O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/189
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167247
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   189
Quyosh energetikasi(Majmua)

kg
deb qabul qilsak, u tabiiy gaz uchun 370 
kg
, mazut uchun 520 
kg
, ko‘mir uchun 780 
kg
ga teng 
bo‘lar ekan. Bu esa o‘z navbatida atrof
-muhit ifloslanishining oldini olish uchun ancha 
qo‘shimcha mablag‘ni talab etadi. Ya’ni, atrof
-muhit himoyasi uchun sarflandigan xarajatlar 
elektr 
energiyasidan foydalanganda birga teng bo‘lsa, tabiiy gazdan foydalanganda esa ikkiga, 
mazut va ko‘mirdan foydalanganda oltiga teng bo‘lar ekan. Atrof
-muhitga yetkaziladigan tuzatib 
bo‘lmas zarar, elektr energiyasi bilan birga hisoblaganda, tabiiy gaz uchu
n ikkiga, mazut uchun 
to‘qqiz, ko‘mir uchun o‘n ikkiga teng bo‘lar ekan. Kelajakni zarur tabiiy sharoitlarsiz, oziq
-ovqat 
va energiyasiz tasavvur qilish kishini dahshatga soladi. Bu muammolarni yechish yo‘llaridan biri 
ana shu maqsadlarda quyosh energiyasi
dan foydalanish hisoblanadi. O‘zga energiyalar (masalan, 
yadro energiyasi) haqida shuni aytish mumkinki, zamonaviy elektrostansiyalardan oz miqdorda 
bo‘lsa ham, atrof
-
muhitga, kishi organizmiga salbiy ta’sir etuvchi radioaktiv moddalar ajralib 
chiqib turadi. Afsuski, hozirgacha radioaktiv chiqindilarni zararsizlantirishning biron-bir 
samarali usuli ishlab chiqilgani yo‘q. Ikkinchi tomondan falokatlar sodir bo‘lish xavfi yuqori 
(masalan, Chernobil AESidagi kabi). Shularni hisobga olib, Respublikamiz Prezidenti 
I.Karimov: “Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi, juda 
zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi”, (I.A.Karimov. O‘zbekiston XXI asr 
bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari. T.-1997, 115-
bet) deb alohida ta’kidlaydi.
Ma’lumki, quyosh ulkan energiya manbai bo‘lib, u qayta tiklanadigan va bitmas
-
tuganmas hamda ekologik toza energiya manbai sifatida boshqa energiya turlaridan ancha afzal.
Quyosh energiyasidan ama
liy foydalanish bilan bir qatorda uni to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri elektr 
yoki issiqlik energiyalariga aylantirishning nazariy asoslarini ishlab chiqish sohasida ham 
sezilarli natijalarga erishildi. Quyosh energiyasini fotoelektrik sintez metodi bilan elektr 
energiyasiga aylantirishda FIKni 93 foizga yetkazish mumkinligi nazariy jihatdan asoslangan. 


73 
Yorug‘ kunda hozirgi quyosh batariyalarining 1 
m
2
yuzasida 100 dan 200 gacha 
Vt
elektr 
quvvati olish mumkin va bunda atrof-muhit hech qanday zararlanmaydi. Quyosh batariyalari, 
shubhasiz toza energiya manbai hisoblanib, ulardan kosmosda ham, yerda ham keng 
foydalanilmoqda. 
Quyosh energiyasidan foydalanish borasida dunyo miqyosida ko‘plab ilmiy
-amaliy 
tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lsa
-da, bu boradagi ishlarning katta bir qismi asosan tajribalar 
darajasida qolmoqda. Chunki, quyosh energiyasi energiya manbai sifatida past harorat, issiqlik 
quvvati zichligining kamligi, vaqt bo‘yicha o‘zgarishi va boshqa xususiyatlarga egadir. Masalan, 
bir milliard kVt soat olish uchun quyosh kollektorining yuza maydoni 0,74-0,86 
million m
2
bo‘lishi talab etilar ekan. Shuning uchun so‘nggi paytlarda quyosh energiyasining amalga joriy 
etish mumkin bo‘lgan sohalari ustida tadqiqotlar olib borishga e’tibor kuchaytirilmoqda. 
Jumladan, O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda keng ko‘lamda tadqiqotlar olib borilib, qator 
sohalarda muvaffaqiyatlarga erishildi. 
Respublikamizda, ayniqsa uning janubiy regionlarida quyoshli kunlar 300 kundan 
ortiqligi, quyosh energiyasidan turli maqsadlar uchun foydalanish sohasida nazariy va amaliy 
tadqiqotlarga e’tiborning kuchayishiga sabab bo‘ldi, buning uchun esa real imkoniyatlar mavjud. 
Quyosh energiyasi ko‘plab tabiiy resurslar qatorida O‘zbekistonning energiyaga bo‘lgan 
ehtiyojini ancha olis kelajakda ham qondirishga qodir. 
Quyosh nuridan sanoat, qishloq xo‘jaligi va turmushda foydalanish maqsadida ko‘plab 
ilmiy izlanishlar olib borildi. Quyosh nuridan foydalanib ishlaydigan kichik quvvatli 
kondensatorlar bazasida cho‘ponlar, geologlar uchun geliosuvqaynatgichlar, ovqat pishi
radigan 
gelioqurilma va boshqa ko‘plab maishiy ishlab chiqarish qurilmalari yaratilgan. Shunisi 
quvonarliki, dunyodagi eng ulkan quyosh “tandiri” O‘zbekistonda –
Parkentda qurildi. Quyosh 
tandirining harorat quvvati 1000 
kVt
bo‘lib, markazida uning harorat
i 300

С
ga tengdir. 
Dunyodagi eng noyob quyosh qurilmalaridan biri bo‘lgan quvvat jamlovchi bu tandirda yangi 
ishlab chiqilgan moddalarning isiqlikka chidamliligi sinab ko‘riladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, quyosh o‘zining energetik resurslari jihatidan 
bir necha milliard 
yillar davomida insoniyatni energiya bilan ta’minlash quvvatiga ega. Oziq
-ovqat 
mahsulotlarining hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan fotosintezni amalga oshirishda quyosh 
radiatsiyasining o‘rni beqiyosdir. Quyosh energiyasi ekologik toza energiya turi bo‘lib, undan 
foydalanish atrof-muhitni ifloslantirishga va sayyoramizda issiqlik balansi muvozantining 
buzilishiga olib kelmaydi. 
Quyosh energiyasida ishlaydigan kombinatsiyalashtirilgan qurilmalar xarajatlarni 30-40 
foiz tejash va ishchi kuchini kamaytirishga imkon beradi. Respublikamizda quyosh 
energiyasidan foydalanib, uy-
joylarni isitayotgan hamda issiq suv bilan ta’minlayotgan, quyosh 
energiyasini issiqlik energiyasiga aylantiruvchi qurilmalar yirik quyosh pechi va turli tipdagi 
quyosh 
batariyalari hamda boshqa gelioqurilmalarning ishlayotganini ko‘rish mumkin. Uylarni 
isitish, issiq suv bilan ta’minlash, yuvilgan ust
-boshlarni quritishda, sut va meva sharbatlarni 
qaynatishda, beton va temir beton buyumlarni bug‘latishda, quyosh energiyasining mo‘jizakor 
kuchidan tobora kengroq foydalanilmoqda. 
Cho‘l mintaqalarida quduqlar suvi sho‘r bo‘lib, tarkibida og‘ir unsurlar mavjud. Bunday 
suvlar iste’molga yaroqsiz. Geliosuvchuchitgichlar yordamida bunday suvlarni iste’molga 
yaroqli holga keltir
ish mumkin. Quyosh nuri yordamida qurilmadagi sho‘r suv bug‘lantiriladi. 
Suv bug‘lari qurilma tiniq yuzasi –
oynaga yoki polietilen plyonkaga urilib, idishlarga oqib 
tushadi. Bunday ko‘chma qurilmaning turli modeli, qurilmalari ishlab chiqilgan va joriy et
ilgan. 
Serquyosh o‘lkamizda quyosh nurlaridan tabobatda ham keng foydalanishga e’tibor 
berilmoqda. Toshkentdagi Semashko nomidagi davolanish maskanida quyosh nuridan 
foydalangan holda bemorlar turli kasalliklardan xalos qilinmoqda. 
O‘zbekistonning istiqb
olli sohalardan biri - quyosh quvvatidan foydalanib paxta quritish 
va paxta buntlarini shamollashtirish qurilmalari ishlab chiqish uchun tadqiqotlar va izlanishlar 
olib borilmoqda. Bu yo‘nalishda viloyatimizning bir qator paxta zavodlarida ma’lum yutuqlarg

erishilgan. Shuningdek, respublikamizda chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi tobora keng 
joriy etilishi munosabati bilan quyosh plyonka qoplamali qurilmalarda chigit ekib, erta bahorda 


74 
ko‘chat tayyorlab, oila yoki jamoa shirkat xo‘jaliklari uchun 
ekishning yangi usullari tavsiya 
etish maqsadida tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu tadqiqotlar Qashqadaryo viloyat paxtachilik 
ilmiy-tekshirish instituti olimlari bilan hamkorlikda olib borilishi nazarda tutilgan. Olib borilgan 
ilmiy tadqiqot natijalari asos
ida Qarshi tumanidagi “O‘zbekiston mustaqilligi” jamoa xo‘jaligida 
2000 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə