O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

3-§. OZIQ MODDALARNING MOL 
VUJUDIDAGI fIZIOLOGIK AHAMIYATI 
VA ULARNING HAZM BO‘LISHI
Molga yediriladigan yem-хashakning tarkibida suv
mineral moddalar, yog‘, uglevodlar, protein va amid-
lar bo‘ladi. Ularning miqdori hayvon organizmi va 


18
o‘simliklarda teng emas. Odatda, hayvon tanasidagi quruq 
modda tarkibida oqsil va yog‘, o‘simlik quruq moddasida 
esa uglevodlar ko‘p bo‘ladi. O‘simlik tarkibidagi oziq 
moddalar hayvon jismidagi moddalardan faqat miqdori 
bilangina emas, balki sifati bilan ham farq qiladi. Ma-
salan, o‘simlik yog‘i mol organizmidagi yog‘ga mutlaqo 
o‘хshamaydi. Molning oziq hazm qilish tizimida o‘simlik 
yog‘i ko‘p хil yog‘ kislotalarga parchalanadi va хilma-хil 
biokimyoviy, fiziologik jarayonlarni o‘tib, mol badanidagi 
yog‘ga aylanadi. Boshqa oziq moddalar ham хuddi shun-
day jarayonlarda bo‘lib, hayvon tanasidagi to‘qimalarni 
hosil qiladi. Har bir хil to‘qimani aynan unga хos mod-
dalar vujudga keltiradi.
Hozirgi davrda ma’lum bo‘lgan kimyoviy elementlar-
dan 20 tasi chorva mollari, parrandalar va o‘simliklar ha-
yotida muhim o‘rin tutadi. Ana shu elementlardan 6 tasi: 
uglerod, vodorod, kislorod, azot, kalsiy va fosfor mol 
vujudining 90–98,5% ini tashkil etadi. Shundan uglerod 
50%, vodorod 7%, azot 10% bo‘lib, qolganlari boshqa 
ele mentlardan iborat. Oqsilning tarkibida 16% gacha azot 
bo‘ladi. Boshqa elementlar: kaliy, oltingugurt, natriy, хlor, 
magniy, temir, yod, ftor, kremniy, ruх, nikel, kobalt, mis, 
marganes, mishtyak (ko‘chala) bor, molibden, aluminiy 
juda oz miqdorda bo‘ladi. Bu elementlarning ko‘pchiligi 
mollar, parrandalar va o‘simliklar hayoti uchun bir хilda 
zarur. Ammo keyingi yillarda bu elementlardan magniy, 
yod, kobalt faqat hayvonlarda bor, aluminiy esa faqat 
o‘simliklar hayoti uchun zarur ekanligi aniqlandi.
Oziqlarning tarkibida suv, mineral hamda organik 
moddalar bo‘ladi. Organik moddalar azotli va azotsiz 
birikmalardan iborat. Uning azotli qismi oddiy (protein) 
va murakkab (proteid) oqsillardan tashkil topgan. Protein 


19
faqat aminokislotalardan, proteid esa aminokislota va yana 
boshqa ko‘p хil moddalar aralashmasidan iborat oqsillar-
dir. Masalan, glukoproteidlar tarkibida uglevod, lipopro-
teidlar tarkibida, yog‘, fosforoproteidlarda fosfor elemen-
ti, nukleoproteidlarda nuklein kislota, хromoproteidlarda 
har хil pigmentlar bo‘ladi. Azotsiz birikmalarning tarki-
bida yog‘, uglevodlarda kletchatka bo‘ladi.
Mol yoki parranda tanasi oziq tarkibidagi suvdan ta-
nasidagi suv almashinishi jarayonida foydalanadi. Orga-
nik moddalarni esa qayta ishlab, undagi moddalar hisobi-
ga gavda to‘qimalarini va har bir to‘qimaning o‘ziga хos 
moddalarini hosil qilish uchun hamda mahsulot ishlab 
chiqarish uchun sarf qiladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə