Ushbu suberinga 
to’yingan hujayra devoridan suv va eritmalar qiyin o'tadi. Ildizning 
endoderma 
va 
periderma 
hujayralari 
bunga 
misol 
bo'la 
oladi. 
Polisaxaridlarning hujayra membranalarida tashiluvi har xil bo`ladi. Biz uni 
quyidagicha ko`rsatishimiz mumkin (16-rasm). 
16-rasm.
Matriks polisaxaridlarining hujayra devoriga tashiluvi 
(Breet, Waldron, 1996). 
O'simliklar epidermis hujayralarining yuzasi gidrofob moddalar-
kutin
va 
mum
bilan hamoyalangandir. Ushbu moddalarning hosildorlari 
sitoplazmadan ajralib hujayra devori yuzasiga chiqib polimerlanadi. Kutin 
qavati odatda polisaxarid moddalarga (sellyuloza, pektin) boy bo'lib 
kutikulani hosil qiladi. Kutikula to'qimalarning suv almashinuvi 
boshqarilishida qatnashib hujayrani zararlanishdan va infeksiya kirishidan 
saqlaydi. 



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə