O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


I.2. Pulning mohiyati va zaruriyligi



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
pul va banklar

 
I.2. Pulning mohiyati va zaruriyligi 
 
Har bir iqtisodiy kategoriyada amal qiluvchi hamda mamlakat 
rivojlanishining asosiy dastaklaridan biri pul bo`lib, xozirgi bozor munosabatlari 
toboro chuqurlashib borayotgan sharoitida pulning mavqei va ahamiyati yanada 
oshib boradi. Darhaqiqat, pul - "bozor tili" deb bekorga aytishmagan. Har bir 
iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to`lovlar, daromadlar va xarajatlar, 
moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda 
faqat pulda ifoda qilinadi.
Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari 
alohida e'tibor qaratgan bo‗lmasalarada
1
, iqtisodiy nazariyachilarning asarlarida 
unga nisbatan berilgan fikrlarini uchratish mumkin. Masalan, A.Smit pulni 
iqtisodiy kategoriya darajasiga ko‗tarib, unga ―pul – bu muomalaning buyuk 
g'ildiragi―, ―savdo sotiqning yuksak quroli‖ sifatida ta'rif beradi
2
.D.Yum 
A.Smitning pul xususidagi qarashlariga e'tiroz bildirib, ―Pul bu – savdo – sotiqning 
g'ildiragi emas, balki u yog'i, shu savdo – sotiq g'ildiragini erkin va yumshoq 
yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir‖ degan fikrni bildiradi
3

Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga aloxida 
e'tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor B.I.Sokolov 
pulning mohiyatiga ―pul mehnat taqsimoti chuqurlashib borayotgan ushbu 
jamiyatda tovarlarni ayirboshlash va to‗lovlarni amalga oshirish ishlarini 
yengillashtiradi‖ 
deya ta'kidlaydi
4

O‗zbekistonlik iqtisodchi olima 
Sh.Z.Abdullayeva o‗zining pul, kredit va banklar masalasiga bag'ishlangan 
iqtisodiy adabiyotlarida pulning mohiyatini ochishda uchta jihatiga e'tibor qaratish 
lozimligini ta'kidlaydi. ―Birinchidan, pulning iste'mol qiymatida boshqa 
tovarlarning qiymati o‗z aksini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq 
mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil etadi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi 
xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo‗ladi. Shunga asoslangan 
xolda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega 
bo‗lgan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkin‖
5

1
Abdullayeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar. –T.: ―Iqtisod – moliya‖, 2007, 8 – b. 

Смит А. Исследовние природе и причинах богатства народов. Том 1. –С.418, 421. 

Юм Д. Опыты. –М.: Издание К.Т.Солдатенкова, 1986. –С.20. 

Соколов Б.И. Деньги, кредит и банки. Учебник. –М.: ТК Вебли, Изд – во. Проспект, 2008 
5Abdullayeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar. –T.: ―Iqtisod – moliya‖, 2007, 8 – b. 



Iqtisod fanlari doktori, professor O‗.Yu.Rashidov va boshqalar ishtirokida 
nashrdan chiqarilgan darslikda ―Pul – bu umumiy ekvivalent sifatida 
qo‗llaniladigan universal tovarning alohida turi bo‗lib, boshqa barcha tovarlarning 
qiymati u orqali ifodalanadi. Pul – bu boshqa ne'matlarning qimmatini o‗lchash 
vositasi (umumiy ekvivalent) yoki ayirboshlashda hisob – kitoblarni amalga 
oshirish vositasi funktsiyalarini bajaruvchi ne'matdir. Pul – bu mutloq likvidlilikka 
ega bo‗lgan ne'matdir. Pul – bu iqtisodiy kategoriya bo‗lib, odamlar o‗rtasidagi 
munosabatlar unda namoyon bo‗ladi va uning yordamida quriladi. Pulning 
maqsadi bozorga oid o‗zaro harakatlarning transaktsion harajatlarini tejashdan 
iborat‖
6

Pulning iqtisodiy mohiyati xususida fikrlarni eramizdan oldingi davrda 
yashagan Aristotel' (er.oldingi 384 – 322 yy.), keyinchalik sarkarda Aleksandr 
Makedonskiy kabi buyuk shaxslar tomonidan qoldirgan manbalarda ham ko‗rish 
mumkin
7
. Yuqorida bayon etilganlardan ko‗rinib turibdiki, pulning mohiyatiga 
xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, mutaxassislar va nazariyachilar o‗zlarining 
yondashuvlarini bildirgan. Biz ularning ushbu fikr va yondashuvlarini tadqiq qilish 
maqsadidan yiroqmiz
8

Mamlakat rivojlanishining asosiy vositalaridan biri pul bo‗lib, bozor 
iqtisodiyotini muhim omilini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti pul bilan tirik, 
chunki takror ishlab chiqarish jarayonining barchasida pul vositachilik qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar va xizmatlarning ishlab chiqarishdan
boshlab iste‘molchigacha bo‗lgan jarayon pul vositasida amalga oshadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomilasini uyushtirish, tovarlarni 
ayirboshlash, pullarni saqlash va taqsimlash, bo‗sh pulni qarzga berish, korxonalar
o‗rtasidagi iqtisodiy aloqalar yanada kuchayib, murakkablashib boradi. Pul 
shaklidagi mablag‘lar bozor orqali resursga aylanadi va ular ishtirokida tovarlar 
yaratiladi, tovarlar sotilib yana pulga aylanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqat pul, balki uning ekvivalentlaridan – 
aktsiya, obligatsiya kabi qimmatli qog‘ozlar va boshqalardan ham keng 
foydalaniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ilgari pulga aylantirilmagan ayrim 
vositalar ham endi pulda o‗z aksini topadi (yer va boshqalar). Umuman 
bozor 
iqtisodiyoti sharoitida korxonalar moliyasini tashkil etish, pulni aylanishi, umuman 
xo‗jaliklar faoliyatini tashkil etilishi yangi pul munosabatlari asosida tashkil 
etiladi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib bozor iqtisodiyoti sharoitida pul 
iqtisodiy quvvat, iqtisodiyotning o‗ziga xos tashrif qog‘ozi bo‗lib xizmat qiladi, u 
bozor iqtisodiyotining tani-yu joni hisoblanadi. 
Xozirgi bozor munosabatlari sharoitida pulning ahamiyatining oshishi 
shundaki, jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati hamda 

Рашидов О.Ю. ва бош. Пул, кредит ва банклар. Дарслик. –Т.: ТДИУ, 2008. 11 – б. (432б). 

Аристотель. Сочинения: 4 т. –М.: 1983. Т. С.325. 
8 A.A.Omonov,T.M.Qoraliyev.Pul,kredit va banklar.darslik. 2012,14-b. 
8



ularning natijasi daromadi pul bilan bog‘liq. Shuning uchun ham, pul barcha 
iqtisodiy rivojlanish pog‘onalarida odamlarni o`ziga jalb qilib kelgan.
Ma‘lumki, pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning uzoq vaqt 
rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Birinchi yirik mehnat taqsimoti, ya‘ni 
chorvachilikdan dehqonchilikni ajralib chiqishi va shu munosabat bilan tovar 
xo‗jaligining rivojlanishi tufayli maxsulot qiymatining ifodasi bo‗lmish pulni 
keltirib chiqardi. 
Ishlab chiqarishning rivojlanishi, tovar turlarining ko‗payishi almashuv 
jarayonining yanada rivojlanishini taqozo qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari 
o‗zaro muloqotda bo‗lib, tovarning egasi o‗z maxsulotini (mulkini) baholagan. Shu 
baholash jarayoni biror o‗lchov birligi bo‗lishini taqozo qilgan. Tovar 
muomilasining ekvivalent rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har 
xil tovarlar o‗ynagan. Har bir jamoa o‗z tovarini ekvivalent sifatida o‗rtaga 
qo‗ygan. Lekin jamiyat taraqqiyoti shu tovarlar ichidan pulni tovarlarning tovari 
deb e‘tirof etgan. 
Pul – bu umumiy ekvivalent sifatida qo‗llaniladigan universal tоvarning 
alоhida turi bo‗lib, bоshqa barcha tоvarlarning qiymati u оrqali ifоdalanadi. Pul 
ayirbоshlash, to‗lоv, qiymatni o‗lchash, bоylikni to‗plash vоsitasi funktsiyalarini 
bajaradigan nоyob tоvardir. Hоzirgi iqtisоdiyotda pul muоmalasi amalda 
tоvarlarning hamma turlari muоmalasining o‗zgarmas sharti hisоblanadi. Pul 
tufayli tоvarlarni qiyoslash, ayirbоshlashda zarur bo‗ladigan qiymatning yagоna 
mezоniga ega bo‗lish mumkin. R.Kruzo ta‘kidlaganidek, pul faqat tovar ishlab 
chiqarish, tovar-pul munosabatlari mavjud bo‗lgan sharoitdagina ahamiyatga 
egadir. Pulni tovar ayirboshlashni o‗zi yaratdi. 
Pul– bu bоshqa ne`matlarning qimmatini o‗lchash vоsitasi (umumiy 
ekvivalent), yoki ayirbоshlashda hisоb-kitоblarni amalga оshirish vоsitasi 
(ayirbоshlash vоsitasi) funktsiyalarini bajaruvchi tovar bo‗lib, u – mutlоq 
likvidlilikka egadir. Pul – bu iqtisоdiy kategоriya bo‗lib, оdamlar o‗rtasidagi 
munоsabatlar unda namоyon bo‗ladi va uning yordamida quriladi.
Pul – 
bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo‗lib, abstrakt mehnat 
xarajatlarini o‗zida aks ettiradi va tovar xo‗jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish 
munosabatlarini ifodalaydi.
Bu ta‘rif pulni quyidagi xususiyatlarini o‗zida ifodalaydi: 
1.
Pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi. 
2.
Pul – bu umumiy ekvivalent – yagona tovar bo‗lib qolgan tovarlar 
qiymatini o‗zida ifoda qilishi. 
3.
Pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa 
xarajatlarni o‗zida ifoda qilishi. 
4.
Pulning 
har 
bir 
iqtisodiy 
tizimda, 
tovar 
ishlab 
chiqarishda
kishilar o‗rtasidagi yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda qilishi va 
boshqalar (pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida 
namoyon bo‗lishi). 
Pulning muhim xususiyati shundaki, u ham boshqa tovarlar singari 
qiymatga va iste‘mol qiymatga ega bo‗lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga 



qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar. 
Pulning iste‘mol qiymati shuki u o‗z funktsiyasini bajarib iqtisodiyot 
mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida). 
Pulning qiymati (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish 
qobiliyati, ya‘ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligi 
tushuniladi. 
Pulni qiymati metal pulni zabt etish yoki qog‘oz pulni bosib chiqarish 
xarajatlarini bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas, balki pulni muomilaga 
kiritish sarflaridir. Pulni qiymati narxga bog‘liq, narxlar ko‗tarilib, ketsa, uni 
qiymati (qadri) pasayadi va aksincha. 
Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng murakkabi shu 
bilan birgalikda eng jozibadori hisoblanadi. Insoniyatning butun yutuqlari ham
fojialari ham pul bilan bog‘liqdir. Inson faoliyatini eng muhim harakatga 
keltiruvchi kuchlardan biri pul bo‗lib kelgan va shunday bo‗lib qoladi. 
Taniqli davlat arboblaridan biri ta‘kidlaganidek, «Davlatni o‗rni uni qancha 
soldati yoki pushkalarini qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning 
mustahkamligi bilan belgilanadi. Bunga shuni qo‗shimcha qilish mumkinki, 
korxonaning mavqei unda necha kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan maxsulot 
miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy barqarorligi bilan belgilanadi». 
Yaxshi ishlayotgan pul tizimi jamiyatning barcha imkoniyatlaridan to‗liq 
foydalanish imkoniyatini beradi, aksincha yomon ishlayotgan pul tizimi pul
muomilasini izdan chiqarib ishlab chiqarish darajasidagi keskin pasayishlar, 
iqtisoddagi bandlikka va bahoga, pulni sotib olish qobiliyatini pasayishiga salbiy 
ta‘sir ko‗rsatadi. 
Tarixiy manbalarga ko‗ra birinchi qog‘oz pullar XII – asrda Xitoyda 
chiqarilgan. Shuning bilan birga 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar 
Buxoro davlatida qog‘ozdan pul sifatida foydalangan. Umuman tarixda birinchi 
tangalar VII – asrda kichik Osiyodagi Lidiya mamlakatida zabt etilgan. 
K.Marks, A.Smit va D.Rekrdolarning tadqiqotlariga tayangan hoda pulni 
vujudga kelish jaryonini qiymatning quyidagi shakllari bilan bog‘laydi: 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə