O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»



Yüklə 7,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/146
tarix23.05.2023
ölçüsü7,06 Mb.
#112204
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   146
UMK 3-kurs Nazariya 2022

sinfning jismoniy tarbiya 
guruhlarining «faollari»
ni tayyorlashni o‘qituvchi zimmasiga yuklaydi. 
Sinf o‘quvchilari mayda guruhlarga ajratilib tashkillangan darsni olib borishda jismoniy 
tarbiya faoliga bo‘lgan ehtiyoj boshqa metodlarga nisbatan katta bo‘lishini e‘tiborga olish lozim. 
Ularni tayyorlash aloxida dastur asosida sinfdan tashqari mashg‘ulotlar tarzida guruxning 
jismoniy tarbiya faolini tabiyalash seminarlarida o‘quv muassasasining mutaxassislari 
tomonidan o‘tkaziladi («Sinfdan tashqari ishlar» bobida tanishasiz). 
O’quvchi faoliyatini yakkama-yakka tashkil etish metodidan 
asosan o‘quv yilining, o‘quv 
choragining, davlat dasturidagi bo‘limlarining o‘qitib bo‘lingandan so‘ng, o‘qitilgan mavzularini 
mustahkamlash, takomillashtirish maqsadida takrorlash vazifa qilib qo‘yilgan darslarda 
foydalaniladi. 
O‘quvchilar faoliyatini yakkama-yakka tashkillash o‘quvchilardan texnik jihatdan ma‘lum 
nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishni, o‘z-o‘zini va guruhdoshini xavfsizligini ta‘minlay 
bilish, lozim bo‘lsa mashqni ko‘rsata olishi va eng asosiysi o‘zlashtirilayotgan, 
tanishtirilayotgan, 
mustaxkamlanayottan va takomillashtirilayotgan o‘quv materialini 
o‘quvchilar uchun oldindan o‘rganib ulgurgan, mashqning ijro texnikasi ular uchun oldindan 
tanish harakat faoliyati bo‘lishi shart. 
O‘quvchilar faoliyatini individual tashkillash oldingi darslarda o‘zlashtirib ulgurmagan, 
chala o‘zlashtirilgan mavzularni, mashqlarni takroriy, individual o‘qitishni amalga oshirish 
uchun qulay imkoniyatlarni yuzaga keltiradi. Bu uslubiyotdan asosan o‘rta va katta maktab 
yoshidagi o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan darslarda foydalanish tavsiya qilinadi. 


38 
O‘quvchi faolyayatini sport zal yoki maydonda aylanib maqsadli ketma-ketlikda 
joylashtirilgan sport jihozlari va anjoliarida mashq qilish (krugovoy trenirovka) metodi orqali 
tashkillash asosan yuqori sinf o‘quvchilari uchun ko‘llanildi. 
O‘quvchilar o‘zlari yoki o‘qituvchisining buyrug‘i yoki buyrug‘isiz belgilangan mashqni, 
o‘rganib ulgurganidan so‘ng, mashqdan-mashqga (sport jihozidan, sport jihoziga) o‘tadilar. Bu 
uslubiyotning samaradorligi shundaki, darsda vaqti tejaladi, o‘quvchilarning barchasi bir 
vaqtning o‘zida band bo‘ladi va bu bilan yuqori zichlikga erishiladi. Mustaqil shug‘ullanish 
malakasi yuzaga keladi va instruktorlik malakalari shakllanadi. Bu uslubiyotning 
«Kreystring»
deb ataladigan xillari mavjud: 
a) 
«poezd» tarzidagi kreystring - sport snaryadlari maydon yoki sport zaliga 
maqsadli ketma-ketlikda joylashtirilgandan so‘ng, o‘quvchilar birinchi «urinish»ni boshlaydigan 
sport jihozi oldida «kolonna»ga saflanadilar. O‘qituvchining mashqni bajarishni boshlash 
mumkinligi xaqidagi buyrug‘i yoki signalidan so‘ng kolonna boshlovchisi va undan keyingilar 
birin - ketin birinchi snaryaddagi mashqni boshlab navbatdagisiga o‘tib mashqlarni bajarishni 
davom ettiradilar va oxirgi snaryadga birinchi aylanib chiqishni yakunlaydilar (o‘quvchilar 
safini siljishi «poezdga» o‘xshatilgan). 
Odatda o‘quvchilar faoliyatini tashkillashning bu metodidan o‘quv choraklarining oxirida, 
yangi o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular o‘rganilgandan (o‘qitib bo‘lingandan) keyin, 
mashqlarga oid harakat malakalar shakllangan bo‘lsa qo‘llaniladi. 
Bu uslubiyotdan foydalanishda 

Yüklə 7,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə