O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122
2-rasm. 
DNK 
tuzilishi 
(juft 
spiral). 
Tuzilishdagi turli xil atomlar turli xil 
ranglarda 
ko„rsatilgan; 
ikkita 
asosiy 
juftlikning 
batafsil 
tuzilishi 
quyida 
ko„rsatilgan 


[24] 
va tibbiyot soxasi bo‗yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu mukofotga 
hissa qo‗shgan Rozalinda Franklin rentgenografiya usulida DNK tuzilishi to‗g‘risida 
ma‘lumotlar olgan, ushbu strukturani esa Uotson va Krik ochib bergan

Birinchi marta DNK moddasini Johann Friedrich Misher 1869 yilda yiringli 
massadagi hujayra qoldig‘idan azot va fosfordan tashkil topgan moddani ajratib 
olgan. Avvaliga, yangi modda Misher tomonidan nuklein deb atalgan, keyinchalik 
kislotalik xususiyatlari aniqlangandan so‗ng, nuklein kislota deb atala boshlaydi. 
Yangi kashf etilgan moddaning biologik funktsiyasi noma‘lum bo‗lib, uzoq vaqt 
davomida DNK organizmda fosfor zahirasi hisoblangan. Bundan tashqari, hatto 20-
asrning boshlarida ham ko‗plab biologlar DNKning irsiy ma‘lumot uzatilishida hech 
qanday aloqasi yo‗q deb hisoblashadi, chunki molekula tuzilishi, ularning fikriga 
ko‗ra, juda monoton-bir xil bo‗lib, kodlangan ma‘lumotni o‗z ichiga olmaydi. 
1930 yillarga qadar DNK faqat hayvon hujayralarida, o‗simlik hujayralarida 
esa RNK mavjud deb hisoblangan. 1934 yilda ―Hoppe-Seyler‘s Zeitschrift fur 
physiologishe Chemie‖ nashrida va 1935 yilda Moskva davlat universiteti olimlari 
qo‗lyozmalarida biokimyogarlar A.N. Belozersky va A.R. Kizel tomonidan chop 
etilgan maqolalarida o‗simlik hujayralarida DNK mavjudligi isbotlangan. 1936 yilda 
Belozerskiy guruhi dukkakli, donli va boshqa o‗simliklarning urug‘lari va 
to‗qimalaridan DNKni ajratib olishgan. 1939 – 1947 yillarda xuddi shu olimlar 
guruhining tadqiqotlari natijasida har xil turdagi bakteriyalar tarkibidagi nuklein 
kislotalarning mavjudligining isbotlanganligi dunyo ilmiy adabiyotlaridagi birinchi 
ma‘lumot bo‗ldi. 
Asta-sekin, genetik ma‘lumot tashuvchisi, ilgari mavjud bo‗lgan fikrlar 
singari, oqsillar emas, balkim DNK ekanligi isbotlandi. Dastlabki hal qiluvchi 
dalillardan biri Osvald Every, Kolin Maklaud va Maklin Makkartining 1944 yilda
bakteriyalarni transformasiyasi bo‗yicha olib borgan tajribalaridan kelib chiqqan. 
Ular pnevmokokklardan ajratilgan DNKni transformatsiya qilishi natijasida, yani 
zararsiz kulturalarning kasallik qo‗zg‘atadigan bakteriyalar xususiyatlariga ega 
bo‗lishini isbotlashga muvaffaq bo‗lishdi. Amerikalik olimlar Alfred Xershi va 
Marta Chayzning tajribasi 1952 yilda radioaktiv izotoplar uslubi yordamida 


[25] 
bakteriofag DNKlari bilan yuqtirilgan hujayraga faqat fag nuklein kislota 
o‗tkazishini ko‗rsatdi va yangi avlod fagida boshlang‘ich fag bilan bir xil oqsillar va 
nuklein kislota mavjud irsiylanishini isbotlashgan. 
XX asrning 50-yillariga qadar DNKning aniq tuzilishi, shuningdek irsiy 
ma‘lumotni irsiylanishi uslublari aniq emas edi. DNK bir nechta nukleotidlardan 
iborat ekanligi aniq ma‘lum bo‗lgan bo‗lsa-da, hech kim bu zanjirlarning miqdori va 
qanday bog‘langanligini aniq bilmagan. 
1949-1951 yillarda biokimyogar Ervin Chargaff guruhi olib borgan faoliyati 
natijasida Chargaff qoidalari shakllantirildi. Chargaff va uning hamkasblari DNK 
nukleotidlarini qog‘oz xromatografiya yordamida ajratishga va har xil turdagi 
nukleotidlarning aniq miqdoriy nisbatlarini aniqlashga muvaffaq bo‗lishdi. Adenin 
(A), timin (T), guanin (G) va sitozin (S) uchun topilgan nisbat quyidagicha bo‗lgan: 
adenin miqdori timin miqdoriga, guanin esa sitozin miqdoriga teng: A = T, G = C. 
Ushbu qoidalar rentgenstruktur tahlillar asosida DNK tuzilishini aniqlashda hal 
qiluvchi rol o‗ynadi. 
DNK juft spiralining tuzilishi Frensis Krik va Jeyms Uotson tomonidan 1953 
yilda Mauris Uilkins va Rozalind Franklin tomonidan olingan rentgen ma‘lumotlari 
va Chargaff qoidalari asosida taklif qilingan.

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə