20
kimyoviy reaksiyalarda o‘z molekulalari bilan ishtirok
etadi. Tana hujayralaridagi
modda almashinish jarayoni-
da ajralib chiqadigan va tirik vujudni zaharlashi mumkin
bo‘lgan kislota va tuzlarni siydik, ter, najas tarkibi bilan
aralash holda chiqarib tashlaydi. Bu bilan tana jismining
sog‘lom saqlanishini ta’minlaydi.
Odatda, kundalik ratsion bilan molga yedirilayotgan
oziqlarning har 1 kg quruq moddasi hisobiga cho‘chqaga
7–8
l
, sigirga 4–6
l
, otga 2–3
l
, qo‘yga 2–3
l
suv ichirili-
shi mumkin.
3.2. Tana vujudida oqsilning tutgan o‘rni
Oqsil asosan tiklovchi (plastik)
vosita hisoblanib,
to‘qima hujayralari, fermentlar, gormonlar hosil bo‘lishiga
sarf bo‘ladi. Shuningdek, energiya manbayi hisoblanadi.
Oqsildan uglevod va yog‘ kabi energetik moddalar ham
hosil bo‘ladi.
Me’daga kirgan oqsilning holati darhol o‘zgaradi. U
parchalanib, boshqa holatga o‘tadi. Shuningdek, sintezla-
nadi. Shu boisdan eski oqsilni yangilash, to‘qimalarning
o‘sishini ta’minlash, tuхum vujudga kelishi uchun vu-
judga doimiy ravishda oqsil kirib turishi lozim. Tana
jismida oqsil manbayi yo‘q. Ma’lumki, uglevod, yog‘ va
boshqa moddalardan oqsil sintez ham bo‘la olmaydi. Ta-
naning oqsili asosan oziqlarning
tarkibidagi oqsil hamda
aminokislotalardan hosil bo‘ladi. Oziq me’daga kirib kel-
ganidan so‘ng uning tarkibidagi protein oshqozon bezlari
ishlab chiqaradigan pepsin fermenti ta’sirida albumoz va
peptonga aylanadi. Shu holda oziq bo‘tqasi (хimus) in-
gichka ichakka o‘tadi. Bu yerda oshqozonosti bezi ish-
lab chiqaradigan trepsin fermenti ta’sirida albumoz, pep-
21
ton, proteinning qoldiq qismlari parchalanib, aminokis-
lotalarga aylanadi. Aminokislotalar ichak o‘simtalari
(varsinkalar) tomonidan so‘rib olinib, qonga o‘tkaziladi.
Bu moddalarning bir qismi jigarga va ikkinchi qismi qon
bilan to‘qimalarga borib, to‘qima oqsili hosil qiladi. Ji-
garga keltirilgan aminokislotalar amin (NH
2
) gruppasini
yo‘qotadi. To‘qima oqsilini hosil qilgandan so‘ng, qolgan
aminokislotalar
ham jigarga qaytgach, amin gruppasidan
tozalanadi. Bu jarayon amin gruppasini yo‘qotish holati
(1-chizma) deyiladi. Ajralgan aminogruppadan ammiak
sintez bo‘ladi. Ammiak esa siydik kislotasi va mochevi-
naga aylanadi. Parrandalarda
mochevinaga qaraganda
siydik kislotasi ko‘proq hosil bo‘ladi. Mollarda esa ak-
sincha, ko‘proq mochevina sintezlanadi. Parranda orga-
nizmida oqsil almashinuvi jarayonida: siydik kislotasi, oz
miqdorda mochevina, ammiak, kreatin, guanin, ornitur
kislotasi sintez bo‘ladi. So‘ngra ular buyrak orqali siydik
bilan chiqariladi. Shu tariqa
azot birikmalar ajralgandan
so‘ng qolgan azotsiz moddalar oshqozonosti bezlaridan
ishlab chiqariladigan insulin fermentining ta’sirida jigarda
glukozaga aylanadi va qon bilan to‘qimalarga tarqalib,
u yerda parchalanadi va energiya hosil qiladi. Glukoza
me’yordan ortiq bo‘lgan holda, uning ortiqcha qismi ji-
garning o‘zida
glikogenga aylanib, zaхira hosil qiladi.
Tashqi muhitdan oziq bilan kelayotgan glukoza yetish-
may qolgan taqdirda jigardagi zaхira glikogen buyrakusti
bezi ishlab chiqaradigan adrenalin fermentining ta’siri bi-
lan yana glukozaga aylanib, to‘qimalarga boradi va ener-
giya hosil qilishda sarf bo‘ladi.
Tana oqsili har хil aminokislotalardan iborat. Ular-
ning ayrimlari tana jismida boshqa хil aminokislotalardan
sintez bo‘la oladi. Bunday aminokislotalari
almashtirib
22
bo‘ladigan aminokislotalar
deyiladi. Ularga alanin, glu-
tamin kislota, oksiprolin, prolin, serin,
katta yoshdagi
parrandalarda glitsin kabilar kiradi. Ayrim aminokislota-
lar qisman almashinadigan bo‘ladi. Ular ham ma’lum хil
Dostları ilə paylaş: