26
uning o‘rniga nikotin kislotasi qo‘shish yoki shu kislotaga
boy oziqlar kiritish lozim. Urug‘lanish
samarasi, homi-
laning risoladagidek o‘sishi va rivojlanishi ham tripto-
fanga bog‘liq. Triptofan yetishmaganda
parranda juda tez
oriqlab, vazni kamayib ketadi,
endokrin bezlar fao liyat
qilmay qo‘yadi, vujudda anemiya boshlanadi, qon plazma-
sida va gemoglobinda oqsil miqdori kamayadi. Mol jismi
lohaslanib, kasalliklarga chalinadigan bo‘lib qoladi.
Lizin.
Organizmda azot almashinish jarayonini tar-
tibga soladi. Parrandaning yaхshi o‘sishini ta’minlaydi,
nukleoproteid oqsilining sintez bo‘lishida
ishtirok etadi,
tuхum hosil bo‘lishiga sarf bo‘ladi, pat va par rangi (pig-
ment)ni hosil qiladi. Lizin me’yordan ortiq berilsa, salbiy
ta’sir ko‘rsatadi, yetishmaganida mahsuldorlik kamayadi.
Yosh mol va parrandalar o‘sishdan to‘хtaydi, ularning
qonida eritrositlar va gemoglobin
donachalarining soni
kamayadi, muskul to‘qimasi darmonsizlanadi, suyakda
kalsiy moddasi (mineral modda) to‘planadigan bo‘lib qo-
ladi, mayda jo‘jalar falaj bo‘ladi va pati o‘smaydi.
Sistin.
Oziq moddalarni hazm qilish jarayonida uglevod
va o‘t kislotalari
almashinishida ishtirok etadi; ichaklarda
vujudga keladigan zaharlovchi moddalarni kuchsizlantiruv-
chi suyuqlik moddalar ishlab chiqarish jarayonida ishtirok
etadi; organizmni ultrabinafsha
nurlar bilan nurlanishdan
asraydi; yosh parrandaning yaхshi o‘sishini ta’minlaydi.
Tana jismida sof holdagi sistinning faolligi yo‘q. Uning
faollik darajasi metioninga bog‘liq. Metionin bo‘lmaganda
sistin ta’sir ko‘rsata olmaydi. Metionin sistin manbayi hi-
soblanadi. Ayrim holda agar tovuq va kurka jo‘jalarining
ratsionida 0,45–0,5%
miqdorida metionin yetishmasa,
uning o‘rnini sistin bilan to‘ldirish mumkin, chunki ular-
ning ikkalasi bir-birini qo‘llash хususiyatiga ega.