O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»



Yüklə 7,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/146
tarix23.05.2023
ölçüsü7,06 Mb.
#112204
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   146
UMK 3-kurs Nazariya 2022

4.
 
Jismoniy madaniyat darsining mazmuni 
Mashtulotlarni u xox maktab jismoniy tarbiya darsi bo‘ladimi, yoki sport mashg‘ulotimi, 
sog‘lomlashtirish trenirovkasimi, qanday mashg‘ulot bo‘lishidan qat‘iy nazar uning tuzilishini 
qonuniyatlari haqida fikr yuritishdan avval, jismoniy madaniyat darslariga oid nizomlardagi 
pedagogik kategoriyalarni aniqlash, tushunib yetish taqazo etiladi. 
Chunki, «...na jismoniy tarbiya ta‘limi (o‘qitish) jarayoni amaliyotida, na jismoniy tarbiya 
nazariyasi mazmunida «darsining mazmuni», «darsning tuzilishi»dek tayanch tushunchalarni 
aniq mazmuni haqida tizimga solingan fikrlar yaqin yillargacha ham aytilmagan edi» deb yozadi 
professor A.N.Xan. 
Atoqli frantsuz ma‘rifatparvari J.J.Russo (1712-1778) va taniqli shvetsariyalik demokrat-
pedagog I.G.Pestalotsi (1746-1827) larning pedagogik g‘oyalari ta‘siri natijasida Olmoniyada 
jismoniy tarbiyaga ahamiyatli darajada o‘rin berilgan yangi tipdagi (―filantroplar‖ deb 
nomlangan) - «insonni sevuchilar maktablari» ochilib bu maktabdarda jismoniy tarbiyaga 
e‘tiborli darajada ahamiyat berildi. Filantroplar maktablarida asta sekinlik bilan Olmonlar 
gimnastikasi keng va tez tarqala boshladi. 
Uning asoschilari Fridrix Lyudvig Yan va uning izdoshlari maktabdagi umumiy ta‘lim 
fanlariga gimnastikani ahamiyatga molik darajadagi qo‘shimcha mashg‘ulot sifatida qaray 
boshladilar. Keyinchalik gimnastika mashg‘ulotlari jismoniy madaniyat darsiga aylandi. Uning 
dars sifatida shakllanishining tarixi gimnastika mashg‘ularini bajarish tarzidagi mashg‘ulotlar 
bilan boshlandi va so‘ng alohida dars mashg‘uloti yuzaga keldi. 
Uning orginal tizimini Shved dramaturgi va jamoat arbobi Per Genrix Ling ishlab chiqdi. 
Lekin, gimnastika tarzidagi mashg‘ulot hali dars sifatida o‘zining aniq tuzilishiga ega emas edi. 
Bir oz vaqt o‘tgandan so‘ng P.G.Lingning o‘g‘li Yalmar Ling, pedagoglar Terngren, Balk, 
Norlander va boshqalar asos solgan «tanaffuslarsiz», «asta sekinlik», «ikki tomonlamalilik» 
printsiplariga rioya qilingan xoldagi dars rejalari ishlab berdilar. So‘ng qayd qilingan 


23 
printsiplarga tayanib asosan gigienik vazifalarni hal qilishga yo‘naltirilgan dars (chizma)si 
tuzildi. 
Bunday sxemalarning ko‘plab variantlari takomillashtirildi va hozirgi kunga kelib darsning 
to‘rtta asosiy komponentlarining umumlashmasidan - dars konspekti matniga kiritilgan jismoniy 
mashqlar, darsda ularni bajarish orqali o‘quvchi organizmida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar 
(fiziologik, biologik, biomexanik, ruhiy va boshqalar), dars davomida o‘qituvchining hamda 
o‘quvchilarning faoliyati jismoniy madaniyat darsining mazmunini ifodalaydigan dars 
tushunchasining tarifa yuzaga keldi. Ular: qayd qilingan jihatlar o‘zaro bir biri bilan uzviy 
bog‘langan va ular jismoniy madaniyat darsining xarakterli jihatlari deb atalmoqda. 
Jismoniy tarbiya darsining mazmuni tarkibiga kiruvchi jihatlardan yana biri uning 
tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlarida o‘quv materiali sifatida foydalanish uchun rejalashtirilgan 
jismoniy mashqlardir. 
Aynan shu mashqlarni darsda bajarish orqali o‘quvchilar organizmida funktsional, ruhiy, 
pedagogik va boshqa qator o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu jismoniy tarbiya darsi mazmunining ikkinchi 
komponentidir. 
Dars mazmunini ifodalovchi navbatdagi komponentlar darsni olib borayotgan o‘qituvchi 
hamda darsda ishtirok etayotgan o‘quvchilarning faoliyatl bo‘lib, dars mazmuniga oid bu 
jihatlarga o‘qituvchining nazariy bilimlar berishi, o‘quvchilarda amaliy harakat malakalarini 
shakllantirish uchun ularni darsdagi faoliyatini tashkillashi, ta‘lim jarayoni uchun tanlangan 
o‘qitishning uslublari ham mujassamlashadi. 
Darsning tarkibiga kiritilgan jismoniy mashqlar, dars mazmunining eng yirik xarakterli 
jihatlaridir. Lekin bunday tushuncha bir tomonlama bo‘lib, tarbiyalash, sog‘lomlashtirish, bilim 
berish vazifalarini hal qilishda o‘quvchilar uchun dars davomida faoliyat predmeti bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Darsda o‘quv - tarbiya jarayonining vositasi sifatida foydalaniladigan mashqlar darsning 
umumlashtirilgan predmeti mazmunining bir bo‘lagi xolos, boshqachasiga, dars mazmunining 
bir qirrasidir. Darsning har bir qismi uchun qo‘yilgan vazifalarga qarab mashqlar turlicha 
bo‘lishi tabiiy. 
Tayyorlov qismidagi diqqat uchun mashqlar, saf mashqlari, qaddi - qomat uchun mashqlar
jismlarsiz va jismlar bilan bajariladigan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, tayyorlov, yo‘llanma 
beruvchi mashqlar, darsning asosiy qismida o‘qitiladigan jismoniy tarbiya dasturining 
gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari (voleybol, basketbol, gandbol, futbol), suzish, kurash 
bo‘limlarining mashqlari, darsning yakuni qismlari tarkibidagi organizmni funktsional holatini 
tinchlantiruvchi, darsning boshlanishidan oldingi holatiga yaqinlashtiruvchi mashqlardan 
foydalaniladi. 
Ularning ta‘sir doirasi organizmning funktsional holatiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. 
Jismoniy rivojlanganligi ko‘rsatgichlari, jismoniy tayyorgarligidagi o‘zgarishlarning bosh 
sababchisi darsning o‘quv tarbiyaviy vazifalarini nazarda tutib, dars uchun rejalashtirilgan 
jismoniy mashqlar bo‘lishi jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida o‘z isbotini topgan. 
Darsning tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlari uchun tavsiya qilingan mashqlarning 
bajarish bilan bog‘lik bo‘lgan o‘quvchilarning darsdagi faoliyati dars mazmunining navbatdagi 
yirik komponentlaridan biridir. Bu komponent shug‘ullanuvchini turli ko‘rinishdagi, intellektual 
va jismoniy faoliyatidan iborat bo‘lib, ular: 
-
dars davomida o‘qituvchini eshitish, unga ko‘rsatilayotgan mashqni e‘tibor bilan kuzatish; 
-
ilk bor o‘zi bajarib ko‘rgandan so‘ng o‘zlashtiradigan hapakat faoliyati haqida hosil bo‘lgan 
birlamchi tasavvur va uni ustida fikr yuritish; 
-
bajariladigan, mashq, kelishi lozim bo‘lgan faoliyatni loyihasini fikran tuzish va uni ham 
fikran ham amaliy bajarish; 
-
o‘z harakatlarini nazorat qilish va baholash, vujudga kelgan muammalarni pedagog bilan 
birgalikda muhokama qilish; 
-
o‘z hissiyotini, kayfiyatini, vujudga kelgan emotsionallikga yo‘nalish berish bilan uni 
boshqarish va boshqalar o‘quvchining dars davomidagi faoliyatlarining mazmunini tashkil 


24 
qiladi. 
O‘quvchilarning dars vazifasini hal qilish bo‘yicha harakat faoliyatlarining barchasi dars 
mazmunining asosini tashkil qiladi (darsda o‘quvchilar faoliyatini tashkillash uslubiyatlariga oid 
materiallarni keyingi mavzuda alohida kengroq yoritamiz). 
O‘qituvchining faoliyati dars mazmunining navbatdagi jihati bo‘lib, uni dars davomidagi 
barcha kasbiy faoliyati: uyga vazifa berish va uni tushuntirish, darsning aniq vazifasini bayon 
qila bilish va uni hal qilishni tashkillash, shug‘ullanuvchilarni doimiy nazoratda ushlash, ularni 
faoliyatini tahlil qilish, shuningdek, shug‘ullanuvchilarning faoliyatini lozim bo‘lgan yo‘lga 
burish, ular orasidagi munosabatlarni o‘zining diqqat markazida ushlash va o‘quvchilarning 
faoliyatlarini dars vazifalarini samarali hal qilish uchun yo‘naltirish, boshqarish, nazorat qilish, 
o‘zlashtirishni baholashdek ta‘lim - tarbiya jarayoning nazariy, amaliy tomonlarini va boshqa 
asosiy holatlarni o‘z ichiga oladi. 
Shug‘ullanuvchilar organizmida dars tarkibiga kiritilgan mashqlarni bajarish orqali sodir 
bo‘ladigan fiziologik, psixologik, biomexanik va boshqa funktsional o‘zgarishlar dars 
mazmunining navbatdagi yirik xarakterli komponentlaridan biri hisoblanib, harakatlar, mashqlar 
davomida nafas, asab qon aylanish tizimi, modda almashinuvi, harakat sifatlari va ularga oid 
bilimlardir. Ularsiz jismoniy tarbiya darsi uchun qo‘yilgan vazifalarni hal qilish qiyin. Ayniqsa, 
jismoniy mashqlarni o‘zlashtirish, malakalarining shakllanishi: mexanizmiga oid bilimlar, 
harakatlarni organizmga jismoniy, ruhiy ta‘siri, biomexanikaga oid ma‘lumotlar darsning 
mazmunini boyitadi, uning qoniqarliligini orttiradi va bularning barchasi jismoniy madaniyat 
darsining mazmunini to‘rtinchi jihati sanaladi. 
Bunda o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatining samarasi yashiringan bo‘ladi. 
Rejalashtirilgan o‘quv - tarbiyaviy ishlar amalga oshmoqdami yoki yo‘qligi joriy nazorat qilinib, 
pedagogik faoliyat keyinchalik qanday davom ettirilishiga oid tuzatishlar qilinadi, o‘qituvchi 
tomonidan lozim bo‘lgan yo‘riqnomalar tayyorlanadi. 
Umumiy ta‘lim maktablarining o‘quvchilari jismoniy tarbiyasi dasturiga kiritilgan sport 
pedagogikasi fanlari (gimnastika, yengil atletika, harakatli va sport o‘yinlari, suzish, kurash)ni 
dars mazmunida va uning tuzilmasida qayd qilingan sport fanlarining xususiy tomonlarini 
hisobga olgan holda tashkillanishi maqsadga muvofiq. Lekin darslarning mazmuni o‘zining 
predmetga xos jihatlari bilan nisbatan farqlanishi tabiiy. 
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, qayd qilingan komponentlarning tarkibidagi nazariy bilim 
va amalda bajartirilayotgan harakatlar umumlashmasidan jismoniy madaniyat darsining 
mazmuni yuzaga keladi. 
Keng ma‘noli mazmundor dars jismoniy tarbiya ta‘limi va tarbiyasining samaradorligiga 
salmoqli ta‘sir ko‘rsatadi. 
O‘tgan asrning ikkinchi yarim yilligidan so‘ng chop etilgan umumiy va maxsus 
adabiyotlarning taxlili orqali jismoniy tarbiya darsining nomi (jismoniy tarbiya darsini yoki 
jismoniy madaniyat darsi deb atalishi haqidagi) va uning mazmunining ta‘rifiga oid baxslarga 
hozir ham chek qo‘yilgani yo‘q va darsning asosiy komponentlari uning mazmunini ifodalashi 


25 
ta‘rif sifatida qabul qilindi. Chizmada darsning mazmunini ifodalovchi jihatlari ifodalangan. 

Yüklə 7,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə