O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/189
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167247
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   189
Quyosh energetikasi(Majmua)

Q
Q
K
Q
Q
k
cor
n
cor
(2.11) 

- sochilish koeffitsiyenti (albedo) 


+0,7 qishda, 


0,2 yozda; 

- kollektorning gorizontga 
nisbatan qiyalik burchagi. 
Yil davomida 1 
m
2
yer sirtiga tushayotgan yig‘indi radiatsiya miqdori 2500 mln. jouldan 
(shimolda) 6280 mln. joulgacha (Markaziy Osiyoda) o‘zgaradi. Bu energiyadan foyda
lanib issiq 
suv olish, korxona va xonadonlarni isitish, suv qaynatish, ovqat pishirish, qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini quritish, temir beton buyumlarini bug‘latish, sho‘r suvni chuchitish, xo‘jaliklarni 
elekr bilan ta’minlash, quyosh issiqxonalari qurish 
kabi qator vazifalarni amalga oshirish 
mumkin. 
Hozirgi kunlarda organik yoquv ashyolardan (neft, ko‘mir, tabiiy gazdan) foydalanishning yana 
bir salbiy tomoni mavjud. Bunga benzin, ko‘mir va boshqalarni ko‘plab yoqish natijasida yer 
atmosferasini ifloslanishi kiradi. 
Atmosfera - 
yerning gazli qobig‘i bo‘lib, uning massasi 5,15

10
15
tonnaga teng, asosiy 
qismini azot va kislorod tashkil etadi. 
Yer atmosferasida azon va uglekisliy gaz kam miqdorida bo‘lsa ham ularning yer 
sirtidagi tirik organizmga ta’siri katta. Masalan, Azon uglekisliy gazi, organizmga zararli ta’sir 
etuvchi quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlarining katta qismini yutadi. Ikkinchi tomondan 
azon yer sirtidan tarqalayotgan infraqizil nurlarni yutadi, natijada atmosfera yerning keskin sovib 
ketishiga yo‘l qo‘ymaydi, ya’ni atmosfera “parnik” effektini beradi.
Havoning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan kislorod odam hayoti uchun muhim rol 
o‘ynaydi: odamda kislorod yetishmaganda nafas olishi, qon aylanishi tezlashadi va yomon 
oqibatlarga olib 
keladi. Sayyoramizdagi o‘simliklar dunyosi yiliga 150 milliard tonna uglerod 
gazini o‘zlashtirib, atmoferaga 25 milliard tonnadan ko‘proq kislorod yetkazib beradi.


71 
Yashil o‘simliklar havo muhitini tozalovchi tabiiy qurilmadir. Ular havodagi changning 
to‘r
tdan uch qismini tutib qoladi hamda sulfit gazining undan ikki qismini yutadi. Insonning 
hayotiy va ishlab chiqarish faoliyati jarayonida ko‘plab kislorod yutiladi, o’simliklar olami esa 
uning o‘rniga karbonat angidrid yutib, kislorod chiqaradi. 
Shuningdek
, o‘simliklar mikroiqlim 
yaratishda ham katta rol o‘ynaydi. Binobarin, biz yashil o‘simliklar haqida qayg‘urar ekanmiz, 
bir vaqtning o‘zida o‘zimiz yashaydigan joyning atmosfera havosi sifatini ham yaxshilaymiz.
Atmosfera havosining ifloslanishi deganimizda, havoning tarkibidagi kislorod, azon, 
uglekisliy gaz va boshqalardan tashqari, zararli gazlarning ko‘plab aralashuvini tushunamiz. 
Asosiy toza havoni bulg‘ovchi sohalardan biri avtotransport hisoblanadi. Bundan o‘n yil ilgarigi 
ma’lumotlara ko‘ra, butun
dunyodagi shaxsiy avtomobillarning soni 280 millionta bo‘lgan. 
Aniqlanishiga ko‘ra, faqat 200 million avtomobil har yili atmosferaga 200 million tonna uglerod 
oksidi va 20 million tonna azot oksidi chiqarib tashlaydi. Hozirgi kunda ularning miqdori yanada 
oshgan. 
Katta shaharlarda, masalan, Tokioda havoning ko‘chalarda ifloslanishi shu darajaga borib 
yetdiki, chorrahada turib boshqaruvchilar oksigen maskasini kiyib turadilar, unda ham faqat ikki 
soatgina, ikki soatdan keyin ikkinchilari almashinadilar. Avtomobilning ishlash paytida 
chiqadigan uglerod oksidi, uglekisliy gaz havoga nisbatan og‘irroq bo‘lgani uchun, ular doimo 
yer yuzasi yaqinida to‘planadilar. Uglerod oksidining zararli tomoni shundan iboratki, u qondagi 
gemoglabinlarga qo‘shilib organizm hujayralariga yetib borishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Gaz tarkibidagi akrolen, farmaldegid, tetraetil qo‘rg‘oshinlar ham kishi uchun zararlidir.
Navbatdagi atmosfera havosini ifloslaydigan sohalarga issiqlik elektrostansiyalari va 
qozon qurilmalari kiradi. 
Yoqi
lg‘i to‘la yonganida chiqarib tashlanadigan zararli mahsulot –
oltingugurt oksidi va 
kul hisoblanadi. Chala yonganda - 
uglerod oksidi, uglerodlar, qurum hosil bo‘ladi.
Issiqlik elektrostansiyalaridan ham chiqarib tashlanadigan zararli moddalarning miqdori 
katta. Masalan, oyiga 51 ming tonna ko‘mir sarflaydigan elektrostansiya qozonidan har kuni 33 
tonna oltingugurt angidrid chiqadi, bu esa qulay meteorologik sharoitda 50 tonna oltingugurt 
kislotaga aylanishi mumkin, shu bilan birga bu qurilmadan qo‘shimcha
har kuni 40-50 tonna kul 
chiqarib tashlanadi. Bu chiqarib tashlangan kul elektrostansiya atrofida 5 kilometr radius 
bo‘yicha tarqaladi. Uylarni isitish sistemasidan ham ko‘p zararli moddalar chiqarib tashlanadi, 
shuni aytish kifoyaki, uning yonishdan qolgan qoldiqlarida 30 
% dan ortiq zararli modda bo‘ladi.
Qora metallurgiya - atmosferani ifloslaydigan sohalardan biri. 
Bir tonna cho‘yan olishda 
4,5 kilogramm chang, 2,7 kilogramm sernistiy gaz, 0,1-0,5 kg marganes chiqarib tashlanadi. 
Chiqindi moddalar or
asida kam miqdorda bo‘lsa ham mishyak birikmalari, fosfor, surma, 
qo‘rg‘oshin, simob bug‘lari, sianli vodorodlar uchraydi.
Qora metallurgiyaning hozirgi zamonaviy zavodlari, o‘zlarida ko‘mirni kokslantiruvchi 
sexlariga ega. Koks ishlab chiqarish atmosfera havosini chang va uchuvchi birikmalar bilan 
ifloslaydi. Bir tonna koks olishda 300-
320 metr kub koks gazi hosil bo‘lib, uning tarkibida 50
-
63 % vodorod, 20-34 % metan, 4,5-4,7 % uglerod okisi, 1,8-4 % uglekisliy gaz, 5-10 % azot 2-
2,6 % uglevodlar va boshqalar uchraydi. 
Rangli metallurgiya zavodlaridan changsimon moddalar mishyak, qo‘rg‘oshin 
atmosferaga chiqarib yuboriladi. Bular ham kishi organizmi uchun zararli. Atmosfera havosiga 
tarqalgan zararli moddalarning kishi organizmiga ta’siri bo‘yicha bir ne
chta misol keltirish 
mumkin. 1948-yilda AQSHning Donora shtatida qurum aralash chang yerga tushadi, natijada 14 
ming aholidan 5910 kishi kasallanadi, 20 kishi halok bo‘ladi.
Yapon tekshiruvchilari aniqladilarki, havoda sernistiy gaz ko‘p bo‘lgan joylarda,
odamlar 
bronxial astma bilan kasallanadilar. 
Yonishdan qolgan mahsulotlarni yer yuzasiga yaqinlashtirmaslik uchun trubalarni juda 
baland qilib (250-320) joylashtiradilar. 
Shunday qilib, yuqorida aytilganlardan organik yoqilg‘ilarni tejab sarflash va yon
ishdan 
hosil bo‘ladigan zararli gazlar zarrachalarni ushlab qolish muammosiga alohida e’tibor berish 
kerak. 
 
XX asrning oxiriga kelib atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish masalasi eng dolzarb muammoga aylandi. Tabiiy 
resurslardan qancha ko‘p 


72 
foydalanilsa, ularning zahirasi shunchalik tez kamayadi, ishlab chiqarish chiqindilarning atrof-
muhitga tashlanishi ko‘payadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, fan va texnikadagi inqilob juda 
katta miqdorda yoqilg‘i –
toshko‘mir,
neft mahsulotlari, tabiiy gaz, torf va boshqa tabiiy 
resurslarning ko‘plab sarflanishiga olib kelmoqda. Ammo, bu resurslar chegaralangan bo‘lib, 
ularning umumiy zahiralari (hali ochilmagan konlarni ham hisobga olganda, 4-4,5 trillion tonna 
shartli yoqilg‘iga teng) vaqt o‘tgan sari tobora kamayib bormoqda. Agarda an’anaviy energiya 
manbalari hozirgi darajada sarflanaversa, ularning zahirasi atigi 80 yilga zo‘rg‘a yetar ekan. 
Xususan, O‘zbekiston Respublikasidagi barcha tur yoqilg‘ilarning sanoat zahiralari 
1985-yilda 
3039 million tonna shartli yoqilg‘ini tashkil etgan bo‘lsa, 2012
-
yilga borib bu ko‘rsatgich 1646 
million tonnaga tushib qolishi mumkin. Bundan tashqari, bu qazilma boyliklarni qazib olish 
uchun solishtirma xarajatlarni 1,29 marta ko‘paytirish zarur bo‘ladi. Chunki bu yoqilg‘ilarni 
kelgusida yanada chuqurroqdan qazib olishga to‘g‘ri keladi, transport xarajatlari ham orta boradi.
Hisob-
kitob paytida energiya sarfi ko‘pincha boshqa xarajatlar bilan qo‘shib hisoblanadi, 
energiyani tejashga zarur mab
lag‘ ajratish muhim emasdek tuyuladi. Lekin u umumiy 
xarajatlarning 75 foizigacha bo‘lgan qismini tashkil etishi mumkin. Kelajakda energiya narxi 
osha borgan sari uni tejash uchun sarflangan mablag‘ samarasi yaqqolroq sezilaveradi. 
Olimlarning hisoblariga qaraganda 1980-2005-yillar mobaynida kundalik ehtiyojlar uchun 
sarflangan energiya miqdoriga teng bo‘lar ekan. Ekologiya, energetika, demografiya, xomashyo 
va oziq-ovqat muammolarini hal etishda fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanish, ishlab 
chiqarishga chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalar joriy etishni talab etadi. 
Ma’lumki, butun dunyodagi kabi respublikamizda ham yoqilg‘i energetika resurslarining 
narxi jahon narxiga tenglashib qoldi. 1995-
yilda bir tonna shartli yoqilg‘i miqdoridagi elektr 
en
ergiyasining narxi 233 AQSH dollariga teng bo‘ldi. Shu miqdordagi elektr energiyasini 
issiqlikka aylantirish uchun xarajatlarni birga teng deb olsak, bu ko‘rsatgich tabiiy gaz uchun 23 
ga, mazut uchun 24 ga, ko‘mir uchun 30 ga tenglashadi. Bu ko‘rsatgich 2
015-yilga kelib 326,6 
ga yetishi, xuddi shu kabi tabiiy gaz 57,4 dan 77,3 ga, mazut 68,0 dan 85,0 ga, ko‘mir 44 dan 55 
AQSH dollariga teng bo‘lishi kutilmoqda. Shu kunlarda atrof
-muhit, atmosfera muammolari eng 
dolzarb masalalardan biri bo‘lib turganda ene
rgiya resurslaridan foydalanishda ekologik 
muammolarni qat’iy hisobga olish eng dolzarb muammodir. Chunki, bir tonna shartli yoqilg‘i 
miqdoridagi elektr energiyasini issiqlikka aylantirishda zararli moddalar ajralib chiqishini 1 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə