O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi OlmazorTibbiyot kolleji



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə8/9
tarix15.04.2018
ölçüsü0,5 Mb.
#38656
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Tur mezonlari. Turga mos belgi xossalari yig'indisi tur mezon­lari deb ataladi. Tur mezonlari tubandagilar:

Morfologik mezon. Morfologik mezon bir turga kiruvchi indi-vidlarning tashqi va ichki tomonidan o'xshashligini ifodalaydi. Qora qarg'a va ola qarg'a har xil turlarga mansub. Ularni siz tashqi tomondan farqlay olasiz. Bir turga kiruvchi organizmlar ham ba'zi belgi xossalari bilan o'zaro farq qiladi. Lekin ulardagi farq har xil turga kiruvchi organizmlar farqiga nisbatan juda kam bo'ladi. Shu bilan bir qatorda tashqi tomondan bir-biriga juda o'xshash, lekin o'zaro chatishmaydigan turlar ham uchraydi. Ular qiyofadosh turlar deyiladi. Chunonchi, drozofilada 2 ta, bezgak chivinida va qora kalamushda ham 2 ta qiyofadosh turlar ma'lum. Qiyofadosh turlar suvda ham quruqlikda yashovchilar, reptiliyalar, qushlar, hatto sut-emizuvchilarda ham aniqlagan. Binobarin, morfologik mezonning O'zigina turni farq qilish uchun yetarli emas. Lekin morfologik mezon uzoq vaqt turlarni aniqlashda asosiy va yagona hisoblangan (24-rasm).

Fiziologik mezon. Bu turga kiruvchi individlarda hayotiy jarayonlar,

ayniqsa ko'payishning o'xshashligi bo'ladi. Har xil tur /;ikillari bir-biri bilan chatishmaydi, chatishsa ham nasl bermaydi. I n Naming chatishmasligi jinsiy organlar tuzilishidagi farqlar, ko'payish muddatlarining turlicha boiishi bilan izohlanadi. Lekin tabiatda ayrim turlar, masalan, kanareykalar, terak va tollar, lovushqonlar o'zaro chatishishi va nasl berishi mumkin. Bu o'z-O'zidan fiziologik mezon ham turlarning bir-biridan farq qilishi ichun yetarli emasligini ko'rsatadi.



Biokimyoviy mezon. Har xil turga kiruvchi organizmlar o'zining kimyoviy tarkibi, oqsil, uglevod, peptidlar, nuklein kislotalar va •osliqa organik moddalari bilan farq qiladi. Lekin asosiy farq har bir tur uchun xos irsiy material DNK molekulalari va hujayradagi oqsillarning sifati va miqdoridagi farqdadir. Organizmlarning qaysi turga kirishini aniqlash uchun ulardagi nuklein kislotalari farqini belgilash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.

Geografik mezon. Tur tarqalgan hudud katta yoki kichik, har joyda yoki yoppasiga bo'lishi mumkin. Lekin ba'zan ikki, uch turning areali o'xshash bo'lishi yoki ba'zi turlarning ishg'ol qilgan areali nihoyatda keng maydonni egallashi mumkin. Bu esa o'z

Tur mezonlirl Л) morfologik: 1-katta chittak; 2-lazarevka chit-

tagi; B) genetik har xil londagi xromosomaga ega kalamushlar turi:

D) hziologik: I dehqon chumchug'i; 2-bog' dehqon chumchug'r



h) biokimyoviy: I ko'p bargll lyupin; 2-sariq lyupin. F) ekologik:

i—zaharli ayiqtovon; 2 o'rmalovchi ayiqtovon. G) geografik dala, nam

otloqzor; 1— Yevropa qoraqaraig'ayi, 2— Sibir qoraqarag'ayi
navbatida geografik mezon boshqa mezonlar kabi turning o'ziga xos belgisi bo Та olmasligini ko'rsatadi.

Ekologik mezon. Mazkur mezon ostida har bir turga kiruvchi organizmlarning konkret muhit sharoitida yashashi, unga moslash-ganligini tushunish lozim. Masalan, dalalar, o'tloqzorlarda zaharli ayiqtovon, sernam yerlarda sudraluvchi ayiqtovon, daryo, ko'lmak chetlarida, botqoqliklarda achishtiradigan ayiqtovon turlari uchraydi.

Genetik mezon. Bu mezonda har bir turga xos xromosomalar soni, tuzilishi, maxsus bo'yoqlar bilan bo'yalishi tushuniladi. Qora kalamushning ikkita qiyofadosh turining birida 38 ta, ikkinchisida 42 ta xromosoma bor. Genetik mezon barqaror bo'lsa-da, bu o'xshashlik nisbiy sanaladi. Chunki tur ichida xromosomalar soni va tuzilishida farq bo'lishi mumkin. Bundan tashqari har xil turlar-da xromosomalar soni teng bo'lishi mumkin. Masalan, karam va lurpda 18 tadan xromosoma bor.

Yuqorida qayd qilingan mezonlardan birontasi ham har yoqla-ma hisoblanmaydi. Shu bois turlarni aniqlashda ularning ham-masidan yoki ko'pchiligidan foydalanish talab qilinadi.

Har bir o'simlik, hayvon turi bir-biridan ozmi-ko'pmi tafovut qilgan individlardan tarkib topgan. Masalan, G'afurov ma'lumot-lariga ko'ra Xumson qishlog'idagi yetti nuqtali tugmacha qo'ng'iz Ickshirilganda ular tanasining uzunligi 5,5 mm dan 8 mm gacha, rangi och jigarrangdan tortib to to'q jigarranggacha, qora dog'la-rining kattaligi va shakli bilinar-bilinmasdan to aniq ifodalangan dog'largacha bo'lishi aniqlangan. Shunga o'xshash kartoshka o'simligining zararkunandasi bo'lgan kolarado qo'ng'izi Toshkent alrofidagi tumanlarda yirikroq, Qozog'istonning Taraz dalalarida esa nisbatan maydaroq ekanligi ma'lum bo'lgan. Bunday nisbatan xilma-xillikni boshqa o'simlik, hayvon turlarida ham ko'rish mumkin. Binobarin, har bir tur politipik hisoblanadi.

Turlarning paydo bo'lishini tushuntirishda ikkita qiyinchilik uchraydi: ulardan bjri tur paydo bo'lishining uzoq muddatli ckan-ligi va tajribada o'rganishning qiyinligi bo'lsa, ikkinchisi — tur paydo boiishining har xil organizmlarda turlicha bo'lishi bilan izohlanadi. Bir turga mansub organizmlarning yashash sharoitining o'zgarishi bilan tabiiy tanlanish tufayli individual farqlar tobora ortib borib, tur doirasida belgilarning tarqalishiga sabab bo'ladi. Oqibatda bir tur doirasida bir-biridan belgi-xossalari bilan farq qiluvchi bir necha guruhlar hosil bo'ladi. Albatta, yashash uchun kurash ko'pgina hollarda oraliq formalarining sekin-asta kamayib, qirilib ketishiga, o'zgargan muhitga moslashganlarining esa yashab qolishiga olib keladi. Tarixiy jarayonda bitta ajdod tur bir necha yangi turlarni vujudga keltiradi. Darvin ta'limotiga binoan yangi turlar tabiatda organizmlarda paydo bo'lgan kichik o'zgarishlar-ning bo'g'indan bo'g'inga irsiylanib, to'planib borishi hisobiga vujudga keladi. Bir tur doirasidagi organizmning har xil sharoitga muvofiqlashuvi natijasida bir necha turlar hosil bo'ladi, 25-rasmda siz A turdan vaqt o'tishi bilan uchta, В turdan - ikkita yangi tur kelib chiqqanligini ko'rib turibsiz. Bu yangi turlardagi o'zgarishlar o'z navbatida 14 ta yangi turni hosil qilganligi rasmda yaxshi ifodalangan. Bir turdan ma'lum tarixiy jarayonda bir necha turlarning paydo bo'lishini Darvin ajdod tur belgilarining tarqalishi — divergensiya hodisasi deb nomladi. Ayrim hollarda bir tur asta-sekin o'zgarib, boshqa E, F turga aylanadi. Turlarning son jihatdan ko'paymay o'zgarib, E10, F10 turlariga aylanganligi bunga misol bo'la oladi (25-rasm).



Yangi turlarning paydo bo'lish yo'nalishlari. Darvindan so'ng klassik darvinizm bilan genetika, ekologiya, sistematika va boshqa tabiiy fanltming birlashishi natijasida biolpgik tur, uning tarkibi, yangi turlarning paydo bo'lishi to'g'risida ko'p ma'lumotlar to'plandi. Bu ma'lumotlarning ko'rsatishicha har qanday biologik tur politipik tuzilishga ega ekanligi, ya'ni bir-biridan ozmi-ko'pmi morfologik, fiziologik, ekologik, genetik jihatdan farq qilgan indi-vidlardan tashkil lopganligi yanada oydinlashdi. Bundan tashqari turlar o'zaro cgallagan areali, populyatsiyalar soni bilan farqlanishi ma'lum bo'ldi. Odatda keng arealda tarqalgan turlarda populya­tsiyalar soni ko'p, tarqoq arealdagilarda esa kam bo'ladi. Har qan­day tur genofondi yagona, bir-biri bilan uzviy aloqada bo'lgan gen-lar, xromosomalar majmuasidan tuzilgan. U shu turga mansub organizmlarni tashqi muhitga moslanishini ta'minlaydi. Yangi turning paydo bo'lishi ajdod turning yagona, o'zaro bog'liq bo'lgan


genlar, xromosomalar majmuasini buzib, yangi genofondini vujudga keltirish orqali amalga oshadi.

Hozirgi davrda yangi turlar paydo bo'lishining uch yo'nalishi e'tirof etiladi (26-rasm).

Allopatrik yo'nalish yoki geografik alohidalanish bilan turning paydo bo'lishi. Bunda bir turga kiruvchi po-pulyatsiyalar geografik jihatdan alohi-dalashadilar. Natijada ularning shu turga mansub boshqa populyatsiyalar
26-rasm. Yangi turlar paydo

bo'lishining filetik (1), dura-

gaylash (2), divergensiya (3)

yo'nalishlari.




bilan aloqasi barham topadi. Populyatsiyalarning geografik alohi-dalanishi odatda tur egallangan arealning chetki qismlarida ko'proq ro'y beradi. Populyatsiyalar egallab turgan arealning bir-biridan uzoq masofada ekanligi yoki ikki populyatsiya o'rtasida suv, quruqlik, to'siqlar, baland tog'larning hosil bo'lishi geografik alohidalanishga olib keladi. Bunday hollarda turning biror popu-lyatsiyasi uzoq vaqt shu turga kiruvchi boshqa populyatsiyalari orasida aloqa bo'lmaydi, deb faraz qilaylik. Mazkur populyatsiyaga qo'shni populyatsiyalarning individlari kelib qo'shilmaganligi sababli, uning genofondi endilikda mustaqil bo'ladi. Albatta, shu turga kiruvchi boshqa populyatsiyalardagi kabi ushbu populyatsiya-da ham yangi mutatsiyalar ro'y beradi. Ular orasida tabiiy tanla-nish shu sharoitga mos allellarni to'play boradi. Populyatsiyada uzoq muddat davom etgan geografik alohidalanish pirovard natija-da biologik alohidalanishga, ya'ni shu turga mansub individlarning boshqa populyatsiyalar tarkibidagi individlar bilan chatishmasligiga olib keladi. Geografik alohidalanish tufayli yangi turlarning paydo bo'lishiga oid misollar nihoyatda ko'p. Masalan, Baykal ko'lida mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar, baliqlar, chuvalchanglarning boshqa joylarda uchramaydigan juda ko'p turlari uchraydi. Chunki 20 mln yil ilgari Baykal ko'li boshqa suv havzalaridan tog'lar hosil bo'lishi natijasida ajralib qolgan. Shuningdek, Sirdaryo, Amu-da ryoda yashovchi soxta kurakburun baliq turi ham geografik alo­hidalanish natijasi hisoblanadi. U qadimgi osyotrsimon baliqlarga kiradi. Unga yaqin bo'lgan baliq turlari Shimoliy Amerikaning Missisipi daryosida yashaydi.

G'o'za avlodi ham geografik alohidalanish yo'nalishidagi tur­ning paydo bo'lishiga yorqin misoldir. Bu avlodning turlari bo'r davridan boshlab bir-biridan alohidalashgan va Amerika, Osiyo, Afrika, Avstraliyaga tarqalgan.



Simpatrik yo'nalishdagi turning paydo bo'lishi. Ba'zan ajdod tur areali doirasida alohidalanish kuzatiladi. Alohidalashgan po­pulyatsiyalar ajdod lur bilan bir arealda tarqalgan bo'ladi. Odatda alohidalashgan individlar guruhi ajdod tur vakillaridan urchish muddati yoki yashash joyi yoxud jinsiy jihatdan tafovut qilishi bilan ajralib turadi. Sluinclay nsulda alohidalashgan populyatsiyalardan keyinchalik mutatsion o'zgaruvchanlik, tabiiy tanlanish tufayli yangi turlar paydo bo'ladi. Clumonchi, Filippinda 10 ming yil oldin paydo boigan Lanao ko'lida yagona bitta ajdod baliq turi-

dan simpatrik yo'nalish bilan 18 ta baliq turi, yonsuzar qisqich-baqasimon turkumining bir ajdod turidan 250 ta yangi tur paydo bo'lgani ma'lum. Shu singari simpatrik yo'nalishdagi yangi turlar­ning paydo bo'lishi ekologik alohidalanish natijasi ekanligidan dalolat beradi.



Poliploidiya yo'nalishida turlarning paydo bo'lishi. Mutatsion o'zgaruvchanlikning bir xili xromosomalar sonining o'zgarishi bilan aloqador. Ba'zi hollarda hujayra mitoz usuli bilan bo'lina-yotganda tashqi muhitning ta'sirida xromosomalar ikkita qiz hujayraga notekis taqsimlanadi. Natijada bir hujayra yadrosida bitta yoki ikkita xromosoma ortiqcha, ikkinchi hujayra yadrosida esa kam bo'ladi. Xromosoma sonining ortishi yoki kamayishi ayrim hollarda yangi turlarning kelib chiqishiga asos bo'ladi. Masalan, murakkabguldoshlar oilasiga kiruvchi skerda avlodida 3, 4, 5, 6, 7 xromosomali, iloq avlodida 12 dan 43 tagacha bo'lgan xromosomali turlari uchraydi. Xromosomalar sonining ortishi yoki kamayishi natijasida kelib chiqqan turlar aneuploid turlar deb nomlanadi.

Tur tarqalgan arealning chetki qismlaridan kuzatiladigan ba'zi noqulay sharoitlar tufayli ayrim hollarda hujayraning bo'linish duki (urchuqi)da o'zgarishlar ro'y beradi. Bu esa o'z navbatida xromo-somalarni hujayraning ikki qutbga tarqalmay qolishiga sababchi bo'ladi. Shu bois ona hujayrada xromosomalarning soni ikki martaga ko'payadi. Masalan, g'o'zaning 26, 52 xromosomali turlari mavjud. Eski tur xromosomalar sonining faqat ikki karra emas, ba'zan bir necha karra o'zgarishi holatlari ham uchraydi. Chunonchi, xrizantema avlodiga kiruvchi 18, 36, 90 xromosoma­li, tamaki avlodiga 24, 48, 72, bug'doyda 14, 28, 42 xromosomali turlar borligi aniqlangan. Xromosomalar sonining karra ortishi bilan bog'liq turlar poliploid turlar nomini olgan. Poliploid turlar xromosomasi diploid to'plamga ega turlarga nisbatan muhitning noqulay sharoitlariga ko'proq moslanuvchan bo'ladi.



Yangi turlarning duragaylash yo'li bilan kelib chiqishi. Ba'zi bir o'simlik turlari duragaylash yo'li bilan paydo bo'lgan. Chunonchi, olxo'ri olcha bilan tog'olchaning chatishishidan so'ng xromosoma­lar sonining ikki hissa ortishi natijasida kelib chiqqan. Olchada xromosomaning gaploid to'plami 16, tog'olchada esa 8, demak, ularda hosil bo'lgan duragaylarda xromosomaning gaploid to'plami 24 ga teng. Lekin duragay pushtsiz bo'lgan, eksperimentda xro­mosomalar sonining ikki marotaba orttirilishi tufayli bunday dura-gaylar nasl bergan. Natijada yangi tur paydo bo'lgan. Xuddi shu usulda g'o'zaning yangi dunyo turlari ham kelib chiqqan. Olimlarning fikricha, xromosomaning gaploid to'plami 13 bo'lgan raymondi va xerbatseum turlari o'zaro chatishib, so'ng duragay xromosoma to'plamining ikki hissa ortishi hisobiga 52 xromosoma to'plamiga ega bo'lgan xirzutum, barbadenze g'o'za turlari kelib chiqqan.

Evolutsiya [lotincha evolutio-yoyilish tarqalish] atamasi ketma ket va batartib rivojlanishni anglatadi.Evolutsion talimot tirik organizmlarning progressiv ruvojlanish [evolutsiyasi] sabablari; evolutsiyaning haraktlanuvchi kuchlari va umumiy qoniyatlarni organadi.Tom ma’noda evolutsion ta’limotga birmuncha sodda tuzulgan organizmlardan murakkab tuzilgan organizmlarning rivojlanishini o’rganadigan fan sifatda qarash mumkin.Mazkur ta’limot biologiyaning nazariy asosi bolib, xususiy biologiya fanlari olgan natijalarni umumlashtiradi.

Shunday qilib, XIX asrning birinchi yarmiga kelib tabiat-shunoslikning turli shoxobchalarida to'plangan dalillar organik olam qotib qolmaganligini, o'zgarishini ko'rsatdi. Biroq organik olam evolutsiyasi haqida yagona nazariya hali yaratilmagan edi. Organik olamdagi o'zgaruvchanlik e'tirof qilinsa ham nima sabab-dan har bir organizm turi o'zi yashaydigan muhit sharoitiga moslashgan, degan muammo hali o'z yechimini topmagan edi.

Tabiatshunoslik oldida turgan asosiy vazifa, uning turli shoxobchalarida yig'ilgan dalillarni, fikr-mulohazalarni to'plash, xulosalash va ular zamirida organik olam evolutsiyasi haqida yaxlit nazariya ishlab chiqish edi. Shundagina tabiatshunoslik fani sohasida uzoq asrlardan beri hukmronlik qilib kelayotgan noto'g'ri dunyoqarashlarga xotima berilgan va biologiyaning bundan keyin-gi rivoji ilmiy asosga yo'naltirilgan bo'lar edi. Bu ulkan vazifani bajarish uchun haddan tashqari sinchkov va keng mantiqqa ega bo'lgan zukko shaxs zarur edi. Charlz Darvin o'zining shunday shaxs ekanligini amalda namoyon etdi.



Populyatsiya evolyutsiyaning boshlang’ich birligi. Har bir turga kiruvchi organizmlar areal doirada bir xil tarqalmagan bo’lib, ba’zi joylarida siyrak, boshqa joylarda esa zich joylashgan. Chunonchi, qayin G’arbiy Sibirning o’rmon-dashtida kichik-kichik daraxtzor holida tarqalgan. Bir turga kiruvhi individlarning arealda bir xil atrqaganligi, turli yerlarda hayot shroitining har xil bo’lishidandir. Populyatsiya deyilganda bir tur tarqalgan arealning ma’lum qismida joylashgan shu turga mansub boshqa populyatsiyalardan ayrim belgi-xossalari bilan farq qiluvchi, nisbatan alohidalashgan, urchib ko’paya oladigan individlar yig’indisi tushuniladi. Populyatsiya evolyutsiyaning boshlang’ich birligi deyilishiga sabab shuki, u tur doirasidagi mustaqil evolyutsion rivojlanish mumkin bo’lgan organizmlarning kichik yig’indisidir. Tur doirasida organizmlar oila, dala, poda bo’lib yashaydilar.

Evolutsiyaning boshlang’ich materiali mutatsion va kombinativ o’zgaruvshanlik hisoblanadi. Mutatsiyalar gen, xromosomalar, genom va sitoplazmatik xillarga bo’linadi. Gen tushunchasi sizga sitologiya va genetika asoslaridan ma’lum. Gen tarkidagi nukleotidlar soninig ortishi, kamayishi yoki o’rin almashinishi o’zgaruvchanlikni keltirib chiqaradi. Mutatsiya tasodifan va ahyon-ahyonda uchraydi. Gen mutatsiyalarining takrorlanishi 10-6-10-8 ga teng. Xromosoma mutatsiyasi ayrim xromosomalarning biror qismi uzilib yoki ortib ketishi, o’rin almashinishi tufayli yuzaga keladi, deb tasavvur etish mumkin. Gen, xromosoma mutatsiyalariga qaraganda genon muatsiyalar juda kam hollarda roy beradi.

Mutatsiyalarning ko’pchiligi zararli bo’ladi va tabiiy tanlanish orqali bartaraf etiladi.

Ayrim mutatsiyalar organizm uchun shu konkret sharoitda foydali bo’lishi mumkin. Bunday hollarda mutatsiyalar organizm urchiyotganda kelgusi bo’ginlariga beriladi. U urchish natijasida asta-sekin ko’paya boradi. Har qanday foydali mutatsiyaga ega bo’lsa ham yakka organizm hech bir payt evolyutsion jarayonni hosil etolmaydi.

Evolyutsiyaning boshlang’ich hodisasi. Uzoq vaqt davom etadigan mutatsion o’zgaruvchanlik, tabiiy tanlanish bir populyatsiya doirasida har xil genotipli organizmlarning populyatsiyada tutgan o’rnini, boshqacha aytganda , populyatsiya genefondini nisbatan o’zgarishi mumkin. Populyatsiya genefondining o’zgarishi evolyutsion jarayon tomon qo’yilgan dastlabki qadamdir. Populyatsiya genefondining o’zgargan yoki o’zgarmaganligini qanday bilish mumkin?

Odatda populyatsiya genefondidagi u yoki bu gen ta’sirida vujudga kelgan belgini turli xiol organizmlarni bir necha bo’g’inlarida sanash orqali ularning har bir bo’g’indan takrorlanish miqdori aniqlanadi. Ularning o’zaro nisbatini taqqoslash yo’li bilan populyatsiya genefondining o’zgargan yoki oz’garmaganligi haqida mulohaza yuritiladi. 1928-1929 – yillarda Amerika genetigi Meller retsessiv letal mutatsiualarini aniqlash usullarini ixtiro etdi va bu bilan mutatsiyalarni tajriba orqali o’rganish mumkinligini isbotladi. Populyatsiya

genefondining uzoq davom etadigan, yo’naltirilgan o’zgarishlari evolyutsiyaning boshlang’ich hodisasi deyiladi.

Evolyutsiyaning boshlan’ich omillari. Genlar dreyfi. Kichik populyatsiyalarda mutant allellarga ega individlar tez va tasodifiy o’zgarishi mumkin. Masalan, Rayt, bir necha oziqli probitkaga A geni bo’yicha geterozigota bo’lgan ikktadan erkak va urg’ochi drzofilalarni joylashtirib, ularning nasllari ustida kuzatsih o’tkazdi.Probirkada gidrozofilalar tekshirildanda,ba’zi populyatsiyada faqat mutant gomozigota borligi, boshqa populyatsiya tarkibida u tamoman uchramaydi. Populyatsiya genofondidagi genlarning bunday tasodifiy o’zgarishi genlar dreyfi deyiladi.

Populyatsiya tarkibidagi organizmlarning son jihatdan ortib ketishi yoki nihoyatda kamayib ketishi populyatsiya to’lqini deb ataladi.Masalan, yo’g’in – sochin ko’p bo’lgan yillar bir yillik, ko’p yillik o’t o’simliklar avj olib o’sib, ko’p urug’ beradi. Natijada hasharotlar, o’txo’r hayvonlar soni ko’payib ketishi mumkin.

Biologiya fanida hali o’z yechimini topmagan bir qancha muammolar mavjud. Ulardan biri hayotning, ikkinchisi odamning paydo bo’lishi, uchinchisi tafakkur va xotira qonuniyatlarini bilish maqsadida bosh miya faoliyati mexanizmlarini o’rganish, to’tinchisi hayvonlar, odamlarning embrional taraqqiyotida genetik axborot tufayli to’qima organlar va organizm rivojlanishini aniqlash, beshinchisi bir hujayrali va ko’p hujayrali organizmlarning boshqarish funksiyalarini aniqlash, oltinchisi odam umrini uzaytirish kabi muammolardir.

Hozirgi davrda insoniyat oldida bir qancha muammolar vujudga kelmoqda. Ulardan biri oziq-ovqat bilan bog’liq muammodir. Ma’lumki, jahon aholisining soni yildan yilga ko’payib bormoqda. XXI asrning boshida sayyoramiz aholsining soni 6 mlrd.dan ortib ketdi. Har kishi normal hayot kechirishi uchun bir kecha-kunduzda 100-120 g oqsil ite’mol qilishi zarur. Vaholanki, ko’pchilik aholining iste’mol qiladigan kunlik oqsili 50-60 g dan oshmaydi. Inson hayoti uchun zarur bo’lgan yog’li, uglevodli oziqalarning yetishmasligi ham sezilmoqda. Binobarin biologiya fani oldida turgan birinchi vazifa insonlarning oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan nazariy va amaliy muammolarni hal etishdan iborat. Bu sohada seleksiyada ko'p yillardan beri qo'llanib kelinayotgan duragaylash, tanlash metodlaridan tashqari, genetik injeneriya — genlarni sintez qilish, ko'chirib o'tkazish, somatik hujayralarni duragaylash, allofen organizmlar yetishtirish va boshqa metodlardan foydalanish nihoyatda samarali bo'ladi.

Biologiya fanining ikkinchi vazifasi inson salomatligi bilan alo-qador. Inson genetikasi sohasida tadqiqot olib borayotgan olim-larning e'tirof etishicha, hozirgi vaqtda odamlarda 4000 dan ortiq irsiy kasalliklar mavjud. Ular asosan xromosoma va genlar tuzilishi funksiyasining o'zgarishi bilan bog'liq. Insonlardagi irsiy kasallik­lar genetikasini o'rganish, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish nihoyatda muhim sanaladi. Bu muammoni ijobiy hal etish faqat inson genetikasi emas, shu bilan birga genetik injeneriya va biotexnologiya rivoji bilan uzviy bog'liq.



Mustahkamlash uchun savollar.
1.Tur tushunchasini va mohiyatini ayting?

2. Tur mezonlari haqida nimani bilasiz?

3. Yangi turlarning paydo bo’lish yo’nalishlarini ko’rsating?

4. Politipik turlarni qanday turlar?

5. Populyatsiya evolutsiyaning boshlang’ich birligi nimada?

6.Evolutsiyaning boshlang’ich materialini ayting?

7. Evolyutsiyaning boshlang’ich omillarini ayting?

8. Populyatsiya to’lqini nima?


Tayanch iboralar:
Allopatrik – yunoncha “allos” – boshqa , “patrik” – vatan

Divergensiya – lotincha ajralish

Politipik – yunoncha, “poli” – ko’p, “tipos” – nusxa.

Simpatrik – bir geografik muhitga bir turga mansub genetik jihatdan har xil organizmlarning birlikda yashashi.

. Aneuploid turlar - Xromosomalar sonining ortishi yoki kamayishi natijasida kelib chiqqan turlarga aytiladi.

Populyatsiya to’lqini – organizmlarning son jihatdan ortib yoki kamayib ketishi

Genlar dreyfi – genlarning tasodifiy o’zgarishi

Genofont- yunoncha “genos”-avlod, “fon” –asos

Mikroevolyutsiya-yunoncha “mikros”-kichik, lotincha evolutsiya-o’zgarish jarayoni

Evolyutsiyaning boshlang’ich hodisasi - populyatsiya

genefondining uzoq davom etadigan, yo’naltirilgan o’zgarishlari


Foydalanilgan adabiyotlar
1.A. G’ogurov, K. Nishonboyev, J. Hamidov. “Biologiya” 2007 yil

2.G’. J. Jalolov, R. N. Boboyeva . “Biologiya” 2007 yil

3.Yo. T. Yormatov. “Biologiya” X – XI sinf 2006 yil

4.J. A. Azimov, Y. D. Davlatov “Qiziqarli biologiya” 2003 yil



Mavzu -17: Evolyutsiyaning isbotlashda molekulyar biologiya dalillari.
Reja:

- Organik olamning bir tarmoqdan kelib chiqqanligini

- Oqsil molekulasi tarixiy jarayonda o’zgarganligini

- Organik olamning evolyutsiya dalillarini

- Evolyutsiyaning biokimyoviy dalillarini

- Evolyutsiyani isbotlashda embriologik dalillarni
Makroevolyutsiyani isbotlashda gomologik, analogik, rudiment organlar, shuningdek, atavizm hodisasining ahamiyati benihoya katta.

Gomologik organlar. Bajariladigan funksiuasidan qat’iy nazar, tuzilishi va kelib chiqishi jihatdan bir-biriga o’xshash organlar gomologik organlar deb ataladi. Masalan, umurtqali hayvonlar qurulikda, havoda tarqalgan vakillarida oldingi oyoq yurish, yer qazish, uchish, suzish vazifasini bajaradi. Lekin ularning hammasida oldingi oyoq, yelka, tirsak, kaft usti, kaft va barmoq suyaklarida iborat. Gomologik organlar o’simliklarda ham uchraydi. Chunonchi, no’xat gajaklari, zirk va kaktus tikanlari shakli o’zgargan bargdir.

Analogik organlar deyilganda bajaradigan funksiyasi jihatidan o’xshash, ammo kelib chiqishi jihatidan har xil organlar tushniladi. Kaktusning tikanlari esa epidermis o’simtalarining o’zgarishidan hosil bo’lgan. Xuddi shuningdek, boshoyoqli molyuskalar ko’zi bilan umurtqali hayvonlarning ko’zi ham analogik organlarga misoldir. Boshoyoqli molyuskalarda ko’z ektoderma qavatining cho’zilishidan, umurtqalilarda bosh miya yon o’simtadan rivojlanadi.

Biologiya fanida to’plangan ma’lumotlar organik olam hozirgi ko’rinishida birdaniga paydo bo’lmay, balki uzoq davom etgan tarxiy rivojlanish natijasi ekanligidan dalolat beradi. Insonlar Yer yuzida paydp bo’lmasdan oldin ham o’simliklar, zambirig’lar va hayvonlar yashagan. Ularning ba’zilari o’zgarib organik olamning hozirgi vakilllarini hosil etgan bo’lsalar, aksariyat ko’pchiligi yashash uchun kurash, tabiy tanlanishda qirilib ketgan va qazilma holda Yerning turli qatlamlarida saqlanmoqda. Biroq ularning hammasi emas. Yumshoq tanaga ega bo’lgan ko’pchilik umurtqasizlar, o’simliklar, zamburug’lar o’lgandan keyin mikroorganizmlar tomonidan parchalanib yuborilgan va o’zlaridan keyin nom-nishon qoldirmagan.Boshqalari esa okean,dengiz, baland tog’ ostidagi qatlamlarda qolib ketgan.Organizmlarning qattiq qismlari ancha sekin parchalanib, ular ichiga kirgan mineral moddalar kremnezem bilan o’rin almashgan. Bunday hollarda toshga aylanish hodisasi ro’y bergan. Yer qatlamlarida qadim zamonlarda o’lib ketgan hayvon, osimlik ildizlari, skelet suyaklar, jag’lar, tishlar, shoxlar, tangachalar, chig’anoqlar, o’simliklar poyalari birmuncha to’li holda hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan. Cho’kindi jinslarni tekshirish uchun yupqa, shaffof shishalarni mikroskop ostida kuzatib bakteriyalar va boshqa mayda organizmlar qoldig’ini ko’rish mumkin.

Ayrim hollarda turli sistematik guruhlarga mansub organizmlarning uzoq ming yillar mobaynida bir xil sharoitga moslashishi tufayli ham evolyutsion jarayon yuz beradi. Bu jarayon konvergensiya – belgilarning o’xshashligi deb nomlanadi. Konvergensiyaga misol tariqasida baliqlardan akula, mezozoy erasida yashab, so’ng qirilib bitgan sudralib yuruvchilardan – ixtiozavr va sutemizuvchilardan delfinning tana tuzilishi, harakatlanish organlari o’xshashlarigini olish mumkin. Sutemizuvchilar sinfining xalatalilar va yo’ldoshlilar kenja sinf vakillari bo’lmish xaltali krot, oddiy krot tashqi qiyofasining o’zaro o’xshashligi ham konvergensiya natijasidir.

Solishtirma anatomiya ma’lumotlari hayvonlar yoki o’simlik organlari tuzilishi muayyan sharoitga moslashganligini ko’rsatadi. Masalan, quruqlikda yashovchi sutemizuvchilar to’rt oyoqda harakatlanadi; suvda yashovchilarda esa oldingi oyoqlar suzgich kurakka aylangan. Tuzilishi, kelib chiqishi va organizmda joylashgan o’rni bilan o’zaro o’xshash bo’lgan organlar gomologik organlar deyiladi. Organizm tuzilishining yashash muhiti va hayot kechirish tarziga ana shunday moslashishi ataptiv radiatsiya deyiladi.

Gomologik organlarga misol tarzida ikki qanotli hasharotlar ikkinchi juft qanotlarning vizildoq organga aylanganligi, gulli o’simliklarda meva bargchalarning urug’ni tarqatish vazifasini bajaradigan moslamalar hosil qilishini ko’rsatish mumkin. Muayyan guruh orasida gomologik organlarning bo’lishi ularni umumiy ajdodga ega ekanligiga guvohlik beradi.

Adaptiv radiatsiya –bitta guruhga mansub turlarda gomologik organlarning bajaradigan funksiyasiga muvofiq har xil yo’nalishda rivojlanishidan iborat. Adaptiv radiatsiya tur va undan yuqori sistematik guruhlar uchun xos bo’ladi. Har bir turni boshqasidan farq qiladigan diagnostik belgilar mavjud.

Bitta sinf doirasida turlarning bir-biridan farq qilishi ularni muayyan sharoitda moslashuviga, ya’ni bir xil hayot kechirishiga imkon beradi. Masalan, hasharotlarning og’iz organlari umumiy o’xshash qismlar: yuqori lab, yuqori jag’lar va ikki juft pastki jag’lardan iborat. Lekin har bir turkum yoki oilalar doirasida oziqlanish usuliga mos ravishda og’iz organlari ham turlicha o’zgargan.

Hasharotlarda adaptiv radiatsiyaning yuksak rivojlanganligi ularni yaxshi moslashganligini ifodalaydi. Ana shunday evolyutsion plastiklik tufayli hasharotlar xilma-xil ekologik muhitni egallagan. Ajdod guruh uchun xos bo’lgan tuzilihs, belgi yoki xususiyatlarni yuksak tuzilgan guruhda har bo’lihsi ularni o’zaro qarindosh ekanligini ko’rsatadi. Adaptiv radiatsiya divergent evolyutsiyani gomologik organlar modifikatsiyasi orqali borishini ko’rsatadi.

Tuzilishi fiziologik jihatdan o’xshash bo’lgan, muayyan funksiyani bajarishga moslashgan, lekin filogenetik jihatdan yaqin bo’lmagan organlar analogik organlar bo’ladi. Analogik organlarga misol tariqasida qushlar va hasharotlarning qanotlari; hasharotlar, boshoyoqli molluskalar va umurtqalilarning ko’zlari; hasharotlar va o’simliklarning ninasi misol bo’ladi. Analogik organlar tuzilishi faqat sirtdan o’xshash bo’ladi. Masalan, hasharotlar qanotining to’rlar, qushlar qanotini suyaklar tutib turadi. Umurtqali hayvonlar ko’zida to’r qavat inventirlangan bo’lib, yurug’lik neyronlar orqali fotoretseptorlarga tushadi. Molyuskalar ko’zi to’r qavatida fotoretseptorlar inventerlanmaganligi uchun yorug’lik bevosita fotoretseptorlarga tushadi, shuning uchun umurtqalilar ko’zi to’r qavatida ko’r dog’ bo’ladi, molyuskalarda esa bo’lmaydi.

Analogik organlar konfergent evolyutsiya, ya’ni yashash muhiti ta’sirida har xil organlarning bir xil funksiyani bajarishiga moslashuvini ko’rsatadi.

Divergensiya va konvergensiyani evolyutsion o’zgarishlar mexanizmi sifatidagi ahamiyatini haltali va yo’ldoshli sutemizuvchilar misolida ko’rish mumkin. Bu ikki guruh Yer sharining turli qismlarida konvergent evolyutsiya tufayli o’xshash ekologik muhitni egallagan.

Evolyutsion jarayonda o’z ahamiyatini yo’qotgan va yo’q bo’lib ketish boshqichida turgan organlar rudiment organlar deb ataladi. Rudiment organlar qadimgi ajdodlarda normal rivojlangan va ma’lum bir funksiyani bajargan. Keyinnchalik evolyutsion jarayonda ular oz’ining ahamiyatini yo’qotib, qoldiq shaklida saqlanib qolgan. Rudiment organlar o’simliklarda ham, hayvonlarda ham uchraydi. Masaln, marvarudgul, bug’doyiq, paporotnik va xona o’simliklaridan aspidistra ildiz poyasida qobiqlar rudiment holdagi barq hisoblanadi. Otning ikkinchi va barmoqlari, litning dumg’aza va oyoq suyaklari, pashshalarda bir juft kichik qanotlar ham rudiment organlardir. O’simlik, hayvon va odamlardagi rudiment organlar muhim evolyutsiondalil hisoblanadi. Organik olamning tarixiy rivojlanishini atavizm hodisasi ham tasdiqlaydi. Atavizm deyilganda ayrim individlarda ajdod belgilarining takrolanish hodisasi tushuniladi. Masalan, ahyon-ahyonda toychalar zebrasimon bo’lib tug’iladi. To’riq otning orqasida xira yo’l chiziqlari paydo bo’lish xollari ham uchraydi. Bular honaki otning yavvoyi ajdodlari zebrasimon yo’l-yo’l terili bo’lganligidan dalolat beradi. Ba’zan sigirlarning yelinida uchinchi juft emchaklar paydo bo’lishi mumkin. Bu hodisa sigirlar to’rt juft emchakli yovvoyi ajdoddan kelib chiqqanligini ko’rsatadi.

Rekonstruksiya metodi kalla, qo’l, oyoq va tanadagi boshqa suyaklar, muskullarni o’zaro taqqoslab nisbatini aniqlashga asoslanadi. Rekonstruksiya metodi yordamida qadimgi davrlarda yashagan bir qancha umurtqali hayvonlar, odam ajdodlarining tashqi qiyofasini tiklashga muvaffaq bo’lindi. Ch. Darvin o’z vaqtida paleontologik solnoma chala deb ko’rsatib o’tgan edi. Lekin shunga qaramay fan sohasida to’plangan paleontologik dalillar qadim vaqtlarda hayvonot va o’simliklar olami qanday bo’lganligi to’g’risida tasavvur hosil qilishga imkon beradi.

Hayvonlar va o’simliklarning quruqlikda tarqalishiga qarab olimlar sayyoramizni 6 ta biogeografik viloyatlarga ajratadilar.Ularga Avstraliya, Neotropik, Hindimolay, Habashiston, Neoarktik,Polearktik biogeografik viloyatlarga ajratiladi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə