O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini rivojlantirishning kontseptual asoslari



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix17.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#127892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-mavzu bayoni 3

Ta’lim 
turlari 


maqsadini ko’zlaydi. Maktabgacha ta’lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat 
va nodavlat maktabgacha ta’lim muassalarida olib boriladi.
-
Umumiy o’rta ta’lim majburiy bo’lib, u o’quvchilarning fanlar asoslari 
bo’yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim o’zlashtirish ehtiyojini, asosiy 
o’quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni o’zlashtirishi, milliy va umumbashariy 
qadriyatlarga hurmat hissini, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishni ko’zda 
tutadi. Ta’lim bosqichi tugallanganidan keyin ta’lim fanlari va ular bo’yicha olingan 
baholar ko’rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan attestat beriladi.
-
Qonunda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim olish maqsadida har kim umumiy 
o’rta ta’lim asosida akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o’qishning 
yo’nalishini ixtiyor ravishda tanlash huquqiga ega ekanligi takiklanadi. «Akademik 
litseylar va kasb-hunar bo’yicha ishlash huquqini beradiga hamda bunday ish yoki 
ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo’ladigan o’rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi beradi». 
Akademik litseylar o’quvchilar o’zlari tanlab olgan ta’lim yo’nalishi bo’yicha 
bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus kasb-
hunar ko’nikmalarini o’zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu 
ko’nikmalar o’qishni muayyan oliy ta’lim muassalarida davom ettirish yoki mehnat 
faoliyatida ro’yobga chiqarishlari mumkin. Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta’lim 
standartlari doirasida o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi beradi, o’quvchilarni kasb 
hunar egallashiga imkoniyat beradi.
-
O’zbekiston Respublikasida o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida 
birmuncha o’zgarishlar ro’y berdi, O’zbekiston Respublikasi prezidenti 
Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 11 iyul kuni “Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimiga 
boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori 
bilan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi tugatildi. 
Kasb-hunar ta’limi umumiy o’rta ta’lim negizida amalga oshirilishi nazarda tutildi. 
-
Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassis tayyorlaydi, ikki bosqichda: 
bakalavriat va magistraturada amalga oshadi.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə