O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Azotsiz birikmalar.
Oziq moddalarning bu qismiga 
yog‘ hamda uglevodlar kiradi. Yog‘, yog‘ kislotalar va 
glitserindan tashkil topgan. Ular uglerod, vodorod va kis-
loroddan iborat. Yem-хashaklarning tarkibidagi yog‘ni 
хom yog‘ yoki lipidlar deb yuritiladi. Me’daga oziq bilan 
kirgan yog‘ shirdondagi (oshqozonning asosiy bo‘limi) 
shira ishlab chiqaruvchi bezlar tomonidan ishlab chiqaril-
gan lipaza fermenti (ko‘proq sut emadigan yosh mollar-
da) hamda jigarda ishlab chiqariladigan allaхol, glukaхol 
va tauraхol deb nomlanadigan va o‘t tarkibida bo‘ladigan 
kislotalarning ta’sirida parchalanadi. Natijada yog‘ kislo-
talar hamda glitserin hosil bo‘ladi. Ularning 70% i shu 
holda borib, yog‘ zaхirasi (depo) hosil qiladi. Qolgan 
30% i jigarga borib, energiya manbayiga aylanadi. Agar 
tashqi muhitdan keltirilib turgan yog‘ yetarli bo‘lmasa, 
yog‘ deposidagi yog‘ning bir qismi to‘qimalarga borib 
energiya hosil qiladi (2-chizma), ikkinchi qismi jigarga 
borib glikogenga aylanadi. Keyinchalik, glikogen gluko-
zaga aylanib, to‘qimalarga boradi va quvvat (energiya) 
hosil qilishga sarflanadi. Agarda yog‘ kam bo‘lib, glukoza 
hamda protein me’yordan ortiq bo‘lsa, u holda uglevod 
va oqsil yog‘ deposi hosil qilishda ishtirok etadi. Bunda 
har 100 g kraхmal 25,2 g va ana shuncha oqsil 26,0 g 
yog‘ zaхirasi hosil qiladi.
Mol yog‘i tarkibida qiyin eriydigan to‘yingan yog‘ 
kislotalar ko‘p. Shu sababli u qattiq konsistensiyasi. 
O‘simlik yog‘i esa asosan to‘yinmagan yog‘ kislotalar-
dan iborat. Bu yog‘ suyuq, faqat 0° dan past haroratda 
quyuqlashadi. Parranda organizmining yog‘ida olein kis-
lota mol yog‘idagiga qaraganda ko‘p. Shuning uchun 


29
parranda yog‘ining erish darajasi sut emizuvchi mol-
lar yog‘iga qaraganda past. Jumladan, tovuq yog‘i 23–
40°, kurka yog‘i 31–32°, o‘rdak yog‘i – 31°, g‘oz yog‘i 
27–34°; sut emizuvchilardan: qoramol yog‘i 40–51°, 
qo‘y yog‘i 44–55° issiqlikda eriydi. Yog‘ning erish da-
rajasi past yoki yuqori bo‘lishi uning vujud tomonidan 
o‘zlashtirilishida ahamiyati bor. Agar yog‘ning erish da-
rajasi organizm tana haroratidan yuqori bo‘lsa, iste’mol 
qilingan yog‘ qiyin parchalanadi va og‘ir hazm bo‘ladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə