O‘zbekiston respublikasi qurolli kuchlari akademiyaSI


Respublikamizda sun’iy intellektni sohalarda qo‘llash



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə11/12
tarix11.12.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#147386
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Сунъий интеллект технологиялари Ўқув қўлланма (2)

Respublikamizda sun’iy intellektni sohalarda qo‘llash. Yuiqorida kirish qismida keltirilgan mazkur qaror bilan sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo’yicha 2021–2022 yillarda amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihalar ro’yxati tasdiqlandi. Jumladan, 2-rasmda quyidagi sohalarda sun’iy intellekt texnologiyalari qo’llaniladi:


2-rasm. Sun’iy intellektning sohalarda qo‘llanilishi.
Qishloq xo’jaligi sohasida: yerni masofadan zondlash ma’lumotlari asosida tuproq va qishloq xo‘jaligi ekinlari holatini, shuningdek, qishloq xo’jaligi texnikasi, shu jumladan kombaynlar ishini monitoring qilish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash. (3-rasm).



3-rasm. Sun’iy intellekt yordamida yerni masofadan zondlash
Bank sohasida: tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish samaradorligini oshirish va ular tomonidan tartibga solish talablari (SubTech va RegTech) bajarilishini soddalashtirish, shuningdek, bank xizmatlari ko’rsatish sifatini tahlil qilish, foydalanuvchilarni masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) va kredit tavakkalchiliklarini baholash uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash. (4-rasm).


4-rasm. Sun’iy inttelekt yordamida tijorat banklari faoliyatini monitorlash
Moliya sohasida: budjet xarajatlari, pensiya, ijtimoiy va sug‘urta to‘lovlari, shuningdek, nafaqa to‘lovlarini tahlil qilish va samaradorligini oshirish uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini qo’llash (5-rasm).


5-rasm. Sun’iy intellektning moliya sohasida sohasida qo‘llanishi.
Soliq sohasida: yuridik shaxslarning soliq tushumlarini tahlil qilish, soliq to‘lovlaridagi tafovutlarni aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash. Sun’iy intellekt soloqchilarning o‘ng qo‘li.(5-rasm)


6-rasm. Sun’iy intellektning soliq sohasida sohasida qo‘llanishi

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə