O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi OlmazorTibbiyot kolleji



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə6/9
tarix15.04.2018
ölçüsü0,5 Mb.
#38656
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Mustahkamlash uchun savollar.

1. Evolyutsion ta’limotning Darvingacha bo’lgan davrini ayting?

2. Qadimgi sharq mamlakatlarida evolyutsion ta’limotni ayting?

3. Qadimgi Yunoniston va Rimdagi evolyutsion ta’limot qanday bo’lgan?

4. Markaziy Osiyodagi o’simlik va hayvonot dunyosi to’g’risida ma’lumot beruvchi eng qadimgi kitobni ayting.


  1. O’rta asrlarda Evropa va Markaziy Osiyodagi madaniyatni solishtiring

  2. Abu Rayhon Beruniy tabiat haqida qanday g’oyalarni surgan

  3. Abu Ali Ibn Sino qanday asarlarni yozib qoldirgan


Mavzuga oid tayanch iboralar:

Avesto – Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi.

Katta avlod – hozirgi paytdagi sinf tushunchasi

Qonlilar – hozirgi paytdagi umurtqalilar tushunchasi

Qonsizlar – hozirgi paytdagi umurtqasizlar tushunchasi.

Tib qonunlari - tibbiyotga oid asar.

Boburnoma – Zahriddin Muhammad Boburning asari

Foydalanilgan adabiyotlar
1.A. G’ogurov, K. Nishonboyev, J. Hamidov. “Biologiya” 2007 yil

2.G’. J. Jalolov, R. N. Boboyeva . “Biologiya” 2007 yil

3.Yo. T. Yormatov. “Biologiya” X – XI sinf 2006 yil

4.J. A. Azimov, Y. D. Davlatov “Qiziqarli biologiya” 2003 yil

5. Ochil Mavlonov “Biologiya” Toshkent 2008 yil


Mavzu – 12: Ch. Darvin ta’limotining mohiyati. Organizmlarda irsiyat va o’zgaruvchanlik. Sun’iy tanlash.

Reja:

- Ch.Darvin kimligi va uning tarjimai holini.

- Bigl kemasidagi safaridan maqsadini.

- Ch. Darvin evolyutsion nazartasining qiqacha mazmunini.

- Sun’iy tanlanish va uning shakllarini.

XIX asrga kelib Agliya juda ko’p mamlakatlarni bosib olgansanoati, qishloq xo’jaligi rivojlangan yirik kapitalistik mamlakat sanalardi. Sanoatining rivojlanishi qishloq aholisi bir qismining shaharda yashshiga imkon berdi. Sanoatning gurkirab rivojlanishi charvachilik va qishloq xo’jaligidan olinadigan xomashyoning tobora ko’payishini talab qila boshladi. Xomashyoga bo’lgan talabni qondirish maqsadida ingliz seleksionerlari ko’p mahsulot beradigan qo’y, qoramol, parranda zotlarini, ko’p hosil beradigan sabzavot va donli ekinlar navlarini chiqara boshladi. Seleksiya natijalari o’sha davrda hukmron bo’lgan hayvon, o’simlik organizmlari o’zgarmas, degan tushunchalarga xotima berdi.

Angliya hukumati sanoatni rivojlantirish uchun yangi-yangi xomashyo manbayi topish uchun o’zga yurtlarga ekspeditsiyalar tshkil etar edi. Ana shunday ekspeditsiyalarning birida Ch.Darvin ham tabiatshunos sifatida qatnashdi.

Darvinning tarjimai holi va “Bigl” kemasidagi safari. Charlz Darvin 1809 – yil 12 – fevralda Angliyaning Shrysberi shahrida shifokor oilasida tavallud topdi. U maktabni tugatgach, Edinburg dorilfununining shifokorlar tayyorlaydigan fakultetiga o’qishga kirdi. Biroq ko’pgina tibbiyot fanlarining lotin tilida o’qitilishi hamda bemorlarning narkozsiz operatsiya qilinishi Darvinda tibbiyotga nisbatan hech qanday qiziqish uyg’otmadi. Shu sababli u dorilfununni tashlab, otasining tavsiyasiga ko’ra Kemgrij dorilfunining cherkov xodimlari tayyorlaydigan fakultetiga o’qishga kirdi. Bu yerda Darvin diniy aqidalar bilan unchalik shug’ullanmasdan, professor D.Guker va A.Sedjviklar rahbarligida tabiiy fanlar bilan shug’ullanadi va tabiatga uyushtirilgan ekspeditsiyalarda faol qatnashdi.

1831 – yili dorilfununni tamomlasa ham, cherkov xodimi bo’lib ishlamadi. Yosh Darvinning tabiiy fanlarni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqining zo’rligi va tabiat qo’ynida kuzatish ishlari olib borish mahoratidan xabardor bo’lgan professor Genslo uni dunyo safariga otlanayotgan “Bigl” kemasiga tabiatshunos sifatida qabul qilinishiga tavsiyanoma berdi.

Mazkur kemada Darvin besh yil mobaynida Atlantika, Tinch va Hind okeanlarining ko’pgina orollarida, Janubiy Amerikaning sharqiy, g’arbiy qirg’oqlarida, Avstraliya, Afrikaning janubiy o’lkalarida bo’ldi va u yerlarda qadimgi davrlarda va hozirgi vaqtda tarqalgan o’simlik va hayvonlar bilan tanishdi. U ilgarigi vaqtlarda o’lib ketgan va hozirda yashayotgan hayvonlar o’rtasida juda ko’p o’xshashlik va farqlar borligini e’tirof etdi. Shimoliy va Janubiy Amerika hayvonlarini o’zaro taqqoslab, Darvin Janubiy Amerikada lama, tapir, yalqov, chumolixo’r, zirkli hayvonlar borligini, ular Shimoliy Amerikada uchramasligini aniqladi. Darvinning uqtirishicha, qadimgi davrlarda bu ikki qit’a yagona bo’lgan.

Keyinchalik Meksika tog’lari tufayli ikkiga bo’lingan. Natijada ularning hayvonot va o’simlik olamida farqlar paydo bo’lgan. Darvinni ayniqsa Janubiy Amerikaning g’arbiy qirg’og’idan 900 km uzoqlikdagi Galapogoss arxipelagining hayvonot va o’simliklar olami hayratga soladi. U yerda qushlar, sudralib yuruvchilar ko’p uchraydi. Chumchuqsimonlar turkumiga kiruvchi vyuroqlar, sudraluvchilardan toshbaqalarning har bir oroldagi turlari o’ziga xos tuzilishiga ega.Darvin besh yillik safaridan juda ko’p kolleksiya, gerbariy va qotirilgan hayvon, preparatlar bilan qaytdi. Bu besh yillik safar organik olam evolutsiyasi haqidagi ta’limotni yaratish uchun asos bo’lgan dalillarni to’plash imkoniyatini yaratdi va Darvinning kelajagini belgilab berdi.

Darvin dunyo safaridan qaytgach, to’plagan materiallari ustida 1859-yili “Turlarning paydo bo’lishi” degan mashkur asarini nashr ettirdi.U yana bir qancha asarlarni yozdi.Ulardan “Xonakilashtirilgan hayvon, madaniy o;simliklarning o’zgaruvchanligi” (1868), “Odamning paydo bo’lishi va jinsiy tanlash” (1871), O’simliklar olamida chetdan va o’z-o’zidan changlanishning ta’siri” (1876) kabi asarlarni ko’rsatish mumkin.Olim organik olam evolutsiyasining harakatlanuvchi kuchlari: irsiyat, o’zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish ekanligini e’tirof etdi. Ch. Darvin 1882 yili vafot etdi.

Darvin o’z faoliyatini evolutsion jarayon mexanizmini aniqlashdan boshladi.Avvalo xonaki hayvon, madaniy o’simlik navlarining kelib chiqish sabablarini o’rgandi.

Ongsiz tanlash. Arxeologiya ma’lumotlarining ko’rsatishicha, odam paydo bo’lmasdan ilgari Yer yuzida madaniy o’simliklar, xonaki hayvonlar bo’lmagan.Ibtidoiy odamlar yovvoyi hayvonlarni ovlash, mevalarni va boshqa qismlariniiste’mol qilish bilan hayot kechirganlar.Bundan 9 – 10 ming yil oldin yovvoyi hayvon bolalarini qo’lga o’rgatish, yovvoyi o’simliklar orasidan ozuqabop hillarini ekish avloddan – avlodga berila borgan. Insonlarning bunday faoliyatida yangi nav, zot chiqarish asosiy maqsad qilib olinmaganligini e’tiborga olib, Darvin bunday ibtidoiy tanlashni o ng s I z t a n l a sh deb atadi. Ch. Darvin “Bigl” kemasidagi safarida Janibiy AmerikaningOlovli Yerida yashovchi qabilalar ocharchilik paytda vidra ovlashda unchalik ko’mak bermaydigan it hamda mushuklarni yeb, ko’mak beruvchi itlarni saqlabqolganlarini ko’rgan.Ongsiz tanlash yo’li bilan nav, zod chiqarish ishlari uzoq muddatni talab etgan.

Ongli tanlash. Keyinchalik odam ongining o’shishi, fan va texnikaning rivojlanishi tufayli odamlarning oziq- ovqati, kiyim kejagi, dori-darmonga bo’lgan talabning ortishi bilan ongli tanlash nav, zot chiqarish ishida asosiy o’rinni egallagan. Bunda yaratilmoqchi bo’lgan o’simlik navi, hayvon zoti qanday ijobiy belgi xossalarga ega bo’lishi oldindan rejalashtirilgan. So’ngra ana shu reja asosida sun’iy tanlash olib borilgan. Insonlar sun’iy tanlash o’tkazar ekan, birinchi navbatda o’z ehtiyojlarini qondirishni asosiy maqsad qilib qo’yadilar.Chunonchi bir odam tovuqning ko’p go’sht beradigan, ikkinchisi ko’p tuhum beradigan zotini chiqarishni maqsad qilib qo’ygan.Sun’iy tanlash jarayonida inson o’zi uchun foydali belgi xossalarini mumkin qadar keskin o’zgarishga harakat qilgan.

Shunday qilib, XIX asrning birinchi yarmiga kelib tabiat-shunoslikning turli shoxobchalarida to'plangan dalillar organik olam qotib qolmaganligini, o'zgarishini ko'rsatdi. Biroq organik olam evolutsiyasi haqida yagona nazariya hali yaratilmagan edi. Organik olamdagi o'zgaruvchanlik e'tirof qilinsa ham nima sabab-dan har bir organizm turi o'zi yashaydigan muhit sharoitiga moslashgan, degan muammo hali o'z yechimini topmagan edi.

Tabiatshunoslik oldida turgan asosiy vazifa, uning turli shoxobchalarida yig'ilgan dalillarni, fikr-mulohazalarni to'plash, xulosalash va ular zamirida organik olam evolutsiyasi haqida yaxlit nazariya ishlab chiqish edi. Shundagina tabiatshunoslik fani sohasida uzoq asrlardan beri hukmronlik qilib kelayotgan noto'g'ri dunyoqarashlarga xotima berilgan va biologiyaning bundan keyin-gi rivoji ilmiy asosga yo'naltirilgan bo'lar edi. Bu ulkan vazifani bajarish uchun haddan tashqari sinchkov va keng mantiqqa ega bo'lgan zukko shaxs zarur edi. Charlz Darvin o'zining shunday shaxs ekanligini amalda namoyon etdi.

Darvin suniy tanlash yo’li bilan yovvoyi hayvonlarni honakilashtrish, yovvoyi o’simliklarni madaniylashtirish, zot va navlarning belgi- xossalarini o’zgartirish mumkinligini aniqlagach, tabiiy sharoitda yashaydiganorganizmlardan ham shunga o’xshash jarayon ro’y berishi mumkun, degan taxminga keldi. Lekin uning qanchalik asosli ekanligini isbotlash uchun, birinchidan, tabiiy sharoitda yashaydigan o’simlik va hayvonlarda shaxsiy o’zgaruvchanlik, ikkinchidan,odam xohishiga o’xshash tabiatda ham qandaydir xonakilashtiruvchi omil mavjudligini bilish zarur edi.

Darvin har qanday o’simlik, hayvon nasl qoldirganda yangi bo’g’in ota –onadan, shuningdek, o’zaro ayrim belgi xossalari bilan farq qilishini kuzatadi va uni shaxsiy o’zgaruvchanlik deb nomlanadi. Olim qayd qilishicha, o’zgaruvchanlikning asl sababi organizm atrofidagi muhitning o’zgarishi bilan chambarchas bog’liq. Odatda harorat, namlik havo, ozuqa va boshqa omillarning o’zgarishi organizmlarning o’zgarishiga olib keladi. Organizmlarga tashqi muhitning ta’siri muayyan va nomuayyan ko’rinishda bo’lishi mumkin . Birinchi holatda tashqi muhit ta’siri barcha organizmlarda namoyon bo’ladi. Boshqacha aytganda birinchi holatda guruhli o’zgaruvchanlik, keyingisida shaxsiy oz’garuvchanlik ro’y beradi.



Mustahkamlash uchun savollar

Darvin qachon va qayerda tug’ilgan?

Darvin qanday kemada necha yil sayohat qilgan?

Ongli va omgsiz tanlash o’rtasida qanday o’xshashlik va farq bor?

Sun’iy tanlashning muvaffaqiyatli bo’lishi nimalarga bog’liq?

Sun’iy tanlash olib borishda inson qanday maqsadlarni ko’zlaydi?

Sun’iy tanlash orqali g’o’za o’simligining qaysi belgilari o’zgartirilgan?
Mavzuga oid tayanch iboralar:

Arhipilag – yunoncha “arhi”-boshchilik, “pilagos” – dengiz

Anatomiya – yunoncha “anatome”- yorish butun organizm tuzilish haqidagi fan

Arxeologiya yunoncha “arhaios”-qadimgi, “logiya” – ta’limot

Seleksiya lotincha “selesio” – tanlash

Shajara – nasl nasab



Foydalanilgan adabiyotlar

1.A. G’ogurov, K. Nishonboyev, J. Hamidov. “Biologiya” 2007 yil

2.G’. J. Jalolov, R. N. Boboyeva . “Biologiya” 2007 yil

3.Yo. T. Yormatov. “Biologiya” X – XI sinf 2006 yil



Mavzu – 13: Yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish.

Reja:

- Yashash uchun kurash va tabiiy tanlanishni

- Tabiiy tanlanmish va sun’iy tanlanish orasidagi o’xshashlikni

- Tabiiy tanlanish va sun’iy tanlanish orasidagi farqni

Darvin sun’iy tanlash yo’li bilan yovvoyi hayvonlarni honakilashtrish, yovvoyi o’simliklarni madaniylashtirish, zot va navlarning belgi- xossalarini o’zgartirish mumkinligini aniqlagach, tabiiy sharoitda yashaydiganorganizmlardan ham shunga o’xshash jarayon ro’y berishi mumkun, degan taxminga keldi. Lekin uning qanchalik asosli ekanligini isbotlash uchun, birinchidan, tabiiy sharoitda yashaydigan o’simlik va hayvonlarda shaxsiy o’zgaruvchanlik, ikkinchidan,odam xohishiga o’xshash tabiatda ham qandaydir xonakilashtiruvchi omil mavjudligini bilish zarur edi.

Darvin har qanday o’simlik, hayvon nasl qoldirganda yangi bo’g’in ota –onadan, shuningdek, o’zaro ayrim belgi xossalari bilan farq qilishini kuzatadi va uni shaxsiy o’zgaruvchanlik deb nomlanadi. Olim qayd qilishicha, o’zgaruvchanlikning asl sababi organizm atrofidagi muhitning o’zgarishi bilan chambarchas bog’liq. Odatda harorat, namlik havo, ozuqa va boshqa omillarning o’zgarishi organizmlarning o’zgarishiga olib keladi. Organizmlarga tashqi muhitning ta’siri muayyan va nomuayyan ko’rinishda bo’lishi mumkin . Birinchi holatda tashqi muhit ta’siri barcha organizmlarda namoyon bo’ladi. Boshqacha aytganda birinchi holatda guruhli o’zgaruvchanlik, keyingisida shaxsiy oz’garuvchanlik ro’y beradi.

Tashqi muhit omillari organizmlarga bevosita yoki bilvosita ta’sir e’tishi ham mumkin. Tashqi muhitning bevosita ta’siri natijasida organizm, bilvosita ta’sirida efsa uning keyingi nasli o’zgaradi. Darvin organizmlarda ; shaxsiy o’zgaruvchanlik borligini yana tur bilan tur zilini taqqoslash yo’li bilan ham isdotladi. “Tur xili” deganda darvin turga xos belgi-xossalar yaxshi ifodalanmagan organizmlar guruhini tushungan. Bir tur bilan ikkinchi tur orasida oraliq formalar uchramaydi. Lekin tur bilan tur xili orasida bunday oraliq formalarning uchrashi tabiiy bir hol. Shu bois tur xillarini Darvin yashagan davrda “shubhali turlar” deb ham ataganlar. Tur xillarining tabiatda mavjudligi tufayli olimlar turlar sonini aniqlashda qiyinchilikkka duch keladilar. Bunga aosiy sabab ba’zi olimlar belgi-xossalarning ifodalanish darajasiga yetmagan organizmlar guruhini tur, boshqa olimlar esa tur xili deb hisoblaydilar. Darvin yashagan davrda Angliya florasida 182 ta “shubhali turlar” mavbjud bo’lgan.

1831 – yili dorilfununni tamomlasa ham, cherkov xodimi bo’lib ishlamadi. Yosh Darvinning tabiiy fanlarni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqining zo’rligi va tabiat qo’ynida kuzatish ishlari olib borish mahoratidan xabardor bo’lgan professor Genslo uni dunyo safariga otlanayotgan “Bigl” kemasiga tabiatshunos sifatida qabul qilinishiga tavsiyanoma berdi.

Mazkur kemada Darvin besh yil mobaynida Atlantika, Tinch va Hind okeanlarining ko’pgina orollarida, Janubiy Amerikaning sharqiy, g’arbiy qirg’oqlarida, Avstraliya, Afrikaning janubiy o’lkalarida bo’ldi va u yerlarda qadimgi davrlarda va hozirgi vaqtda tarqalgan o’simlik va hayvonlar bilan tanishdi. U ilgarigi vaqtlarda o’lib ketgan va hozirda yashayotgan hayvonlar o’rtasida juda ko’p o’xshashlik va farqlar borligini e’tirof etdi. Shimoliy va Janubiy Amerika hayvonlarini o’zaro taqqoslab, Darvin Janubiy Amerikada lama, tapir, yalqov, chumolixo’r, zirkli hayvonlar borligini, ular Shimoliy Amerikada uchramasligini aniqladi. Darvinning uqtirishicha, qadimgi davrlarda bu ikki qit’a yagona bo’lgan.

Keyinchalik Meksika tog’lari tufayli ikkiga bo’lingan. Natijada ularning hayvonot va o’simlik olamida farqlar paydo bo’lgan. Darvinni ayniqsa Janubiy Amerikaning g’arbiy qirg’og’idan 900 km uzoqlikdagi Galapogoss arxipelagining hayvonot va o’simliklar olami hayratga soladi. U yerda qushlar, sudralib yuruvchilar ko’p uchraydi. Chumchuqsimonlar turkumiga kiruvchi vyuroqlar, sudraluvchilardan toshbaqalarning har bir oroldagi turlari o’ziga xos tuzilishiga ega.Darvin besh yillik safaridan juda ko’p kolleksiya, gerbariy va qotirilgan hayvon, preparatlar bilan qaytdi. Bu besh yillik safar organik olam evolutsiyasi haqidagi ta’limotni yaratish uchun asos bo’lgan dalillarni to’plash imkoniyatini yaratdi va Darvinning kelajagini belgilab berdi.

Darvin dunyo safaridan qaytgach, to’plagan materiallari ustida 1859-yili “Turlarning paydo bo’lishi” degan mashkur asarini nashr ettirdi.U yana bir qancha asarlarni yozdi.Ulardan “Xonakilashtirilgan hayvon, madaniy o;simliklarning o’zgaruvchanligi” (1868), “Odamning paydo bo’lishi va jinsiy tanlash” (1871), O’simliklar olamida chetdan va o’z-o’zidan changlanishning ta’siri” (1876) kabi asarlarni ko’rsatish mumkin.Olim organik olam evolutsiyasining harakatlanuvchi kuchlari: irsiyat, o’zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish ekanligini e’tirof etdi. Ch. Darvin 1882 yili vafot etdi.

Darvin o’z faoliyatini evolutsion jarayon mexanizmini aniqlashdan boshladi.Avvalo xonaki hayvon, madaniy o’simlik navlarining kelib chiqish sabablarini o’rgandi.

Ongsiz tanlash. Arxeologiya ma’lumotlarining ko’rsatishicha, odam paydo bo’lmasdan ilgari Yer yuzida madaniy o’simliklar, xonaki hayvonlar bo’lmagan.Ibtidoiy odamlar yovvoyi hayvonlarni ovlash, mevalarni va boshqa qismlariniiste’mol qilish bilan hayot kechirganlar.Bundan 9 – 10 ming yil oldin yovvoyi hayvon bolalarini qo’lga o’rgatish, yovvoyi o’simliklar orasidan ozuqabop hillarini ekish avloddan – avlodga berila borgan. Insonlarning bunday faoliyatida yangi nav, zot chiqarish asosiy maqsad qilib olinmaganligini e’tiborga olib, Darvin bunday ibtidoiy tanlashni o ng s I z t a n l a sh deb atadi. Ch. Darvin “Bigl” kemasidagi safarida Janibiy AmerikaningOlovli Yerida yashovchi qabilalar ocharchilik paytda vidra ovlashda unchalik ko’mak bermaydigan it hamda mushuklarni yeb, ko’mak beruvchi itlarni saqlabqolganlarini ko’rgan.Ongsiz tanlash yo’li bilan nav, zod chiqarish ishlari uzoq muddatni talab etgan.

Ongli tanlash. Keyinchalik odam ongining o’shishi, fan va texnikaning rivojlanishi tufayli odamlarning oziq- ovqati, kiyim kejagi, dori-darmonga bo’lgan talabning ortishi bilan ongli tanlash nav, zot chiqarish ishida asosiy o’rinni egallagan. Bunda yaratilmoqchi bo’lgan o’simlik navi, hayvon zoti qanday ijobiy belgi xossalarga ega bo’lishi oldindan rejalashtirilgan. So’ngra ana shu reja asosida sun’iy tanlash olib borilgan. Insonlar sun’iy tanlash o’tkazar ekan, birinchi navbatda o’z ehtiyojlarini qondirishni asosiy maqsad qilib qo’yadilar.Chunonchi bir odam tovuqning ko’p go’sht beradigan, ikkinchisi ko’p tuhum beradigan zotini chiqarishni maqsad qilib qo’ygan.Sun’iy tanlash jarayonida inson o’zi uchun foydali belgi xossalarini mumkin qadar keskin o’zgarishga harakat qilgan.

Shunday qilib, XIX asrning birinchi yarmiga kelib tabiat-shunoslikning turli shoxobchalarida to'plangan dalillar organik olam qotib qolmaganligini, o'zgarishini ko'rsatdi. Biroq organik olam evolutsiyasi haqida yagona nazariya hali yaratilmagan edi. Organik olamdagi o'zgaruvchanlik e'tirof qilinsa ham nima sabab-dan har bir organizm turi o'zi yashaydigan muhit sharoitiga moslashgan, degan muammo hali o'z yechimini topmagan edi.

Tabiiy tanlanish:

Bayon qilinganlardan ko’rinib turibdiki, yashash uchun kurash ko’pchilik organizmlarning halok bo’lishi, ba’zilarining yashab qolishi bilan bog’liq holda

ro’y beradi. Modomiki shunday ekan, u holda qanday organizmlar yashab qolib, qandaylari halok bo’ladi, degan savol kelib chiqishi tabiiy bir hol. Mavzuning boshida biz tabiiy sharoitda yashaydigan o’simlik va hayvonlarning har bir individida shaxsiy o’zgaruvchanlik sodir bo’lishini qayd qilgan edik. Shahsiy o’zgaruvchanlik organizmda uch ko’rinishda namoyon bo’ladi. Ularning bir xillari organizm uchun foydali, ikkinchi xillari organizmlar uchun befarq, uchinchilari esa ziyon bo’ladi. Odatda ziyon o’zgaruvchanlikka ega organizmlar shaxsiy taraqqiyotning turli bosqichlarida halok bo’ladilar. Organizm uchun befarq o’zgaruvchanlik ularning yashovchanligiga ta’sir ko’rsatmaydi. Foydali o’zgaruvchanlikka ega individlar tur ichidagi, turlararo yoki abiotik muhitning noqulay sharoitlariga qarshi kurashda bimuncha afzallikkka ega bo’lganligi sababli yashab qoladi. Yashash uchun kurashda foydali belgi, xossalarga ega organizmlarning yashab qolishi, shunday belgi, xossalarga ega bo’lmaganlarning nobud bo’lishinmi Darvin tabiiy tanlanish deb atadi.

Tabiiy tanlanishning shakllari.Stabillashtiruvchi tanlanish. Organizmlar yashayotganmuhit sharoiti davrlar o’tishi bilan asta – sekin o’zgara borishi yoki nisbatan o’zgarmay qolishi mumkin. Har ikki holda ham muayyan sharoitda yashayotgan individlarning ba’zilarida mutatsion, kombinativ o’zgarishlar bo’lishi’ boshqalarda esa oldingi avlodlarga o’xshash belgi – xossalar saqlanish tabiiydir.Tashqi muhitning deyarli o’zgarmas mo’tadil sharoitida avlod-ajdod belgilari o’garmagan individlarning saqlanib qolishi , o’zgarganlarning esa qirilib ketishi stabillashtiruvchi tanlanish deyiladi. Masalan, qadimgi panjaqanotlilar avlodidan latemeriya, sut emizuvchi hayvonlarning tuhumdan ko’payishi, xaltali xillari million yillar davomida deyarli o’zgarmasdan saqlanib kelmoqda.

Organizmlarning yangi belgi xossalarining hosilbo’lishi va rivojlanishini ta’minlaydigan tabiiy tanlanish xili harakatlantiruvchi tanlanish deb ataladi.




Mustahkamlash uchun savollar
1.Nima uchun organizm qoldirgan nasllarning hammasi voyaga yetmaydi?

2.Darvin yashash uchun kurashni necha hilga ajratgan?

3. Yashash uchun kurash xillarini ayting?

4.Tabiiy tanlanish shakllarini ayting?


Tayanch iboralar:
1.Stabillashtiruvchi-lotincha stabilis – turg’un.

2.Dizrubtiv-bir populyatsiya orasida bir-biridan farqlanuvchi.

3.Shaxsiy o’zgaruvchanlik-ayrim belgi- xossalarni farq qilinishi.

Foydalanilgan adabiyotlar
1.A. G’ogurov, K. Nishonboyev, J. Hamidov. “Biologiya” 2007 yil

2.G’. J. Jalolov, R. N. Boboyeva . “Biologiya” 2007 yil

3.Yo. T. Yormatov. “Biologiya” X – XI sinf 2006 yil

4.J. A. Azimov, Y. D. Davlatov “Qiziqarli biologiya” 2003 yil




Mavzu -14: Organizmlarning moslanishi va ularning nisbiyligi.
Reja:

- Hayvonlardagi moslanishlarni;

- O’simliklardagi moslanishlarni;

- Moslanishlarni nisbiyligini.
Hayvonlar Yer yuzining hamma joyida tarqalgan bo’lib, tuzilishi va hayot kechirishi tarzi bir – biridan farq qiladigan 2,5 mln . ga yaqin turi ma’lum. Ular yashab turgan muhitiga moslashgan bo’ladi. Zoologiya ( yunoncha “zoo” – hayvon, “logos” – fan, ta’limot) fani hayvonlarning tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi, umuman olganda hayvonot olamining xilma-xilligi va taraqqiyotini o’rganadi. Hayvonlarning Yer yuzida tarqalishi, tabiatda va inson faoliyatidagi ahamiyatini o’rganish ham zoologiya fani vazifalariga kiradi.

Mamlakatimizda baliqlarning 70 ga yaqin turi, sudralib yuruvchilarning 60 ga yaqin, sutemizuvchilarning 100 ga yaqin, qushlarning 400 dan ortiq, hasharotlarning 11000 dan ortiq turi tarqalgan. Orol baqra baligi, soxta kurakburun baliq, turkiston agamasi, turkiston gekkoni, qum bo’g’ma iloni, ingichka barmoq qo’shoyoq, ko’k sug’ur faqat O’zbekiston hududida uchraydi.

Zoologiya fani sohasida olib borilgan tekshirishlar foydali hayvonlarni asrash, noyob hayvonlarlarni muhofaza qilish va ko’paytirish, zararkunanda hayvonlarga qarshi kurashni to’g’ri tashkil etish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Zoologiya kompleks fan bo’lib, bir qancha fanlardan iborat. Masalan, hayvonlarning tashqi va ichki tuzilishini morfologiya va anatomiya, Yer yuzida tarqalishini zoogeografiya, hayvonlar qazilma qoldiqlarini paleozoologiya, bir hujayralilarni protozoologiya, hasharotlarni entomologiya, baliqlarni ihtiologiya, qushlarni ortinotologiya fani o’rganadi.

Quruqlik, havo, tuproq,suv hayvonlar uchun asosiy yashash muhiti hisoblanadi. Hayvonlar tanasining tuzilishi yashash muhitiga moslashgan. Masalan, suv hayvonlari tanasining hamma qismlari qo’shilib ketgan bo’lib, suvning qarshiligini engishga moslashgan.

Masalan, suvda hayot kechiruvchi sutemizuvchi hayvonlar tanasi suyri shaklda, oyoqlari eshkakka aylangan, terisidagi yunglari kalta va silliq bo’ladi. ( oqbiqin delfin, ko’k kit ) . Yoki mitti ko’rshapalak, katta shomshapalak, taqaburun ko’rshapalaklar, sut emizuvchi hayvonlar bo’lib, ularning oldingi oyoqlari o’zgarib qanotga aylangan bo’ladi.

Hayvonlar tuproq hosil bo’lishi va uni hosildorligini oshirishda ishtirok etadilar, yomg’ir chuvalchangi, zaxkashlar, bo’xcha qo’ng’izlar, go’ngxo’r qong’izlar sanitarlik vazifasini bajaradi.

Hayvonlar ham o’simliklar singari tirik organizmdir. Shuning uchun ular orasida juda ko’p o’xshashliklar bor. Ularning har ikkalasi ham hujayralardan tashkil topgan. Bir qancha hujayra organoidlar va hujayralarning tarkibiga kiruvchi


kimyoviy moddalar, shuningdek hujayralardagi ko’pgina hayotiy jarayonlar ham o’xshash. Hayvonlar va o’simliklar orasidagi bunday o’xshashlik hayvonot va o’simlik dunyosining negizi bir xil ekanligini, ya’ni ularni bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqanligini ko’rsatadi.

Shuning bilan birga, hayvonlar bilan o’simliklar o’rtasida juda ko’p tafovudlar ham mavjud. Hayvonlar hujayrasida qalin qattiq selluloza po’st va fotosintez qiladigan yashil xloroplastlar bo’lmaydi. Yashil o’simliklar yorug’lik ta’sirida fotosintez orqali atrof muhit (tuproq, havo, suv)dagi anorganik moddalardan organik moddalar hosil qilish xususiyatiga ega. Deyarli barcha hayvonlar o’simliklar hosil qilgan organik moddalar yoki boshqa hayvonlar hisobiga geterotrof hayot kechiradi. Ammo sodda tuzilgan bir hujayrali hayvonlar orasida o’simliklar singari yorug’lik yordamida organik moddalar hosil qilish xususiyatiga ega bo’lgan avtotrof vakillar ham bor. Bu hodisa hayvonot va o’simlik dunyosining umumiy ajdodlari bir ekanligini yana bir marta isbot etuvchi dalildir.

Bundan tashqari, ko’pchilik hayvonlar bir joydan ikkinchi joyga erkin ko’chib o’ta olish va har xil harakatlar qila olish xususiyatlari bilan ham o’simliklardan farq qiladi. Ko’pchilik hayvonlar maxsus harakat qilish, ovqat hazm qilish, nafas olish, ayirish,sezgi va boshqa organlari rivojlangan.

Yashil o’simliklar barcha tirik mavjudodlar uchun oziq va kislorod manbai hisoblanadi. Hayvonlar, zamburuglar, bakteriyalar, yashil o’simliklar yoki ularning qoldiqlari bilan oziqlanadi. O’simliklar ishlab chiqargan kislorod bilan barcha tirik organizmlar nafas oladi. O’simliklar hayvonlar uchun pana joy bo’ladi. Odam hayotida ham o’simliklarning ahamiyati katta. Chunki odam ham barcha tirik organizmlar singari o’simliklar ishlab chiqaradigan kislorod bilan nafas oladi. O’simliklar inson uchun asosiy oziq-ovqat manbayi bo’lib xisoblanadi. Masalan, sabzavotlar: sabzi, piyoz, kartoshka …, mevalar: o’rik, olma……, donlar: guruch, mosh, bug’doy, lovya…, qimmatli qurulish materiali yoqilg’I bo’lib ham hisoblanadi. O’simlik mahsulotlari to’qimachilik, qog’oz, kimyo, tibbiyot sanoatlari uchun ham hom ashyo sifatida katta ahamiyatga ega.

O’simliklar hayotimiz ko’rki va tabiatimiz go’zalligidir.

O’zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan osimliklar: Navro’zgul, xolmon, shirach, sallagul, olatog’ za’faroni, Drobov tanga o’ti, Koralkov marmaragi, oq parpi, anzurpiyoz va boshqalar.

O’xshashlik belgilari.

Embrional rivojlanish ertangi davrlari – zigota, blastula, gastrula .

Ontogenozda oldin birlamchi, so’ng ikkilamchi tana bo’shlig’ini rivojlanishi

Oldin birlamchi, so’ng ikkilamchiog’izni rivojlanishi

Tanani metamer bo’linganligi

Ikki tomonlama simmetriya

Ovqat hazm qilishsistemasi umumiy planda tuzilganligi.

Yuqoridagi farqlar va o’xshashliklardan ko’rinib turibdiki olamni paydo bo’lishida umumiylik. Demak, inson hayoti hayvonot dunyosi bilan ham bog’liqdir. Hayvonlar go’shti, yog’i, suti oziq – ovqat, terisi kiyim, suyaklari ov qurollari bo’lgan.

O’simliklar hayvonlardan farqli ravishda energiyani birdan-bir asosiy manba – fotosintez orqali oladi. Shuning uchun ham o’simliklarda raqobat birinchi navbatda “yorug’lik uchun kurash” sifatida namoyon bo’ladi. Soyada o’sadigan o’simliklarda yorug’lik kam bo’lganida ham fotosintezlash mexanizmlari paydo bo’lgan.

O’simliklarda ovqat resurslari uchun ham kuchli raqobat mavjuddir. Agar ovqat etishmasi birga o’sayotgan o’simlik va hayvonlar bir-biriga zararli ta’sir ko’rsatadi. Raqobatning bu shakli rus olimi G.F.Gauze tomonidan yaxshi o’rganilgan. U infuzoiriyalarning ikki turini bir xil shroit va bir xil muhitda o’stirib, biroz vaqtdan keyin ulardan birining qolishini aniqlagan.

Bunda ikki tturga mansub infuzoriyalar bir-biriga hech qanday zararli t’asir ko’rsatmaydi, faqat ularning ko’payish jadalligi har xil.

Shunday qilib, bir xil sharoitda birga yashayotgan va bir xil ovqat bilan ovqatlanadigan organizmlardan qaysi biri tez ko’opaysa, o’zaro raqobatda bo’lsa, shu yutib chiqadi.

Raqobatning yana bir ko’rinishida organizmlar o’zi sintezlaydigan kimyoviy moddalari ta’sirida boshqalarining o’sishiga, ko’payishiga to’sqinlik qiladi. Masalan, zamburug’lar antibiotiklar ta’sirida mikroorganizmlar o’sihsini to’xtatib qo’yadi.

Parazitizm – har xil turga mansub organizmlarning o’zaro munmosabatlari shakli bo’lib, bunda bir organizm(parazit) ikkinchi organizmdan (xo’jayin) yashash muhiti va ovqat manbayi sifatida foydalanadi. Parazitlar hayvonlarning har xil a’zolarida (teri, ichki organlar, qon, limfa suyuqligi va boshqalarda) yashahsga moslashishi mumkin. Ularda parazit hayot kechirishga moslashishni ta’minlovchi so’rg’ichlar, maxsus og’iz apparati, ilmoqchalari va shunga o’xshahs moslamalar rivojlanadi. Xo’jayin organizmida hamda parazitlarga qarshi har xil himoya mexanizmlari paydo bo’ladi.

O’simlik va fitofaglar (osimliklar, organizmlar), shuningdek, o’simlik va uning parazitlari o’rtasida hammurakkab o’zaro ta’sirlar kuzatiladi. O’simliklarda ularning parazitlarinio’ldiruvchi kimyoviy moddalar hosil bo’lishi mumkin. Masalan, o’simliklar zamburug’lar yoki bakteriyalar bilan zararlanganda ularga qarshi fitoaleksin deb ataluvchi antibiotiklarni ishlab chiqaradi.

Yirtqichlik – bunda bir organizm o’z o’ljasiga hujum qilib, undan ovqat manbayi sifatida foydalanadi, bu munosabat ko’pincha o’ljaning o’limi bilan tugaydi.

Simbioz – ijobiy o’zaro bog’lanishlar bo’lib, uning quyidagi asosiy shakllari mavjud :

Mutualizm.

Hamsoyalik.

Kommensalizm (hamtovoqlik).

Mutualizm (lotincha mutus- o’zaro) o’zaro biologik bog’lanishning bir shakli bo’lib, bunda birga yashash har ikkala organizmga ham foyda keltiradi.Mutualizmga misol qilib lishayniklar bilan zamburuglarning, dukkakli o’simliklar bilan azotfiksatsiyalovchi bakteriyalarning, daraxtlar bilan tuproqda mikoriza zamburug’larining o’zaro munosabatlarini keltirish mumkin.

Mikoriza zamburug’lari o’simliklar uchun fosfor va mineral moddalarni ularning ildizlariga etkazib beradi, o’z navbatida zamburug’lar daraxt ildizlaridan uglerog va boshqa organik moddalarni oladi. O’rmonlarda chumolilarning ichagida bir hujayrali xivchinli sodda hayvonlar yashaydi. Chumolilar daraxt yog’ochlari bilan ovqatlanadi, lekin uni parchalovchi fermentlar chumoli ichagida bo’lmaydi.Bu vazifani bir hujayrali xivchunlilar bajaradi. Chumolilar xivchinlilarsiz yashay olmaydi, xivchinlilar ham faqat chumolilar ichagida yashay oladi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə