O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»



Yüklə 7,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/146
tarix23.05.2023
ölçüsü7,06 Mb.
#112204
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   146
UMK 3-kurs Nazariya 2022

Ikkinchi mashq
- qo‘l, yelka kamari, bo‘yin muskullari uchun (1-2 
ta mashq): 
Uchinchi mashq
- gavdaning asosiy muskullari uchun (2-3 ta mashq); 
Turtinchi mashq
- oyok muskullari uchun (1-2 ta mashq); 
Beshinchi mashq
- umumiy ta‘sir ko‘rsatish uchun 
sakrab-sakrab oldinga siljish, o‘ng, chap oyoklarda navbat bilan yoki ketma-ket sakrashlar, 
yurish, yugurishlar (1-2ta mashq) - 
Takrorlash miqdori
- mashqlarning qaysi mushaklar 
guruhlarini o‘z ichiga olishi bilan bog‘liq mushaklar guruhlari qanchalik ko‘p jalb qilinib 
harakatga kelishi nazarda tutilgan bo‘lsa, takrorlash miqdori nisbatan shunchalik kam bo‘lishi, 
chunki katta muskul guruhlarining ishlashi ko‘p kuch sarflashni talab qiladi. Uzoq vaqt ishlash 
bu mushak guruhlarini tez toliqtiradi. 2-3 oy mobaynida o‘tkazilayotgan dastlabki mashg‘ulotlar 
orqa qorin, son kabi bir necha asosiy muskul gruppalarini qamrab oladigan mashqlar bo‘lishi va 
ular taxminan 6-8 marta takrorlanishi, keyingi takrorlash miqdori esa sekin-asta oshirilishi 
mumkin. 
Bo‘yin, qo‘l oyoqning tovon-panja qismi kabi mayda mushaklar uchun bajariladigan 
mashqlarning miqdori, takrorlashlar sonini ko‘paytirish maqsadga muvofiq. Chunki, ularni 
bajarish shug‘ullanuvchini tez charchatmaydi. 
Dastlabki mashg‘ulotlar davomidagi mashqlarni takrorlash sur‘ati pastroq bo‘lishi, agar 
mashq katta mushaklar guruhlari uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, bu mushaklar guruhi uchun 
mashqlar osoyishta, maromli yoki bajarish sur‘ati o‘rtacha bo‘lishi maqsadga muvofiv, yoki 
harakatda maydaroq, mushaklar guruhlari qatnashsa, mashqlar tez va juda yuqori sur‘at bilan 
bajarilsa uning natijasi yuqori bo‘ladi. 


30 
Aslida sekin bajarish bilan boshlangan mashqlarni bajarish sur‘atini tezlashtirish bilan 
tugallash yoki bajarish sura‘tini aralashtirib bajarish qoidasiga rioya qilish bilan mashqlarni 
ta‘sirchanligining kuchini o‘zgarishi qonuniyatdir. 
b) 
mashqlar yoki mashqlar kompleksini bajarishda amal qilishdigan qoidalar. 
Mashqlarni bajarish yoki mustaqil maqsadli tuzilgan jismoniy mashqlar kompleksini bajarishda 
kuyida tavsiya qilingan qoidalar mashqni bajarishda mushaklar guruhi yoki ichki a‘zolariga 
ta‘sirni oshiradi: 
1)
katta kuch talab qiluvchi mashqlarni bajarish (agar yuk, katta vaznli shtanga 
ko‘tarish)da nafasni hamma vaqt burun bilan olish va og‘iz bilan chiqarishdan foydalanish 
maqsadga muvofiq. 
Ayrim holatlarda nafas chiqarmay yuk ko‘tarish mashqini bajarishga to‘g‘ri keladi. 
Bunday holat ish bajarish orqali organizmda sodir bo‘lgan modda almashuvi davomida yuzaga 
kelgan va chiqarib yuborilishi zarur xisoblangan karbonat angidrid (is gazi)ni to‘planib qolishiga 
sabab bo‘lishi mumkin. Bu gazni organizmda to‘planib qolishi sut kislotasini miqdorini oshib 
ketishiga sabab bo‘ladi va o‘z navbatida funktsional faaliyatni buzilshlini yuzaga keltiradi. 
2)
nafas ko‘krak qafasi rostlangan, qo‘l esa belga qo‘yilgan, yon tomonlarga yoki 
yuqoriga uzatilgan, ko‘tarilgan xolatlarda olinadi. 
3)
nafas chiqarish ko‘krak qafasi va qorin siqilgan (gavda engashgan, bukilgan va 
boshqa) paytlarda chiqariladi; 
4)
agar mashqni bajarish jarayonida bir necha mushaklar guruxlari (oyoq, qorin va 
qo‘llar) ishtirok etsa, nafasni hapakat ritmi bilan moslagan holda erkin nafas olish tavsiya qili-
nadi. Nafas olish mashqlari har bir kompleksga kiritilishi, lekin, mashqlanishning oxirida, 
sakrash, yurish yoki yugurishdan keyin emas, kompleks o‘rtalarida, nafas kechiktirib 
chiqariladigan yoki muskullarning ko‘p kuch sarflashini talab etadigan mashqlardan keyin ham 
kiritishning ahamiyati katta. 
Bunday mashqlar ishlayotgan mushaklarga keladigan qonning xajmini ortishiga olib keladi 
va bu bilan mushaklarni isishini tezlashtiradi. Me‘yorli isigan - xaroratga ega bo‘lgan 
mushaklarning tolalarining egiluvchanligi ortadi, shikastlanish havfi chetga suriladi, faoliyati 
yaxshilanadi. 
Darsning tayyorlov qismi asosiy qismida bajarilishi lozim bo‘lgan harakat faoliyati uchun 
―tayyorlov‖ va ―yo‘llanma beruvchi‖ mashqlar bilan tugallanishi amaliyotda qabul qilingan 
(tayyorlov qismining bloklarini chizmasida 3-4 blok, 5- chizmaga qaralsin). 

Yüklə 7,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə