O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Boshlang’ich sinflarda matematikadan o’quv ishini uyushtirish



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə23/86
tarix24.08.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#120876
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86
matematika oqitish metodikasi

Boshlang’ich sinflarda matematikadan o’quv ishini uyushtirish


Ma‘ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi

Bosqichlar, vaqti 2 soat

Faoliyat mazmuni



O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich.
Kirish (10 min)

1.1 Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalar ma‘lum qilinadi.
1.2. Mavzuning rejasi ekranga chiqariladi

1.1 Eshitadi, yozib oldi

2-bosqich.
Asosiy
(60 min)

2.1 Mavzu bo’yicha ta’lim oluvchilar bilimlarini faollashtirish maqsadida savollar beriladi:
-Boshlang`ich sinfda o`qitishning qandlay formalari mavjud?
-dars qanday sistemada amalga oshiriladi?
-mustaqil ishlarni berishda nimalarga ehtibor berish kerak?
1. Boshlang’ich sinfda dars va o’qishniig boshqa formalari(1-ilova)
2. Boshlang’ich sinflarda matematikadan darslar sistemasi.(2- ilova)
3. Matematika o’qitishda mustaqil ishlar.(3- ilova)

2.1. E‘tibor beradilar, savollarga javob beradilar
2.2. Ma‘lumotni yozib oladilar

2.3. Tushunchaga ega bo‘ladilar





3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)

3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e‘tiborini asosiy masalalarga qaratadi.
Faol ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantiradi Mustaqil ish uchun vazifa:
Dars va o`qitishda o`qtish formalaridan foydalanish, matematika darslar sistemasi hamda mustaqil ishlarni berishga doir darsliklarni o’rganib kelis.

Eshitildi, aniqlashtirildi.

3.2. Topshiriqni yozib oladi.



Boshlang’ich sinflar tabiiy-matematik ta’lim davlat standartining o’quv-biluv jarayoniga joriy yetilishi o’quv fanlariga doir tabiiy-ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarnigina yemas, balki shaxsning muayyan asosiy faoliyati majmuasi mehnat, o’quv-biluv, kommunikativ-axloqiy va jismoniy tuzilishiga mos keladigan fazilatlarining shakllanishini ham ta’minlaydi.


Har bir o’quvchining bilimida olg’a siljish bo’lishiga yerishish zarur.
Sinf – dars tizimi 300 yildan beri mavjud. Darsda bolalar faqat o’qibgina qolmasdan, balki jamoa bo’lib ishlaydilar, unda muloqatda bo’lish qoidalariga o’rganadilar va har biri alohida o’rganilayotgan narsaga, bir-birlariga, o’qituvchiga o’z munosabatlarini bildiradilar.
Mavzu bo’yicha rejalashtirish asosida o’qituvchi har bir darsga ish rejasini tuzadi.
Zamonaviy matematika darslarida ta’limiy, tarbiyaviy va ongni oshirishga oid vazifalar bajariladi.
Daftar, o’lchov asboblari va o’lchash qoidalari bilan ishlash, doskada va daftarda chizmalar chiza olish uquvi, tez yozish va o’qish ug’uvi, bir-birini va o’zini o’zi nazorat qilish malakasini singdirish va hokazo.
“Bir xonali sonlarni o’nlikdan o’tib qo’shish” mavzusini o’rganishda umumta’lim vazifalarning amalga oshirilishiga oid misolni ko’rib chig’aylik.
Shuncha qo’shamiz, keyin qolganini qo’shamiz, hisoblayman: 9ga 1ni qo’shsam 10 bo’ladi, yana 1ni qo’shaman, 11 bo’ladi.
Doskaga misollar yozilgan:
19+2 39+2
29+2 49+2
O’qituvchi: “ushbu ifodalarda yuqoridagi usulni qo’llang”, – deb topshiriq beradi.
So’ngra ushbu misollar taklif yetiladi:
109+2 119+2 129+2 139+2 149+2 va hokazo.
O’qituvchi darsda foydalanadigan usullarni ushbu misolda batafsilroq ko’rib chig’amiz.
Mavzu: 68:4 ko’rinishidagi bo’lishni tushuntirish.
Bu jadvaldan tashqari bo’lish holidir.
Nazariyasi: 68:4 =(40+28):4=40:4+28:4=10+7=17.
Tushuntirish quyidagi usullarda tahlil qilinib olib boriladi:
1) dogmatik usul;
2) yevristik usul;
3) tadqiqot usuli (muammoli usul);
Birgalikda ishlash bilish faoliyatining faollashuviga yordam beradi, o’quvchilarda o’zaro nazorat qilish va o’zaro yordam berish sifatlarini shakillantiradi, tarbiyaviy vazifani ado yetadi.
Tarbiyaviy vazifalarning hal yetilishida darsning ayrim tarbiyaviy o’rinlari yemas, balki butun o’quv jarayoni: ta’lim mazmuni, o’quv ishi usullari, darsni puxta tashkil yetilishi yordam berishini unutmaslik kerak.
Darsning asosiy didaktik maqsadi bo’yicha ajratish asos qilib olinadi:
1) yangi bilimlarni o’zlashtirish darsi, bularda o’quvchilar yangi tushunchalar, hisoblash usullari, yangi turdagi masalalarning yechilishi, figuralarning yangi xossalari, sonlari bilan tanishadilar:
2) uquv va malakalarni o’zlashtirish darsi:
3) bilimlarni jamlab qo’llash darsi:
4) o’tilganlarni takrorlash, umumlashtirish va tizimga solish darsi:
5) bilim, o’quv va malakalarni tekshirish, boholash:
6) aralash dars, bunda bir necha didaktik maqsadlar bo’lib, ularning hammasi ham muhimdir
Har bir matematika darsi o’z tarkibiy tuzilishiga ega .
Dars qo’yidagi asosiy qismlardan iborat bo’lishi mumkin:
Aralash dars rejasini keltiramiz.
Tarkibiy qism
1 – 1,5 min. I.Tashkiliy qism. Maqsad: ish vaziyatini yaratish
7 – 10 min, II. Uy vazifasini tekshirish: so’rash, didaktik material bilan frontal ishlash, aralash so’rash
15 – 20 min.III.Yangi bilimlar berish, yangi materialni tahlil yetish (suhbat, hikoya,ma’ruza, darslik va daftar bilan mustaqil ishlash)
5 –15 min.IV.Yangi materialni mustahkamlash, ilgari o’tilgan materialni takrorlash, mashqlar, didaktik o’yinlar elementlari.
5 min.V.Uy vazifasi, uning mohiyati bajarilish uslubiyoti, amaliyot bilan aloqasi fanlararo aloqadorligi
2 min VI.Darsning yakunlanishi
Uy vazifasini tekshirish darsning majburiy bosqichidir.
Yangi bilimlar berish. Darsnig bu bosqichi maktab o’quvchilarida bilim va o’quv malakalarni shakllantirish va rivojlantirish bilan bog’liq. Mazkur bosqich ayrim qismlarga ajraladi:
a) yangi materialni o’rganishga tayyorgarlik:
b) maqsadni belgilash (muammoli vaziyat yaratish):
d) yangi materialni o’rganish:
ye) qoidalar yoki qilinadigan ishlar algoritmini mashq qilish (yodlash).
Og’zaki sanoqdayoq yangi bilimlarni qabul qilishga tayyorlash maqsadida o’qituvchi shunday savollarni kiritadiki, ularga beriladigan javoblar ularni yangi bilimlar bilan bog’lash hamda bilim va uquvlar umumiy tizimiga kiritilishiga yordam beradi.
Yangi mavzuni, yangi materialni tushuntirishdan oldin aytish mumkin, biroq bu ishni o’quvchilarni yangi hisoblash usullari, xossasi va hokazo bilan tanishtirilgandan so’ng yakun, tushuntirish xulosasi sifatida ham amalga oshirish mumkin.
Yangi mavzu so’rash orqali tekshiriladi. So’ngra qisqacha so’zlash, nazariy bilimlarning chuqurlashuviga ham yordam beradi.
Masalan, 1 sinfda bolalar “36-2 va 36-20 ko’rinishidagi ayirish” mavzusida yangi ayirish usuli bilan tanishdilar. Mustahkamlash uchun ular uyda ushbu misollarni yechadilar:
69 – 3 98 – 6
69 - 30 98 – 60
Miqdorlarni taqqoslash haqidagi ilgari o’rgangan bilimlarini mustahkamlash uchun bunday topshiriqni bajaradilar:
2 dm > 18 sm 1 so’m > 80 tiyin
6 sm < 2 dm 60 tiyin > 50 tiyin
Amaliyotning ko’rsatishicha, uy vazifasi odatda sinfda bajarilgan ish hajmining yarmini tashkil yetadi.
Darsni yakunlash. o’qituvchi darsni yakunlaydi: “Darsda nima bilan shug’ullandik? Darsda qanday yangi narsani bilib oldik?” o’quvchilar bilan birgalikda yangi qoida takrorlanadi.
O’quvchilarni jalb qilish. Bahoni birgalikda qo’yish, o’quvchining o’ziga beradigan bahosidan foydalanish mumkin. Qo’yilgan baho o’quvchining o’ziga bergan bahosi bilan bir xil bo’lganda eng yuqori samaraga yerishiladi.
Bilimlarni bunday baholash usuli dars bo’yicha ball nomi bilan ataladi.
Dars bo’yicha ball yordamida o’quvchini odillik bilan baholash uchun javoblarni jadval yordamida hisobga olib borish foydalidir;
№№ Ismi va familiyasi
Topshiriq turlari Og’zaki sanoq Uy vazifasi Suhbat Mustaqil ish
1. Alimov U.4535
2. Ayupov D.-5-4
3. Baratov F.5354

Dars bo’yicha ball o’quvchilarning bilim, o’quv va malakalarini har tomonlama tekshirishga imkon beradi, bolalarning butun dars davomida faol ishlashlariga sabab bo’ladi, biroq bunda boshqacha tekshirish usullari ham inkor yetilmaydi.


.

1 -ilova


2-ilova


Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə