O’zbekiston respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix14.06.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#89457
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
xuzhajra tuzilishi

Protoplazma.
U hujayra ichidagi tsitoplazma va organoidlar bilan bir 
butunni tashkil qiladi va unda moddalar almashinuvining reaksiyalari sodir 
bo'ladi. Sitoplazma protoplazmaning asosiy qismini tashkil qiladi va u uch 
qavatdan iborat. 1. Plazmolemma, ya'ni tashqi membranasi. 2. Ichki qavat 
vakuola bilan chegaralab turadi va ichki membrana tonoplastni tashkil qiladi. 
3. O'rta qavati, uni mezoplazma deyiladi. Barcha faol organoidlar ana shu 
mezoplazma qavatida joylashadi. Sitoplazma shilimshiq, tiniq, rangsiz yarim 
suyuq, kolloid moddadir. Solishtirma og'irligi-1,055 ga teng. U qovushqoqlik 
va elastiklik xususiyatiga ega. 
Protoplazmaning kimyoviy tarkibi.
Unda xilma-xil organik va 
anorganik birikmalar uchraydi. Masalan, karam bargi protoplazmasining 
kimyoviy tarkibida, oqsillar-60%, yog'lar-20%, uglevodlar-10% va mineral 
moddalar-6% atrofida bo'ladi. Tirik protoplazmada 80% gacha suv uchrasa, 
urug'lardagi suv miqdori 10% atrofida bo'ladi. 
Protoplazmaning harakati. 
Sitoplazma yosh hujayralarda aylanma va 
oqimsimon harakatda bo'ladi. Undagi organoidlar ham birga qo'shilib passiv 
harakatlanadi. Plazmolemma va tonoplast tinch turadi. Protoplazmaning 
aylanma (rotatsion) harakati ham kuzatiladi. Bunda protoplazma hujayra 
po'stiga yaqin joylashadi. Protoplazmaning harakati bir tomonga qarab 
yo'nalgan bo'ladi. Buni suv o'ti elodeyada yaqqol kuzatish mumkin. 
Oqimsimon (sirkulyatsion) harakatda protoplazma ingichka oqimlar 
holida har tomonga yo'naladi. Ma'lum vaqtdan keyin oqim o'z yo'nalishini 
teskari tomonga o'zgartirishi mumkin. Bunday harakatlanishni oshqovoq 
poyasi tuklarida kuzatish mumkin. 
Protoplazmaning harakati birlamchi va ikkilamchi bo'lishi mumkin. 
Birlamchi harakat normal sharoitdagi tabiiy harakat hisoblanadi. Ikkilamchi 
harakat deganda tinch turgan protoplazmaga tashqi omillarning ta'siri 
natijasida uning harakatining tezlashishi tushiniladi. Bunday harakatlar 
natijasida organoidlar o'zlarining funksiyalarini bajaradilar. 
Protoplazmaning qovushqoqligi va elastikligi uning tuzilishidagi asosiy 
xususiyatlardan biridir. 
Qovushqoqlik-
hujayraning eng muhim xususiyati bo'lib uning 
faolligini ko'rsatadi. Qovushqoqlik deganda, eritmaning ushbu eritmadagi 
zarrachalarning o'zaro aralashishiga to'sqinlik qilish qobiliyatiga aytiladi. 
Qovushqoqlik sitoplazmani tuzilishini va kolloid zarrachalarning tortishuv 
kuchini belgilaydi. Qovushqoqlik darajasi o'simlik turiga, naviga qarab 


o'zgaradi. Ekologik omillar qovushqoqlikka bevosita ta'sir etadi. Masalan, 
qurg'oqchilikka chidamli o'simliklar qovushqoqligi, mezofitlarga nisbatan 
yuqori bo'lsa, suv o'tlari hujayralarida buning teskarisi, ya'ni past bo'ladi. 
Elastiklik-
protoplazmaning 
eng 
muhim 
xususiyatlaridan 
biri 
hisoblanadi. Tirik protoplazmaning mexanik ta'sir natijasida o'zgarishi, 
so'ngra o'zining avvalgi holatiga qaytish xususiyati elastiklik deb ataladi. 
Protoplazmaning ma'lum bir tuzilma tarkibi uning elastikligiga sabab bo'ladi. 
Hujayra devori.
Hujayra devori polisaxarid qatlamidan iborat bo'lib 
hujayraning mitotik bo'linishining telofaza bosqichida shakllanadi. 
Bo'linuvchi va cho'ziluvchi hujayralar devori birlamchi, shakllangan 
birlamchi
hujayra devori ichida hosil bo'ladigan qatlam esa 
ikkilamchi
hujayra devori deyiladi. 
Hujayra devoir qobig`ida ionlar va ayrim hujayralar uchun kerakli 
moddalarni o`tqazuvchi maxsus teshikchalar-kanalchalar ham mavjud (13-
rasm). 

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə