O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini rivojlantirishning kontseptual asoslari


Педагогиканинг асосий тушунчалари



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix17.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#127892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
1-mavzu bayoni 3

Педагогиканинг асосий тушунчалари 
Таълим 
Маълумот
Тарбия
Ривожланиш 
Шаклланиш 


o‘zining qadr-qiymati va kamchiliklari bilan jamiyat hayotida faol qatnashganligi 
hamda ta’lim-tarbiya natijasida yuzaga kelgan o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlari 
bilan paydo bo‘lgan individdir. 
Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo‘lib bo‘lib tuG‘ma 
va egallangan miqdor va sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. Rivojlanish deb bola 
vaznining oshishi suyak va tizimning tanosil azolarining nerv funksional 
faoliyatining kamol topishi aql zakovatining shakllanishiga aytiladi.
SHaxsning har tomonlama kamolga etishi – ma’lum bir real tarixiy shart-
sharoitlarda amalga oshirish mumkin bo‘lgan qobiliyatlar va iqtidorlarning, uning 
mohiyatini tashkil etadigan hamma kuchlarning to‘liq va batomom rivojlanishidir. 
Pedagogik faoliyat – estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy maqsadlarda muvofiq 
ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning aqlan o‘ylab ko‘rilgan, katta 
yoshdagilarning ijtimoiy zarur bo‘lgan mehnatining o‘ziga xos turidir.
Pedagogik jarayon - ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyati 
tasirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmuni boyitiladi tarbiyachining 
yo‘naltiruvchi va olib beruvchi taraqqiy ettirishidir.
Pedagogik muloqat – o‘quv-tarbiya davomida o‘qituvchi (pedagog)ning 
o‘quvchilar bilan kasbiy muloqati hisoblanadi. 
Pedagogika fanining metodologiyasi 
Pedagogika fani mustaqil O‘zbekiston Respublikasida amal qiladigan uzluksiz 
ta’lim-tarbiya tizimining nazariy asoslari, qonuniyat va prinsiplari, o‘ziga xos 
yo‘nalishlari ta’lim-tarbiya jarayonining shakllanishi, tarixiy taraqqiyot bosqichlarini 
o‘rgatuvchi fandir. Pedagogika fani O‘zbekiston Respublikasida ilmning ustuvor sohasi 
sifatida e’tirof etiladi. SHuning uchun ham, pedagogika fanining metodologiyasi 
sifatida Jahon va SHarq pedagogik tafakkuri durdonalarini mujassamlashtirgan 
manbalar, tasavvuf ta’limoti namoyondalarining badiiy va ilmiy asarlari, sharqona 
ta’lim-tarbiya vositalari va metodlarini o‘z ichiga olgan manbalar, milliy istiqlol 
g‘oyasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining 
«Ta’lim to‘g‘risda»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «2004-2009 
yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi», dialektik bilish 
nazariyasi va tabiiy ilmiy majmui e’tirof etiladi.
YUqorida keltirilgan pedagogika fanining metodologiyasini pedagogik 
amaliyotga tatbiq etishda jahon pedagogik tajribasida tan olingan va samarali natijalar 
berayotgan nazariy qarashlar, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda 
tutiladi. Ular shaxsning o‘quv-biluv faoliyatini liberallashtirish yo‘llari, ta’lim 
mazmunini tanlash va ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish prinsiplari, politexnik 
va kasb ta’limi nazariyasi, ta’limni ijtimoiy foydali mehnat bilan uyg‘unlashtirish 
konsepsiyasi, ta’lim-tarbiya jarayonining fiziologik qonuniyatlariga asoslanib tashkil 
etilishida namoyon bo‘ladi.
Pedagogika fanining ob’ekti asosan maktab o‘quvchilaridir, predmeti esa 
o‘quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotidir 
Pedagogika ta’lim-tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o‘quvchilarning 
yosh hususiyatlariga qarab mazmunan o‘rganib borishni taqozo etadi, tarbiyaning 


tarkibiy qismlarini va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ochib beradi. SHu asnoda ta’lim 
va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish 
istiqbollarini, yo‘llarini ko‘rsatib beradi. 
Pedagogika faniga tavsif berilganda «ta’lim», «tarbiya», hamda «ma’lumot» 
degan so‘zlarni ishlatdik. Bu so‘zlar o‘zaro bog‘langan bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi. 
Ularni pedagogikaning asosiy kategoriya-tushunchalari deb nomlaymiz. Bulardan 
tashqari «o‘quvchi», «o‘qituvchi», «metod», «intizom», «jamoa», «irsiyat», «muhit», 
«direktor» kabi tushuncha-nomlar mavjudki, bu haqida mavzular yuzasidan fikr 
yuritilganda alohida to‘xtaymiz. 
Tarbiya tarixini o‘rganar ekanmiz, u juda qadimiy jarayon ekanligini insoniyat 
butun hayoti davomida tarbiya bilan SHug‘ullanganligiga ishonch hosil qilamiz. 
Tarbiya jarayonida ajdodlarimiz tarbiyaviy ta’sirning samarali yo‘l, metodlari va 
manbalarini qidirib hayotga tadbiq qila boshlaganlar, buning natijasida tarbiya 
haqidagi g‘oyalar, nazariya va tavsiyalar paydo bo‘la boshlagan. Bu pedagogika 
fanining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Jahon mutafakkirlari o‘zlarining pedagogik 
g‘oyalari bilan fanning rivojlanishiga hissa qo‘shdilar. Bu jarayonda o‘zbek 
mutafakkirlarining jahon pedagogikasi tarixiga qo‘shgan hissalari cheksizdir. Tarbiya 
haqidagi g‘oyalar eramizdan oldingi VI asrda shakllanganligi haqida ma’lumotlar 
mavjud. Keyingi davrlarda pedagogik g‘oyalarning shakllanishida zardushtiylik 
ta’limoti, uning muqaddas kitobi «Avesto»da qimmatli fikrlar talqin etilgan. Kishilik 
tarixida islom ta’limotining tarbiya haqidagi g‘oyalarining shakllanishida ahamiyati 
cheksizdir. Qur’oni Karim va hadisi-shariflarda musulmon ahlining dunyoqarashi, 
falsafasi, ma’naviyati, axloqi, e’tiqodi, har tomonlama barkamolligi kabi insoniy 
sifatlarni shakllantirish yo‘llari bayon qilingan. 
Tarbiya haqidagi g‘oyalarning rivojlanishida Imom Buxoriy, At-Termiziy, Abu 
Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, YUsuf Xos Xojib, Axmad YAssaviy, 
Naqshbandiy, Navoiy, Behbudiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning xizmatlari 
kattadir. 
Prezidentimiz aytganlaridek: «Fuqarolar endi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning 
ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va tashkilotchisidir». Bunday 
yangicha yondashishlar pedagogika fanining ob’ekti va predmetini kengaytirdi. 
Endilikda pedagogika fanining ob’ekti faqat ta’lim-tarbiya jarayonining nazariy, 
metodologik amaliy ta’minlovchi emas, balki komil inson shakllanishi, rivojlanishini 
ta’minlaydigan keng sohalarni o‘z ichiga oladi. SHuning uchun, «Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturida»gi milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh ob’ekti va 
sub’ekti sifatida qaraladi. Bundan tashqari pedagogika fani oldiga yangicha 
fikrlaydigan, yangicha tafakkur, milliy mafkuraga ega komil insonni shakllantirish 
vazifalari qo‘yildi. 
Pedagogika fanining metodologiyasida, mazmunida, tarbiya nazariyasida, 
ta’limning tashkiliy shakllarida, komillik darajasi, sifatlarini aniqlashda katta islohiy 
o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar yangi pedagogik texnologiyalarda o‘z aksini topishi 
lozim. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə