O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   122
Sitozin
 
5-metilsitozin 
Timin
 
4-rasm. 
Sitozin, 
5-metilsitozin 
va 
timinning tuzilishi. Timin 5-metilsitozinni 
deaminirlanishi natijasida paydo bo„lishi 
mumkin 


[29] 
Genning promotor qismida 5-metilsitozin hosil bo‗lishi bilan sitozinni 
metillashtirish uning faol bo‗lmagan holati bilan o‗zaro bog‘liq. Sitozin metillanishi 
sut emizuvchilarda X-xromosomaning inaktivasiyasi uchun muximdir. DNK 
metillanishi genom impritingida ishlatiladi. Kanserogenez jarayonida DNK 
metillanish profili buziladi. Biologik roliga qaramasdan, 5-metilsitozin spontan 
ravishda amin guruhini yo‗qotish va timinga aylanish xususiyatiga ega, shuning 
uchun metillangan sitozinlar yuqori sondagi mutatsiyalar hosil bo‗lishi manbai 
hisoblanadi (4-rasm). 
DNKning shikastlanishi. 
DNKga turli xil mutagenlar zarar yetkazishi 
mumkin, ular tarkibiga oksidlovchi va alkillovchi moddalar, shuningdek yuqori 
energiyali elektromagnit nurlanish – ultrabinafsha va rentgen nurlari kiradi. DNK 
zararlanish turi mutagen turiga bog‘liq. Masalan, ultrabinafsha nurlari DNKga zarar 
yetkazadi, ular tarkibidagi timin dimerlarini hosil qiladi, ular qo‗shni asoslar 
o‗rtasida kovalent bog‘lanish hosil bo‗lishidan paydo bo‗ladi. 
Erkin radikallar yoki vodorod peroksid kabi oksidlovchilar DNKning bir 
necha turdagi zararlanishiga olib keladi, shu jumladan asoslarda modifikatsiyalar, 
xususan, guanozin va ikki zanjirli DNK sinishiga sababchi bo‗lishi mumkin. Ba‘zi 
hisob-kitoblarga ko‗ra, har bir inson hujayrasi kuniga 500 ga yaqin asos oksidlovchi 
birikmalar tomonidan zarar ko‗radi. Zararlarning har xil turlari orasida eng xavflisi 
qo‗sh zanjirda hosil bo‗ladigan uzilishlardir, chunki ularni tiklash qiyin va 
xromosoma mintaqalarining yo‗qolishiga - o‗chirilishiga va translokatsiyaga olib 
kelishi mumkin. 
Ko‗p mutagen molekulalar ikkita qo‗shni zanjir jufti orasiga kiritiladi, yani 
interkallash ro‗y beradi. Bunday birikmalarning ko‗pchiligi: masalan, etidiy bromid, 
daunorubicin, doksorubicin, talidomid aromatik tuzilmaga egadir. Interkallovchi 
birikma asoslar o‗rtasiga kirishi uchun qo‗sh spiral bir-biridan uzoqlashishi
ochilishi va struktura buzilishi kerak bo‗ladi. Qosh spiralda vujudga kelgan bunday 
o‗zgarishlar transkripsiya va replikasiya jarayonining o‗tishiga xalaqit beradi, 
mutatsiyalar hosil qiladi. Shuning uchun interkallaydigan birikmalar ko‗pincha 
kanserogen hisoblanadi, ular orasida – benzopiren, akridin, aflotoksin, etidiy bromid 


[30] 
eng xavflisi hisoblanadi. Lekin bu xususiyatlariga qaramasdan, interkallaydigan 
birikmalar, onkologik kasalliklarni davolashda o‗sma hujayralarining o‗sish 
jarayonini to‗xtatishda qo‗llaniladi. Ayrim moddalar - cisplatin, mitimisin, psoralen 
DNK zanjirlari o‗rtasida ko‗ndalang tikishlar hosil qila oladi va DNK sintezini 
bostirish xususiyatiga ega, shuning uchun o‗sma kasalliklarining ayrim turlarini 
davolashda qo‗llaniladi. 
Superspirallashish.
Superspirallashish asosida DNK zanjirining uchlarining 
yo‗nalishlarida burilishi uning qisqarishi, ―super spirallar‖ hosil bo‗lishi tushuniladi. 
Oddiy holatlarda DNK zanjiri har 10, 4 juft asosi uchun bitta burilishni amalga 
oshiradi, ammo o‗ta o‗ralgan holatda ham bo‗lishi mumkin. Super-burilishning ikki 
turi mavjud: ijobiy - asoslar bir-biriga yaqinroq joylashgan normal burilish 
yo‗nalishi bo‗yicha va qarama - qarshi yo‗nalishda buralgan ham bo‗lishi mumkin -
salbiy superburalish deb ataladi. Tabiatda 
DNK 
molekulalari 
odatda 
salbiy 
superburalishi uchraydi, bu jarayonlar 
asosan fermentlar - topoizomerazalar 
tomonidan 
amalga 
oshiriladi. 
Bu 
fermentlar DNKda transkripsiya va 
replikatsiya jarayonida hosil bo‗lgan 
qo‗shimcha supersprallrni olib tashlaydi. 
Xromosomalarning 
uchlaridagi 
strukturalar.
Chiziqli xromosomalarning 
uchida 
DNKning 
telomeralari 
deb 
nomlangan ixtisoslashgan tuzilmalari joylashgan. Ushbu mintaqalarning asosiy 
vazifasi xromosomalar uchlari yaxlitligini saqlashdir. Telomeralar, shuningdek 
DNK uchlarini endonukleazalar degradasiyasidan saqlaydi va reparasiya tizimining 
faolligini olidini oladi. DNK-polimeraza fermentlari xromosomalar 3‘-uchini 
replikasiyasini amalga oshira olmagani uchun, bu jarayonni maxsus ferment-
telomeraza amalga oshiradi (5-rasm). Inson hujayralarida telomerlar ko‗pincha bitta 
zanjirli DNK bilan ifodalanadi va TTAGGG ketma-ketligining bir necha ming 

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə