O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»


Jismoniy tarbiya darsining asosiy qismini tuzilishi



Yüklə 7,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/146
tarix23.05.2023
ölçüsü7,06 Mb.
#112204
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   146
UMK 3-kurs Nazariya 2022

Jismoniy tarbiya darsining asosiy qismini tuzilishi 
Jismoniy tarbiya darsining asosiy qismi uchun
28-30 minutgacha (45 minutli darslarda) vaqt 
sarflanadi va o‘qituvchi tomonidan tuzilgan dars stsenariyasi yoki uning texnologik xaritasiga 
kiritilgan jismoniy tarbiyadan Davlat standarti dasturidagi mashqlar o‘qitiladi yoki avvalgi 
sinflarda o‘zlashtirilgan jismoniy mashqlar, harakat faoliyatlarini takrorlash bilan o‘zlashtirilgan 
o‘quv materiali takomillashtiriladi. 
Darsning asosiy qismini tuzilishi uchun yagona «standart sxema» mavjud emas. 
Darsning 
bu qismi
uning mazmuniga kiritilgan asosiy jismoniy mashqlar, ularni bajarish uchun tanlangan 
o‘qitish metodlari va metodik usullardan foydalanishni tashkillash shakllarini tanlash va 
tuzishdek tarkibiy qismlarni o‘zida mujassamlashtiriladi. 
Jismoniy madaniyat dasturining gimnastika, yengil atletika, suzish, kurash, sport o‘yinlari, 
harakatli o‘yinlar uchun o‘quv materialini o‘qitish o‘zining metodik xususiyatlariga ega va 
ularga e‘tibor berilgan holda jismoniy madaniyat darsning asosiy qismining turli shakllarda 
tashkil etishga to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunning jismoniy tarbiya amaliyoti darsning asosiy qismini 
maktabning moddiy texnik bazasi, sport jihozlari, anjom va aslahalarining soni - sifati, o‘qitilishi 
lozim bo‘lgan o‘quv materialining hayotiy-amaliyligini e‘tiborga olgan holda darsning asosiy 
qismini tuzishni taqazo etadi. 
Darsning asosiy qismini tuzilishi umumiy ta‘lim maktabi jismoniy madaniyat dasturining 
bo‘limlari va undagi o‘quv materialining mazmuni bilan uzviy bog‘liq. 
Masalan, gimnastika darsi chegaralangan maydonda - sport zalida yoki ochiq havoda 
jihozlangan «gimnstika shaharchasida» (u standart yoki nostandart jixozlar bilan jixozlangan) 
maydonda tashkillanishi mumkin. Dasturning gimnastik bo‘limi uchun tashkillangan darslarning 
asosiy qismni tuzilishi yengil atletika yoki sport o‘yinlari, kurash, suzish materialini o‘qitish 
uchun tashkillanadigan darslarning asosiy qismini tuzilishidan butunlay farq qiladi. 
Gimnastika darsining asosiy qismini tuzilishini o‘zi esa kichik, o‘rta, katta maktab 
yoshidagilarnikidan, ham tashkiliy, ham uslubiy, ham strukturaviy jihatdan farqlanadi. Uning 
sababi faqat o‘quv materialidagi farq bilan bog‘liq, bo‘lmay, katta maktab yoshdagi 
o‘quvchilarning jismoniy rivojlanganligi, tayyorlanganligi va ularning organizmini anatomo-
fiziologik xususiyatlari bilan ham bog‘liq. 
Darsning asosiy kismi o‘qituvchilarning yordamchilari - jismoniy tarbiya faollaridan 
foydalanishni taqazo etadi. Ularni tanlash, tayyorlash va darsda ularning xizmatidan 
foydalanmasdan darsning samaradorligiga erishish kiyin. 
Chunki, sinflarda o‘quvchilar sonining ko‘pligi, darsning asosiy qismida o‘quv 
materialining turli tumanligi, maxsus tayyorgarlikga eta bo‘lgan va o‘qituvchiga tashkiliy, 
uslubiy yordam bera oladigan o‘quvchilarni sinfda tayyorlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. 


32 
O‘qituvchi tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan, o‘z orqasidan sinfdoshlarini ergashtira 
oladigan, yetakchilik qilish obro‘si, qobiliyatiga ega bo‘lgan (xar bir sinf uchun 3-5 nafar) 
o‘quvchilarni xaftaning boshlanishida instruktiv mashg‘ulotlar uchun to‘plab, ularga navbatdagi 
haftaning jismoniy madaniyat darslarining asosiy qismida o‘qitiladigan o‘quv materialini 
vazifalarini hal qilish usullari va undagi ularning roli bilan tanishtiriladi. Bunday mashg‘ulotlar 
sinfning jismoniy madaniyat faollari sanalgan o‘quvchilarning o‘zlari biriktirilgan guruhlarda 
yo‘riqchi chifatida o‘tkaziladigan darsdagi vazifasi bilan tanishish imkonini beradi. Sinfning 
jismoniy madaniyat faollari ular uchun o‘qituvchilar tomonidan «maxsus seminarlar» tash-
killanadi. 
Ular sinf (guruh) doshlariga mashqlarni bajarishda yordam ko‘rsatadi, shikastlanish 
havfini oldini olish, birinchi yordam choralarini ko‘rish, lozim bo‘lsa hakamlik va boshqa 
yo‘riqchilik malakalarini egallaydilar va dars davomida o‘qituvchisiga yordamchi sifatida 
darslarning tuzilishi va uning mazmunini boyishiga ma‘lum darajada ta‘sir ko‘rsatadilar. 
Jismoniy madaniyat darsining asosiy qismida e‘tiborga loyiq belgilangan 

Yüklə 7,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə