O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini rivojlantirishning kontseptual asoslari


Педагогика фанлари тизимининг махсус тармоклари



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix17.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#127892
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-mavzu bayoni 3

Педагогика фанлари тизимининг махсус тармоклари 
дифектология 
Логопедия (нутқи яхши 
ривожланмаганлар билан 
шуғулланиш) 
Сурдопедагогика (соқов 
болаларни ўқитиш ва 
тарбиялаш) 
Тифлопедагогика (Кўзи 
ожиз болаларни ўқитиш ва 
тарбиялаш) 
Олигофренопедагогика (ақлий 
ривожланишдан орқада қолган 
болаларни зқитиш ва тарбиялаш) 


Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga 
muvofiq, to‘g‘ri tanlansa ta’lim-tarbiya mazmunni yangilash va 
takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi.
Hozirgacha mavjud va ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy tadqiqot 
metodlariga tayanib fikr yuritsa bo‘ladi: 1) kuzatish metodi; 2) suhbat metodi; 3) 
bolalar ijodini o‘rganish metodi; 4) test, so‘rovnomalar metodi; 5) maktab 
hujjatlarini tahlil qilish metodi; 6) eksperiment-tajriba sinov metodi; 7) statistika 
ma’lumotlarini tahlil qilish metodi; 8) matematika-kibernetika metodi; 
 
 
Kuzatish metodi 
Pedagogikaning kuzatish metodi ta’lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi 
holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va 
shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig‘ish 
imkonini tug‘diradi. Bu metodni qo‘llanish jarayoni ancha murakkab bo‘lib, 
nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, o‘qituvchi 
va o‘quvchilarning o‘zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham 
qo‘llaniladi. 
Tajribalarning ko‘rsatishicha, maqsad asosidagi kuzatuv ma’lum reja 
asosida yig‘ilgan dalillarni haqiqiy tahlil qilish, qiyoslash asosida tashkil 
etilsagina samarali bo‘ladi. 
Kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yig‘ish, 
hisobga olish, aniqlash uchungina emas, balki ta’lim-tarbiya jarayonini 
yaxshilash va mukammallashtirish maqsadida amalga oshiriladi. 
Odatda 
pedagogik 
kuzatish 
orqali 
o‘quvchilarning fanlarni 
o‘zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o‘zgarishlarni 
hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini belgilash 
uchun qo‘llaniladi. 
Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o‘quvchilarning tabiiy faoliyatini, balki 
ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, 
xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil etadi va tegishli 
xulosalar chiqarishga imkoniyat tug‘diradi. Bunday kuzatishlar pedagogika 
fani mazmuninining boyishiga sabab bo‘ladi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə