O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   122
 
 
 
 
Frensis Krik  Jeyms Uotson   Moris Uilkins  Rosalind Franklin 
1957 yilda amerikaliklar Aleksandr Rich, Gari Felsenfeld va Devid Devis 
uchta ipdan tashkil topgan nuklein kislotani tasvirlashdi. 1985-1986 yillarda 
Moskvada Maksim Davidovich Frank-Kamenetskiy ikkita emas, balki uchta DNK 
zanjiridan tashkil topgan H-shaklini isbotlashgan va qanday hosil bo‗lishini 
ko‗rsatishdi.
 


[26] 
 
DNK tarkibining asosiy tuzilmalari. 
Deoksiribonuklein kislotasi (DNK) – 
bu monomerlar sifatida nukleotidlardan tashkil topgan, biopolimer- polianion 
hisoblanadi. Har bir nukleotid 5‘-holatida shakar deoksiribozasiga biriktirilgan 
fosfor kislota qoldig‘idan iborat bo‗lib, unga to‗rtta azotli asoslardan biri 1‘-holatida 
glikozid bog‘lari (C – N) orqali bog‘lanadi. DNK va RNK o‗rtasidagi asosiy 
farqlardan birini tashkil etuvchi xarakterli shakarning mavjudligi, bu nuklein 
kislotalarning nomlarida qayd etilgan RNK tarkibida riboza shakari bilan 
tavsiflanadi.
Molekulalarning tuzilishi asosida nukleotidlarni tashkil etuvchi asoslar ikki 
guruhga bo‗linadi: purinlar – adenin (A) va guanin (G) bir-biriga bog‘langan besh 
va olti a‘zoli geterosikllar orqali hosil bo‗ladi va pirimidinlar – sitozin (S) va timin 
(T) olti a‘zodan iborat geterosikl orqali hosil bo‗ladi (3-rasm
). 
 
 
Adenin (A) 
Guanin (G) 
Timin (T) 
Sitozin (S) 
3-rasm. DNK molekulasi tarkibidagi asosiy azotli asoslari. 
 
Istisno tariqasida, masalan, PBS1 bakteriofagida DNK beshinchi turdagi 
asoslarni o‗z ichiga oladi – uratsil (U), pirimidin asosi , u timindan metil guruhi 
yo‗qligi bilan ajralib turadi, odatda timinni RNKga uratsil bilan almashtiriladi. 
Shuni ta‘kidlash kerakki, timin (T) va uratsil (U) ilgari mavjud bo‗lgan 
fikrlarga ko‗ra, mos ravishda DNK va RNK da mavjud bo‗lishi chegaralanmagan
ba‘zi RNK molekulalarining sintezidan so‗ng, ushbu molekulalardagi uratsillarning 
katta qismi maxsus fermentlar yordamida timinga aylanib metillanadi. Bunday 
jarayonlar transport va ribosomal RNKlarda uchraydi. 
DNK polimeri juda murakkab tuzilishga ega. Nukleotidlar uzun polinukleotid 
zanjirlarida kovalent ravishda bog‘langan. Bu zanjirlar aksariyat hollarda ayrim bir 
zanjirli DNK-genomiga ega bo‗lgan viruslardan tashqari, o‗zaro vodorod bog‘lari 


[27] 
bilan bog‘langan bo‗ladi va ikkilamchi strukturalarni hosil qilib, ikkilamchi spiral 
nomini oladi. Har bir zanjir asosi ketma-ket keladigan fosfatlar va shakardan tashkil 
topgan. Bir zanjir ichki qismidagi qo‗shni nukleotidlar fosfodiefir bog‘lar bilan 
bog‘langan, ular o‗z navbatida bir nukleotidning dezoksiriboza molekulasining (3‘ -
ОН) 3‘-gidroksil guruhi va boshqa nukleotidning (5‘-РО
3
) 5‘- fosfat guruhi 
o‗rtasida vujudga keladi. DNKning assimetrik zanjirlar uchi 3‘ va 5‘ deb ataladi.
DNK sintezida zanjir qutblanishi muhim ahamiyatga egadir, zanjir uzayishi 
faqatgina yangi nukleotidlarning erkin 3‘-uchiga qo‗shilishi natijasida yuz beradi. 
Yuqorida ta‘kidlab o‗tilganidek, tirik organizmlarning aksariyat qismida DNK 
bir emas, balki ikkita polinukleotid zanjiridan iborat. Ushbu ikkita uzun zanjir bir-
biriga qarama-qarshi bo‗lib, uning tarkibidagi zanjirlarning azotli asoslari o‗rtasida 
hosil bo‗lgan vodorod bog‘lanishlari bilan barqarorlashgan bir-biriga nisbatan spiral 
shaklida o‗ralgan. Tabiatda bu spiral ko‗pincha o‗ng tomonga og‘gan bo‗ladi. DNK 
molekulasini tashkil etuvchi ikkita ipning 3‘-uchidan 5‘-uchiga yo‗nalishlari 
qarama-qarshi joylashgan bo‗lib, iplar bir-biriga "antiparallel" joylashgan. 
Ikki karra spiralning kengligi 22 dan 24 A ga tengdir, yoki 2,2-2,4 nm bo‗ladi, 
har bir nukeotid uzunligi 3,3 A yoki 0,33 nm g teng. Shu bilan birga, spiralda 
kichkina 12 A li va katta 22 A li qatorlarni farqlash mumkin. Oqsillar, masalan 
transkripsiya omillari, ikki zanjirli DNK ning ma‘lum ketma-ketliklariga bog‘lanadi, 
asosan katta qatorlarda asoslar uchlari bilan o‗zaro ta‘sirlashadi.

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə