O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»


Jismoniy tarbiya darsining tayyorlov qismining tuzilishi



Yüklə 7,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/146
tarix23.05.2023
ölçüsü7,06 Mb.
#112204
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   146
UMK 3-kurs Nazariya 2022

Jismoniy tarbiya darsining tayyorlov qismining tuzilishi.
Har bir dars uch qismli 
tarkibga ega ekanligi haqida yuqorida fikr bildirdik va ularga tayyorlov, asosiy va yakunlov 
qismi deb nomlanadi. 


27 
Jismoniy madaniyat darsining tayyorlov qismi uchun darsning umumiy vaqtidan 8-12 min 
vaqt sarflanadi. Boshlang‘ich sinflarda esa bu vaqt 20 minutgacha ajratilishi mumkin. Iqlim 
sharoiti (sovuq, issiq va h.klar)ga qarab, sarflanayotgan vaqt biroz ko‘paytirilishi yoki 
kamaytirilish mumkin. Tayyorlov qism hozirgi kun jismoniy tarbiya darslarida beshta bir-biri 
bilan uzviy bog‘langan bloklar tarzida tuzilishga ega (chizmaga qaralsin). 
Darsning tuzilishi ta‘lim jarayoni uchun belgilangan, hal qilinishi lozim bo‘lgan pedagogik 
vazifalarni iloji boricha ijobiy hal qilishni nazarda tutib «tashkiliy daqiqa» (1-blok) deb 
nomlanib boshlanadigan, tayyorlov qismidan oldingi darsning kichik bir bo‘lagini tashkillash 
bilan boshlanadi. 
Tashkiliy daqiqa mazmunida o‘quvchilarni saflash, ularni sonini aniqlash, navbatchidan 
(1-4 sinflarda o‘qituvchining o‘zi, 5-sinfdan boshlab navbatchi qilib tayinlangan o‘quvchidan) 
xisobot qabul qilish, salomlashish, darsning vazifasi yoki uning mavzusini e‘lon qilishdan avval 
o‘quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlashni o‘zida mujassamlashtiradi va buning uchun darsning 
umumiy vaqtidan 2-3 minut sarflash tavsiya kilinadi. 2, 3, 4, 5 - bloklarning mazmunini darsning tuzilishi 
mavzusida kengroq yoritdik. 
Tayyorlov qismining maqsadi.
Tayyorlov qismi asosan darsning asosiy qismidagi 
jismoniy ishni bajarishga o‘quvchi organizmining funktsional tayyorlash, uning organizmida 
«ishchanlik holatini yuzaga keltirishni maqsad qilib qo‘yadi. 
Tayyorlov qismining vazifasini samarali hal qilinganligi o‘quvchi organizmning 
funktsional holatini darsning asosiy qismidagi jismoniy yuklamani bajara olishiga tayyorligi 
darajasi o‘quvchini harakat koordinatsiyasining yaxshilanganligi, peshonasida yengil terlash, 
yuzida qizillikni paydo bo‘lishi, o‘quvchining harakat faolligi nisbatan jonlanganligi, nafas olish 
ritmining biroz tezlashuvi, emotsional holatidagi ko‘tarinkilikni ortishi bilan kuzatiladi. Jismoniy 
yuklamalarni bajarishga tayyorgarlik jarayoni maqsadli amalga oshiriladi va bu mutaxassisdan 
ma‘lum darajadagi nazariy bilimlar va amaliy malakalarga ega bo‘lishni taqazo etadi. Tajribasi 
katta, kasbiy malakasi yuqori bo‘lgan o‘qituvchilar tayyorlov qismining har bir daqiqasidan 
unumli foydalanadilar. 
Darsning tayyorlov qismi taxminiy tuzilishini chizmasini etiboringizga havoda qildik. 
Tayyorlov qismining an‘anaviy strukturalarini tarkibida tashkiliy daqiqadan so‘ng 
zaruriyat bo‘lsagina diqqat uchun mashqlarni bajartirish odatga aylantirilgan. Ayrim jismoniy 
tarbiya o‘qituvchilari tayyorlov qismining tuzilishi tarkibidagi bu elementni majburiy, albatta 
bajartirilishi lozim degan fikrda qattiq turadilar. Aslida, diqqat uchun mashqlarni faqat sinf 
o‘quvchilarining dars boshlashdan oldingi holatiga qarab, agar u yuqori emotsionallikda ekanligi 
namoyon bo‘lgandagina bunday mashqlardan foydalanish, qo‘llash, bajartirish maqsadga 
muvofiqligini bilishlari lozim. 
Sinf yoki o‘quv guruhining yuqori emotsional holatdaligining sababi turlicha: jismoniy 
madaniyat darsi boshlangungacha turli xildagi o‘yinlar, mushaklar qo‘zg‘aluvchanligini 
orttiruvchi mashqlarni bajarish, asablarga ta‘sir etuvchi ruhiy holatlar, xati-harakatlarni sodir 
etilishi bo‘lishi mumkin. 
Qayd qilingan holatni yuzaga kelishi darsni uyushgan holda boshlash imkoniyatini 
bermasligini oldindan sezgan tajribali o‘qituvchi diqqat uchun bajariladigan mashqlarni darsning 
tayyorlov qismini tuzilishi tarkibida qo‘llaydi, undan samarali foydalanadi. Bunday mashqlar 
o‘qituvchining tarbiyaviy, ―qo‘ldan chiqqan‖ sinfni o‘z qo‘liga olish usuliyotidir. 
Darsning tayyorlov qismi va unda amalga oshiriladigan funktsional tayyorgarlik. 
Tayyorlov qismining tuzilishi tarkibidagi muhim elementlardan biri qaddi-qomat uchun 
mashqlar sanaladi. 
O‘quvchilar organizmiga jismoniy yuklama berishdan avval ularning qaddi - qomatini 
rostlash qonuniyatdir. Qomatni to‘g‘rilash o‘quvchi tanasi organlari va tuzilmalarini uning 
vujudida qanday turishi lozim bo‘lsa shunday joylashishiga imkoniyatini yuzaga keltiradi. Safda 
turganlar uchun «Rostlan» buyrug‘ining o‘ziyok, organlarimiz va tuzilmalarimizni faoliyatga, 
to‘g‘rirog‘i, organizmni harakat faoliyatini boshlashga tayyorlashdek boshlang‘ich tayyorlov 
hizmatini qisman bo‘lsada o‘taydi. Organlarimiz funktsiyalarini bajarishda ortiqcha zo‘r 


28 
berishlarga yuz tutmaydi, ―reflektor‖ tarzda funktsional tayyorgarlik safga turgan 
chog‘imizdayoq boshlanib ketsa bo‘ladi. 
Qaddi-qomat uchun mashqlar turgan joyda, safda harakatlanish (asosan harakat - tayanch 
apparati a‘zolarini turlicha holatda ushlash) bilan bajariladi. Bunday mashqlar uchun kichik 
maktab yoshidagilarga mashg‘ulotlarda ko‘proq vaqt ajratish lozim. O‘smirlik davrida ham 
bunday mashqlarga ehtiyoj ila bo‘ladi. 
Tayyorlov qismining strukturasida nafas olish ritmini talab darajasida ushlashning muhim 
ahamiyati bor. Nafasning ritmi va uning chuqurligini kerak bo‘lgan maromda ushlash o‘quvchi 
organizmda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kislorodga muxtojlikni oldini oladi. 
Nafasning sayozligi, uning maromsiz ritmi, jismoniy ish, mashqlanish paytida o‘quvchi 
organizmida shug‘ullanishdan bezdiradigan noxushliklarni keltirib chiqaradi. 
Ular biqinda sanchiq, (jigar funktsiyasiga ta‘sir, ―o‘lik nuqtani‖ yuzaga kelganligi), 
tomoqning qurishi (―kislorodga muhtojlik‖ni boshlanishi), harakat koordinatsiyasini buzilishi, 
bajarilayotgan jismoniy faoliyatni keskin to‘xtatishga xoxishni kuchayishi bilan yakunlanadigan 
holat tarzida namoyon bo‘ladi. SHuning uchun o‘quvchilarning mashg‘ulot paytidagi maromli 
nafasni yo‘lga qo‘yish shunchaki, oddiy, mashqni bajarish davomidagi ko‘rsatma bo‘lmay, 
organizmning funktsional holatini talab darajasida ushlashga yordam beruvchi jihat sifatida 
qaralishi lozim. 
Jismoniy tarbiya darsining tayyorlov qismini tuzilishi tarkibida yurak urish chastotasi, qon 
aylanishini tezlashishi uchun bajariladigan mashqlarga nisbatan yuzakilikka yo‘l qo‘yish, bu 
mashqlarni nomigagina bajarish yoki tayyorlov qismi strukturasidan ularga joy ajratilishidagi 
xatolar oxir oqibat shug‘ullanuvchilarni mashg‘ulotlarga nisbatan munosabatini salbiy tomonga 
o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Chunki to‘qimalarga boradigan ozuqa, ularni kislorod bilan 
ta‘milanishi qayd qilingan mashqlarni maqsadli bajarish bilan bog‘liq. 

Yüklə 7,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə