O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi OlmazorTibbiyot kolleji



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə5/9
tarix15.04.2018
ölçüsü0,5 Mb.
#38656
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Rasm. Yirik qora rangli baqa tuxum hujayrasi-

ning pronukleuslarini olib tashlab, o'rniga mayda

oq baqa tuxum hujayrasining yadrosi kiritilgan. Shu usul bilan yirik qora baqaning tuxum hujayrasidan mayda oq baqa kloni olingan.

1997-yil shotlandiyalik olim Roslin qo'yning klonini yaratdi va bu ixtiro juda

ko'p shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Bu tajribа baga qadar yadrosi olib tashlangan zigotaga boshqa embrional hujayradan olingan yadro ko'chirib o'tkazilar va hosil bo'lgan trans- plang tuxum hujayra o'gay ona bachadoniga kiritilar (implantatsiya qilinar) edi. Roslin erishgan natijalarning Gyordon tajribasidan va boshqa yuqorida keltirilgan natijalardan farqi, Roslan ilk bor yadrosi olib tashlangan zigotaga voyaga yetgan organizmning somatik hujayrasidan ajratil-gan yadroni kiritib yetuk organizm olishidir.

Voyaga yetgan organizm somatik hujayrasi yadrosidan klon yaratishda foydalanish ayrim mulkdor shaxslarda o'z shaxsining klonini yaratish istagini uyg'otdi. Albatta, bu yo'l bilan jismonan har qanday odam klonini yaratish mumkin, lekin ruhan va aql jihatdan yaratilgan klon original egasiga o'xshash-o'xshamasligi nazariy jihatdan muammodir.



Gibridomalar. Hujayra injeneriyasining rivojlanishi gibridoma-lar olish biotexnologiyasini vujudga keltirdi va monoklonal anti-tanalar sintez qilish imkonini yaratdi.

Ma'lumki, normal hujayralar juda sekin bo'linib ko'payadi va ularning bo'linishi cheklangan. Rak hujayralar esa tez va cheksiz bo'linadi. Biror foydali oqsil sintezlovchi normal hujayra biomas-sasini sun'iy sharoitda ko'paytirib, shu oqsil moddani ko'plab ish­lab chiqarsa bo'ladi. Lekin normal hujayralardan yetarli biomassa olish cheklangan bo'lganligi uchun bunday muammolar o'z yechi-mini topmagan edi.

1975-yilda ingliz olimlari Keler va Milshteyn sun'iy sharoitda antitana sintezlovchi limfotsit hujayrasi bilan cheksiz va tez bo'li-nuvchi rak hujayrasini bir-biriga qo'shish natijasida tabiatda uchramaydigan gibrid hujayra yaratdilar. Bunday gibrid hujayra




Rasm. Poliklonal va monoklonal antitana olish sxemasi.
A. Poliklonal antitana olish. Sichqon biror antigen modda bilan immunizat-
siya qilinadi. Taloq hujayralarida moddaning har xil antigen guruhlariga alohida
antitana sintez qiluvchi maxsus splenositlar hosil bo'ladi. Ular moddadagi faqat
o'ziga tegishli antigen guruhni taniy oladi. Hosil boigan har xil antitana aralash-
masi poliklonal antitana deb ataladi.

B. Gibridoma olish va monoklonal antitana sintezi.

Antigenga javoban hosil bo'lgan splenotsitlar mieloma (rak) hujayra bilan qo'shilib gibridoma olinadi. Gibridoma hujayralar alohida-alohida ko'paytirilib, ularning klonlari hosil qilinadi. Har bir klon gibridoma faqat bir antigen belgini tanib bog'lanuvchi monoklonal antitana sintez qiladi. Monoklonal antitana xas-taliklarni o'ta aniq tashxis qilishda ishlatiladi.

gibridoma deb ataladi. Natijada sun'iy sharoitda antitana sintez qiluvchi hujayraning cheksiz ko'payishiga erishildi (Rasm).

Gibridoma hujayrasini maqsadga muvofiq har qanday hujayrani rak hujayrasi bilan biriktirish yo'li bilan hosil qilish mumkin.

Bu texnologiyani hozirgi kunda qimmatbaho oqsil regulyator-lar, antitana va gormonlar sintezida gen injeneriyasi bilan barobar ishlatish mukin. Shuning uchun hujayra injeneriyasiga asoslangan biotexnologiyaning imkoniyati cheksiz hisoblanadi.

Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan Fanlar akademiyasi tarkibida Genetika Institutining tashkil topishi, Hukumat qarori bilan gen injeneriyasining taraqqiyotini bel-gilovchi «Geninmar» ilmiy dasturining tasdiqlanishi, Fan va texni-ka Davlat qo'mitasi va O'zRFA birgalikda gen injenerligi markazi «Geninmar» Markazining tashkil etilishi mamlakatimizda genetik injeneriyaga asoslangan biotexnologiyalar yaratish imkonini berdi.

Ushbu ilmiy markaz xodimi I. Abdurahmonov paxta tolasining uzunligini belgilaydigan va g'o'zaning gullashini boshqaradigan genlar oilasini AQSH Texas qishloq xo'jalligi va mexanika (Texas A*M) universiteti biotexnologiya markazi olimlari bilan hamkor-likda ilk bor ajratib oldi. Shiming bilan paxta tolasi sifatini yaxshi-lashga yo'naltirilgan biotexnologiyaga asos solindi. Professor Sh. S. Azimova rahbarlik qilayotgan laboratoriya olimlari gen va hujayra injenerlik usullarini qo'llab xalqimizda «sariq kasallik» deb ataluvchi jigar uchim havfli bo'lgan gepatit В xastaligini tashxis qi-lish uchun diagnostikum va bu xastalikning oldini olish uchun zarur vaksina yaratish bo'yicha ilmiy loyihalarni muvaffaqiyatli yakunladilar.

Biologiya fanlari doktori R. S. Muhamedov, yetakchi ilmiy xodim B. Irisboyevlar rahbarlik qilayotgan ilmiy guruh PCR texnologiyasini qo'llab o'nlab xavfli yuqumli va irsiy kasalliklarning gen injenerligi tashxisi biotexnologiyasini keng tatbiq qilishdi.

Respublika kardiomarkazi bilan hamkorlikda kardiomiopatiya kasalligining irsiylanish qonuniyatlari o'rganilmoqda (B. Irisbaev, G. Hamidullayeva).

Adliya vazirligining Sud tibbiyoti ekspertizasi instituti «Geninmar» markazi bilan hamkorlikda gen daktiloskopiya (gen daktiloskopiya — genning DNK izchilligi va genlar spektriga binoan noma'lum shaxsni aniqlash) usulini tatbiq etdilar va yana-da takomillashtirdilar (R. S. Muhamedova va A. Ikromov).

Professor O. T. Odilova tuproq va yer osti suvlarida to'planib qolgan pestitsid qoldiqlarini parchalab zararsizlantiruvchi pseudomonas bakteriyasi shtammidan shu funksiyalarini bajaruvchi genlar gurahini g'o'za tomiri tolachalari sathida yashovchi rizo-sfera bakteriyasiga ko'chirib o'tkazdi. Bu tajribalardan kutilgan



maqsad pirovardida g'o'za ekiladigan maydonlarda g'o'zaga o'nlab yillar davomida sepilgan gerbitsid va pestitsidlarning qoldig'ini zararsizlantirishdir.

Ushbu satrlardan ko'rinib turibdiki, mamlakatimizning ekologiya, qishloq xo'jaligi, adliya va sog'liqni saqlash sohalari uchun «Geninmar» markazi bir qator gen injenerligi bio-texnologiyalarini yaratib, ularni hayotga tatbiq eta boshladi.



Mustahkamlash uchun savollar.


  1. Plazmidlar asosan qanday genlardan tuzilgan?

  2. Tronspozonlar ilk bor kim tomonidan kashf qilingan?

3.Hayvonlarning klonlashning qanday yoli bor?

4. Gibridoma hujayraning qanday afzalliklari bo?

5. O’simliklarning klonlasni qanday olinadi?

Mavzuga oid tayanch iboralar
Antitana – antigenni neytrollovchi oqsil molekulasi.

Vektor konstruksiyasi – ko’chib yuruvchi genetik elementlarning DNK molekulasi.

Genlarni klonlash – ko’zlangan DNK bo’lagini vektorlar vositasida ko’paytirish.

Gibridomalar – tez bo’linuvchi duragay hujayralar



Fag – bakteriya so’zining qisqartmasi

Biotexnologiya – biologik organizmlar ishtiroqida yaratilgan texnologiya

Genlar terapiyasi – genlarni kiritish orqali davolash

Foydalanilgan adabiyotlar.
1. A. G’ogurov, K. Nishonboyev, J. Hamidov. “Biologiya” 2007 yil

2. G’. J. Jalolov, R. N. Boboyeva . “Biologiya” 2007 yil

3. Yo. T. Yormatov. “Biologiya” X – XI sinf 2006 yil

4. J. A. Azimov, Y. D. Davlatov “Qiziqarli biologiya” 2003 yil



Mavzu - 10: Ozbekistonda genetik injeneriya va biotexnologiya fani yutuqlari. Biotexnologiyaning kelajagi haqida.

Reja:

- Hayvonlar irsiyatini hujayra injeneriyasi yo’li bilan o’zgartirishni

- Gibrodomalar olishni

- Gen va hujayra injeneriyasiga asoslangan biotexnologiyalarni

- O’zbekistondagenetik injeneriya va bioltexnologiyalarni

Hujayra gen injeneriyasi yutuqlari hayvon zotlarini yaxshilash uchun ham tadbiq etilgan. Bu yo’nalishdagi dastlabki biotexnologiyalardan biri yuqori ho’jalik va genetik ko’rsatgichlarga ega bo’lgan qoramol zotlari tuhum hujayrasining ko’plab hosil bo’lishiga erishish edi.Ma’lumki, sigirlar bir yilda faqat bir marta, ba’zan 2dona tuhum hujayra hosil qiladi.Shu sabab nomdor qoramol zotini zudlik bilan ko’paytirish imkoni bo’lmagan.

Natijada xashaki o’gay ona qoramoldan qimmatbaho zotli avlod olinadi. Bu biotexnologiya bizning mamlakatimizda ham o’llaniladi.

AQSHning dunyoga mashhur Monsanto kompaniyai gen injeneriya usuli bilan o’sish garmonini (growth hormone) ishlab chiqarib sigirlarga inyeksiya qildi va shu yo’l bilan sigirlardan so’g’iladigan sut miqdorini oshirishga erishdi. Hozirgi kunda AQSH oziq-ovqat do’konlarida bu mahsulot sotilmoqda.

Zigota (urug’lantirilgan tuxum hujayra) har xil genlarni mikroinyeksiya qilib transgen sichqon yoki kalamush olish ko’plab laboratoriyalarda bajarildi. Mamlakatimizda akademik J.H.Hamidov rahbarligida shu usulni qo’llab quyon zigotasiga o’sish garmoni geni kiritildi va odatdagiga nisbatan yirik va tez o’suvchi transgen quyon olindi.

Hayvonlarni klonlash. Ma’lumki, klon deb mikroorganizmlarning bir hujayrasi bo’linishi natijasida hosil bo’lgan bakteriya koloniyasiga aytiladi. O’simliklarning kloni bir hujayradan sun’iy shroitda ko’paytirilib yoki qalamchalardan vegetativ ko’paytirish usuli bilan olinadi. Yuksak hayvonlar vegetativ yo’l bilan ko’paymasligi sababli ularning klonini olish yaqin yillargacha muammo bo’lib kelar edi. 1977- yili J.Gyordon tomonidan hujayra injeneriyasini qo’llash natijasida yuksak hayvonlar klonlarini yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi.

Rasm. Yirik qora rangli baqa tuxum hujayrasi-

ning pronukleuslarini olib tashlab, o'rniga mayda

oq baqa tuxum hujayrasining yadrosi kiritilgan. Shu usul bilan yirik qora baqaning tuxum hujayrasidan mayda oq baqa kloni olingan.

1997-yil shotlandiyalik olim Roslin qo'yning klonini yaratdi va bu ixtiro juda ko'p shov-shuvlarga sabab bo'ldi.

Bu tajribаga qadar yadrosi olib tashlangan zigotaga boshqa embrional hujayradan olingan yadro ko'chirib o'tkazilar va hosil bo'lgan trans- plang tuxum hujayra o'gay ona bachadoniga kiritilar (implantatsiya qilinar) edi. Roslin erishgan natijalarning Gyordon tajribasidan va boshqa yuqorida keltirilgan natijalardan farqi, Roslan ilk bor yadrosi olib tashlangan zigotaga voyaga yetgan organizmning somatik hujayrasidan ajratil-gan yadroni kiritib yetuk organizm olishidir.

Voyaga yetgan organizm somatik hujayrasi yadrosidan klon yaratishda foydalanish ayrim mulkdor shaxslarda o'z shaxsining klonini yaratish istagini uyg'otdi. Albatta, bu yo'l bilan jismonan har qanday odam klonini yaratish mumkin, lekin ruhan va aql jihatdan yaratilgan klon original egasiga o'xshash-o'xshamasligi nazariy jihatdan muammodir.



Gibridomalar. Hujayra injeneriyasining rivojlanishi gibridoma-lar olish biotexnologiyasini vujudga keltirdi va monoklonal anti-tanalar sintez qilish imkonini yaratdi.

Ma'lumki, normal hujayralar juda sekin bo'linib ko'payadi va ularning bo'linishi cheklangan. Rak hujayralar esa tez va cheksiz bo'linadi. Biror foydali oqsil sintezlovchi normal hujayra biomas-sasini sun'iy sharoitda ko'paytirib, shu oqsil moddani ko'plab ish­lab chiqarsa bo'ladi. Lekin normal hujayralardan yetarli biomassa olish cheklangan bo'lganligi uchun bunday muammolar o'z yechi-mini topmagan edi.

1975-yilda ingliz olimlari Keler va Milshteyn sun'iy sharoitda antitana sintezlovchi limfotsit hujayrasi bilan cheksiz va tez bo'li-nuvchi rak hujayrasini bir-biriga qo'shish natijasida tabiatda uchramaydigan gibrid hujayra yaratdilar.

Bunday gibrid hujayra





Rasm. Poliklonal va monoklonal antitana olish sxemasi.

A. Poliklonal antitana olish. Sichqon biror antigen modda bilan immunizat-


siya qilinadi. Taloq hujayralarida moddaning har xil antigen guruhlariga alohida
antitana sintez qiluvchi maxsus splenositlar hosil bo'ladi. Ular moddadagi faqat
o'ziga tegishli antigen guruhni taniy oladi. Hosil boigan har xil antitana aralash-
masi poliklonal antitana deb ataladi.

B. Gibridoma olish va monoklonal antitana sintezi.

Antigenga javoban hosil bo'lgan splenotsitlar mieloma (rak) hujayra bilan qo'shilib gibridoma olinadi. Gibridoma hujayralar alohida-alohida ko'paytirilib, ularning klonlari hosil qilinadi. Har bir klon gibridoma faqat bir antigen belgini tanib bog'lanuvchi monoklonal antitana sintez qiladi. Monoklonal antitana xas-taliklarni o'ta aniq tashxis qilishda ishlatiladi.

gibridoma deb ataladi. Natijada sun'iy sharoitda antitana sintez qiluvchi hujayraning cheksiz ko'payishiga erishildi (Rasm).

Gibridoma hujayrasini maqsadga muvofiq har qanday hujayrani rak hujayrasi bilan biriktirish yo'li bilan hosil qilish mumkin.

Bu texnologiyani hozirgi kunda qimmatbaho oqsil regulyator-lar, antitana va gormonlar sintezida gen injeneriyasi bilan barobar ishlatish mukin. Shuning uchun hujayra injeneriyasiga asoslangan biotexnologiyaning imkoniyati cheksiz hisoblanadi.

Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan Fanlar akademiyasi tarkibida Genetika Institutining tashkil topishi, Hukumat qarori bilan gen injeneriyasining taraqqiyotini bel-gilovchi «Geninmar» ilmiy dasturining tasdiqlanishi, Fan va texni-ka Davlat qo'mitasi va O'zRFA birgalikda gen injenerligi markazi «Geninmar» Markazining tashkil etilishi mamlakatimizda genetik injeneriyaga asoslangan biotexnologiyalar yaratish imkonini berdi.

Ushbu ilmiy markaz xodimi I. Abdurahmonov paxta tolasining uzunligini belgilaydigan va g'o'zaning gullashini boshqaradigan genlar oilasini AQSH Texas qishloq xo'jalligi va mexanika (Texas A*M) universiteti biotexnologiya markazi olimlari bilan hamkor-likda ilk bor ajratib oldi. Shiming bilan paxta tolasi sifatini yaxshi-lashga yo'naltirilgan biotexnologiyaga asos solindi. Professor Sh. S. Azimova rahbarlik qilayotgan laboratoriya olimlari gen va hujayra injenerlik usullarini qo'llab xalqimizda «sariq kasallik» deb ataluvchi jigar uchim havfli bo'lgan gepatit В xastaligini tashxis qi-lish uchun diagnostikum va bu xastalikning oldini olish uchun zarur vaksina yaratish bo'yicha ilmiy loyihalarni muvaffaqiyatli yakunladilar.

Biologiya fanlari doktori R. S. Muhamedov, yetakchi ilmiy xodim B. Irisboyevlar rahbarlik qilayotgan ilmiy guruh PCR texnologiyasini qo'llab o'nlab xavfli yuqumli va irsiy kasalliklarning gen injenerligi tashxisi biotexnologiyasini keng tatbiq qilishdi.

Respublika kardiomarkazi bilan hamkorlikda kardiomiopatiya kasalligining irsiylanish qonuniyatlari o'rganilmoqda (B. Irisbaev, G. Hamidullayeva).

Adliya vazirligining Sud tibbiyoti ekspertizasi instituti «Geninmar» markazi bilan hamkorlikda gen daktiloskopiya (gen daktiloskopiya — genning DNK izchilligi va genlar spektriga binoan noma'lum shaxsni aniqlash) usulini tatbiq etdilar va yana-da takomillashtirdilar (R. S. Muhamedova va A. Ikromov).

Professor O. T. Odilova tuproq va yer osti suvlarida to'planib qolgan pestitsid qoldiqlarini parchalab zararsizlantiruvchi pseudomonas bakteriyasi shtammidan shu funksiyalarini bajaruvchi genlar gurahini g'o'za tomiri tolachalari sathida yashovchi rizo-sfera bakteriyasiga ko'chirib o'tkazdi. Bu tajribalardan kutilgan



maqsad pirovardida g'o'za ekiladigan maydonlarda g'o'zaga o'nlab yillar davomida sepilgan gerbitsid va pestitsidlarning qoldig'ini zararsizlantirishdir.

Ushbu satrlardan ko'rinib turibdiki, mamlakatimizning ekologiya, qishloq xo'jaligi, adliya va sog'liqni saqlash sohalari uchun «Geninmar» markazi bir qator gen injenerligi bio-texnologiyalarini yaratib, ularni hayotga tatbiq eta boshladi.

Tirik mavjudotlarning hayot jarayonlarini chuqur o'rganish natijasida kashf etilgan bilimlardan hamda qoida-qonuniyatlardan foydalanib, biologik makromolekulalar va organizmlar ishtirokida yaratilgan har qanday texnologiya biotexnologiya deb ataladi.

Biotexnologiyaning paydo bo'lishi qadim zamonlarga borib taqalgan desa bo'ladi.Insonlar qadim zamonlardan beri biologik jarayonlardan foydalanib ongsiz ravishda sutdan qatiq, bug'doydan bo'za va xamirturush, meva sharbatlaridan sharob yoki sirka tay-yorlash texnologiyasidan foydalanib kelganlar.

Bundan tashqari, zotdor hayvonlar yoki sifatli o'simliklar navlarini yaratish asosida ham hayotiy jarayonlarning insonlar tomonidan muvaffaqiyatli boshqarilishi yotadi. Shunday biologik texnologiyalar bio­texnologiyaning birmuncha sodda ko'rinishlari bo'lib, ular an 'anaviy biotexnologiya deb ataladi.

Keyinchalik biologik fanlar, xususan, biokimyo, mikrobiologiya va genetika fanlarining rivojlanishi tufayli birmuncha murakkab bo'lgan, o'ta nozik va unumli zamonaviy biotexnologiyaga asos solindi. DNKni va organizmlar genini manipulyatsiya qilish (klon-lash va transformatsiya) yo'Harming kashf qilinishi bio­texnologiyaning yuqori sur'atlar bilan rivojlanishini ta'minladi. Zamonaviy biotexnologiya mikroorganizmlarni sanoat miqyosida ko'paytirib, ular biomassasidan insonlar uchun zarur bo'lgan mod-dalar olish, fermentlar injeneriyasi, genetik injeneriya va hujayra injeneriyasi yo'nalishlarida rivojlanib bormoqda.

XX asr davomida yaratilgan biotexnologiyalar asosida mikroor-ganizmlar yotadi, desa to'g'riroq bo'ladi.Tez ko'payadigan, genetik jihatdan chuqur o'rganilgan mikroorganizmlardan foydalanib turli xil mahsulotlar: dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa biologik faol moddalarni ishlab chiqarish imkoniyatlari bor. Masalan, bakteriyalar genomiga odam oshqozon osti bezidan olingan insulin genini kiritish orqali biologik faol va toza bo'lgan insulin gormonini, yoki o'sish gormoni genini kiritish bilan soma-totropin gormonini, bakteriyalarni sun'iy muhitda o'stirish orqali ko'plab miqdorda ishlab chiqarish mumkin. Hozirda ko'plab dunyo biotexnologik kompaniyalari shu usul orqali turli dori-dar-monlarni ishlab chiqarmoqdalar.

XX asr oxirlari XXI asr boshlariga kelib molekulyar biologiya fanining taraqqiyoti genetik va hujayra injeneriyasining tez sur'at-da rivojlanishiga olib keldi. Bu davrdagi eng katta yutuqlar, bir tomondan, odam genomining to'la ketma-ketligini aniqlash tufayli qo'lga kiritilgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, o'simliklarni urug'dan unib chiqib, gullashi va meva berishigacha bo'lgan barcha hayotiy jarayonlarni boshqaradigan 25 ming genlarning aniqlanishi tufayli erishildi.

Endi yaratilayotgan texnologiyalar nafaqat mikroorga-nizmlar, balki birmuncha murakkab bo'lgan hayvon va o'simliklar asosida amalga oshirila boshlandi. Xususan, turli xil qimmatbaho genlar o'simlik va hayvon hujayralariga kiritilib, bu genlarning mahsulotlari xalq xo'jaligida foydalanila boshlandi. Masalan, olim-lar banan o'simligi genomiga ba'zi yuqumli kasalliklarga qarshi vaksina sintez qiladigan genlarni kiritish bilan mevasida tayyor vaksina ishlab chiqaradigan transgan banan olishga erishdilar. Banan mevasini istemol qilish bilan odamlarda ayrim yuqumli kasalliklarga qarshi immunitet hosil bo'ladi. Bu texnologiyaning juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini siz darhol sezgan bo'lsangiz kerak. Bundan tashqari, zaharli bo'lgan simobni o'zlashtiradigan bakteriyalardan ajratib olingan genlar hozirda o'simliklar genomiga kiritilib, tuproqdagi simobni o'zlashtiradigan transgen o'simliklar olingan. Bunday transgen o'simliklarni simob bilan ifloslangan joylarga ekilsa, atrofdagi tuproqlar zaharli simob-dan tozalaniladi.

Genetik injeneriyada keyingi paytlarda qo'lga kiritilgan yutuqlardan yana biri insonlardagi turli irsiy kasalliklarni odam hujayralariga funksional genlarni kiritish orqali davolash texnologiyasidir. Bu genlar terapiyasi deb yuritildai. Odam genomi to'la o'rganilishi natijasida irsiy kasalliklarni genlar terapiyasi yor-damida davolash qonuniyatlari yanada ortdi.

Biotexnologiyadagi katta yutuqlar hujayra injeneriyasi yo'nalishida qo'lga kiritilmoqda. Hujayra injeneriyasi bemor a'zosidan bitta sog'lom hujayrani ajratib olib, uni sun'iy ozuqa muhitlarida o'stirish orqali ma'lum to'qimaga xos hujayralar to'plamini olish va bu hujayralar to'plamini butun bir yaxlit a'zogacha tiklash imkoniyatiga ega. Keyinchalik shu yangi organ bemor tanasiga ko'chirib o'tkaziladi va bemor sog'aytiri-ladi. Bu «yangi» organlar yaratish texnologiyasi deb ataladi. Ushbu texnologiya teri, pay va tog'ay to'qimalari uchun juda qo'l kelsa-da, yurak, jigar, buyrak, nerv to'qimalari uchun biroz mushkulroq. 1998-yil Amerika olimi J. Tomson «asos» hujayralarda (ingl. stem cells) «yangi» organlar yaratish texnologiyasini kashf etib, biotexnologiyaning bu yo'nalashi rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi.

«Asos» hujayralar shunday hujayralarki, ular embrional hujayralarga o'xshagan, hali u qadar takomillashmagan hujayralar to'plamidan iborat bo'lib, sun'iy muhitda o'sish va har qanday to'qimagacha rivoj-lanish qobiliyatiga ega.

Hattoki, «asos» hujayralarni A vitaminli muhitda o'stirishdan nerv to'qimalarini olish ham mumkin. Hozirda hayvonlarning har xil organlariga xos to'qimalar olish texnologiyasi to'la ishlab chiqilgan va tibbiyot maqsadlarida asta-sekin qo'llanilmoqda. Endigi vazifa olingan to'qimalardan foydalanib, faoliyati va shakli bo'yicha tabiiy organlarga o'xshash bo'lgan «yangi» tana a'zolarini yaratishdir. Bunday ishlar dunyo laboratoriyalarida qizg'in sur'atlarda amalga oshi-rilmoqda. Aminmizki, hozirgi o'quvchilar biotexnologiyaning barcha yo'nalishlari qatorida bu nodir yo'nalishini ham rivoj-lantirishda ishtirok etadilar va ona Vatanimizning dunyo fanida tutgan o'rnini yuksak rivojlangan mamlakatlar erishgan darajasi-ga ko'tara oladilar.
Mustahkamlash uchun savollar .

1.Hayvonlarning klonlashning qanday yoli gor?

2. Gibridoma hujayraning qanday afzalliklari bor?

3. O’simliklarning klonlasni qanday olinadi?


Mavzuga oid tayanch iboralar

Gibridomalar – tez bo’linuvchi duragay hujayralar

Fag – bakteriya so’zining qisqartmasi

Biotexnologiya – biologik organizmlar ishtiroqida yaratilgan texnologiya

Genlar terapiyasi – genlarni kiritish orqali davolash

Gibridomalar – tez bo’linuvchi duragay hujayralar to’plami

Fag – bakteriya so’zining qisqartmasi

Endonukleaza – DNK zanjirining kesuvchi fermentlar

Genlar terapiyasi – genlarni kiritish orqali davolash

Biotexnologiya – insoniyat yaratgan texnologiya .
Foydalanilgan adabiyotlar.

1. A. G’ogurov, K. Nishonboyev, J. Hamidov. “Biologiya” 2007 yil

2. G’. J. Jalolov, R. N. Boboyeva . “Biologiya” 2007 yil

3. Yo. T. Yormatov. “Biologiya” X – XI sinf 2006 yil

4. J. A. Azimov, Y. D. Davlatov “Qiziqarli biologiya” 2003 yil
Mavzu - 11: Evolyutsiya tushunchasining paydo bo’lishi. Evolyutsion ta’limotning tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-iqtisodiy asoslari.

Reja:

- Darvingacha bo’lgan tabiat haqidagi tasavvurlarning paydo bo’lishini.

- O’rta asrlarda Markaziy Osiyoning tabiatshunos olim va mutaffakirlarining tabiat haqida gi fikrlarini.

- Biologiya fanining rivojlanishidagi metafizik davrlarni J. B. Lamarkni evolyutsion qarashlarini.

- Darvingacha bo’lgan davrda tabiat fanlarini yutuqlarini.
Evolutsiya [lotincha evolutio-yoyilish tarqalish] atamasi ketma ket va batartib rivojlanishni anglatadi.Evolutsion talimot tirik organizmlarning progressiv ruvojlanish [evolutsiyasi] sabablari; evolutsiyaning haraktlanuvchi kuchlari va umumiy qoniyatlarni organadi.Tom ma’noda evolutsion ta’limotga birmuncha sodda tuzulgan organizmlardan murakkab tuzilgan organizmlarning rivojlanishini o’rganadigan fan sifatda qarash mumkin.Mazkur ta’limot biologiyaning nazariy asosi bolib, xususiy biologiya fanlari olgan natijalarni umumlashtiradi.

Shunday qilib, XIX asrning birinchi yarmiga kelib tabiat-shunoslikning turli shoxobchalarida to'plangan dalillar organik olam qotib qolmaganligini, o'zgarishini ko'rsatdi. Biroq organik olam evolutsiyasi haqida yagona nazariya hali yaratilmagan edi. Organik olamdagi o'zgaruvchanlik e'tirof qilinsa ham nima sabab-dan har bir organizm turi o'zi yashaydigan muhit sharoitiga moslashgan, degan muammo hali o'z yechimini topmagan edi.

Tabiatshunoslik oldida turgan asosiy vazifa, uning turli shoxobchalarida yig'ilgan dalillarni, fikr-mulohazalarni to'plash, xulosalash va ular zamirida organik olam evolutsiyasi haqida yaxlit nazariya ishlab chiqish edi. Shundagina tabiatshunoslik fani sohasida uzoq asrlardan beri hukmronlik qilib kelayotgan noto'g'ri dunyoqarashlarga xotima berilgan va biologiyaning bundan keyin-gi rivoji ilmiy asosga yo'naltirilgan bo'lar edi. Bu ulkan vazifani bajarish uchun haddan tashqari sinchkov va keng mantiqqa ega bo'lgan zukko shaxs zarur edi. Charlz Darvin o'zining shunday shaxs ekanligini amalda namoyon etdi.

Tabiatning tuzilishi, unda ro’y beradigan voqea-hodisalar haqidagi tushunchalar, eramizdan bir necha ming yillar ilgari qadimgi sharq mamlakatlari – Misr, Xitoy, Hindistonda paydo bo’lgan. Xususan, qadimgi Misrda ko’pgina hayvon, o’simlik turlar tarqalgan. Donlo, sabzavot, mevali darahtlar ekib o’stirilgan. Qoramol, ot, qo’y, echki, eshak, cho’chqalar boqilgan. Bir o’rkachli tuya, mushuk, ohu, g’oz, o’rdak, kaptar, oqqush turlari honakilashtirilgan.

Qadimgi Hindistonda yashovchilar tabiat olov, yer, suv, havo, efirdan tashkil topgan, tabiatdagi yer, suv, havo va olovning o’zaro kombinatsiyasidan tirik organizmlar, o’simliklar, hayvonlar paydo bo’lgan.

Ular o’t shilimshiq modda bilan o’zaro aralishishi natijasida qon, go’sht, yog’, suyak, miya hosil bo’lgan degan fikrni yoqlaganlar.

Miloddan oldingi 9-7 asrlarda Xitoyda yozilga asarlarda tabiatdagi barcha narsalar – suv, olov, yer, metallar bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan moddiy zarrachalardan paydo bo’lga, ular o’z navbatida o’simliklar, hayvonlar, odamlarning kelib chiqishi uchun asos deb hisoblangan. Xitoyda ko’pgina madaniy o’simliklar, xonakilashtirilgan hayvon turlari mavjud bo’lgan.

Qadimgi Yunoniton va Rim. Miloddan avvalgi 5 asrgacha yashagan yunon olimlari tushunchasiga ko’ra olam – suv, olov va havodan paydo bo’lgan. Dastlabki hayvonlar esa suvda kelib chiqqan. Ular tanasini tangachalar qoplagan. Quruqlikda yashashga o’tish bilan esa tangachalar yo’qolgan.Geraklit tabiat o’zgaruvchan, u doimo yangilanib turadi degan.

Yunon olimlaridan Empedokl (480 – 430) fikriga ko’ra barja o’lik va tirik tabiat bir – biriga qarama-qarshi bo’lgan olov, suv, havo, tuproqdan kelib chiqqan.Dastlab hayvonlarning a’zolari, qismlari alohida-alohida paydo bo’lgan, so’ng ular “Muhabbat” ta’sirida o’zaro qo’shilib,organizmlarni hosil etgan.

Qadimgi Yunonistondagi tabiatshunoslik riyojida Aristotel ayniqsa katta hissa qo’shgan. U hayvonlar klassifikatsiyasi asosini yaratgan. Solishtirma anatomiya, embriologiya sohasida dastlabki fikrlarni bayon etgan. U “Hayvonlar tarixi”, “Hayvonlar tanasining qismlari” degan asarni yozgan. Bu asarda olim tabiatda hayvonlarning asta-sekin rivojlanishi to’g’risidagi ba’zi fikrlarni ilgari surilgan. Aristotel hayvonlarning 500 ga yaqin turini bilgan. U hayvonlarni klassifikatsiyalashda ayrim hossalarga emas, balki ko’p belgilardga e’tibor berish kerakligini e’tirof etgan.U barcha hayvonlarni ikkita katta guruhlarga: “qonlilar” va “qonsizlar”ga bo’lgan. Bu guruhlar hozirgi “umurtqalilar” va “umurtqasizlar”ga to’g’ri keladi. Qonlilar besh katta avlodga ajratilgan. “Katta avlod “tushunchasi hozirgi paytdagi “sinf” tushunchasiga hamohangdir. Aristotel “qonlsizlar” dan 130 ta turini bilgan.Olimning uqtirishicha meduza, aqtiniya, bulutlar tuzilishi jihatdan bir tomondan o’simliklarga, ikkinchitomondan hayvonlarga o’xshash bo’ladi. Shuning uchun ularni Aristotel “zoofitlar” deb atagan. “Hayvonlarning paydo bo’lishi” asarida uqtirilishicha, embrion ma’lum izchillikda rivojlanadi. U oldin zoofitlar, keyin umuman hayvonlar, so’ng o’z turiga xos tuzilishga va nihoyat shaxsiy xossalariga ega bo’ladi. Olim fikricha, qonli hayvonlarning barchasida ichki organlar o’zaro o’xshash va bir xil joylashgan.

Aristotelning shogirdlaridan biri Teofrast o’simliklarning 400 dan ortiq turini o’rgangan. Ularning tuzilishini, fiziologiyasini, amaliy ahamiyatini tasvirlab bergan. U bir o’simlik turi boshqa turga aylanishi mumkin, degan fikrni quvvatlagan.

Rim olimi Lukretsiy Kar (99-95) olam o’z-o’zidan paydo bo’lgan, hayvonlar ham yerdan kelib chiqqan, dastlab ularning mayib-majruh xillari, keyinchalik harakatlanganidan, oziqlanganidan, urchiydigan, dushmandan o’zini himoya qiladigan normal hayvonlar paydo bo’lgan, degan. Klavdiy Galen (130-200) tibbiyot asoschilaridan biri bo’lgan.


Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida dehqonchilik, chorvachilik, tibbiyot va boshqa sohalardagi faoliyatini, tabiat hodisalarini tasvirlovchi muqaddas kitoblar juda qadimdan mavjudbo’lgan. Ulardan biri “Avestodir”. U bundan 2700 yil ilgari yaratilgan. Unda Markaziy Osiyo va qo’shni mamlakatlarning tabiy resusrslari, hayvonot va o’simliklar dunyosi, tabiati, insonlar hayoti haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Avestoda dunyoning yaratilishi, tabiat va undagi narsalar, voqea – hodisalar, odamlarning hayot kechirish tarzi bir-biriga qarama-qarshi kuchlar – Axura Mazda va Anxra Manuning o’zaro kurashi sifatida tasvirlangan.

Koinot va hayvonotning yaratuvchisi Axura Mazda yaxshi va go’zal narsalarni bunyod etsa, Anxra Manu yomon, xunuk narsalar, chunonchi, bo’ri, ajdaho, zararkunanda hasharotlar, chayon, qurbaqa, chivin, chumolilarni yaratgan. It vafodor va foydali, bo’ri esa yovuzlik timsoli sifatida talqin qilingan.

Avestoning tibbiyotga doir bo’limida toza suvni ehtiyot qilish, nopok narsalarni quduq, buloqlarga yqinlashtirmaslik, tozalik va poklikka rioya qilish, tirnoq va sochlarga pokiza munosabatda bo’lish lozimligi ta’kidlanadi.

Tuproq, yer muqaddas sanalgan. Shu sababli o’liklarni tuproqqa ko’mish man etilgan. O’liklar qurt-qumursqalar va yovvoyi hayvonlarga yemish bo’lgan. Bunga asosiy sabab, bir tomondan, tuproqni iflos qilmaslik bo’lsa, ikkinchi tomondan, o’lim zardushtlik bo’yicha dushman sifatida talqin qilingan.

O’rta asrlarda Yevropada tabiiyot fanlari inqirozga uchragan bir davrda, Markaziy Osiyoda u anchagina rivojlangan. Mrkaziy Osiyo olimlari tabiiyot fanlarining, ayniqsa, biologiyaning rivojlanishiga juda katta hissa qo’shganlar. Shu sababli ham Markaziy Osiyoning IX-XV asrlarda ijod qilgan buyuk olimlari Yevropaning XVI-XVIII asr buyuk olimlarining munosib o’tmishdoshlari sanaldi. Bundan har bir o’quvchi fahrlansa arzidi. Chunonchi, ahmad ibn Nasr jayhoniy (870-912) Hindiston, Markaziy Osiyo, Xitoy o’simliklari va hayvonot dunyosi haqida qimmatli ma’lumotlar to’plagan. U o’simlik va hayvonlaning tarqalishi, mahalliy halqlar foydalanadigan o’simlik va hayvonlar, ularning tabiatdagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Abu NasrForobiy (873-950) botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va tabiatshunoslikning boshqa sohalarida mushohada yuritgan. U inson organizmi yaxlit sistema ekanligi, turli kasalliklar oziqlanish tarkibining o’zgarishi bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Olim inson dastavval hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan, shu sababli odamda hayvonlardan ba’zi o’xshashliklar saqlanib qolgan deydi. U tabiiy tanlanishni, sun’iy tanlashni e’tirof etgan. O’rta asrlardagi tabiiyot fani rivojiga, ayniqsa Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino katta hissa qo’shgan. Beruniy (970-1048) Xorazmda tug’ilib tahsil ko’rgan. U arab, yunon, suriya, qadimgi hind, (manskrit) tillarini bilgan, ilmning turli sohalarida faoliyat ko’rsatib, 150 dan ortiq asarlar yozgan. Beruniyning ko’rsatishicha, tabiat beshta element – bo’shliq, havo, olov, suv va tuproqdan hosil bo’lgan. Beruniy qadimgi yunon olimiPtalomeyning Yer olamning markazi bo’lib, u harakatlanmaydigan sayyoradir, - degan ta’limotiga tanqidiy ko’z bilan qaragan va Yer Quyosh atrofida harakatlansa ajab emas, u yumaloq shaklda deb ta’kidlagan. Binobarin, Beruniy polyak astronomi Kopernikdan 500 yil avval Quyosh sistemasining tuzilish asoslarini to’g’ri tasavvur qilgan.

Uning fikricha, Yer yuzasida doimo o’zgarishlar sodir bo’ladi. Suvsiz joularda asta-sekin daryolar, dengizlar paydo bo’ladi. Ular ham o’z navbatida joylarini o’zgartiradi. Beruniyning qayd qilishicha, hayvonlar, o’simliklar rivojlanishi uchun sharoit cheklangan, shu sababli tirik mavjudotlar orasida yashash uchun kurash boradi. Bu kurash ular hayotining mohiyatini tashkil etadi. Agar atrofdagi tabiat o’simlik va hayvonlar biror turining urchishiga monelik ko’rsatmaganda, deb yozgan edi Beruniy, bu tur butun Yer yuzasini egallagan bo’lardi. Biroq bunday urchishiga boshqa organizmlar qarshilik ko’rsatadi.Ular orasidagi kurash ko’proq moslashgan organizmlarni ro’yobga chiqaradi. Beruniyning yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish haqidagi fikrlariga asoslanibvatandoshimiz evolutsiyaning harakatlantiruvchi omilllarini ingliz tabiatshunosi Charlz Darvindan 800 yil ilgari ta’kidlab o’tganligini ko’ramiz.

Markaziy Osiyoning mashhur tabiyotshunos olimi Abu Ali ibn Sino (980-1037) tabiatning obyektiv borligiga ishonch hosil qiladi. Tog’lar uning fikricha suv ta’siri yoki yerning ko’tarilishi natijasida paydo bo’lgan. Olim ko’p ilimiy asarlar yozgan. Ulardan bizlargacha 242 tasi yetib kelgan. Ana shu asarlarning 23 tasi tibbiyot ilmiga bag’ishlangan. Olim tibbiyot asoschilaridan biri sifatida shuhrat qozongan.

Muxtasar qilib aytganda, tabiat undagi voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlar, tushunchalar, bilimlar 3000-4000 yillar mobaynida asta-sekin to’plana borgan. Tabiat, undagi o’simliklar, hayvonlar tuzilishi, ularda ro’y beradigan o’zgarishlar haqidagi bilimlarning to’planishida o’rta asrlarda yashagan Markaziy Osiyo Olimlarining faoliyati benihoyat yuksak bo’lgan.

Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida dehqonchilik, chorvachilik, tibbiyot va boshqa sohalardagi faoliyatni, tabiat hodisalarini tasvirlovchi muqaddas kitoblar juda qadimdan mavjud bo'lgan. Ulardan biri «Avesto»dir. U bundan 2700 yil ilgari yaratil-gan. Unda Markaziy Osiyo va qo'shni mamlakatlarning tabiiy resurslari, hayvonot va o'simliklar dunyosi, tabiali, insonlar liayoti haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Avestoda dunyoning yaratilishi, tabiat va undagi narsalar, voqea-hodisalar, odamlarning hayot kechirish tarzi bir-biriga qara-ma-qarshi kuchlar — Axura Mazda va Anxra Ma nun ing o'zaro kurashi sifatida tasvirlangan.

Koinot va hayotning yaratuvchisi Axura Mazda yaxshi va go'zal narsalarni bunyod etsa, Anxra Manu yomon, xiinuk narsalar, chunonchi, bo'ri, ajdaho, zararkunanda hasharotlar, chayon, qur-baqa, chivin, chumolilarni yaratgan. It vafodor va foydali, bo'ri esa yovuzlik timsoli sifatida talqin qilingan.

Avestoning tibbiyotga doir boiimida toza suvni ehtiyot qilish, порок narsalarni quduq, buloqlarga yaqinlashtirmaslik, tozalik va poklikka rioya qilish, tirnoq va sochlarga pokiza munosabatda bo'lish lozimligi ta'kidlanadi.

Tuproq, yer muqaddas sanalgan. Shu sababli o'liklarni tuproq-qa ko'mish man etilgan. O'liklar qurt-qumursqalar va yovvoyi hayvonlarga yemish bo'lgan. Bunga asosiy sabab, bir tomondan, tuproqni iflos qilmaslik bo'lsa, ikkinchi tomondan, o'lim zardusht-lik bo'yicha dushman sifatida talqin qilingan.

O'rta asrlarda Yevropada tabiiyot fanlari inqirozga uchragan bir davrda, Markaziy Osiyoda u anchagina rivojlangan. Markaziy Osiyo olimlari tabiiyot fanlarining, ayniqsa, biologiyaning rivojlanishiga

2-rasm. Abu Rayhon Beruniy.




juda katta hissa qo'shganlar. Shu sababli ham Markaziy Osiyoning IX—XV asrlarda ijod qilgan buyuk olimlari Yevropaning XVI— XVIII asr buyuk olimlarining munosib o'tmishdoshlari sanaladi. Ikindan har bir o'quvchi faxrlansa arziydi. Chunonchi, Ahmad ibn Nasr Jayxoniy (870—912) Hindiston, Markaziy Osiyo, Xitoy o'sim-liklari va hayvonot dunyosi haqida qimmatli ma'lumotlar to'plagan. U o'simlik va hayvonlarning tarqalishi, mahalliy xalqlar foy-dalanadigan o'simlik va hayvonlar, ularning tabiatdagi ahamiyati Maqidagi ma'lumotlarni yozib qoldirgan, Abu Nasr Forobiy (873— 950) (1-rasm) botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va tabiat -shunoslikning boshqa sohalarida mushohada yuritgan. U inson organizmi yaxlit sistema ekanligi, turli kasalliklar oziqlanish tar-(ibining o'zgarishi bilan bog'liqligini ko'rsatadi, Olim inson das-tavval hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan, shu sababli odamda hayvonlardan ba'zi o'xshashliklar saqlanib qolgan deydi. U tabiiy lanlanishni, sun'iy tanlashni e'tirof etgan. O'rta asrlardagi tabiiyot fani rivojiga, ayniqsa Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino katta hissa qo'shgan. Beruniy (973—1048) Xorazmda tug'ilib, tahsil ko'rgan. U arab, yunon, suriya, qadimgi hind (sanskrit) tillarini bil-gan, ilmning turli sohalarida faoliyat ko'rsatib, 150 dan ortiq asarlar yozgan. Beruniyning (2-rasm) ko'rsatishicha, tabiat beshta ele­ment—bo'shliq, havo, olov, suv va tuproqdan hosil bo'lgan. Beruniy qadimgi yunon olimi Ptalomeyning Yer olamning markazi bo'lib, u harakatlanmaydigan sayyoradir, — degan ta'limotiga tan-qidiy ko'z bilan qaragan va Yer Quyosh atrofida harakatlansa ajab emas, u yumaloq shaklda deb ta'kidlagan.. Binobarin, Beruniy polyak astronomi Kopernikdan 500 yil awal Quyosh sistemasining luzilish asoslarini to'g'ri tasavvur qilgan. Uning fikricha, Yer yuza-Sida doimo o'zgarishlar sodir bo'ladi. Suvsiz joylarda asta-sekin daryolar, dengizlar paydo bo'ladi. Ular ham o'z navbatida joylarini o'zgartiradi. Beruniyning qayd qilishicha, hayvonlar, o'simliklar rivojlanishi uchun sharoit cheklangan, shu sababli tirik mavjudodlar orasida yashash uchun kurash boradi. Bu kurash ular hayotining inohiyatini tashkil etadi. Agar atrofdagi tabiat o'simlik va hayvonlar hiror turining urchishiga monelik ko'rsatmaganda, deb yozgan edi Beruniy, bu tur butun Yer yuzasini egallagan bo'lardi. Biroq bunday tirchishga boshqa organizmlar qarshilik ko'rsatadi. Ular orasidagi kurash ko'proq moslashgan organizmlarni ro'yobga chiqaradi. Hcixiniyning yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish haqidagi fikrlariga asoslanib vatandoshimiz evolutsiyaning harakatlantiruvchi omillarini ingliz tabiatshunosi Charlz Darvindan 800 yil ilgari ta'kidlab o'tganligini ko'ramiz.

Beruniy uqtirishicha, tabiatda hamma narsalar labial qonunla-riga muvofiq yashaydi va o'zgaradi. U tirik tabiatning larixiy taraqqiyotini e'tirof etmasa-da, asalarilar o'simliklardan, qurtlar go'shtdan, chayonlar anjirdan paydo bo'ladi, deb Гага/ qilgan. Olim qayd etishicha, Yer yuzining o'zgarishi o'simlik va hayvon-larning o'zgarishiga olib keladi. Beruniy odamlarning rangi, qiyo-fasi, tabiati, axloqi turlicha bo'lishiga irsiyatgina emas, balki tuproq, suv, havo, muhit sharoiti sababchi deb e'tirof etadi. Beruniy fikricha, odam o'z rivojlanishi bilan hayvonlardan ancha-gina uzoqlashib ketgan. U xalqlarni tabaqalarga bo'lish, ularning birini yuqori, ikkinchisini past ko'rish nodonlikdan boshqa narsa emas deb uqtiradi.

Markaziy Osiyoning mashhur tabiyotshunos olimi Abu AH ibn Sino (980—1037) tabiatning obyektiv borligiga ishonch hosil qila-di. Tog'lar uning fikricha suv ta'siri yoki yerning ko'tarilishi nati-jasida paydo bo'lgan. Yerning ba'zi joylari bir vaqtlar dengiz. tubi bo'lgan, shuning uchun ba'zi joylarda suvda yashaydigan hayvon-larning qoldiqlari, masalan, chig'anoqlar uchraydi. Ibn Sino o'z asarlarida o'simliklar, hayvonlar va odam o'zaro o'xshash, chunki ularning barchasi oziqlanadi, ko'payadi, o'sadi deb uqtiradi. O'simliklar rivojlanishning quyi bosqichida, hayvonlar o'rta bosqichida, odam esa eng yuqori bosqichida turadi. Odam tanasi-ning tuzilishini o'rganish taqiqlangan o'rta asrlarda Ibn Sino odam anatomiyasi bilan yashirincha shug'ullangan. Olim ko'p ilmiy asar-lar yozgan. Ulardan bizlargacha 242 tasi yetib kelgan. Ana shu asarlarning 23 tasi tibbiyot ilmiga bag'ishlangan. Olim tibbiyot asoschilaridan biri sifatida katta shuhrat qozongan. U o'rta asr Sharq tibbiyot bilimlarining qomusi bo'lgan dunyoga mashhur «Tib qonunlari»ning muallifidir. «Tib qonunlari» beshta kitobdan iborat. Birinchi kitobda odam tanasi, organlarining tuzilishi va funksiyalari, turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, davolash usullari bayon etiladi. Ikkinchi kitobda o'simlik, ma'dan va hayvonlardan olinadigan dorilar va har bir dorining qaysi kasallik-ka davo ekanligi ko'rsatiladi. Uchinchi kitob insonning har bir organida bo'ladigan kasalliklar, ularni aniqlash va davolash usulla-riga bag'ishlangan. To'rtinchi kitobda jarrohlik, ya'ni suyaklarning


3-rasm. Abu Ali ibn Sino.


chiqishi, sinishini davolash haqida so'z yuriti-ladi. Beshinchi kitobda murakkab dorilar, ularni tayyorlash to'g'risida ma'himotlar jt; keltiriladi. Olimning «Tib qonunlari» asari I 500 yil mobaynida Yevropa dorilfununlarida asosiy tibbiyot qo'llanmasi sifatida o'qitilib kelindi va 40 martadan ortiq nashr qilindi.

Olim odamdagi ba'zi kasalliklar (chechak, vabo, sil) ko'zga ko'rinmas organizmlar orqali paydo bo'ladi, deb qayd qiladi. Binobarin mikroskop kashf qilinmasdan, mikrobiologiya fani hali shakllanmasdan 600—700 yil oldin Ibn Sino yuqumli kasalliklar suv va havo orqali tarqalishini e'tirof etadi.

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530) faqat buyuk davlat arbobi, shoir bo'lib qolmasdan, tabiatshunos olim hamdir.

Bobur tomonidan yozilgan «Boburnoma»da Markaziy Osiyo, Afg'oniston, Hindiston kabi mamlakatlarning tarixi, geografiyasi, xalqlar turmush tarzi, madaniyati bilan birga o'simlik va hayvonot olami to'g'risida qiziqarli ma'lumotlar berilgan. Bobur adabiyotlarda keltirilgan yoki birovlardan eshitganlariga emas, balki o'zi ko'rgan, kuzatgan hayvonlar, o'simliklar tuzilishi, hayot tarzi, ularning o'zaro o'xshashligi yoki farqlari haqida ma'lumotlarni bayon etadi. Xususan, u Samarqand, Buxoro yaylovlarida archalar, butalar, sarvlar, zaytunlar, chinorlar ko'pligini, bu yerlardagi hayvonlarning ko'pchiligi Hindiston hayvonlariga o'xshashligini aytadi. Bobur to'ti, tovuq, laylak, o'rdak, fil, maymun, delfin, timsoh, kiyik va boshqa hayvonlarning tashqi qiyofasini, hayot kechirish tarzini tasvirlaydi. Uobur hayvonot dunyosini to'rt guruhga: quruqlik hayvonlari, par-landalar, suv yaqinida yashaydigan hayvonlar va suv hayvonlariga ajratgan.

Muxtasar qilib aytganda, tabiat, undagi voqea-hodisalar luiqidagi tasavvurlar, tushunchalar, bilimlar 3000—4000 yillar mobaynida asta-sekin to'plana borgan. Tabiat, undagi o'simliklar, hayvonlar tuzilishi, ularda ro'y beradigan o'zgarishlar haqidagi bi-limlarning to'planishida o'rta asrlarda yashagan Markaziy Osiyo olimlarining faoliyati benihoyat yuksak bo'lgan.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə