O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini rivojlantirishning kontseptual asoslari


Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix17.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#127892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-mavzu bayoni 3

 


Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari
 
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining 3-moddasi ta’lim 
sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplariga bag’ishlangan. 
Ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon 
qilinadi. 
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 
-
ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; 
-
ta’limning uzluksizligi va izchilligi; 
-
umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining 
majburiyligi; 
-
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishini: akademik litseyda yoki 
kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi; 
-
ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; 
-
davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun 
ochiqligi; 
-
ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; 
-
bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish; 
-
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish. 
-
Ta’lim tizimi va turlari 
-
Ta’lim tizimini boshqarish pedagogika fanining muhim tarmog’i bo’lib, 
O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi organlari va ularning vazifalari, ish 
faoliyatining mazmuni va metodlarini belgilab beradi, shuningdek, ta’lim 
muassasalariga rahbarlik qilish tizimini asoslaydi. 
-
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini boshqarishga umumiy 
rahbarlikni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi olib boradi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta’lim tizimini boshqarish 
bo’yicha quyidagi vakolatlarga egadir: 
-
Ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; 
-
Ta’lim sohasida davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish; 
-
Ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishni amalga oshirish; 


-
Ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugutish tartibini 
belgilash; 
-
Ta’lim muassasalarini akkreditasiyadan, pedagogik, ilmiy kadrlarni 
attestasiyadan o’tkazish tartibini belgilash; 
-
Boshqa davlatlarning ta’lim muassasalariga O’zbekiston Respublikasi 
hududida ta’lim faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar 
berish; 
-
Qonun hujjatlari talablariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim to’g’risidagi 
hujjatlarni tan olish va bu hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini 
belgilash; 
-
Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash; 
-
Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi 
hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash; 
-
Davlat grantlari miqdorini va ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini 
belgilash; 
-
Oliy ta’lim muassasalarining rektorni tayinlash; 
-
Ta’lim oluvchilarning akkreditasiya qilingan bir ta’lim muassasalaridan 
boshqasiga o’tkazish tartibini belgilash, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa vakolatlar. 
-
Respublika ta’lim tizimini boshqarishda bir qator davlat organlariga tegishli 
vazirliklar, chunonchi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim 
vazirligi, shuningdek, markazlar xususan, Respublika ta’lim Markazi, viloyat, 
shahar, tuman xalq ta’limi bo’limlari ham ishtirok etadilar. 
-
Ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organlarining huquqlari 
doirasiga quyidagilar kiradi: 
-
Ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini ro’yobga chiqarish; 
-
Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy masalalarda 
ularga rahbarlik qilish; 
-
DTS, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo’lgan 
talablarning bajarilishini ta’minlash; 


-
O’qitishning ilg’or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, tav’limning 
texnik va axborot vositalarini o’quv jarayoniga joriy etish; 
-
O’quv va o’quv uslubiy adabiyotlarni yaratish va nashr etishni tashkil etish; 
-
Ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestasiyasi va davlat ta’lim 
muassasalarida eksternet to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash; 
-
Davlat oliy ta’lim muassasalarining rektorlarini tayinlash to’g’risida 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasiga takliflar kiritish
-
Pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, qayta 
tayyorlashni tashkil etish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
vakolatlar. 
-
Respublika ta’lim tizimini boshqarishda mahalliy davlat hokimiyati organlari 
ham ishtirok etadi. Ularning Respublika ta’lim tizimini boshqarishdagi o’rni va roli 
quyidagilar bilan belgilanadi: 
-
Ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar 
(respublika tasarrufida bo’lgan muassasalar bundan mustasno) ularning ustavlarini 
ro’yxatga oladilar; 
-
O’z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash 
miqdorlarini va imtiyozlarini belgilaydi; 
-
Ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek, pedagog xodimlarning kasb 
faoliyatiga bo’lgan talablariga rioya etilishini ta’minlaydilar. shuningdek, qonun 
hujjatlariga muvofiq bosh vakolatlarni ham amalga oshiradilar. 
-
Ta’lim tizimini boshqarish sohasida ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarish 
ishlarini tashkil etishga ham alohida e’tibor beriladi. Ta’lim muassasasi uning 
rahbari (direktor yoki rektor) tomonidan boshqariladi. 
-
Ta’lim muassasasi direktori o’quvchilarni ma’naviy barkamol, jismonan 
sog’lom bo’lishlari, fan asoslarini puxta o’zlashtirishlari, umumiy ta’lim 
muassasalarining bugun faoliyati uchun javobgar shaxs sanaladi. Tashkilotchi oliy 
ma’lumotli, kamida 3 yillik pedagog ish stajiga ega bo’lgan eng yaxshi ta’lim 
beruvchi tuman xalq bo’limi tavsiyasiga binoan viloyat xalq ta’limi (Toshkent 
shahrida shahar xalq ta’limi) bo’limi tomonidan direktor tayinlanadi. Bir maktabdan 


ikkinchi maktabga ko’chiriladi. Ishdan bo’shatiladi. Viloyat xalq ta’limi bo’limi bu 
haqda O’zbekiston Respublikasi XTB ga ma’lum qiladi. 
-
Ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’ini ta’lim muassasasi xodimlari 
bajarishi shart. Rahbarning ta’lim muassasasidagi vazifalari asosan quyidagilardan 
iborat: o’quv muassasasining pedagogik jamoasiga rahbarlik qilish; kadrlarni to’g’ri 
tanlash; joy – joyiga qo’yish; xodimlarning ijtimoiy – g’oyaviy saviyasi malakasini 
oshirish uchun zarur shart – sharoitni yaratish, o’quvchilar bilimi va tarbiyasi sifatli 
bo’lishini ta’minlash, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkil etilishiga 
rahbarlik qilish va tegishli nazorat o’rnatish. O’quvchilarning to’g’ri kasb tanlashini 
ta’minlashni yo’lga qo’yish, ota – onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan 
ishlarni tashkil etish. Maktabda ichki intizom, sanitariya – gigiyena, umumiy rejim, 
mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishni ta’minlash 
va hokazolar. 
-
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 10-moddasida ta’lim quyidagi turlarda 
amalga oshirilish ko’rsatiladi (1 – chizma). 
-
Qonunning 11-17 moddalarida har bir turining mohiyati qisqacha yoritilib 
beriladi. Unda ta’kidlanganidek maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk 
Maktabgacha ta’lim; 
Umumiy o’rta ta’lim; 
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi; 
Oliy ta’lim; 
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim; 
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash; 
Maktabdan tashqari ta’lim; 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə