O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi OlmazorTibbiyot kolleji



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/9
tarix15.04.2018
ölçüsü0,5 Mb.
#38656
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Mustahkamlash uchun savollar :

Tirik organizmlar nimalardan tashkil topgan?

Hujayralar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

Hujayra tarkibida qanday elementlar topilgan?

O’simlik va hayvon hujayralarining bir bridan farqi?

Hujayra tarkibiy qismlarining tuzilishini ayting.

Hujayra tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?

Hujayraning funksiyasi nimalardan iborat?

Metabolizm nima va u qanday jarayon?

Jinsiy ko’payish va jinssiz ko’payishning bir-biridan farqi?

O’zgaruvchanlik deb nimaga aytiladi?

Mayzuga oid tayanch iboralar:

1. ATF – adenozin trifosfat,

2. Xloroplastlar - yashil rangli hujayralar

3. O’zgaruvchanlik – yangi belgilarni hosil qilish

4. Metabolizm – tirik organizmda sodir bo’ladigan kimyoviy jarayon

Foydalanilgan adabiyotlar

1.A. G’ogurov, K. Nishonboyev, J. Hamidov. “Biologiya” 2007 yil

2.G’. J. Jalolov, R. N. Boboyeva . “Biologiya” 2007 yil

3.Yo. T. Yormatov. “Biologiya” X – XI sinf 2006 yil

4.J. A. Azimov, Y. D. Davlatov “Qiziqarli biologiya” 2003 yil

5. Ochil Mavlonov “Biologiya” Toshkent 2008 yil


Mavzu-3: Asosiy genetik tushuncha va qonuniyatlar.
Reja:

    1. Genetik injeneriya va biotexnologiyalarni

    2. Genetik injeneriya haqida tushunchalarni

    3. Genetik injeneriyaning tadqiqot ob’ektlarini

4. Irsiyatning moddiy asoslarini o’rganish tarixini

5. Transformatsiya va transduktsiya hodisalarini.

Bir molekula oqsilning biologik sinteziga javobgar bo’lgan, DNK zanjiridagi nukleotidlar qatoriga “genlar” deb ataladi. Murakkab biologik jarayon ketma – ketligini boshqarishda ishtiroq etadigan, genetik tuzilishi bo’yicha deyarli bir – biriga o’xshash bo’lgan bir necha genlar – genlar majmuasi yoki oilasini tashkil etadi.

Organizmlar genlari yoki genlar majmuasini inson manfaatlarini ko’zladan holda o’zlashtirilishiga “gen injeneriyasi” yoki genetik injeneriya deb ataladi.

Gen injeneriyasi fanining maqsadi genlarning ichki tuzilishini va xromosomada tutgan o’rnini ehtiyojga mos ravishda o’zgartirib, ularning faoliyatini idora etishdir.

Genetik injeneriya fani irsiyatning moddiy asosi – DNK molekulasini spetsifik tarzda bo’lakkarga bo’luvchi va har qanday DNK bo’lagini bir – biriga uchma uch biriktiruvchienzimlar hamda DNK bo’laklariniuzunligi bo’yicha bir – biridan o’ta aniqlik bilan

ajrata oluvchi elektroforez usulining kashf etilishi oqibatida vujudga keldi. DNK bo’lagini avtomatik tarzda sintez qilish usullarining va

uskunalarining kashf etilishi bu fanning jadal sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlaydi.



Genetik enjeneriyaning tatqiqot obektlari viruslar, bakteriyalar, zamburug’lar, hayvon va o’simliklarning hujayralaridir.Bu tirik mavjudodlarning DNK molekulasi hujayraning boshqa moddalaridan tozalab olinadigan keyin ular orasida moddiy farq yo’qoladi.

Buyuk fransuz olimi Lui Paster bakteriyalarning xilma – xilligini, ularning irsiyati mavjudligini va xususiyatlarining irsiyatga to’la bog’liqligini, bakteriyalarni klonlash usuli bilan ilk bor ko’rsatib berdi.

1952 – yil Joshua va Ester Lederberglar bakteriyalarda genlar mutatsiyasining o’z-o’zidan sodir bo’lishini bakteriya koloniyalaridan nusha ko’chirish usulini qo’llash vositasida isbot qilib berdi.

Bir turga mansub bo’lgan, lekin ayrim genlari bilan bir-biridan farqlanuvchi bakteriya hujayralari alohida “shtamm” deb ataladi. Genetik xususiyatlarni hisobga olib shtammlarga nom beriladi. Har qanday shtammga oig bir dona bakteriya bo’linib ko’payishi natijasida hosil bo’lgan hujayralar to’plami shtammning kloni deb ataladi.

Ma’lum sharoitda bir organizmirsiy molekulasi har qanday bo’lagining ikkinchi organizm irsiy molekulasi tarkibiga birikish hodisasiga “transformatsiya” deyiladi.Transformatsiya jarayoni 1928 – yilda Griffit tomonidan kashf etilgan.

Uzoq yillar mobaynida organizm genlar to’plamining genomdagi o’rni doimiy deb fikr qilinadi. Biroq 1950 – yillarda AQSh olimasi Barbara Mak – Klintok makkajo’xorida irsiy belgilarni tadbiq etishi jarayonida bir joyga muntazam ravishda joylashmay, balki o’z joyini o’zgartirib turadigan bir guruh genlar majmuasini kashf etdi va genomdagi genlar ko’chib yuradi degan fikrni ilgari surdi.Ko’chib yuruvchi genlar toifasi “regulyator genlar yoki transpozonlar” deb ataladi.Tronspozonlar juda oddiy IS elementlardan tuzilgan bo’ladi.

Bakteriya va tuban eukariotlar hujayralarida asosiy xromasomadan tashqari, qo’shimcha xromasomalar mavjuddir. Bu qo’shimcha mayda xromosomalar plazmidlar deb ataladi.

Plazmidlar. Plazmidlar hujayraning asosiy xromasomasidan bir necha yuz barobar kichik DNK qo’sh zanjirli halqasidan iborat.

Plazmidlar o’rtacha 3-10 dona genlardan iborat bo’lib, ikkita toifaga bo’linadi. Bularning birinchisi transpozon yoki bakteriofag irsiy molekulasi kabi hujayra asosiy xomasomasining maxsus DNK izchilligini kesib, rekombinatsiya bo’la oladigan plazmidlar. Bunday recombinatsiyalanuvchi plazmidlar transmissibl, ya’ni nasldan-naslga o’tuvchi plazmidlar deyiladi. Transmissibl plazmid asosiy xromasomaga birikkandan keyin o’z mustaqilligini yo’qotadi. Asosiy xromasomadan mustaqil ravishda o’z-o;zini replikatsiya qila olmaydi. Ayni paytda bunday plazmidlarda joylashgan genlar asosiy xromasomada o’z faoliyatini bajaradi. Hujayra bo’linganda rekombinatsiyalanuvchi plazmid genlari asosiy xromosoma genlari bilan birikkan holda nasldan-naslga beriladi. Ikkinchi toifa plazmidlar avtonom holda replikatsiyalanuvchi plazmidlar deb ataladi. Bunday plazmidlar asosiy xromosomaga birika olmaydi, asosiy xromosomalardan mustaqil ravishda o’z-o’zini replikatsiya yo’li bilan o’nlab va hatto yuzlab marta ko’paytira oladi. Avtonom plazmidlar bakteriya yoki zamburug’ bo’linganda qiz hujayralar orasida tasodifiy ravishda taqsimlanadi.

Shu bian birga avtonom plazmid bir hujayradan ikkinchisiga hujayra qobig’I va membranasining teshiklaridan o’ta oladi. Plazmidlar tarkibi, asosan, antibiotik yoki zaharli toksin parchalovchi ferment sintez qiladigan genlardan iborat. Plazmidning antibiotik parchalovchi genlari bir plazmiddan ikkinchisiga transpozonlar bilan birikkan holatda ham ko’chib o’ta oladi. Bu molyekulyar jarayon kasal chaqiruvchi mikroblarning antibiotiklarga chidamliligini nihoyatda oshiradi. Bakteriya va tuban eukariotlar hujayralarida asosiy xromoso-madan tashqari, qo'shimcha xromosomachalar mavjuddir. Bu qo'shimcha mayda xromosomalar plazmidlar deb ataladi .



Plazmidlar. Plazmidlar hujayraning asosiy xromosomasidan bir necha yuz barobar kichik DNK qo'sh zanjirli halqasidan iborat. Plazmidlar o'rtacha 3—10 dona genlardan iborat bo'lib, ikki toifa-ga bo'linadi. Bularning birinchisi transpozon yoki bakteriofag irsiy molekulasi kabi hujayra asosiy xromosomasining maxsus DNK izchilligini kesib, rekombinatsiya bo'la oladigan plazmidlar. Bunday rekombinatsiyalanuvchi plazmidlar transmissibl, ya'ni nasldan-naslga o'tuvchi plazmidlar deb ataladi. Transmissibl plazmid asosiy xromosomaga birikkandan keyin o'z mustaqilligini yo'qotadi. Asosiy xromosomadan mustaqil ravishda o'z-o'zini rep-likatsiya qila olmaydi. Ayni paytda bunday plazmidlarda joylash-gan genlar asosiy xromosomada o'z faoliyatini bajaradi. Hujayra bo'linganda rekombinatsiyalanuvchi plazmid genlari asosiy xromo-soma genlari bilan birikkan holda nasldan-naslga beriladi. Ikkinchi toifa plazmidlar avtonom holda replikatsiyalanuvchi plazmidlar deb ataladi. Bunday plazmidlar asosiy xromosomaga birika olmaydi, asosiy xromosomalardan mustaqil ravishda o'z-o'zini replikatsiya yo'li bilan

o'nlab va hatto yuzlab marta ko'paytira oladi. Avtonom plazmidlar bakteriya yoki zamburug' bo'linganda qiz hujayralar orasida tasodifiy ravishda taqsimlanadi. Shu bilan birga avtonom plazmid bir hujayradan ikkinchisiga hujayra qobig'i va mem-branasining teshiklaridan o'ta oladi. Plazmidlar tarkibi, asosan, antibiotik yoki zaharli toksin parchalovchi ferment sintez qiladigan genlardan iborat. Shu tufayli plazmidlar bakteriya, achitqi va zam-burug'larning antibiotik va zaharli toksinlarga chidamliligini ta'minlaydi. Plazmidning antibiotik parchalovchi genlari bir plazmiddan ikkinchisiga transpozonlar bilan birikkan holatda ham ko'chib o'ta oladi. Bu molekulyar jarayon kasal chaqiruvchi mikroblarning antibiotiklarga chidamliligini nihoyatda oshiradi.



Restriksion endonukleazalar. Tabiatda biror mikroorganizm hujayrasi tashqaridan yot genetik material kirsa, u darhol hujayra nukleaza fermentlari ishtirokida parchalab tashlanadi.

DNK molekulasini mayda bo'laklarga bo'luvchi fermentlar kesuvchi endonukleazalar yoki restriktazalar deb ataladi. Har bir restriktaza to'rt yoki ko'proq maxsus nukleotid juftlarni tanib olib bog'lanadi va DNK molekulasini kesadi. Ayrim restriktazalar DNK qo'sh zanjirini qaychi singari shartta ikki bo'lakka bo'ladi.

Shu bilan birga qo'sh zanjir DNK molekulasini "yopishqoq" uchlar hosil qilib kesuvchi restriktazalar ham mavjud. Jadvaldagi Eco Rl, Bam+Hl (eko er bir, Bam ash bir) kabilar shular jum-lasidandir. Bu restriktazalar funksiyasi jihatdan transpozazaga o'xshashligi ko'rinib turibdi. Shuning uchun ham bu restriktazalar hosil qilgan "yopishqoq" uchlardan foydalanib, har xil DNK bo'laklarini bir-biriga bog'lash soddalashadi.

Ana shu xususiyati tufayli bu xil restriktazalar gen injeneriyasida keng qo'llaniladi. Hozirgi kungacha 500 dan ortiq xilma-xil restriktazalar tozalanib olingan va o'rganilgan (Jadval).

Har-xil organizmlardan yuqori molekulali DNKni tozalab ajratish, uni maqsadga muvofiq restriktaza bilan "yopishqoq" uch­lar hosil qilib kesish, hosil bo'lgan DNK bo'laklarini elektroforez vositasida ajratib ,olib, har xil DNK bo'laklaridan maqsadga muvofiqlarini tanla'sh va ularni berilgan tartibda ulovchi ligaza fer-menti vositasida qaytadan biriktirish usullari gen injeneriyasining eng oddiy va asosiy usullari hisoblanadi.

Ayrim restriktazalar tanib kesadigan nukleotidlar ketma-ketligi quyidagi jadvalda berilgan


Mikroorganizm

Qisqartirib yozilishi

Nukleotid izchilligi

5'- 3',3'- 5'



Bacillus amulolique faciens H

Esherichia coli RYI3

Haemophilus aegyptius


BamHI EcoRI HaeHI

G'GATCC

CCT AG'G
G'AATTC

CTTAA'G
GG'CC

CC'GG



Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.

1. Genetik injeneriya va biotexnologiyalarni ayting?

2. Genetik injeneriya haqida tushunchalarni bilasizmi?

3. Genetik injeneriyaning tadqiqot ob’ektlarini ayting?

4. Irsiyatning moddiy asoslarini o’rganish tarixini ayting?

5. Transformatsiya va transduktsiya hodisalari qanday hodisa?

6. Ko’chib yuruvchi genetik elementlarni ayting?

7. Transpozonlar qanday tuzilgan?

8. Plazmidlar asosan qanday genlardan tuzilganlini bilasizmi?

9. Tronspozonlar ilk bor kim tomonidan kashf qilingan?

10. Ko’chib yuruvchi genetik elementlarni ayting?

11. Transpozonlar qanday tuzilgan?

12. Plazmidlar asosan qanday genlardan tuzilganlini bilasizmi?

13.Tronspozonlar ilk bor kim tomonidan kashf qilingan?


Mavzuga oid tayanch iboralar.

Antigen – organizm uchun yod bo’lgan molekulalar.

Gen – DNK bo’lagi.

Genetik enjeneriya – gen yoki genlarning o’zgartirilishi.

Genom – organizmlar genlar yig’indisi

Klon - irsiy jihatdan o’xshash hujayralar

Transduksiya – bakteriya genomidan biror genni olib chiqib ketish.

Transformatsiya – DNK bo’lagining ko’chib o’tishi

Stamm – bir tur hujayraga mansub bo’lgan faqatgina ayrim genlari bilangina farqlanadigan hujayralar.

Regulyator genlar – ko’chib yuruvchi genlar.

Transpozonlar – regulyator genlar.

Plazmidlar – mayda xromasomalar.

Transmissibi – nasldan – naslga o’tuvchi plazmidlar.

Endonukleazalar – DNK molekulasini mayda bo’laklarga bo’luvchi fermentlar kesuvchi.
Foydalanilgan adabiyotlar.

1. A. G’ogurov, K. Nishonboyev, J. Hamidov. “Biologiya” 2007 yil

2. G’. J. Jalolov, R. N. Boboyeva . “Biologiya” 2007 yil

3. Yo. T. Yormatov. “Biologiya” X – XI sinf 2006 yil

4. J. A. Azimov, Y. D. Davlatov “Qiziqarli biologiya” 2003 yil

Mavzu - 4: Genetikaga oid masalalar yechish.


  1. Masala: Agar hujayrada yadro po’sti, yadrochalar ko’rinmay, faqat xromosomalar ko’zga tashlansa, bu mitozning qaysi bosqichi bo’ladi?




  1. Masala: G’o’zaning 26 ta xromosomali hujayrasi xromosomasiga ular ikki qutbga tarqalishiga to’sqinlik qiluvchi kolxisin alkalloidi eritmasi bilan ta’sir etilsa, u xolda xromosomada qancha hujayra bo’ladi?



  1. Masala: Mitozning qaysi bosqichida xromosomaning shakli va yurik maydaligini aniqlash qulay?




  1. Masala: Olmaning chang hujayrasidagi generativ yadroda nechta xromosoma bo’ladi?



  1. Masala: Odamda qo’yko’zlik dominant, ko’kko’zlik resessiv belgi. Nikohlangan yugit va qizning biri qo’yko’z, ikkinchisi ko’kko’z bo’lsa, ular farzandlarining ko’zi qanday rangda bo’ladi?




  1. Masala: G’o’zaning hosil shoxi gomozigota cheklanmagan (S) va cheklangan (s) formalari o’zaro chatishtirildi. F1 va F2 bo’g’inining genotipi va fenotipini aniqlasng?



  1. Masala: Ipak qurti urug’ining qoramtir rangi (A) oq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi. Geterozigotali urg’ochi kapalak shunday erkak kapalak bilan chatishidan qanday nasl hosil bo’ladi?




  1. Masala: Loviyaning qora donli formalari oq donli formalari bilan chatishtirilishi natijasida Fb bo’g’inda 176 ta qora, 198 ta oq donli o’simlik rivojlandi. Ularning X2 ni aniqlang?


Mavzu - 5: O’zgaruvchanlik va uning xillari. Mutatsiyaning seleksiyadagi ahamiyati.

Reja:

- O’zgaruvchanlik va uning xillarinini



- Mutatsion nazariya va mutatsiya xillarini

- Mutatsiyalarni selsksiyadagi ahamiyatini

- Seleksiyada qo’llaniladigan asosiy usullarini.
Organizmlarning belgi va hususiyatlari bilan o’zaro farq qilish hossasi o’zgaruvchanlik deb ataladi. O’zgaruvchanlik tufayli organik olamda xilma-xillik namoyon bo’ladi. O’zgaruvchanlik va irsiyat organizmlar evolyutsiyasini tamin etuvchi omillar jumlasiga kiradi. Zero, irsiy o’zgaruvchanlik tabiiy va sun’iy tanlash uchun manba bo’lib xizmat qiladi.

Organizmlardagi o’zgaruvchanlikni ularning tabiatiga qarab quyidagi xillarga bo’lish mumkin:



  1. Kombinativ o’zgaruvchanlik, ota-ona organizmlarini chatishtirishdan olingan duragay avlodlari (F1, F2, F3 …) xromosomalar, genlarninghar xil variantida qayta taqsimlanib irsiylanish oqibatida namoyon bo’ladi.

  2. Rekombinogenez o’zgaruvchanlik- gomologik xromosomalarning meyoz bo’linish vaqtida sodir bo’luvchi krossingover jarayoni tufayli birikkan genlarni o’zaro ajralib irsiylanishi natijasidir.

  3. Mutatsion o’zgaruvchanlik (mutagenez ) irsiyatning moddiy asoslari bo’lgan genlar, xromosomalarning o’zgarishi oqibatida paydo bo’ladi. Mutagenez natijasida yangi va irsiylanuvchi o’zgaruvchanlik yuzaga keladi.

Yuqorida qayd etilgan o’zgaruvchanlik xillari irsiy o’zgaruvchanlik bo’lganliklari uchun tabiiy tanlanish va sun’iy tanlanishda xamda organizmlar evolyutsiyasida katta ahamiyatga ega.

Modifikatsion o’zgaruvchanlik tashqi muhit ta’sirida genotipi o’zgarmay fenotipining o’zgarishi bilan bog’liq.

Asosiy xromasomadan mustaqil ravishda o’z-o’zini replikatsiya qila olmaydi. Ayni paytda bunday plazmidlarda joylashgan genlar asosiy xromasomada o’z faoliyatini bajaradi. Hujayra bo’linganda rekombinatsiyalanuvchi plazmid genlari asosiy xromosoma genlari bilan birikkan holda nasldan-naslga beriladi. Ikkinchi toifa plazmidlar avtonom holda replikatsiyalanuvchi plazmidlar deb ataladi. Bunday plazmidlar asosiy xromosomaga birika olmaydi, asosiy xromosomalardan mustaqil ravishda o’z-o’zini replikatsiya yo’li bilan o’nlab va hatto yuzlab marta ko’paytira oladi. Avtonom plazmidlar bakteriya yoki zamburug’ bo’linganda qiz hujayralar orasida tasodifiy ravishda taqsimlanadi. Shu bian birga avtonom plazmid bir hujayradan ikkinchisiga hujayra qobig’I va membranasining teshiklaridan o’ta oladi. Plazmidlar tarkibi, asosan, antibiotik yoki zaharli toksin parchalovchi ferment sintez qiladigan genlardan iborat. Plazmidning antibiotik parchalovchi genlari bir plazmiddan ikkinchisiga transpozonlar bilan birikkan holatda ham ko’chib o’ta oladi. Bu molyekulyar jarayon kasal chaqiruvchi mikroblarning antibiotiklarga chidamliligini nihoyatda oshiradi.

Yerda hayvon turlari va ularning tarqalishiga kishilar faoliyati katta t’sir ko’rsatadi. Odamlar o’zi uchun zarur bo’lgan go’sht, jun, mo’yna, teri, yog’ va boshqa mahsulotlarni olish maqsadida hayvonlarni ko’plab ovlab, ularning sonining kamayib ketishiga va ba’zi turlarning butunlay yo’qolib ketishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Kishilarning ho’jalik faoliyatida o’rmonlarning kesishi, qo’riq yerlarni oz’lashtirishi va yo’l qurishi, yerlarni haydash va sug’orish shahar va qishloqlarni bunyod etish, atmosfera, suv, tuproqni ifloslanishi tufayli hayvonot dunyosiga, ayniqsa ta’sir qiladi. Chunki, buning natijasida hayvonlar yashaydigan tabiiy muhit buziladi, ular yangi muhitga moslasholmasdan qirilib ketadi.

Insonning tabiatga noto’g’ri munosabati tufayli yer yuzidagi juda ko’p hayvonlarning soni kamayib ketdi, ulardan bir qanchasi yo’qolib ketmoqda. Kamayib borayorgan va noyob hayvonlarni saqlab qolish uchun ularning yashash sharoitini yahshilash va ko’payishiga imkoniyat yaratib berish zarur.

Buning uchun hayvon turlari ularning sonini qattiq nazorat ostiga olish, ularni ovlashni taqiqlash, o’sha hayvonlarning yashaydigan joylarini qo’riqxonalarga aylantirish zarur. Bizning mamlakatimizda ham hongul, jayron kabi hayvonlar uchun qo’riqhonalar tashkil qilingan.



Tabiatdagi mavsumiy o’zgaruvchanlik. Tabiatning eng ajoyib xususiyatlaridan biri – uning mavsumiy o’zgaruvchanligidir.Yil davomida harorat, namlik va boshqa ekologik omillar davriy o’zgaruvchanlikka egadir. Abotik ekologik omillarning mavsumiy o’zgarishlari o’z navbatida tirik organizmlar hayot faoliyatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Har xil regionlarlarda hayot uchun qulay davr turlicha bo’ladi.Masalan, Markaziy Osiyo regionida bu davr 6-7 oygacha davom etadi.Bizning regionda ham qishqi tinim davri yaqqol namoyon bo’ladi.Haroratning pasayishi, vegetatsiya davrining tugallashi natijasida ko’pchilik o’simliklarda moddalar almashinuvi susayadi, o’simliklar bargini to’kadi.Qishqi tinim davri hasharotlarda, suvda hamda quruqlikda yashovchilarga, sudralib yuruvchilarda va boshqa hayvonlarda kuzatiladi. Kopgina qushlar issiq mamlakatlarga migratsiya qiladi.

O’simlik va hayvonlarning o’sishi va rivojlanishi kun uzunligiga bog’liqdir. Bu hodisa „fotoperiodizm“ deyiladi.

Fotoperiodizm – tirik organizmlardagi fiziologik jarayonlar faolligining yorug’ kun uzunligiga bog’liqligidir. Bu hodisani tajribada o’simlik va hayvonlarda kecha-kunduz davomida yoritishni sun’iy o’zgartirib kuzatish mumkin.Fotoperiodizm o’simliklardagi fotosintez jarayoniga ham bog’liq.

Kun uzunligining o’zgarishi yil davomida haroratning o’zgarishiga ham bog’liq. U tufayli kun uzunligi mavsumiy o’zgarishlar uchun belgi omili bo’lib xizmat qiladi.

Kun uzunligiga javob reaksiyasiga qarab o’simliklar uzun kun, qisqa kun va neytral o’simliklarga bo’linadi. Neytral o’simliklarning gullashi kun uzunligiga bog’liq emas.

Kun uzunligi hayvonlarning o’sishi va rivojlanishida ham katta ta’sir ko’rsatadi.Masalan, bizda ko’p boqiladigan ipak qurti qisqa kunda yaxshi rivojlanadi.

Fotoperiodizm qushlarning, sutemizuvchilarning va boshqa hayvonlarning urchish davrida, ularning embrional rivojlanishiga, tullashiga, migratsiyasiga, qishqi uyquga ketishiga katta ta’sir ko’rsatadi.

Odam o’simlik va hayvonlarda fotoperiodizm qonuniyatlarini o’rganib, undan o’zining amaliy maqsadlarida keng foydalanmoqda. Issiqxonalarga sabzavot va gullarni yil davomida o’stirish keng yo’lga qoyilishi, parrandachilik fabrikalarida tovuqlar tuxumdorligi oshirilishi shularga misoldir.

Fotoperiodizm asosida o’simlik va hayvonlarda evolyutsiya davomida maxsus davriy takrorlanib turuvchi biologik ritmlar paydo bo’lgan.Biologik ritmlar – biologik jarayonlarjadalligining davriy takrorlanuvchi o’zgarishidir.Biotik ritmlar kecha- kunduz, mavsumiy va yillik bo’lishi mumkin.Masalan, kecha-kunduz bioritmlariga o’simliklarda fotosintezning o’zgarishini, hayvonlarda harakatning, garmonlar sekretsiyasining, hujayra bo’linishi tezligining o’zgarishlarini misol qilib keltirish mumkin. Odamda ham nafas olish tezligi, arterial bosim va shunga o’xshash jarayonlar kecha- kunduz davomida ritmik o’zgarib turadi.Bioritmlar irsiyatga bog’liq reaksiyalar bo’lganligi sababli insonning mehtati va dam olish rejimini to’g’ri uyushtirish uchun uning mexanizmlarini yaxshi bilish kerak.

Organizmlarning kecha – kunduz va mavsumiy o’zgarishlariga javob reaksiyalari ularning vaqtini o’lchay olishini, ya’ni „biologik soat“ning mavjudligini ko’rsatadi.

Tirik organizmlarga juda ko’p omillar ta’sir ko’rsatadi. O’sha omillarning ayrim organizmlarga ta’sir natijasi esa xilma-xildir. Omilning organizm hayoti uchun eng qulay darajasi – optimal daraja deyiladi. Har qanday ekologik omilning eng yuqori darajasi - maksimumni va eng quyi darajasi – minimumi bo’ladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm uchun ma’lum ekologik omilning o’z maksimumi, minimumi va optimumi bo’ladi.

Chidamlilik chegarasi – organizmning shundan tashqari sharoitda yashay olmasligidir (masalan, uy pashshasi 70C dan past va 500C dan yuqori haroratlarda yashay olmaydi). Har bir turning har bir ekologik omilga nisbatan chidamlilik chegarasi mavjud.

Darvin suniy tanlash yo’li bilan yovvoyi hayvonlarni honakilashtrish, yovvoyi o’simliklarni madaniylashtirish, zot va navlarning belgi- xossalarini o’zgartirish mumkinligini aniqlagach, tabiiy sharoitda yashaydiganorganizmlardan ham shunga o’xshash jarayon ro’y berishi mumkun, degan taxminga keldi. Lekin uning qanchalik asosli ekanligini isbotlash uchun, birinchidan, tabiiy sharoitda yashaydigan o’simlik va hayvonlarda shaxsiy o’zgaruvchanlik, ikkinchidan,odam xohishiga o’xshash tabiatda ham qandaydir xonakilashtiruvchi omil mavjudligini bilish zarur edi.

Darvin har qanday o’simlik, hayvon nasl qoldirganda yangi bo’g’in ota –onadan, shuningdek, o’zaro ayrim belgi xossalari bilan farq qilishini kuzatadi va uni shaxsiy o’zgaruvchanlik deb nomlanadi. Olim qayd qilishicha, o’zgaruvchanlikning asl sababi organizm atrofidagi muhitning o’zgarishi bilan chambarchas bog’liq. Odatda harorat, namlik havo, ozuqa va boshqa omillarning o’zgarishi organizmlarning o’zgarishiga olib keladi. Organizmlarga tashqi muhitning ta’siri muayyan va nomuayyan ko’rinishda bo’lishi mumkin . Birinchi holatda tashqi muhit ta’siri barcha organizmlarda namoyon bo’ladi. Boshqacha aytganda birinchi holatda guruhli o’zgaruvchanlik, keyingisida shaxsiy oz’garuvchanlik ro’y beradi.


Har bir organizm ma’lum vaqt oralig’ida rivojlanadi, yashaydi, so’ng o’ladi. Lekin organizmlardagi urchish tufayli tur barqarorligi saqlanadi. Irsiyat tufayli har bir tirik organizm o’ziga o’xshash, organizmlarni hosil qiladi. Irsiyat tufayli belgilar nasldan naslga o’tadi va saqlanadi. Organizmlarning individlari rivojlanish jarayonida yangi belgilarni hosil qilish xususiyati o’zgaruvchanlik deyiladi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə