O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»


Dars – jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tizimli shakli bo‘lib, bir xil yoshdagi



Yüklə 7,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/146
tarix23.05.2023
ölçüsü7,06 Mb.
#112204
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146
UMK 3-kurs Nazariya 2022

Dars – jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tizimli shakli bo‘lib, bir xil yoshdagi
bir xil kontigentdagi bolalarga belgilangan vaqt ichida dastur mavzularini o‘qitish 
jarayoni tushuniladi.
Jismoniy tarbiya jarayoni bir yillik emas. Mazmuni va tashkillanishini turli tumanligi 
bilan xarakterlanadigan mashg‘ulotlar, darslar turkumi orqaligina tarbiyaning bu yo‘nalishida 
ma‘lum natijalarga erishishni maqsad qilib qo‘yish mumkin. Har bir darsda alohida vazifalar 
hal qilinadi. Oldin o‘qitilgan (o‘rgatilgan)ni va keyin o‘qitiladigan mavzulari bir biri bilan 
harakatning ayrim yoki bo‘laklari bilan albatta bog‘lanishi va tuzilishi bilan farqlanadi hamda 
belgilangan tizim asosida olib boriladi. 
Jismoniy tarbiya darslarining xarakterli tomoni shundaki, u maxsus tayyorgarlikka ega 
bo‘lgan mutaxassis tomonidan, jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarligi taxminan bir-biriga 
yaqin kontigent bilan bir necha yilga mo‘ljallangan dastur asosida hamda ma‘lum tizimga 
solingan jadval asosida tashkillanadi. Darslar umumiy jismoniy tarbiya, kasb-hunar jismoniy 
tayyorgarligi va sport ixtisosligini yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning 
tizimli va nisbatan tejamli, samarali shaklidir. 
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarning boshqa tipik formalari o‘zining 
davriyligi, tizimli emasligi, faqat bir marotabaliligi, individualligi bilan darslardan tubdan 
farqlanadi. Ko‘pincha mashg‘ulotlarning yuqorida qayd qilingan shakllari darsni to‘ldiradi va uni 
xususiy va umumiy vazifalarini to‘ldirishda qo‘shimcha rol o‘ynaydi. Lekin ular aholini 
jismoniy tarbiya bo‘yicha ma‘lum darajadagi talablarni to‘la qondirib mustaqil ahamiyat kasb 
etadi. 
 
2.
 
O‘quvchilar jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarining shakllari 
Sohaga oid umumiy va maxsus adabiyotlar, mamlakatimiz jismoniy madaniyat tizimi va 
amaldagi jismoniy madaniyat DTSlari, o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasi mashg‘ulotlarining 
quyidagi shakllarini umumiy ta‘lim maktablarida foydalanishni tavsiya qiladi. Ular:

o‘quv ishlari tarzidagi mashg‘ulotlar

sinfdan tashqari ishlar shaklidagi mashg‘ulotlar (maktab jismoniy madaniyat jamoasi 
(MJMJ) tomonidan tashkillanadigan,

o‘quv kuni tarkibidagi sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari,

maktabdan tashqari muassasalardagi mashg‘ulotlar,

oiladagi jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari, 

davlat va nodavlat o‘quv sport muassasasidagi mashg‘ulotlar deb nomlanadigan 
mashg‘ulot shakllaridan foydalaniladi.

Yüklə 7,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə