O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi OlmazorTibbiyot kolleji



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə7/9
tarix15.04.2018
ölçüsü0,5 Mb.
#38656
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Hamsoyalik. Sinoykiya ( yunoncha syn- birga, oikos- uy) o’zaro munosabatdan bir organizmgina o’ziga foyda oladi, ikkinchisi bunday munosabatdan hech qandaynaf ko’rmaydi.Masalan, chuchuk suvda yashaydigan baliqlardan biri o’zining tuxumlarini ikki pallali yumshoq tanli – tishsizning mantiya bo’shlig’iga qoyadi. Baliq tuxumlari yumshoq tanliga hech qanday zarar yetkizmaydi, chig’anoqlar himoyasida bo’ladi. Bu holatda yumshoq tanlidan baliqlar faqat yashash joyi sifatida foydalanadi.

Hamtovoqlik, kommensalizm ( fransuzcha commensal – hamtovoq). Bunday o’zaro munosabatda bir organizm ikkinchisidan asosan ovqat manbayi sifatida foydalanadi, lekin hech qanday zarar yetkazmaydi. Masalan, odam og’iz bo’shlig’ida amyobalarning bir turi- og’iz amyobasi yashaydi. U og’iz bo’shlig’idagi ovqat qoldiqlari bilan ovqatlanadi, hech qanday zararli ta’sir ko’rsatmaydi.

Mayda baliqlar yuruk baliqlarga yopishib yashab, ulardan harakatlanishda foydalanadi, uning chiqindilari bilan ovqatlanadi.

Organizmlarning bunday o’zaro munosabatlari har qanday populyatsiyalarda ham kuzatiladi. Populyatsiyalarda organizmlar soni faqat abiotik omillargagina bog’liq bo’lib qolmay, yirtqichlar va parazitlarning soniga, organizmlar orasidagi ovqat, yashash va ko’payish joylari uchun raqobatga ham bog’liqdir. Shuning uchun ham yiertqichlar va parazitlar, umuman olganda populyatsiya uchun foydalidir.

Masalan, yirtqich hayvonlar yo’qotishi oqibatida o’txo’r hayvonlar ko’payib ketishi ovqat etishmasligiga olib keladi, ular oarsida yuqumli kasalliklar ko’payib, qirilib ketadi.

Yirtqichlar va parazitlar populyatsiyani kuchsiz, kasalmand organizmlardan tozalab, uning genefondini yaxshilashga sabab bo’ladi.

Tur mezonlari ko’p bo’lib , ularning asosiylariga morfofiziologik va genetik mezonlardan tashqari, turning ekologik mezoni ham kiradi. Ekologik mezon deganda, yashash muhitida turga ta’sir ko’rsatuvchi hamma ekologik omillar yig’indisi tushuniladi. Har bir turda evolutsiya jarayonida yashash muhitining sharoitlariga moslashish mexanizmlari shakllanadi. Masalan, qalin tuk bilan qoplangan ayiqlar shimolning juda sovuq iqlimiga, kulrang-sarg’ish tusli tuyalar, sayg’oqlar, jayronlar esa kam suvli cho’llarda va qumli cho’llarda yashahsga moslashgan. Bunday moslashishlar, asosan, o’sha turga kiruvchi hamma individlar uchun xosdir. Har bir tur o’z yashash arealiga ega. Bu areal o’z navbatida yaxlit yoki ayrim jiylardan tashkil topishiga qaramay, muhitning xususiyatlari o’sha areal uchun umumiydir.


Turlar katta yoki kichik arealni egallashi yoki undagi populyatsiyalar sonining ko’p yoki kam bo’lishiga qaramay, bir butun yaxlit sistemani tashkil etadi. Turning yaxlitligi individlar orasidagi panmiksiya (erkin urchish) xususiyatining mavjudligiga bog’liqdir. Undan tashqari, tarixiy rivojlanish jarayonida bir turga kiruvchi individlarda bir-biriga nisbatan moslashishlar ham paydo bo’lgan. Bularga hayvonlarning o’z nasliga g’amxo’rlik qilishi, bir-birlari bilan ma’lum signallar orqali aloqa qilishi , dushmanlardan birgalashib himoyalanishi misol bo’la oladi. Turning yaxlitligini saqlovchi mexanizmlardan biri uning boshqa turlardan alohidalashganligidir. Har xil turlar turli ekologik sharoitga moslashish jarayonida ularning orasidagi farqlar tobora ortib boradi. Masalan, qishloq qaldirg’ochlari va shahar qaldirg’ochlari bitta alodga kiruvchi ikkita bir-biriga juda yaqin turlardir. Bu turlar morfologik, genetik, fiziologik, etologik va ekologik farqlari mavjudligi tufayli bir-biri bilan chatisha olmaydi.

Turning ekologik moslashishining ahamiyati ayrim individlar va yaxlit tur uchun har xil bo’lishi mumkin. Masalan, ba’zi turga kiruvchi qushlar ekologik sharoiti, ya’ni ayni misolda, uyasi torlik qilganda ayrim bolalarini uyasidan tashlab yuboradi. Ular albatta nobud bo’ladi, lekin qolgan bolalari esa keng sharoitda baquvvat , yashash qobiliyati kuchaygan bo’lib yetiladi. Bunday moslashishlar ayrim individlar uchun zararli, tur uchun esa foydalidir.

Katta hududlarni egallovchi turlar noteks taqsimlanib, ayrim guruhlar yoki populyatsiyalarga bo’linadi. Populyatsiyalar turninig va evolyutsiyaning boshlang’ich strukturaviy birligidir. Populyatsiya – ma’lum joyni egallagan, bir – brlari bilan irsiy axborotni almashish xususiyatiga ega bo’lgan, bir turga kiruvchi organizmlar guruhidir.

Populyatsiya individlarning zichligi, tug’iluvchanligi, o’limi, yoshi va jinsiy tarkibi, egallagan joyi kabi statistik belgilar bilan ta’riflanadi.

Populyatsiyaning zichligi – ma’lum maydon yki hajm birligida individlar soni yoki biomassa bilan o’lchanadi. Masalan, 1 ga da 100 daraxt, 1 ga hovuzda 10000 ta baliq yoki 100 kg baliq, 1 litr suvda 1 mln bakteriya va hokazo. Populyatsiya individlarning soni har xil bo’lishi mukin. Lekin individlar soni ma’lum chegaradan kamayib ketsa, populyatsiya ham asta-sekin yo’qolib ketishi mumkin.

Populyatsiyaning muhim ko’rsatkichlaridan biri sonining o’zgarishidir. Bu ko’rsatkich ma’lum vaqt davomida tug’ilish va o’lishning miqdori bilan o’lchanadi. Bu tushuncha odamlar populyatsiyasining demografik analiziga keng ishlatiladi. Populyatsiyalarning soni mavsumiy va yillar davomida davriy o’zgarishi mumkin. Masalan, bizning sharoitda yozning issiq kunlarida yuqumli ichak kasalliklarinui qo’zg’atuvchi bakteriyalar va gijjalar sonining keskin ortib ketishi kasalliklarning keng tarqalishiga sabab bo’ladi. Baqalar, qurbaqalar, dala sichqonlari, chigirtkalar sonining ma’lum yillarda davriy o’zgarishi aniqlangan.

Davriy o’zgarishlarni o’rganish ancha qiyin, chunki buning uchun bir necha yillar davomida kuzatishlar olib borish talab qilinadi. Ko’p holatlarda davriy o’zgarishlarni laboratoriya sharoitida modelashtirish mumkin. Yetarli ma’lumotlarni qisqa hayot sikliga ega hayvonlarni (drozofilalar, sichqonlar, kalamushlar) laboratoriya sharoitida har xil omilllarni ta’sir ettirib olish mumkin.

Populyatsiyaning holatiga ovqatning miqdori katta ta’sir ko’rsatishi Viskonsiya universiteti olimlarning sichqonlar ustida o’tkazilgan oddiy tajribalarida aniqlanadi.

Sichqonlar yashagan uyda ularga har kuni bir xil miqdorda don berib turilganida avval populyatsiya soni ortib boradi. Populyatsiya individlari sonining ortishi ularga ovqat yetishmasligiga olib keladi, narijada ayrim sichqonlar boshqa joyga ketishga (emigratsiya) majbur bo’ladi. Bu tajribadan ovqatning sichqonlar ko’payishini cheklovchi omil bo’lishi, emigratsiyaning ortib borishi ham populyatsiyaning muvozanatini saqlovchi omil bo’lishi yaqqol ko’rining turibdi.

Ikkinchi tajribada boshqacha sharoitda o’tkazildi. Bunda sichqonlarning ovqati yetarli miqdorda, lekin ularning boshqa joylarga ketib qolishiga yo’l qo’yilmaydi. Natijada populyatsiya kattalashib borib, yashash joyi torlik qilib qoladi, sichqonlar orasida bir birini yeb qo’yish (kannibalizm), bolalariga g’amxo’rlik qilmaslik holati kuzatiladi, yosh sichqonlar o’limi 100 foizgacha ortadi. Bunday jarayonlarni tabiiy populyatsiyalarda ham kuzatish mumkin.

Shunday qilib, ovqatning miqdori sichqonlar populyatsiyasida tug’iluvchanlik, emigratsiya, individlarning o’zaro munosabatlariga, umuman olganda, populyatsiyaning soniga ta’sir ko’rsatuvchi omildir.

Populyatsiya holatiga hududiylik (territoriyaviylik) xususiyati ham katta ta’sir ko’rsatadi. Har bir populyatsiya o’zining yashashi va ko’payishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlovchi hududni (territoriyani) egallashga harakat qiladi. Ko’p hayvonlar o’zlari uchun ovqat manbayi bo’lgan, uyalar quradigan territoriyalarni belgilab qo’yadilar va uni boshqa populyatsiyalardan yoki individlardan himoya qiladilar.

Hududiylik ijobiy ahamiyatga ega bo’lib, populyatsiyaning ayrim joylarda haddan tashqari ko’payib ketishiga yo’l qoymaydigan cheklovchi omillardan biri hisoblanadi.

Populyatsiyalarning dinamikasiga bir turga kiruvchi har xil populyatsiyalar orasidagi va har xil turlarga kiruvchi populyatsiyalar orasidagi raqobat shakllari ham katta ta’sir ko’rsatadi.

Tabiiy sharoitlarda raqobatbardosh populyatsiyalar ko’proq saqlanib qoladi, raqobatga chiday olmaganlar esa butunlay yo’qolib ketadi.

Tasodifiy o’zgarishlar yong’in, suv toshqini, ob-havoning keskin o’zgarishi, dovullar, zilzilalar kam sonli populyatsiyalarga juda kuchli ta’sir ko’rsatadi. Bunday populyatsiyalarda ko’pincha tug’ilish o’limning o’rnini to’ldira olmaydi va bir necha yil davomida ular qirilib ketadi.

Tabiiyki, populyatsiya har xil jinsli va yoshdagi individlardan tashkil topadi. Populyatsiyaning yoshi, tarkibi undagi individlar umrining o’rtacha uzunligiga, jinsiy yetilish vaqtiga, ko’payish jadalligiga bog’liq. Populyatsiyalarda yosh va qari individlar nisbatiga qarab o’sayotgan, barqaror yoki kamayib borayotgan populyatsiyalar farq qilinadi.

Qushlar, mo’ynali hayvonlar, baliqlarni ovlash mukinligi yoki mukin emasligi yosh individlarning katta yoshdagi individlarga nisbati ko’rsatkichiga qarab belgilanadi.

Hayvonlar o’zaro o’xshashligi va qarindoshligiga qarab, ayrim guruhlarga ajratib o’rganiladi. Xilma –xil hayvonlarni guruhlarga ajratish klassifikatsiya
deyiladi. Hayvonlarning klassifikatsiyasi bilan sistematika fani shug’ullanadi. O’simliklar singari hayvonlar klassifikatsiyasida ham eng kichik guruh tur hisoblanadi. Hayvonlarning o’zaro yaqin turlari avlodga, yaqin avlodlar oilaga, oilalar- turkumga, turkumlar sinfga, sinflat – tipga, tiplar kichik olamga, kichik olam esa hayvonot olamiga birlashadi.

Hayvonot olami ikkita kenja olam: bir hujayralilar va ko’p hujayralilarga bo’linadi. Bir hujayralilar kenja olamiga

Hozirgi davrda hayvonlarni inson faoliyatidagi ahamiyati nihoyatda ortgan. Masalan, asalarilar asal berib, o’simliklarni changlatadi, tut ipak qurtidan pilla olinadi.

Demak inson hayotida hayvonlarni ahamiyati beqiyosdir.


Mutahkamlash uchun savollar .

Hayvonlarning yer yuzida qancha turi ma’lum.?

O’simlik va hayvonlar o’rtasida qanday farq bor ?

O’simlik va hayvonlar o’rtasida qanday o’xshashlik bor?

Hayvonlar inson hoyotida qanday ahamiyatga ega?

Mayzuga oid tayanch iboralar:
Suyri shakl – suvda suzishbga moslashgan,

kodlangan,



sanitarlik – tozalovchi

Avtotrof – o’simlikka xos oziqlanish

Getetrof – hayvonlarga xos oziqlanish

Xloroplast – yashil xujayra
Foydalanilgan adabiyotlar
1. A. G’ogurov, K. Nishonboyev, J. Hamidov. “Biologiya” 2007 yil

2. G’. J. Jalolov, R. N. Boboyeva . “Biologiya” 2007 yil

3.Yo. T. Yormatov. “Biologiya” X – XI sinf 2006 yil

4.J. A. Azimov, Y. D. Davlatov “Qiziqarli biologiya” 2003 yil

5. Ochil Mavlonov “Biologiya” Toshkent 2008 yil

Mavzu- 15: Tur evolyutsiyaning asosiy bosqichi.

Reja:

- Tur tushunchasini va mohiyatini

- Tur evolyutsiyasining asosiy bosqichini

- Yangi turlarning paydo bo’lish yo’nalishlarini

- Politipik turlarni.

Hozirgi paytda biologiya fanida “tur” deyilganda morfofiziologik jihatdan nisbatan o’xshash, kelib chiqishi bir, o’ng’aylik bilan o’zaro chatishib nasl beradigan, ma’lum arealni egallagan “organizmlar majmuasi” tushuniladi.Hamma organizmlar ham jinsiy yo’l bilan ko’payavermaydi. Tabiatda jinsiz yo’l bilan ham ko’paya oladigan organizmlar mavjud.Barcha organizm turlarining o’ziga xos belgi-xossalarini qamrab olgan tur ta’rifi biologiya fanida hali yaratilmagan. Shuning uchun tur mezonlaridan foydalaniladi.

Evolutsiya jarayonida har bir tur muayyan yashash sharoitiga moslashadi. Turning yashab qolishi ushun zarur bo’lgan ekologik omillar majmuasi turning ekologik mezonini tashkil etadi. Masalan, Arktikaning qor va muzliklarida yashashga moslashgan cho’l va sahro hayvonlari qo’ng’ir rangli bo’ladi. Tur individlari tur areali ichida bir tekis tarqalmasdan alohida guruxlar populyatsiyalarni hosil qiladi.Tur bir butun yaxlit sistema. Tur yosh va jinsi jihatdan har xil individlardan tashkil topgan bo’lib, tarkibiga turli yoshdagi erkak, urg’ochi va yosh individdlar kiradi. Turning yaxlitligi uni tashkil etuvchi erkak – urg’ochi, ota-onalari bilan bolalar, poda, gala yoki oila individlari o’rtasida xilma-xil munosabatlar orqali namoyon bo’ladi.

Turga mos belgi xossalari yig’indisi “tur mezonlari”deb ataladi. Tur mezonlari quyidagilar:



    1. Morfologik mezon

    2. Fiziologik mezon

    3. Biokimyoviy mezon

Biologik tur haqida mulohaza yuritish uchun bu atamaning tub mohiyatini anglab olish darkor. Hozirgi paytda biologiya fanida tur deyilganda morfofiziologik jihatdan nisbatan o'xshash, kelib chiqishi bir, o'ng'aylik bilan o'zaro chatishib nasl beradigan, ma'lum arealni egallagan organlgnlur majmuasi tushuniladi.

Ushbu ta'rifning ijobiy tomoni shundaki, u o'zaro chatishib ko'payadigan alohida organizmlar majmuasini tur sifatida talqin qiladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, hamma organizmlar ham jinsiy yo'l bilan ko'payavermaydilar. Tabiatda jinssiz yo'l bilan ham ko'paya oladigan oranizmlar mavjud. Bundan tashqari qadimgi eralarda yashab o'lib ketgan turlar bor. Bulardan ma'lum bo'ladiki, barcha organizm turlarining o'ziga xos belgi-xossalarini qamrab olgan tur ta'rifi biologiya fanida hali yaratilmagan. Shuning uchun amaliyotda organizm turlarini bir-biridan farqlan-tirish uchun tur mezonlaridan foydalaniladi.



Tur mezonlari. Turga mos belgi xossalari yig'indisi tur mezon­lari deb ataladi. Tur mezonlari tubandagilar:

Morfologik mezon. Morfologik mezon bir turga kiruvchi indi-vidlarning tashqi va ichki tomonidan o'xshashligini ifodalaydi. Qora qarg'a va ola qarg'a har xil turlarga mansub. Ularni siz tashqi tomondan farqlay olasiz. Bir turga kiruvchi organizmlar ham ba'zi belgi xossalari bilan o'zaro farq qiladi. Lekin ulardagi farq har xil turga kiruvchi organizmlar farqiga nisbatan juda kam bo'ladi. Shu bilan bir qatorda tashqi tomondan bir-biriga juda o'xshash, lekin o'zaro chatishmaydigan turlar ham uchraydi. Ular qiyofadosh turlar deyiladi. Chunonchi, drozofilada 2 ta, bezgak chivinida va qora kalamushda ham 2 ta qiyofadosh turlar ma'lum. Qiyofadosh turlar suvda ham quruqlikda yashovchilar, reptiliyalar, qushlar, hatto sut-emizuvchilarda ham aniqlagan. Binobarin, morfologik mezonning O'zigina turni farq qilish uchun yetarli emas. Lekin morfologik mezon uzoq vaqt turlarni aniqlashda asosiy va yagona hisoblangan (24-rasm).

Fiziologik mezon. Bu turga kiruvchi individlarda hayotiy jarayonlar,

ayniqsa ko'payishning o'xshashligi bo'ladi. Har xil tur /;ikillari bir-biri bilan chatishmaydi, chatishsa ham nasl bermaydi. I n Naming chatishmasligi jinsiy organlar tuzilishidagi farqlar, ko'payish muddatlarining turlicha boiishi bilan izohlanadi. Lekin tabiatda ayrim turlar, masalan, kanareykalar, terak va tollar, lovushqonlar o'zaro chatishishi va nasl berishi mumkin. Bu o'z-O'zidan fiziologik mezon ham turlarning bir-biridan farq qilishi ichun yetarli emasligini ko'rsatadi.



Biokimyoviy mezon. Har xil turga kiruvchi organizmlar o'zining kimyoviy tarkibi, oqsil, uglevod, peptidlar, nuklein kislotalar va •osliqa organik moddalari bilan farq qiladi. Lekin asosiy farq har bir tur uchun xos irsiy material DNK molekulalari va hujayradagi oqsillarning sifati va miqdoridagi farqdadir. Organizmlarning qaysi turga kirishini aniqlash uchun ulardagi nuklein kislotalari farqini belgilash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.

Ekologik mezon. Mazkur mezon ostida har bir turga kiruvchi organizmlarning konkret muhit sharoitida yashashi, unga moslash-ganligini tushunish lozim. Masalan, dalalar, o'tloqzorlarda zaharli ayiqtovon, sernam yerlarda sudraluvchi ayiqtovon, daryo, ko'lmak chetlarida, botqoqliklarda achishtiradigan ayiqtovon turlari uchraydi.

Genetik mezon. Bu mezonda har bir turga xos xromosomalar soni, tuzilishi, maxsus bo'yoqlar bilan bo'yalishi tushuniladi. Qora kalamushning ikkita qiyofadosh turining birida 38 ta, ikkinchisida 42 ta xromosoma bor. Genetik mezon barqaror bo'lsa-da, bu o'xshashlik nisbiy sanaladi. Chunki tur ichida xromosomalar soni va tuzilishida farq bo'lishi mumkin. Bundan tashqari har xil turlar-da xromosomalar soni teng bo'lishi mumkin. Masalan, karam va lurpda 18 tadan xromosoma bor.

Yuqorida qayd qilingan mezonlardan birontasi ham har yoqla-ma hisoblanmaydi. Shu bois turlarni aniqlashda ularning ham-masidan yoki ko'pchiligidan foydalanish talab qilinadi.

Har bir o'simlik, hayvon turi bir-biridan ozmi-ko'pmi tafovut qilgan individlardan tarkib topgan. Masalan, G'afurov ma'lumot-lariga ko'ra Xumson qishlog'idagi yetti nuqtali tugmacha qo'ng'iz Ickshirilganda ular tanasining uzunligi 5,5 mm dan 8 mm gacha, rangi och jigarrangdan tortib to to'q jigarranggacha, qora dog'la-rining kattaligi va shakli bilinar-bilinmasdan to aniq ifodalangan dog'largacha bo'lishi aniqlangan. Shunga o'xshash kartoshka o'simligining zararkunandasi bo'lgan kolarado qo'ng'izi Toshkent alrofidagi tumanlarda yirikroq, Qozog'istonning Taraz dalalarida esa nisbatan maydaroq ekanligi ma'lum bo'lgan. Bunday nisbatan xilma-xillikni boshqa o'simlik, hayvon turlarida ham ko'rish mumkin. Binobarin, har bir tur politipik hisoblanadi.

Darvin turlarning paydo bo'lishi haqida. Darvin tabiiy tanlanish nazariya bilan faqat moslanishlardagina emas, balki yangi turlar­ning paydo bo'lishiga ham bog'liq ekanligini tushuntirib berdi.

Turlarning paydo bo'lishini tushuntirishda ikkita qiyinchilik uchraydi: ulardan bjri tur paydo bo'lishining uzoq muddatli ckan-ligi va tajribada o'rganishning qiyinligi bo'lsa, ikkinchisi — tur paydo boiishining har xil organizmlarda turlicha bo'lishi bilan izohlanadi. Bir turga mansub organizmlarning yashash sharoitining o'zgarishi bilan tabiiy tanlanish tufayli individual farqlar tobora ortib borib, tur doirasida belgilarning tarqalishiga sabab bo'ladi. Oqibatda bir tur doirasida bir-biridan belgi-xossalari bilan farq qiluvchi bir necha guruhlar hosil bo'ladi. Albatta, yashash uchun kurash ko'pgina hollarda oraliq formalarining sekin-asta kamayib, qirilib ketishiga, o'zgargan muhitga moslashganlarining esa yashab qolishiga olib keladi. Tarixiy jarayonda bitta ajdod tur bir necha yangi turlarni vujudga keltiradi. Darvin ta'limotiga binoan yangi turlar tabiatda organizmlarda paydo bo'lgan kichik o'zgarishlar-ning bo'g'indan bo'g'inga irsiylanib, to'planib borishi hisobiga vujudga keladi. Bir tur doirasidagi organizmning har xil sharoitga muvofiqlashuvi natijasida bir necha turlar hosil bo'ladi, 25-rasmda siz A turdan vaqt o'tishi bilan uchta, В turdan - ikkita yangi tur kelib chiqqanligini ko'rib turibsiz. Bu yangi turlardagi o'zgarishlar o'z navbatida 14 ta yangi turni hosil qilganligi rasmda yaxshi ifodalangan. Bir turdan ma'lum tarixiy jarayonda bir necha turlarning paydo bo'lishini Darvin ajdod tur belgilarining tarqalishi — divergensiya hodisasi deb nomladi. Ayrim hollarda bir tur asta-sekin o'zgarib, boshqa E, F turga aylanadi. Turlarning son jihatdan ko'paymay o'zgarib, E10, F10 turlariga aylanganligi bunga misol bo'la oladi



Simpatrik yo'nalishdagi turning paydo bo'lishi. Ba'zan ajdod tur areali doirasida alohidalanish kuzatiladi. Alohidalashgan po­pulyatsiyalar ajdod lur bilan bir arealda tarqalgan bo'ladi. Odatda alohidalashgan individlar guruhi ajdod tur vakillaridan urchish muddati yoki yashash joyi yoxud jinsiy jihatdan tafovut qilishi bilan ajralib turadi. Sluinclay nsulda alohidalashgan populyatsiyalardan keyinchalik mutatsion o'zgaruvchanlik, tabiiy tanlanish tufayli yangi turlar paydo bo'ladi. Clumonchi, Filippinda 10 ming yil oldin paydo boigan Lanao ko'lida yagona bitta ajdod baliq turi-

dan simpatrik yo'nalish bilan 18 ta baliq turi, yonsuzar qisqich-baqasimon turkumining bir ajdod turidan 250 ta yangi tur paydo bo'lgani ma'lum. Shu singari simpatrik yo'nalishdagi yangi turlar­ning paydo bo'lishi ekologik alohidalanish natijasi ekanligidan dalolat beradi.



Poliploidiya yo'nalishida turlarning paydo bo'lishi. Mutatsion o'zgaruvchanlikning bir xili xromosomalar sonining o'zgarishi bilan aloqador. Ba'zi hollarda hujayra mitoz usuli bilan bo'lina-yotganda tashqi muhitning ta'sirida xromosomalar ikkita qiz hujayraga notekis taqsimlanadi. Natijada bir hujayra yadrosida bitta yoki ikkita xromosoma ortiqcha, ikkinchi hujayra yadrosida esa kam bo'ladi. Xromosoma sonining ortishi yoki kamayishi ayrim hollarda yangi turlarning kelib chiqishiga asos bo'ladi. Masalan, murakkabguldoshlar oilasiga kiruvchi skerda avlodida 3, 4, 5, 6, 7 xromosomali, iloq avlodida 12 dan 43 tagacha bo'lgan xromosomali turlari uchraydi. Xromosomalar sonining ortishi yoki kamayishi natijasida kelib chiqqan turlar aneuploid turlar deb nomlanadi.

Tur tarqalgan arealning chetki qismlaridan kuzatiladigan ba'zi noqulay sharoitlar tufayli ayrim hollarda hujayraning bo'linish duki (urchuqi)da o'zgarishlar ro'y beradi. Bu esa o'z navbatida xromo-somalarni hujayraning ikki qutbga tarqalmay qolishiga sababchi bo'ladi. Shu bois ona hujayrada xromosomalarning soni ikki martaga ko'payadi. Masalan, g'o'zaning 26, 52 xromosomali turlari mavjud. Eski tur xromosomalar sonining faqat ikki karra emas, ba'zan bir necha karra o'zgarishi holatlari ham uchraydi. Chunonchi, xrizantema avlodiga kiruvchi 18, 36, 90 xromosoma­li, tamaki avlodiga 24, 48, 72, bug'doyda 14, 28, 42 xromosomali turlar borligi aniqlangan. Xromosomalar sonining karra ortishi bilan bog'liq turlar poliploid turlar nomini olgan. Poliploid turlar xromosomasi diploid to'plamga ega turlarga nisbatan muhitning noqulay sharoitlariga ko'proq moslanuvchan bo'ladi.



Yangi turlarning duragaylash yo'li bilan kelib chiqishi. Ba'zi bir o'simlik turlari duragaylash yo'li bilan paydo bo'lgan. Chunonchi, olxo'ri olcha bilan tog'olchaning chatishishidan so'ng xromosoma­lar sonining ikki hissa ortishi natijasida kelib chiqqan. Olchada xromosomaning gaploid to'plami 16, tog'olchada esa 8, demak, ularda hosil bo'lgan duragaylarda xromosomaning gaploid to'plami 24 ga teng. Lekin duragay pushtsiz bo'lgan, eksperimentda xro­mosomalar sonining ikki marotaba orttirilishi tufayli bunday dura-gaylar nasl bergan.

Mustahkamlash uchun savollar.

1.Tur tushunchasini va mohiyatini ayting?

2. Tur mezonlari haqida nimani bilasiz?

3. Yangi turlarning paydo bo’lish yo’nalishlarini ko’rsating?

4. Politipik turlarni qanday turlar?
Tayanch iboralar:


  1. Allopatrik – yunoncha “allos” – boshqa , “patrik” – vatan

  2. Divergensiyalotincha ajralish

  3. Politipik – yunoncha, “poli” – ko’p, “tipos” – nusxa.

  4. Simpatrik – bir geografik muhitga bir turga mansub genetik jihatdan har xil organizmlarning birlikda yashashi.

5. Aneuploid turlar - Xromosomalar sonining ortishi yoki kamayishi natijasida kelib chiqqan turlarga aytiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.A. G’ogurov, K. Nishonboyev, J. Hamidov. “Biologiya” 2007 yil

2.G’. J. Jalolov, R. N. Boboyeva . “Biologiya” 2007 yil

3.Yo. T. Yormatov. “Biologiya” X – XI sinf 2006 yil

4.J. A. Azimov, Y. D. Davlatov “Qiziqarli biologiya” 2003 yil

Mavzu- 16: Evolyutsiyaning sintetik nazariyasi. Populyatsiya evolyutsiyaning boshlang’ich birligi. Evolyutsiyaning boshlang’ich materiali.
Reja:

- Evolyutsiyaning sintetik nazariyasi.

- Populyatsiya evolyutsiyaning boshlang’ich birligi ekanligini.

- Evolyutsiyaning boshlang’ich materialini.

- Evolyutsiyaning boshlang’ich omilini.
Evolutsiya jarayonida har bir tur muayyan yashash sharoitiga moslashadi. Turning yashab qolishi ushun zarur bo’lgan ekologik omillar majmuasi turning ekologik mezonini tashkil etadi. Masalan, Arktikaning qor va muzliklarida yashashga moslashgan cho’l va sahro hayvonlari qo’ng’ir rangli bo’ladi. Tur individlari tur areali ichida bir tekis tarqalmasdan alohida guruxlar populyatsiyalarni hosil qiladi.Tur bir butun yaxlit sistema. Tur yosh va jinsi jihatdan har xil individlardan tashkil topgan bo’lib, tarkibiga turli yoshdagi erkak, urg’ochi va yosh individdlar kiradi. Turning yaxlitligi uni tashkil etuvchi erkak – urg’ochi, ota-onalari bilan bolalar, poda, gala yoki oila individlari o’rtasida xilma-xil munosabatlar orqali namoyon bo’ladi.

Turga mos belgi xossalari yig’indisi “tur mezonlari”deb ataladi. Tur mezonlari quyidagilar:



  1. Morfologik mezon

  2. Fiziologik mezon

  3. Biokimyoviy mezon

  4. Geografik mezon

  5. Ekologik mezon

  6. Genetik mezon

Biologik tur haqida mulohaza yuritish uchun bu atamaning tub mohiyatini anglab olish darkor. Hozirgi paytda biologiya fanida tur deyilganda morfofiziologik jihatdan nisbatan o'xshash, kelib chiqishi bir, o'ng'aylik bilan o'zaro chatishib nasl beradigan, ma'lum arealni egallagan organlgnlur majmuasi tushuniladi.

Ushbu ta'rifning ijobiy tomoni shundaki, u o'zaro chatishib ko'payadigan alohida organizmlar majmuasini tur sifatida talqin qiladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, hamma organizmlar ham jinsiy yo'l bilan ko'payavermaydilar. Tabiatda jinssiz yo'l bilan ham ko'paya oladigan oranizmlar mavjud. Bundan tashqari qadimgi eralarda yashab o'lib ketgan turlar bor. Bulardan ma'lum bo'ladiki, barcha organizm turlarining o'ziga xos belgi-xossalarini qamrab olgan tur ta'rifi biologiya fanida hali yaratilmagan. Shuning uchun amaliyotda organizm turlarini bir-biridan farqlan-tirish uchun tur mezonlaridan foydalaniladi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə