O’zbekiston respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix14.06.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#89457
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
xuzhajra tuzilishi

 



 
 
 
 10-rasm. 
O`simliklar mitoxondriyalari membrana tashiluvi tizimi (Douce 
1985).
 
 


Lizosomalar
-membranalar bilan chegaralangan organoidlardir. Ular 
endoplazmatik to'r yoki Golji apparatidan hosil bo'ladi. Ichki qismi enximma 
bilan to'lgan bo'lib ularda asosan gidrolitik fermentlar joylashadi. Ular asosan 
nordon fermentlar bo'lib, ribonukleaza, dezoksirabonukleaza, katepsin va 
boshqalar kiradi. Ushbu fermentlar hujayradagi moddalarni suv yordamida 
parchalashi tufayli ularga lizosomalar nomi berilgan. Lizosomalar barcha 
tirik hujayralarga xos organoidlardir. 
Ayrim hollarda ikkilamchi lizosomalar ham farqlanadi (11-rasm). 
Ammo ularning vazifalari deyarli o`xshashdir. 
 
 
11-rasm. 
Ikkilamchi lizosomalarning elektron mikrofotografiyasi 
(N.Grin, U.Stauta, D.Teylor, 1990):
 
1-lizosomalarning yakka membranasi, 2-
lizomalar ichki mitoxondriyalari, 3-endoplazmatik retikulum. 
Peroksisoma va glioksisomalar.
O'simlik hujayralarida dumaloq 
shakldagi, diametri 0,2-1,5 mkm bo'lgan va elementar membrana bilan 
o’ralgan granulyar matriksli organoidlar uchraydi. Ular mikrotellar deb ham 
ataladi. Mikrotellarning soni hujayradagi mitoxondriyalar miqdoriga yaqin 
bo'ladi. Har xil fiziologik funksiyalarni bajaruvchi ikki tipdagi mikrotellar 
mavjud.
Peroksisomalar.
Keyingi yillarda ochilgan organoidlardan biri bo'lib 
birinchi bor 1968 yilda Tolbert tomonidan aniqlangan. Ular mayda 
membrana bilan o'ralgan pufakchalardir. Peroksisomalar barglarda ko'p bo'lib 
xloroplastlar bilan uzviy bog'liqdir. 
Ularda 
fotosintez 
jarayonida 
xloroplastlarda sintezlanuvchi glikolat kislotasi oksidlanadi va glitsin 
aminokislotasiga aylanadi. Bu esa mitoxondriyalarda serin aminokislotasiga 
aylanadi. Yuksak o'simliklar barglari peroksisomalarida yorug'likda nafas 
olish fermentlari hamda katalaza, glikolatoksidazalar ham uchraydi.



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə