O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini rivojlantirishning kontseptual asoslari



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix17.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#127892
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-mavzu bayoni 3



O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini rivojlantirishning kontseptual 
asoslari. 
Reja. 
1.O’zbekiston 
Respublikasining 
“Ta’lim 
to’g’risida”gi 
Qonuni
va”Kadrlsr tayyorlash Milliy dasturi”. 
2.Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari. 
3.Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. 
4.Ta’lim tizimi va turlari. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasi (1997–yil 29 – avgust) da 
ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish va uni yangi zamon talabi darajasiga 
ko’tarishni nazarda tutuvchi muhim davlat hujjatlari «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun 
va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingan. Ta’lim to’g’risidagi ushbu 
Qonun besh bo’lim 34 moddadan iborat bo’lib uning maqsadi fuqarolarga ta’lim-
tarbiya berish, kasb–hunar o’rgatishning huquqiy asoslari kabi konstitutsiyaviy 
huquqini ta’minlashdan iborat.
1-bo’lim «Umumiy qoidalar» deb nomlanadi. Unda ta’lim sohasidagi davlat 
siyosatining asosiy prinsiplari bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish 
huquqlari, ta’lim berish tili kabi masalalar o’z ifodasini topgan. 
2-bo’lim ta’lim tizimi va turlari mohiyati yoritilgan. Masalan, 9-moddada 
ta’lim tizimining mohiyati ifodalangan. Qonunga ko’ra ta’lim tizimimiz Davlat 
ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va 
nodavlat ta’lim mussasalarini ta’lim tizimi rivojlanishini ta’minlash uchun zarur 
bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy pedagogik muassasalarni ta’lim 
sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxona, 
muassasa va tashkilotlarni o’z ichiga oladi. 
Qonunning uchinchi bo’limi ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya 
qilishga bagishlangan bo’lib, unda ta’lim oluvchilarni va ta’lim muassasasi 
xodimlarini ijtimoiy himoya qilish yetim hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishida 
nuqsoni bo’lgan bolalarning o’qish masalalari qonuniy ifodasini topgan.
To’rtinchi bo’limida ta’lim tizimini boshqarishdagi vazirlar mahkamasining, 
ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organlarining vakolatlari ko’rsatilgan 
bo’lsa, beshinchi bo’limda yakuniy qoidalar ifodalab berilgan.


O’zbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 1997-yilning 29-avgustida 
qabul qilingan bo’lib, u besh bo’limdan tashkil topgan. Dasturning ikkinchi 
bo’limida uning maqsad va vazifalari bilan birga ro’yobga chiqarish bosqichlari ham 
ko’rsatib berilgan. Dasturning maqsad va vazifalarini ketma-ket uch bosqichda 
amalga oshirish ko’zda tutilgan. 
Birinchi bosqich 1997-2001 yillarni o’z ichiga qamrab olgan bo’lib, unda 
mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu 
tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy–uslubiy, 
moliyaviy-moddiy shart sharoitlar yaratish ko’zda tutilgan edi. Bu bosqichda Ta’lim 
Qonuni asosida ta’lim tizimi va mazmuni qayta qurildi, umumiy o’rta va oliy ta’lim 
uchun DTSlar yaratildi, ta’lim jarayoni didaktik va axborot taminotining yangi 
avlodini ishlab chiqish va joriy etish boshlandi, o’rta maxsus ta’lim uchin zarur 
moddiy texnika, o’quv uslubiy va kadrlar bazasi tayyorlandi, ta’lim muassasalari 
faoliyatiga baho berishning reyting tizimi joriy etila boshladi. 
Ikkinchi bosqich 2001-2005 yillarni o’z ichiga qamrab olgan bo’lib, unda 
Milliy dasturni to’liq ro’yobga chiqarish, mehnat bozorini rivojlantirish va real 
ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish nazarda 
tutildi. Bu bosqichda quyidagi vazifalarni ham amalga oshirish muhim deb 
belgilangan: 
Majburiy umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga, shuningdek 
o’quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta’limga 
o’tishni to’liq amalga oshirish; 
Ta’lim muassalarining maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan 
to’ldirish, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltirish; 
Ta’lim muassasalarining moddiy texnika va axborot bazasini 
mustahkamlashni davom ettirish, o’quv tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv 
adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, uzluksiz ta’lim 
tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish. 


Bu bosqichda ta’lim xizmati ko’rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlarini 
to’liq ishga solish lozim. Ikkinchi bosqichda belgilangan vazifalar bajarilib, hayotga 
tadbiq etildi. 
Uchinchi bosqich 2005 va undan keyingi yillarni o’z ichiga qamrab olgan 
bo’lib unda to’plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni 
ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini 
takomillashtirish va yanada rivojlantirish ko’zda tutilgan.
Bunda ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada 
mustahkamlanishi o’quv tarbiya jarayonini yangi o’quv uslubiy majmualar ilg’or 
pedagogik texnologiyalar bilan bilan to’liq ta’minlanishi, elita oliy ta’lim muassalari 
qaror topishi ko’zda tutilgan.
O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, kadrlar 
tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish maqsadida so’nggi yillarda bir qator chora-
tadbirlar ishlab chiqildi, me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. ular quyidagilar: 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son 
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi 
to’g’risida”gi Farmoni.
O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan 
“Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonuni O’RQ-406-son.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va 
jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat 
jihatdan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018 yil 14 
avgustdagi PQ-3907 qarori. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 21 apreldagi PQ-2909-son 
qarori. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va 
tarqatish tizimini takomillashtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini 
oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi Farmoyishi.


Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid beshta 
muhim tashabbus ilgari surildi. Ular quyidagilar: birinchi tashabbus – yoshlarning 
musiqa, rassomchilik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishni oshirish, o’z 
qobiliyatlarini namoyon qilishga ko’maklashish; ikkinchi tashabbus – yoshlarni 
jismoniy chiniqtirish, sport bilan shug’ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish; 
uchinchi tashabbus – aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalari hamda 
internetdan foydalanish ko’nikmalarini oshirish; to’rtinchi tashabbus – yoshlar 
ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish; beshinchi 
tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash uchun qo’shimcha imkoniyatlar 
yaratish. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə