O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi a. Qodiri nomli jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika – psixologiya fakul’teti



Yüklə 213,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix05.04.2023
ölçüsü213,04 Kb.
#104274
1   2   3   4   5
bolalar bogchasida nutq ostirish mashgulotlari mazmuni 3

 


TOPIShMOQLAR 
Topishmoqlar ham maktabgacha ta’lim muassasalarida bollar nutqini 
rivojlantrish va boyitishda katta ahamiyatga ega. Har bir topishmoq biror bir 
pridmetga qaratilgan bo’ladi. 
Bolalar topishmoqlar orqali biron bir pridmetning belgilari, uning 
bajaradigan vazifasi va ahamiyati xaqida ma’lumotga ega bo’ladi. Topishmoqlar 
bolaning faqat nutq o’sishiga emas, balki fikrlashga, o’ylashga, topqirlik va 
chaqqonlikga o’rgatib boradi. 

Boshi bor-u, oxiri yo’q,
Ketaverasan bir yo’lda, 
Oxiriga yetay dema, 
Yetolmaysan million yilda 
(Doira) 

Uchta uchi uchta burchak, 
Va yana uchta tomon, 
Uchchalasi qo’shilishib, 
Yashaydi omon-omon. 
(Uchburchak ) 
ShE’RLAR 
 
She’rlar bolalarni chiroyli ma’noli, ifodali va ta’sirchan so’zlashga 
o’rgatadi. 
Xar xil mavzudagi she’rlar bor maktabgacha ta’lim muassasalarida 
ko’pincha o’ynoqilik manzaraning aniqligi jonivorlar olami o’simliklar va 
mevalar ona Vatan, mehnatsevarlik xaqida kichik xajmdagi sodda she’rlar 
o’rgatib boriladi. 


Quyosh bilan teng turib, 
Ozoda kiyintirib, 
Senga taqamiz marjon, 
Qo’g’irchoqjon, qo’g’irchoq. 
Qo’ldan qo’ymaymiz sira, 
Yuqtirmaymiz, gard-shira, 
Ovunchoqsan bizlarga, 
Qo’g’irchoqsan bizlarga. 
XIKOYaLAR 
 
Bola nutqini rivojlantirishda xikoyalar ham katta axamiyatga ega va u 
muhim vosita rolini o’taydi. Xikoyalar xayotda yuz bergan voqyealar asosida 
tuziladi. Shu sababli bola uchun, bu juda qiziq. Chunki bolalar ko’z oldida yuz 
beradigan voqyealarni eshitishni yoqtiradi. 
Tarbiyachi bolalarga xikoyalarni ma’noli ifodali va ta’sirchan aytib 
berishi juda muhim. Bundan tashqari bola o’zi mustaqil xikoya tuzishga ham 
xarakat qiladi. U atrofga doim kuzatuvchan bo’ladi. Natijada bola voqyea 
xodisalarni chiroyli va ma’noli tushuntirishga, so’zlab berishga o’tganib boradi. 
Asta-sekin bola adabiy tilda so’zlashga ham o’rganib boradi. 
Bolaga turli sur’atlar, manzaralar, rasmlar ko’rsatilib turli xikoyalar tuzish 
vazifasini berib borish juda katta ahamiyatga ega. Bunda bola so’zlarni so’zlarga 
va gaplarni –gaplarga ma’no jixatidan bog’lash xar bir qo’shimchalarni o’z 
o’rniga qo’yish ko’nikmalarni egallab oladi. 


O’YIN 
Mashg’ulotlarni turli noan’anaviy o’yin usullaridan foydalanib, tashkil 
etilsa, yanada samara beradi. 
O’yin bola uchun ermak, quvonch manbaigina emas, balki uning diqqati, 
xotirasi, ijodiy tafakkuri, tasavvurini nutq boyligini o’stirishga xizmat qiladigan 
vosita hamdir. Bola xayotida o’yin, uning xarakatga, ishga, atrofdagi xayot 
ta’surotlarni tushunishga bo’lgan intilishini qondiradigan muhim faoliyat turidir. 
O’yin bola xayotini qiziqarli mazmun bilan to’ldiradi. Uning x’ulq-atvorini 
shakllantirib boradi. O’yinlarni shunday tashkil etish kerakki, bunda soddalikdan 
asta-sekin murakkablikga o’tish qoidalariga rioya etish kerak. 
O’yinlar bolalarni ham aqliy, ham ma’naviy, ham axloqiy tarbiyasidagi 
tutgan o’tni benihoya kattadir.

Yüklə 213,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə