O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»



Yüklə 7,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/146
tarix23.05.2023
ölçüsü7,06 Mb.
#112204
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   146
UMK 3-kurs Nazariya 2022

 
 
1.
 
Umumiy ta‘lim maktabi o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasi
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy madaniyatini shakllantirish jarayoni biz pedagoglardan 
maktab o‘quvchilari bilan ishlash jarayonida ularning jismoniy madaniyatini asosi, uning 
mazmuni, strukturasi, vositalari, tashkillash shakillari, hayotiy zaruriy harakatlarga hamda 
jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishga o‘rgatishning metodlariga oid maxsus kasbiy nazariy va 
kasbiy amaliy bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi. 
Mamlakatimizda sifati xalqaro me‘yorlarga javob beradigan 11 yillik majburiy ta‘lim joriy 
etildi. Prezidentimiz har tomonlama rivojlangan, jismonan sog‘lom va ma‘naviy barkamol avlod 
tarbiyasini O‘zbekistonni rivojlanishida vazifalardan biri darajasiga ko‘tardi. 
Jismonan har tomonlama rivojlanishning poydevori majburiy
 
ta‘lim jarayonini
barcha 
bo‘g‘imlari (maktabgacha yoshdagilar, maktab yoshidagilar, professional va oliy ta‘lim tizimi)da 
jismoniy madaniyat ta‘limi, jismoniy tarbiya jarayoni tarzida uzluksiz yo‘lga qo‘yish 
strategiyasini ishlab chiqdi va uni amalga oshirmoqda. 
Maktab yoshidagi bolalarda 
jismoniy tarbiya jarayonining maqsadi
asta-sekinlik 
bilan ularni jismoniy kamolotga erishishi va shu asnoda hayotga, ijodiy mehnatga va Vatan 
mudofaasiga tayyorlashni nazarda tutadi. 
O‘quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonida 
umumiy va xususiy vazifalar 
hal qilinadi. 
Umumiy vazifalar – 
bilim berish, jisman tarbiyalash va sog‘lomlashtirishdan iborat 
bo‘lib, xususiylari esa jismoniy tarbiyadan Davlat ta‘lim standarti dasturidagi maxsus 
vazifalar tarzida hal qilinadi. 
Xususiy vazifalarga
quyidagilar kiradi: 
1) o‘quvilar organizmining sog‘ligini mustahkamlash, rivojlantirish va chiniqtirish; 
2) turli xildagi mehnat faoliyatiga tayyor bo‘lish uchun shu yoshga xos bo‘lgan 
jismoniy sifatlarni rivojlantirish
3) hayot uchun kerakli harakat malakalari va ko‘nikmalarini rivojlantirish va 
keyinchalik kerak bo‘ladiganlari bilan qurollantirish; 
4) o‘quvchilarga jismoniy madaniyatga oid yangi bilimlarni berish; 
5) o‘quvchilarni jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanishiga qiziqtirish va unga 
odatni shakllantirish; 
6) o‘quvchilarni jismoniy madaniyat faollari qilib tarbiyalash va bu bilan ularda 
tashkilotchilik qobiliyatini tarbiyalashdek vazifalarni hal qiladi. 
7) jismoniy tarbiyani ma‘naviy tarbiyaning elementlari - ahloqiy, ruxiy, estetik va 
mehnat tarbiyasi bilan bog‘lash, qadriyatlarimizga oid vazifalari bilan birgalikda 
o‘quvchilarni yoshini ulg‘ayishi, jisman tayyorgarligini ortishini e‘tiborga olib, o‘qitishning 
ayrim bosqichlarida zaruriy tuzatishlarni qilish, aniqliklar kiritish va boshqa tan tarbiyasiga 
oid qator vazifalarni xal qilish majburiyatini yuklaydi. 


17 
Bu vazifalar ma‘naviy tarbiyaning elementlari hisoblangan axloqiy ruhiy estetik va 
mehnat tarbiyalarining vazifalari bilan birgalikda o‘quvchilarni yoshini ulg‘ayishi, jisman 
tayyorgarligiga qarab o‘qitishning ayrim etaplarida aniqliklar kiritiladi. 
Maktab yoshining 6 (7) 10 (11) yoshlilarda (1-4 sinflar) organizmi tabiiy rivojlanishida 
bo‘ladi. Biz uni garmonik rivojlanishini yo‘lga qo‘yishimiz kerak bo‘ladi. Markaziy nerv 
tizimidagi boshqarish funktsiyasi, harakat tayanch apparati faoliyati ishini, yurak, tomir, nafas 
olish organlari ishini yanada rivojlantirishga e‘tibor beriladi, bulardan tashqari qomatni to‘g‘ri 
tuta bilishga o‘rgatiladi. Bu jarayonga shaxsiy gigiena qoidalariga oid bilimlar qo‘shib berish 
bilan tarbiya jarayoni yo‘lga qo‘yiladi. 

Yüklə 7,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə