O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti sirtqi bo’lim



Yüklə 124,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix11.12.2023
ölçüsü124,99 Kb.
#145912
1   2   3   4   5   6   7   8
Madina Asosiy

Shershevskiy-Terner 
sindromi ayollarda uchraydi. Bunday kasalga chalingan 
ayollarda jinsiy xromosoma soni bittaga kamayib, XO bo'lib qoladi. Natijada bunday 
kasallarda diploid to'plamdagi xromosomalar soni 45 ta bo'ladi.Bun-day ayollarning 
bo'yi juda past bo'ladi. Ularda tuxumdon rivojlanmagan, ikkil-amchi jinsiy belgilar juda 


sust namoyon bo'ladi. Shershevskiy-Terner sindromi kasalligi o'rta hisobda yangi 
tug'ilgan 5000 ta qizdan bittasida uchraydi. 
Tibbiy-genetik maslahat berish. 
Tibbiy genetika uchun turli irsiy kasalliklar 
bo'yicha geterozigota tashuvchilami aniqlash katta ahamiyatga ega. Chunki getero-
zigota tashuvchi organizm irsiy kasalliklar bilan o'zlari og'rimaydi. Agar geterozigota 
tashuvchilar bir xil irsiy kasallikka ega bo'lsa, bunday kishilar nikohidan tug'ilgan 
bolalarning irsiy kasallik bilan tug'ilish ehtimoli ko'pdir. Juda ko'p yoshlar genetika 
fanini o'rgangan bo'lishlaridan qat'iy nazar turmush qurayot-gan paytda, ayrim 
kasalliklar irsiy bo'lishi haqida o'ylashmaydi ham. 
Buning oldini olish uchun maxsus tibbiy-genetik maslahat markazlari tashkil 
etilib, oila qurishga qaror qilgan yoshlarga, ular oilasida tug'iladigan farzandlar 
salomatligi haqida tushuntirish ishlari olib borish shart. Odam irsi-yatiga, belgi va 
xususiyatlarning rivojlanishiga spirtli ichimliklar, ko'knor, qo-radori, nasha kabi 
narkotik moddalar juda yomon ta'sir qiladi. Ichkilikboz, nashavand, narkomanlar 
oilasida tug'ilgan bolalarning aksariyatida aqliy va jismoniy jihatdan zaiflik uchraydi. 
Shunday qilib, sog'lom avlod uchun kurash, irsiy kasalliklarning oldini olish va 
davolash usullarini ishlab chiqish tibbiyot genetikasi fanining dolzarb vazifasidir. 
 


Foydalanilgan adabiyotlar 

Yüklə 124,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə